Mavzu. Budjet tashkilotlarida Budjet va Budjet dan tashqari
mablag„lar bo„yicha daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtatlar
jadvalini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi.
Reja:
1.Budjet tashkilotlarida xarajatlar smetalarini o‟rni axamiyati;
2. Budjet mablag‟lari bo‟yicha xarajatlar smetasini tuzish tartibi;
3. Budjet dan tashqari mablag‟lar bo‟yicha smetalarni tuzish tartibi;
4. Budjet tashkilotlarida shtatlar jadvali va ularni shakllantirish;
5. Budjet tashkilotlarida xarajatlar smetalari, shtatlar jadvalini
tasdiqlash va ro‟yxatdan o‟tkazish.
Xarajatlar smetasi – tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun
tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo’lib, unda tashkilotlar uchun xarajatlar
moddalari bo’yicha ko’zda tutilgan Budjet dan ajratilgan mablag’lar
(xarajatlar rejasi) aks ettiriladi. Budjet tashkilotlari tomonidan belgilangan
tartibda Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lar daromadlari va xarajatlari
bo’yicha smetalari tuziladi va tasdiqlanib ijrosi ta’minlanadi. Bunda
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika
Budjet larida hamda mahalliy Budjet larda turuvchi tashkilotlarni
moliyalashtirish, ular uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida amalga
oshiriladi.
Budjet tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli ―Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan
ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida‖gi qaroriga muvofiq
xarajatlarning quyidagi guruhlari Davlat Budjet idan mablag’ bilan
ta’minlanadi:
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali oilalarga nafaqalar
va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);
II. Ish haqiga qo’shimchalar;
III. Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan
aniq ro’yxatlarga muvofiq);
IV. Boshqa xarajatlar.
Yuqorida keltirilgan xarajat guruhlari asosida Budjet tashkilotlari
Budjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalarini shakllantiradi.
8
Budjet tashkilotlari tomonidan moliya yili boshida xarajatlar smetasi
tasdiqlangunga va ro’yxatdan o’tgunga qadar vaqtinchalik xarajatlar
smetasini tuzadi.
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi – tashkilotlarning xarajatlar smetasi
tasdiqlangunga va ro’yxatdan o’tkazilgunga qadar amal qiluvchi hujjat bo’lib,
unda Budjet tashkilotlari uchun ko’zda tutilgan, qonunchilikka
o’zgartirishlarni hisobga olgan holda, har oyda avvalgi moliya yilining oxirgi
choragidagi Budjet dan ajratiladigan mablag’larning uchdan bir qismidan
ortiq bo’lmagan miqdorlardagi Budjet dan ajratilgan mablag’lar (xarajatlar
rejasi) aks ettiriladi.
Budjet tashkilotlarining Budjet dan tashqari mablag’lari –
qonunchilikda nazarda tutilgan Budjet dan tashqari manbalar hisobidan
tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadigan mablag’lardir. Budjet tashkilotlarida
Budjet dan tashqari mablag’lari tashkil bo’lish manbaalari quyidagilardan
iborat:
-
Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari;
-
Tibbiyot muaasasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish
jamg’armasi mablag’lari;
-
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov kontrakt shakli mablag’lari;
-
To’lovlarning maxsus turlari bo’yicha mablag’lar;
-
Boshqa Budjet dan tashqari maxsus mablag’lar.
Yuqorida keltirilgan Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha alohida-
alohida daromadlar va xarajatlar smetalari tuziladi.
Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha smeta – tashkilotlar tomonidan
joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo’lib, unda
tashkil bo’lish manbaalari va ushbu mablag’larning qonunchilikka muvofiq
foydalanish yo’nalishlari ko’rsatilgan holda Budjet dan tashqari daromadlar
tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi
Tashkilotlar, agarda qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan
bo’lsa, mustaqil ravishda xarajatlar smetasini, Budjet dan tashqari mablag’lar
bo’yicha smetani, shuningdek, shtatlar jadvalini tasdiqlangan tashkiliy
tuzilma, shtat birliklari, namunaviy shtatlar va Budjet dan moliyalashtirish
me’yorlariga muvofiq ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Xarajatlar smetasiga O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining
farmonlari,
qarorlari
va
farmoyishlari,
O’zbekiston
Respublikasi Hukumatining, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, tegishli hokimiyatlar ularga berilgan tegishli huquq va
vakolatlar doirasidagi qarorlari va farmoyishlarida ko’zda tutilgan xarajatlar
kiritiladi.
Xarajatlar smetasi va Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha smeta
bir yillik muddatga – 1 yanvardan 31 dekabrni ham qo’shgan holda,
mavsumiy yoki joriy yilda ishga tushiriladigan tashkilotlar bo’yicha esa,
ularning mazkur moliya yilidagi faoliyat ko’rsatish muddatiga tuziladi va
amal qiladi.
9
Xarajatlar smetasi O’zbekiston Respublikasi Davlat Budjet i
xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhlari bo’yicha, 4
guruh xarajatlarining to’liq yoyilmasini va hisob-kitoblarni o’z ichiga olgan
holdagi ilova bilan birgalikda tuziladi.
Ilova xarajatlar smetasining ajralmas qismi bo’lib, smetasining prognoz
hisob - kitoblarini asoslaydi va hisobot tuzish maqsadida foydalaniladi.
Xarajatlar smetasi bo’yicha xarajatlarni hisoblab chiqish mablag’larga
bo’lgan ehtiyojga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko’rsatkichlarini
va iqtisod qilishning qat’iy tartibini amalga oshirishni hisobga olgan holda
amalga oshirilishi shart.
Xarajatlarni hisoblab chiqishda quyidagilarga amal qilish kerak:
O’zbekiston Respublikasi qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi
Hukumatining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek Qoraqalpog’iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimiyatlarning ularga
berilgan huquq va vakolatlar doirasida qabul qilingan qaror va
farmoyishlariga;
Budjet tashkilotlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar
me’yorlariga;
tovar va xizmatlarni davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va
tariflariga.
Tashkilotlar belgilangan shaklda Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha
smetani har yili tuzadilar va tasdiqlaydilar. Bunda, tashkilotlar Budjet dan
tashqari
mablag’lar
tushumlarini
va
xarajatlarini
rejalashtirishni
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
1.
Tashkilotlar quyidagi Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha
smetalarni tuzadilar:
- Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi;
- Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish
jamg’armasi;
- ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushumlar;
- qonunchilikda belgilangan boshqa barcha Budjet dan tashqari
mablag’lar, jumladan, vazirliklar va idoralarning Budjet dan tashqari
jamg’armalariga yo’naltirilayotgan davlat bojlari, yig’imlar va soliq
bo’lmagan to’lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar.
Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha, Budjet tashkilotlarini
rivojlantirish jamg’armasi va Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish
va rivojlantirish jamg’armasi bundan mustasno, smetalar tegishli moliya
organlarida xarajatlar smetasi uchun belgilangan muddatlarda va tartibda
ro’yxatdan o’tkaziladi.
Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalarni tuzish, ko’rib chiqish va
tasdiqlash tashkilotlarning xarajatlar smetasi uchun yuqorida aytib o’tilgan
Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10
Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha smetada Budjet dan tashqari
mablag’lar tushumlarining hajmi va ushbu mablag’lardan foydalanish
yo’nalishlari qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalarning daromad qismiga
Budjet dan tashqari mablag’larning qonunchilikka muvofiq barcha
shakllanish manbaalari bo’yicha kutilayotgan mablag’lar tushumi va moliya
yilining boshiga mablag’lar qoldig’i kiritiladi.
Qonunchilikka muvofiq Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha
smetalar hisobidan xodimlar birliklari saqlangan hollarda, smetaga shtatlar
jadvali ilova qilinadi. Bunda, ro’yxatdan o’tkaziladigan Budjet dan tashqari
mablag’lar bo’yicha smeta bilan birga shtatlar jadvali ham ro’yxatdan
o’tkazish uchun taqdim qilinadi.
Shtatlar jadvali rejalashtirilayotgan yilning 1 yanvar holatiga har bir tashkilot
bo’yicha alohida holda, ularning tuzilmaviy bo’linmalari kesimida mazkur
tashkilot uchun o’rnatilgan mehnatga haq to’lash shartlariga muvofiq ravishda
tuziladi.
Shtatlar jadvaliga kiritiladigan lavozimlar nomlari va ma’muriy-
boshqaruv, o’quv-yordamchi va yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi va texnik)
xodimlarining
soni,
xodimlar va mehnatga haq to’lash bo’yicha ularning razryadlari (bazaviy
stavkalari) quyidagilarga muvofiq bo’lishi shart:
belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shtatlar jadvalida va
mehnatga haq to’lash bo’yicha razryadlarda (bazaviy stavkalarda)
nazarda tutilgan lavozimlarga;
hodimlarning
umumiy
birliklari
doirasiga
va
boshqaruv
xizmatchilarining xodimlar birliklariga;
tashkilotlar turlari bo’yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan
namunaviy shtatlar jadvallariga;
davlat boshqaruv organlarida xodimlar toifalarining me’yoriy
nisbatlarini Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv,
xizmat
ko’rsatuvchi
va
texnik
xodimlari
lavozimlarining
nomenklaturasi bilan muvofiqligiga.
Tarifikatsiya ro’yxatiga muvofiq mehnatga haq to’lanishi hisob-kitob
qilinadigan lavozimlar shtatlar jadvaliga stavkalar soni, lavozimlarning har bir
guruhi bo’yicha (o’qituvchilar, tarbiyachilar, vrachlar, o’rta tibbiy hodimlar
va boshqalar), to’lovlarning turlari bo’yicha (pedagoglarga daftar
tekshirishga, sinf rahbarligiga, maxsus unvon uchun va boshqalar) oylik
mehnatga haq to’lash jamg’armasini ko’rsatgan holda va tarifikatsiya
ro’yxatini shtatlar jadvaliga ilova qilgan holda kiritiladi.
Shtatlar jadvalida, shuningdek, yakun bo’yicha alohida qatorda mehnatga
haq to’lash shartlarida nazarda tutilgan mehnatga haq to’lash jamg’armasi va
yil bo’yicha hisob-kitoblar natijasida ustamalar to’lashga, qo’shimchalar va
xodimlarni
moddiy
rag’batlantirishga
yo’naltiriladigan
mablag’lar
ko’rsatiladi, masalan:
11
mehnatga haq to’lash jamg’armasiga nisbatan 15 foiz miqdorda
shakllanadigan Budjet tashkilotlari va muassasalarini moddiy
rag’batlantirish maxsus jamg’armasi;
uzoq yillik mehnati uchun bir martalik rag’batlantirishni to’lash, moddiy
yordam ko’rsatish, mukofotlash uchun mehnatga haq to’lash jamg’armasi;
mehnat ta’tilidagi shaxslarning o’rnini bosuvchi xodimlarning mehnatiga
haq to’lash uchun mehnatga haq to’lash jamg’armasi;
umumta’lim
muassasalari,
o’rta-maxsus,
kasb-hunar
ta’limi
muassasalarining direktor jamg’armasi va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |