Mavzu: Hodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi
Reja:
1
Budjet tashkilotlarida mehnat va unga haq to„lash hisobini tashkil
etish hamda uning vazifalari.
2
Budjet tashkilotlarida mehnat va unga tenglashtirilgan to„lovlar
hisobi.
3
Stipendiya to„lovlari, pensiya va nafaqalar bo„yicha to„lovlar hisobi.
4
Budjet tashkilotlarida mehnat va unga tenglashtirilgan to„lovlarni
to„lash bo„yicha soliq va majburiy ajratmalarning yuzaga kelishi va
to„lanishi hisobi.
5
Ish haqiga nisbatan majburiy ushlanmalar hisobi.
6
Mehnat va unga tenglashtirilgan to„lovlarning to„lanishida plastik
kartochkalardan foydalanish hisobi.
Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini
amalga oshirish jarayonida kamomadlar, hizmat safarlari, ish haqqi va unga
tenglashtirilgan to’lovlar bo’yicha xodimlar bilan, stipendiya to’lovlari
bo’yicha talabalar bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi.
Material javobgar shaxslar bilan yo’l qo’yilgan kamomadlar bo’yicha
hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Bunda mulkiy qiymatliklar bo’yicha
kamomadlar unidirish vaqtida bozor qiymatida undiriladi. Yo’l qo’yilgan
kamomadlar inventarizatsiya dalolatnomalari orqali aks ettiriladi va mehnat
qonunchiligi talablari asosida undiriladi. ―Inventarizatsiya jarayonida
aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va
soliqqa tortish tartibi to’g’risidagi Nizom‖ga asosan ish beruvchining
56
mulkiga etkazilgan zarar hajmi, zarar uchun xodimning moddiy javobgarlik
chegaralari va tartibini aniqlash O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi
bilan tartibga solinishi ko’rsatilgan.
Bir oylik o’rtacha ish xaqidan oshmaydigan etkazilgan zarar summasini
aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga
oshiriladi. Farmoyish etkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan
kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar hajmi inventarizatsiya
o’tkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo’yicha
hisoblanadi.
Agar xodimdan undirilishi lozim bo’lgan etkazilgan zarar summasi uning
o’rtacha oylik ish xaqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir
oylik muddat o’tgan bo’lsa, undirish sud orqali amalga oshiriladi.
Hizmat
safari
harajatlari
bo’yicha hisobdor shaxslar bilan
hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlarida hizmat safari
harajatlarini amalga oshirish ―O’zbekiston Respublikasi hududidagi hizmat
safarlari to’g’risida Yo’riqnoma (O’z.R AV. tomonidan 2003 yil 29 avgustda
№ 1268-son bilan ro’yxatdan o’tgan) va Xorijiy mamlakatlarga hizmat
safarlari ―Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari
O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat
safari xarajatlari uchun mablag’lar berish Tartibi‖ (O’z.R AV. tomonidan
2000 yil 5 iyunda № 932-son bilan ro’yxatdan o’tgan)ga asosan amalga
oshiriladi.
Hisobi beriladigan avanslar avans oluvchining yozma arizasiga binoan
(arizada avansning nimaga mo’ljallanganligi ko’rsatilishi kerak) tashkilot
rahbarining buyrug’i asosida beriladi. Hisobi beriladigan pullar ular
berilayotgan vaqtda ko’zda tutilgan maqsadlar uchungina sarflanadi.
Avans summalarining sarflanganligi haqida hisobdor shaxslar 286-son
shakldagi avans hisobotini tashkilot buxgalteriyasiga topshiradilar. Ular ushbu
hisobotga qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib
topshiradilar. Avans hisobotiga ilova qilingan hujjatlar hisobdor shaxs
tomonidan ularning hisobotda yozilish tartibiga qarab raqamlab chiqiladi.
Buxgalteriyada avans hisobotlari arifmetik tekshirib chiqiladi,
shuningdek, hujjatlarni to’g’ri rasmiylashtirilganligi hamda mablag’larni
muayyan maqsadlar uchun sarflanganligi tekshiriladi. Tekshirib chiqilgan
avans hisobotlari tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Foydalanilmagan avans qoldig’i hisobdor shaxs tomonidan avans
hisoboti topshirilgandan so’ng uch kundan kechiktirmasdan tashkilot
kassasiga qaytarilishi lozim. Hisobdor shaxsga oldin berilgan avans summasi
to’liq qaytarilgandan so’ng yangidan avans beriladi. Hisobi beriladigan
summalarning sarflanganligi haqida belgilangan muddatda avans hisoboti
topshirilmagan yoki foydalanilmagan avans qoldig’i kassaga qaytarilmagan
hollarda tashkilotlar bu qarzlarni avans olgan shaxslarning ish haqlaridan
qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolish huquqiga ega.
Xo’jalik yuritishning bozor tizimiga o’tish sharoitida mehnatga haq
to’lash ijtimoiy qo’llab-kuvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi
57
vazifalari bevosita xo’jalik sub’ektilarga berilgan. Har bir xodimning mehnat
daromadlari, xo’jalik sub’ekti faoliyatining pirovard natijasini hisobga olgan
xolda, uning qo’shgan hissasi va maksimal mikdori cheklanmaydi. Lekin
xodimlarning minimal ish haqi miqdori qonunchilik bilan belgilanadi.
Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga hak to’lashni
yuridik asosini mehnat to’g’risidagi konuniy hujjatlar, xo’jalik sub’ektilarning
jamoa shartnomalarini va boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.
Ma’lumki ish haqi, o’z navbatida, asosiy va qo’shimcha ish haqiga
bo’linadi: Asosiy ish xaqiga, xodimlarni ishlagan vaqti, bajargan ishining
miqdori va sifatiga asosan hisoblangan ish haqi, tarif stavkalari, okladlar,
mukofotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish vaqtiga hisoblangan
qo’shimcha ish haqi, ishchi aybiga bog’liq bo’lmagan xolda turib qolishlarga
xisoblangan ish haqi va shu kaba boshqalar kiradi .
Qo’shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko’zda tutilgan
ishchining ishlamagan ish vaqti uchun xisoblangan ish haqidir. Bunga
ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, voyaga etmaganlar
o’smir yoshlar, ayollar va boshqalar uchun imtiyozli ish vaqti uchun
hisoblangan ish haqi, ishdan bo’shashi munosabati bilan hisoblangan nafaqa
va boshqalar kiradi.
Mehnatga haq to’lashni ikkita shakllari mavjud: ishbay va vaqtbay.
Mehnat haqini hisoblashning ishbay shaklida ish haqi - ishlab chiqarilgan
mahsulotning hajmi, sifati, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar
hajmiga ko’ra hisoblanadi. Mehnat haqini hisoblashning vaqtbay shaklida
mehnat haqi ishlangan ish soatlariga muvofiq, shtatlar jadvalidagi tarif
stavkalariga asoslangan holda hisoblanadi.
Tarif setkasi – bu razryadlar va ularga tegishli bo’lgan tarif
koeffitsentlari ko’rsatiladigan hujjatlardir. Birinchi razryadning tarif
koeffitsenti birga teng bo’lib, razryad ortgan sari tarif koeffitsenti ham ortib
boradi.
Tarif stavkasi-ishchining razryadka muvofiq unga ma’lum vaqt birligi
(soat, kun) uchun to’lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda tarif stavkasi
birinchi razryad uchun belgilanadi, qolgan razryadlar uchun esa birinchi
razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffitsentiga yo’naltirish yo’li
bilan aniqlanadi.
Xodimning mehnat haqini topish uchun razryad bo’yicha tarif
koeffitsentini eng kam ish haqi miqdoriga ko’paytirish orqali aniqlanadi.
Budjet tashkilotlarida asosan vaqtbay asosida ish haqi to’lanadi. Bunda
xar qaysi Budjet tashkiloti namunaviy shtatlar jadvaliga asoslanib shtat
birliklarini shakllantiradi va belgilangan tartibda razryadlarini qo’yib oylik ish
haqini (okladlarini) hisoblaydi va shtatlar jadvalini shakllantiradi. Xozirda
Budjet tashkilotlarida shtatlar jadvaliga kiritilgan ba’zi lavozimlar bo’yicha
qonunchilikka asosan belgilangan oylik ish haqlari tayinlanadi. Budjet
tashkilotlarida ―Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag’batlantirish
maxsus jamg’armasi to’g’risida yo’riqnoma‖ (O’z.R AV. tomonidan 1995 yil
20 sentyabrda № 177-son bilan ro’yxatdan o’tgan) asosan oylik ish haqiga
58
nisbatan 15 foiz miqdorida xodimlarini moddiy rag’batlantirish maxsus
jamg’armasi tashkil etiladi va ushbu nizom talablari bo’yicha mukofot,
moddiy rag’batlantirish ko’rinishida sarflanadi.
Budjet tashkilotlarida vaqtbay asosida ish haqi hisoblanishida
tasdiqlangan ish vaqtini hisobga olish tabeliga asoslanadi. Ish haqi hisoblash
uchun shtatlar jadvalida belgilangan oylik ish haqini xaqiqatda ishlagan ish
kunlariga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Budjet tashkilotlarida ishlovchi
xodimlar ish haqiga qo’shimcha to’lovlar (moddiy rag’batlantirish va
boshqalar) xodimlarini moddiy rag’batlantirish maxsus jamg’armasi
hisobidan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda Budjet dan tashqari
mablag’lar hisobiga (manbaasi mavjud bo’lganda) to’lanadi.
Mehnat qonunchiligiga asosan Budjet tashkilotlari xodimlari xar yili
mehnat ta’tiliga chiqish xuquqiga ega. Bunda mehnat ta’tiliga chiqishi
bo’yicha buyruq rasmiylashtirilgandan so’ng buxgalteriya tomonidan
o’rnatilgan tartibda mehnat ta’tili uchun ish haqi hisoblanadi. Mehnat ta’tili
uchun
ish
haqi
hisoblashda
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasining 1997 yil 11 martdagi 133 son qarori bilan tasdiqlangan
―O’rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi‖ga ko’ra o’rtacha oylik
ish haqi hisoblab topiladi. Unga ko’ra hisoblanayotgan vaqtdagi shtatlar
jadvali bo’yicha belgilangan oylik ish haqiga bir yil davomida oylik ish
haqidan tashqari qo’shimcha olgan mukofotlar, boshqa to’lovlarni 12/1
qo’shilib chiqqan natija 25.4 koeffitsentga bo’lish yo’li bilan bir kunlik
mehnat ta’tili uchun ish haqi topiladi. Bir kunlik mehnat ta’tili uchun ish
haqini ta’til kunlariga ko’paytirish yo’li bilan mehnat ta’tili uchun ish haqi
topiladi.
Vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik nafaqalarini hisoblash ―Davlat
ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va tartibi to’g’risida Nizom‖
(O’z.R AV. tomonidan 2002 yil 8 mayda № 1136-son bilan ro’yxatdan
o’tgan) talablari asosida amalga oshiriladi. Unga ko’ra kasallik varaqasiga
asosan xodimning haqiqatda vaqtincha mehnat qobilyatini yo’qotgan ish
kunlari uchun yuqorida keltirib o’tilgan tartibda o’rtacha ish haqi aniqlanib
mehnat stajidan kelib chiqib miqdori aniqlanadi.
Nizomga ko’ra quyidagi tartib belgilangan:
Vaqtincha
mehnatga
qobiliyatsizlik
nafaqasi
ish
stajining
davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga
to’lanadi:
- ishlayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga;
- baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa
shaxslarga;
- qaramog’ida 16 yoshga (o’quvchilar 18 yoshga) etmagan uch
yoki undan ortiq bolalari bo’lgan xodimlarga;
- Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan
xodimlarga;
- Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish
zonasidan evakuatsiya qilingan va ko’chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar
59
kasalliklari (o’tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli
o’smalar bilan bog’liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;
- mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha
mehnatga qobiliyatsiz bo’lgan xodimlarga.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya
kasalliklari, yangidan paydo bo’ladigan xatarli o’simtalar, jinsiy yo’l bilan
o’tadigan kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar)
bo’yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug’urta
badali to’lagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog’liq
ravishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda
to’lanadi:
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga ish haqining
100 foizi miqdorida;
b) umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining
80 foizi miqdorida;
v) umumiy ish staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi
miqdorida.
Yuqorida nazarda tutilgan xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda
to’lanadi:
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga hamda 21
yoshga etmagan chin (sag’ir) etimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
b) umumiy ish staji 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi
miqdorida.
Tashkilotda mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini tayinlanishi bo’yicha
ijtimoiy sug’urta komissiyasi tarkibi kadrlar bo’limi , kasaba uyushmasi,
buxgalteriya bo’limi xodimlaridan iborat tasdiqlanadi. Xar oyda ushbu
komissiya tomonidan bir marta yig’ilish o’tkazilib bayonnoma asosida
tushgan kasallik varaqalari bo’yicha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari va
boshqa ijtimoiy sug’urta nafaqalari tayinlanadi.
Ish haqini hisoblab yozish uchun quyidagilar asosiy hujjatlar
hisoblanadi: tashkilotning ishga qabul qilganlik, bo’shatganlik va xodimlarni
tasdiqlangan shtatlar jadvali va ish xaqi stavkalariga muvofiq joydan-joyga
ko’chirish haqidagi buyruqlari, 421-son shakldagi foydalanilgan ish vaqti
hisobi va ish xaqi hisoblash tabeli va boshqa hujjatlar.
Tabellar tashkilot rahbarining buyrug’i bilan tayinlangan shaxslar
tomonidan har oyda belgilangan shaklda yuritiladi. Tabellar butun tashkilot
bo’yicha yoki tuzilmaviy bo’linmalar (bo’limlar, bo’linmalar, fakultetlar,
laboratoriyalar va boshqalar)ga bo’lingan holda yuritiladi. Oyning oxirida
tabel bo’yicha ishlangan kunlarning umumiy miqdori, shuningdek, ortiqcha
ishlangan soatlar aniqlanadi. To’ldirilgan va tegishli imzolar bilan
rasmiylashtirilgan tabel va boshqa hujjatlar belgilangan muddatda ish haqi
hisoblab yozish uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
Oyning birinchi yarmi uchun xodimlarga avans beriladi. Avans
belgilangan tartibda ushlab qolinishi kerak bo’lgan soliq summasini hisobga
60
olmagan holda, qoidaga ko’ra, ish haqining 40 foizi miqdorida belgilanadi.
Avans 389-son shakldagi ish xaqi, avans berish uchun to’lov qaydnomasi
bo’yicha beriladi.
Oy uchun ish haqi hisoblab yozish va oyning ikkinchi yarmi uchun
to’lash odatda, T–49-son shakldagi hisob-kitob to’lov qaydnomasi bo’yicha
amalga oshiriladi. Ushbu hisob-kitob to’lov qaydnomasiga xodimlarning
familiyasi, ismi va otasining ismi, hisoblangan ish haqi va nafaqalar summasi,
berilgan avans, ushlangan soliqlar va boshqa summalar yoziladi.
Ishdan bo’shashda yoki ta’tilga ketishda qilingan hisob-kitoblar 425-
son shakldagi ta’til berish (ishdan bo’shash) bo’yicha hisob yozuvi bo’yicha
amalga oshiriladi. Bu hisob-kitoblar bo’yicha hisoblangan summalar joriy oy
uchun ochilgan hisob-kitob-to’lov qaydnomalariga kiritiladi. Ishdan
bo’shashda yoki mehnat ta’tiliga ketishda qilinadigan bunday hisob-kitoblar,
hisob-kitob davri oralig’iga to’g’ri kelib qolgan hollarda, to’lovlar 389-son
shakldagi to’lov qaydnomasi yoki kassa chiqim orderlari orqali amalga
oshiriladi. Bu hisob-kitoblar orqali hisoblangan va to’langan summalar joriy
oy hisob-kitob-to’lov qaydnomalariga kiritiladi.
Hisob-kitob-to’lov qaydnomalari ana shu qaydnomalarni tuzgan va
tekshirgan xodimlar tomonidan imzolanadi. Ish haqi to’lash uchun
ruxsatnoma tashkilot rahbari va bosh hisobchi tomonidan imzolanadi.
Ta’lim muassasalarida talabalar bilan stipendiya to’lovlari bo’yicha
hisoblashuvlar
amalga
oshiriladi.
Stipendiya
to’lovlari
bo’yicha
hisoblashuvlar ―Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash
va to’lash tartibi to’g’risidagi Yo’riqnoma‖(O’zR Oliy va o’rta mahsus ta’lim
vazirligi va O’zR Moliya vazirligining 2004 yil 2 martdagi 2P, 43-
sonqarorlari bilan tasdiqlangan) ga asosan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |