O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Mavzu: Tovar-moddiy zaxiralar hisobi



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix24.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#147651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
budjet tashkilotlarida budjet hisobi

Mavzu: Tovar-moddiy zaxiralar hisobi 
Reja: 
1
Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralarning tarkibi
tayinlanishi va hisobining vazifalari.
2
Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralarning kirimi hamda 
xisobdan chiqarilishi hisobi.
3
Tovar moddiy zaxiralarning hisobga oluvchi hisobvaraqlarni 
tayinlanishi.
4
Tovar moddiy zaxiralarning bo„yicha analitik va sintetik hisobni 
tashkil etish.
5
Tovar moddiy zaxiralarning bo„yicha limitlarni aniqlash tartibi. 
Tovar moddiy zaxiralarni inventarizatsiyasi hisobi. 
Tovar-moddiy zaxiralar
- keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat 
yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud 
bo’lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki 
xizmatlar ko’rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy 
vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir. 
Tovar-moddiy zahiralarga xizmat qilish muddati bir yildan ortiq 
bo’lmagan yoki bir operatsion tsikl mobaynida foydalaniladigan mol-mulklar, 
jumladan, qurilish – ta’mirlash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg’i 
va yonilg’ilar, ozuqa va em-hashak, tara (idish)lar, qishloq xo’jalik 


22 
mahsulotlari va ishlab chiqarish buyumlari, o’stiruvdagi va boquvdagi chorva 
mollari, o’quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar hamda 
laboratoriya sinovida bo’lgan, uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar, 
shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun maxsus asbob-
uskunalar va boshqalar qiradi.
Tovar – moddiy zahiralar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga 
quyidagi vazifalar qo’yiladi: 
1.
Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tovar-moddiy 
zahiralar tarkibida aks ettirish;
2.
Tovar-moddiy zahiralarni kelib tushishi, ularni tashkilot hisobidan 
chiqarilishi shuningdek, saqlanishi va maqsadli sarflanishi ustidan nazorat 
qilish; 
3.
Zahiralar va xarajatlarning belgilangan me’yorlarini kuzatib borish; 
4.
Belgilangan 
tartibda 
realizatsiya 
qilinishi 
lozim 
bo’lgan, 
foydalanilmaydigan materiallarni o’z vaqtida aniqlash; 
5.
Tovar-moddiy zahiralar xarakatini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilish 
hamda hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash; 
6.
Tovar-moddiy zahiralarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini
aks ettirish;
7.
Tovar-moddiy zahiralar bo’yicha o’z vaqtida to’liq hamda aniq 
buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish.
Budjet tashkilotlarida materiallar bo’yicha moliya yili oxiriga bo’lgan 
qoldiqlar aniqlangan me’yorlar asosida taxlil qilinadi. Agar Budjet
tashkilotini moliya yili oxirida bo’lgan materiallar bo’yicha qoldiq qiymati 
belgilangan me’yor(limit)dan ortiqcha bo’lsa keyingi moliya yilida Budjet
mablag’lari bo’yicha xarajat smetasida materiallar sotib olish uchun kiritilgan 
summa me’yordan ortiq summaga kamaytiriladi. Tovar moddiy zaxiralar 
o’rnatilgan me’yorini aniqlash uchun belgilangan ko’rsatkichlar ―O’zbekiston 
Respublikasi Davlat Budjet ini tuzish va ijro etish qoidalari‖ (O’zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 14 martda 1111-son bilan ro’yxatga 
olingan)da keltirilgan
06 ―Boshqa tovar-moddiy zahiralar‖ schyotida qurilish materiallari, oziq-
ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va yarani bog’lash vositalari, yonilg’i, 
yoqilg’i-moylash materiallari, xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy-tekshirish 
ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag’lar hisobiga sotib olingan, 
ilmiy-tekshirish ishlarida uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar va boshqa 
tovar-moddiy zahiralar hisobga olinadi.
06 ―Boshqa tovar-moddiy zahiralar‖ schyoti hisobda quyidagi 
subschyotlarga bo’lingan holda aks ettiriladi: 
060 ―Qurilish materiallari‖; 
061 ―Oziq-ovqat mahsulotlari‖; 
062 ―Dori-darmonlar va yarani bog’lash vositalari‖; 
063 ―Inventar va xo’jalik jihozlari‖; 
064 ―Yonilg’i, yoqilg’i - moylash materiallari‖; 


23 
69
Mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari‖; 
069 ―Boshqa tovar-moddiy zahiralar‖. 
060 ―Qurilish materiallari‖ subschyotida qurilish va montaj ishlari 
jarayonida foydalaniladigan qurilish materiallari hisobga olinadi. 
Tovar-moddiy zahiralar kirimi buxgalteriya hisobida alohida aks 
ettriladi. Ma’lumki tovar-moddiy zaxiralar quyidagilar natijasida tashkilotga 
kirim qilinadi: 
-etkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo’yicha xarid qilish; 
-beg’araz kelib tushish (hadya shartnomasi bo’yicha); 
-uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o’tkazish; 
-ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash; 
-tashkilotning o’zida tayyorlanishi; 
-qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar. 
Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga tannarxi 
bo’yicha kiritiladi, u xarid qiymati (etkazib beruvchiga to’lanadigan 
summalar) va ularni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlarni o’z 
ichiga oladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan va ularning 
tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
-bojxona bojlari va yig’imlari; 
-tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan soliq va 
boshqa majburiy to’lovlar summalari (agar ular qoplanmasa); 
-tovar-moddiy zaxiralar ular orqali xarid qilingan ta’minotchi va 
vositachi tashkilotlarga to’lanadigan vositachilik haqi; 
-tovar-moddiy zaxiralarni sertifikatlash va ularni tovar-moddiy 
zaxiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan texnik shartlarga muvofiq sinash 
bo’yicha xarajatlar; 
-tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ularni joriy joylashish yoki 
foydalanish joyiga etkazib berish bo’yicha transport-tayyorlov xarajatlari. 
Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari, tovar-moddiy zaxiralarni barcha 
turdagi transport bilan ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga tashish 
uchun tariflar (fraxt)ni to’lash bo’yicha xarajatlar, shu jumladan tovar-moddiy 
zaxiralarni tashishda xatarlarni sug’urtalash bo’yicha xarajatlardan tashkil 
topadi; 
-tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bevosita bog’liq bo’lgan 
boshqa xarajatlar. 
Xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarga haq to’lash bilan bog’liq 
xarajatlar (akkreditiv ochish xarajatlari, o’tkazmalar uchun bank komissiyasi, 
tovar-moddiy zaxiralarni chet el valyutasiga xarid qilish chog’ida valyutani 
konvertatsiyalash bo’yicha komissiya va boshqa bank xizmatlari), tovar-
moddiy zaxiralarni xarid qilish bo’yicha kontraktlarni tayyorlash, ro’yxatdan 
o’tkazish va yopish bilan bog’liq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan 
bevosita bog’liq bo’lmagan boshqa xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning 
tannarxiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo’lgan hisobot davrida xaqiqiy 


24 
xarajatlar sifatida aks ettiriladi. 
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bo’yicha xarajatlar ularning 
yuzaga kelishini tasdiqlovchi boshlang’ich hisob hujjatlari asosida 
belgilanadi.
Transport-tayyorlov xarajatlarining summasi alohida yig’iladi va tovar-
moddiy zaxiralarning tegishli turlari (ushbu transport-tayyorlov xarajatlari 
tegishli bo’lgan partiyalari, guruhlari) o’rtasida taqsimlanadi. 
Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi 
tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan tegishli 
xarajatlarni qo’shgan holda, chet el valyutasidagi summani bojxona yuk 
deklaratsiyasi yoki ishlar bajarilganligi, xizmatlar ko’rsatilganligini 
tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish sanasidagi O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki kursi bo’yicha qayta hisoblash yo’li bilan so’mda belgilanadi.
Tashkilot tomonidan beg’araz olingan tovar-moddiy zaxiralarning 
tannarxi ularning buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy 
qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Yuridik va jismoniy shaxslardan 
xomiylik ko’rinishida olingan tovar-moddiy zahiralar tannarxiga ularni 
tashkilotga olib kelish bilan bog’liq boshqa xarajatlar ham kiritiladi.
Uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o’tkazishda ham ularning buxgalteriya 
hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda 
tannarxi aniqlanadi. Bunda asosiy vositalarni tugatilishi natijasida yaroqli 
bo’lgan qismlari (bino-inshootlar bo’yicha foydalanish mumkin bo’lgan 
qurilish materiallari, transport vositalari bo’yicha yaroqli extiyot qismlari va 
xokazo) joriy qiymatda baxolanib tovar-moddiy zahiralar tarkibiga kirish 
qilinadi. 
Ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni inventarlash 
natijasida aniqlangan aktivlar tannarxi ular aniqlangan sanadagi joriy 
qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Tashkilotning o’zi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) 
tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan 
olinadi. Tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab 
chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni 
tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli 
bo’ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat 
xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan boshqa bevosita va 
bilvosita xarajatlar. 
Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari kirimi bo’yicha hisob 
registrlariga boshlang’ich hisob hujjatlari (hisobvaraqlar, dalolatnomalar va 
boshqalar) asosida ushbu material zahiralar olingan kun (sana) bilan yoziladi. 
Boshlang’ich hisob hujjatlarida quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak: 
mahsulotlar va oziq-ovqat mahsulotlari kimdan olinganligi, nomi, navi, 
miqdori (og’irligi) bahosi, summasi, omborga kelib tushgan vaqti va shu 
qimmatliklarni qabul qilgan moddiy javobgar shaxsning qabul qilganlik 
haqidagi imzosi va h.k.lar.
Mahsulot etkazib beruvchining hujjatlarida farq bo’lgan hollarda qabul 


25 
qilish dalolatnomasi tuziladi. Ushbu dalolatnoma tashkilotdagi qabul qilish 
komissiyasi tomonidan ikki nusxada tuziladi, bu dalolatnomani tuzishda 
ombor mudiri (moddiy javobgar shaxs) va mahsulot etkazib beruvchi tomon 
yoki manfaatdor bo’lmagan boshqa tashkilotlarning vakili qatnashishi shart.
Dalolatnomaning bir nusxasi qabul qilingan moddiy qimmatliklarni 
hisobga olish uchun, ikkinchi nusxasi esa, mahsulot etkazib beruvchilarga 
da’vo xati yuborishda foydalaniladi. 
Tashkilotga kirimga olinayotgan tovar moddiy zahiralar bo’yicha aloxida 
qaydnomalar ochilib barcha amalga oshirilgan xarajtlar boshlang’ich 
xujjatlarga asosan rasmiylashtiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 
Etkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo’yicha xarid qilish 

Sotib 
olingan 
tovar-moddiy 
zahiralar qiymati (sotib olish narhi, 
etkazib 
berish 
va 
boshqa 
qo’shimcha xarajatlar) 
091 
15,16,17 
schyotlarning 
tegishli 
subschyotlari 
Yuk xati, 
bajarilgan 
ishlarni 
topshirish, qabul 
qilish 
dalolatnomalari 
va boshqalar 

Sotib olingan tovar – moddiy 
zahira xaqiqiy qiymati bo’yicha 
kirim qilinishi
06 
schyotning 
tegishli 
subschyotlari 
091 
Qaydnoma, 
buxgalteriya 
ma’lumotnomas
i va boshqalar 
Beg’araz kelib tushish (hadya shartnomasi bo’yicha) 

Jismoniy va yuridik shaxslardan 
beg’araz olingan tovar-moddiy 
zahiralar 
qiymati 
(belgilangan 
tartibda aniqlangan bozor qiymati, 
etkazib 
berish 
va 
boshqa 
qo’shimcha xarajatlar) 
091 
262 va 
15,16,17 
schyotlarning 
tegishli 
subschyotlari 
Yuk xati, 
bajarilgan 
ishlarni 
topshirish, qabul 
qilish 
dalolatnomalari 
va boshqalar 

Beg’araz olingan tovar – moddiy 
zahira xaqiqiy qiymati bo’yicha 
kirim qilinishi
06 
schyotning 
tegishli 
subschyotlari 
091 
Qaydnoma, 
buxgalteriya 
ma’lumotnomas
i va boshqalar 
Uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o’tkazish 

Uzoq muddatli aktivlar tarkibidan 
moddiy 
qiymatliklarni 
tovar-
moddiy 
zahiralar 
tarkibiga 
o’tkazish 
06 
schyotning 
tegishli 
subschyotlari 
01, 07 
schyotlarning 
tegishli 
subschyotlari 
Hisobdan 
chiqarish 
dalolatnomalari, 
buxgalteriya 
ma’lumotnomal
ari 

Asosiy 
vositalarni 
tugatilishi 
munosabati 
bilan 
keyinchalik 
foydalanishga 
yaroqli 
bo’lgan 
06-
schyotning 
tegishli 
231, 241, 251, 
261 yoki 271 
subschyotlarni
Asosiy 
vositalarni 
hisobdan 


26 
tovar-moddiy 
zahiralarni 
kirim 
qilinishi: 
subschyotlari 
ng tegishlisi 
chiqarish 
dalolatnomalari 
Ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash 

Inventarizatsiya natijasida ortiqcha 
chiqqan 
tovar-moddiy 
zahiralarning kirim qilinishi
05, 06 
schyotlarning 
tegishli 
subschyotlari 
273 
Inventarizatsiya 
dalolatnomasi 
Tashkilotning o’zida tayyorlanishi 

Tashkilotni o’zida tayyorlangan 
tovar-moddiy zahiralarni xaqiqiy 
ishlab 
chiqarish 
xarajatlari 
summasiga
09 
schyotning 
tegishli 
subschyotlari 
02, 
06,15,16,17 
schyotlarning 
tegishli 
subschyotlari 
Buxgalteriya 
raschyotlari, 
dalolatnomalar, 
yuk xati, 
talabnoma va 
boshqalar 

Tashkilotni o’zida tayyorlangan 
tovar-moddiy zahiralarni xaqiqiy 
05, 06 
schyotlarni 
tegishli 
subschyotlari 
09 schyotning 
tegishli 
subschyotlari 
Qaydnomalar, 
buxgalteriya 
ma’lumotnomal
ari 
Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zahiralarni hisobdan chiqarish
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ma’lumki tovar-moddiy zaxiralar 
tashkilotning balansidan:
- sotish; 
- beg’araz berish; 
- saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va 
ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo’q qilish); 
- kamomad, yo’qotish yoki shikastlanish (sinish, bo’linish) 
aniqlanishi; 
- boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi. 
Tovar-moddiy zahiralar ular sotib olingan bahoda (etkazib berish va 
boshqa qo’shimcha xarajatlarni ham hisobga olgan holda) yoki ular har xil 
narxlarda sotib olingan bo’lsa, o’rtacha bahoda hisobdan o’chiriladi. 
Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan 
me’yorlar doirasida tashkilot rahbari (yoki uning o’rinbosari) tomonidan 
tasdiqlangan yuqoridagi tegishli hujjatlarga muvofiq hisobdan chiqarilishi 
lozim. 
Sotish natijasida hisobdan chiqarilishi asosan tayyor maxsulotlar 
bo’yicha amalga oshiriladi. Ma’lumki Budjet tashkilotlari faoliyat turiga mos 
xolda tayyor maxsulot, ish va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni sotish 
imkoniyatiga ega. Budjet tashkilotlarida maxsulotlarni sotish jarayoni 
qonunchilik asosida amalga oshriladi.
Tovar-moddiy boyliklarni ya’ni material qiymatliklarni sotishdan 
olingan mablag’lar Budjet tashkilotlarining Budjet dan tashqari mablag’lar 
bo’yicha G’aznachilik bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida 
jamlanadi va Budjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi: 
50 foizi - tegishli Budjet daromadiga; 


27 
50 foizi - Budjet tashkilotlarining Budjet dan tashqari mablag’lar 
bo’yicha G’aznachilik bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida 
qoladi.
Tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan Budjet tashkilotlari 
ixtiyorida qoldiriladigan mablag’lar ular tomonidan faoliyat sohasiga muvofiq 
moddiy-texnik bazani mustahkamlashga yo’naltiriladi. 
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 
Sotish 

Tovar moddiy zaxiralar sotilishini aks 
ettirish 
xaqiqiy qiymati
201 
06-
schyotning 
tegishli 
subschyotlari 
Yuk xati, 
buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Tovar moddiy zaxiralar sotish qiymati 
15-
schyotning 
tegishli 
subschyotlari 
201 
Yuk xati 

Bir vaqtning o’zida 50 foizi tegishli 
Budjet daromadiga hisoblangan 
summa 
201 
160 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Bir vaqtning o’zida tashkilotga 
tegishli 
50 
foizi 
daromadga 
o’tkazilganda 
201 
272 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 
5 Pul mablag’larini kelib tushganda 
113 
15-
schyotning 
tegishli 
subschyotlari 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 

50 foiz Budjet ga hisoblangan 
summalarni o’tkazib berilishi 
160 
113 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Tovar moddiy zaxiralarni sotilishidan 
ko’rilgan salbiy moliyaviy natija 
(zarar) 
231, 241, 
251, 261 yoki 
271 
subschyotlarn
ing tegishlisi 
201 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Sotilgan tayyor maxsulotning xaqiqiy 
tannarxi 
200 
050 
Yuk xati, 
buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 
9 Tayyor maxsulotni sotish qiymati 
15-
schyotning 
tegishli 
subschyotlari 
200 
Yuk xati 
1

Tayyor maxsulotni sotishdan pul 
mablag’larini kelib tushganda 
112 
15-
schyotning 
tegishli 
subschyotlari 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
1

Tayyor 
maxsulotni 
sotilishidan 
ko’rilgan ijobiy moliyaviy natija 
(foyda) 
200 
262 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 
1 Tayyor 
maxsulotni 
sotilishidan 
261 
200 
Buxgalteriya 


28 
2 ko’rilgan salbiy moliyaviy natija 
(zarar) 
ma’lumotnomasi 
Beg’araz berish 
Tovar moddiy zaxiralarni beg’araz 
berish 
231, 241, 
251, 261 yoki 
271 
subschyotlarn
ing tegishlisi 
05, 06 
schyotlarning 
tegishli 
subschyotlari 
Yuk xati, 
hisobdan 
chiqarish 
dalolatnomalari 
Sarflanishi, saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va ma’nan eskirganligi 
natijasida tugatish (yo’q qilish) 

Sarflanishi, yaroqsiz holatga kelishi 
sababli tovar moddiy zaxiralarni 
hisobdan chiqarish 
231, 241, 
251, 261 yoki 
271 
subschyotlarn
ing tegishlisi 
05, 06 
schyotlarning 
tegishli 
subschyotlari 
Yuk xati 
(talabnoma), 
hisobdan 
chiqarish 
dalolatnomalari 
va boshqalar 
Kamomad, yo’qotish yoki shikastlanish (sinish, bo’linish) aniqlanishi 

Inventarizatsiya natijasida kamomad 
chiqqan tovar-moddiy zahiralarning 
chiqim qilinishi
231, 241, 
251, 261 yoki 
271 
subschyotlar-
ning 
tegishlisi 
05,06 
schyotlarning 
tegishli 
subschyotlari 
Inventarizatsiya 
dalolatnomasi 

Inventarizatsiya natijasida kamomad 
chiqqan Budjet mablag’lari hisobidan 
sotib olingan yoki sotib olinish 
manbasi noaniq bo’lgan tovar-moddiy 
zaxiralar summasiga (agarda moddiy 
javobgar shaxsdan undirilsa): 
a) 
kam 
chiqqan 
tovar-moddiy 
zaxiralarning 
qiymatini 
hisobdan 
chiqarilishi 
231, 241, 
251, 261 yoki 
271 
subschyotlar-
ning 
tegishlisi 
05,06 
schyotlarning 
tegishli 
subschyotlari 
Inventarizatsiya 
dalolatnomasi 

b) aybdor shaxsdan undiriladigan 
summaning Budjet daromadlariga 
hisoblanishi 
170 
160 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

v) aybdor shaxs tomonidan kamomad 
summasini to’lanishi 
pul 
mablag’larini 
hisobga 
oluvchi 
subschyotlar 
170 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 

g) mablag’larni Budjet daromadiga 
o’tkazib berilishi 
160 
pul 
mablag’larini 
hisobga 
oluvchi 
subschyotlar 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Moddiy javobgar shaxs kamomad 
chiqishida aybdor deb tan olingan 
holda (agarda tovar-moddiy zaxiralar 
Budjet 
dan tashqari mablag’lar 
hisobidan xarid qilingan bo’lsa): 
a) 
kam 
chiqqan 
tovar-moddiy 
zaxiralarning 
qiymatini 
hisobdan 
170 
05,06 
schyotlarning 
tegishli 
subschyotlari 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 


29 
chiqarilishi 

b) agarda, mazkur tovar-moddiy 
zaxiralarning qoldiq qiymati moddiy 
javobgar shaxs hisobiga olib borilgan 
summadan kam bo’lsa 
170 
272 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

v) agarda, mazkur tovar-moddiy 
zaxiralarning qoldiq qiymati moddiy 
javobgar shaxs hisobiga olib borilgan 
summadan ko’p bo’lsa 
231, 241, 
251, 261 yoki 
271 
subschyotlar-
ning 
tegishlisi 
170 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

g) aybdor shaxs tomonidan kamomad 
summasining to’lanishi
pul 
mablag’larini 
hisobga 
oluvchi 
subschyotlar 
170 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin