O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix24.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#147651
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
budjet tashkilotlarida budjet hisobi




O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus 
ta’lim vazirligi 
Toshkent moliya instituti 
―Budjet hisobi‖ kafedrasi 


“BUDJET TASHKILOTLARIDA 
BUDJET HISOBI” 
FANIDAN
MA`RUZALAR MATNI 
Tayyorladi: k.o`q. K.Ibragimov 
Toshkent 2018 



Mavzu. Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tashkiliy-uslubiy jihatlari 
 
Reja: 
 
1.
 
Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tashkil etishning maqsadi
vazifalari hamda xususiyatlari; 
2.
 
Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tartibga solishning qonunchilik 
asoslari; 
3.
 
Budjet tashkilotlarida qo‟llaniladigan buxgalteriya hujjatlari hamda 
hisob registrlari; 
4.
 
Budjet tashkilotlari buxgalteriya schetlari rejasini tuzilishi va ularni 
qo‟llanilishi hamda buxgalteriya balansi tarkibi 
Budjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan 
bog’liq bo’lgan o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat Budjet idan 
mablag’ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag’ moliyalashtirishning asosiy 
manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo’mitasi, idora, davlat tashkiloti. 
Budjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi bo’yicha 
Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lar buxgalteriya hisobini O’zbekiston 
Respublikasining 
―Buxgalteriya hisobi to’g’risida‖ gi Qonuniga va 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko’rsatmalariga 
hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil qiladilar. 
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari, zarur hollarda, o’zlarining 
tizimidagi Budjet tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
bilan kelishgan holda buxgalteriya hisobining umumiy qoidalarini qo’llash 
tartibi to’g’risida ko’rsatmalar ishlab chiqarishlari mumkin. 
Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tashkil etishdan maqsad 
foydalanuvchilar (ichki, tashqi) ni daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi 
jarayoni bo’yicha o’z vaqtida, to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy 
axborotlari bilan ta’minlab berishdan iborat. 
Budjet tashkilotlarida budjet hisobining vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
-
Buxgalteriya hisobini amaldagi tegishli me’yoriy-xuquqiy xujjatlar asosida 
tashkil etish; 
-
Budjet tashkilotlarida Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lardan maqsadli 
foydalanishni ta’minlash; 
-
Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish 
va hisob registrlarida aks ettirish; 
-
Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati 
va harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi 
to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
-
Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi natijalarini 
shakllantirish; 
-
Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va 
hisobotlarni tuzishdan iboratdir; 



-
Buxgalteriya 
hisobini 
tashkil 
etishda 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalaridan keng foydalanish va boshqalar. 
Budjet 
tashkilotlarida 
budjet 
hisobini 
alohida 
hususiyatlari
quyidagilardan iborat: 
1.
Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi nazorat qilinishi; 
2.
Kassa va xaqiqiy xarajatlar hisobini yuritilishi
3.
Budjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi va hisobotlarni 
shakllantirilishi; 
4.
Buxgalteriya hisobi va hisobotlarni me’yoriy hujjatlarga qat’iy amal 
qilingan xolda yuritilishi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin