Mavzu: Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar, ularni tuzish,
tasdiqlash hamda taqdim qilish tartibi
Reja:
1
Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar, ularni tuzish, tasdiqlash
hamda taqdim qilish tartibi. Buxgalteriya balansini tuzish.
2
Xarajatlar smetasi ijrosi haqida hisobotni tuzish tartibi.
3
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to„g„risida ma‟lumotni tuzish tartibi.
4
Budjet tashkiloti rivojlantirish jamg„armasi bo„yicha pul mablag„lari
harakati to„g„risida hisobotni tuzish tartibi.
5
Ta‟lim muassasalarida o„qitishning to„lov-kontrakt shaklidan tushgan
mablag„lar harakati to„g„risida hisobotni tuzish tartibi.
6
Boshqa Budjet dan tashqari mablag„lar harakati bo„yicha hisobotni
tuzish tartibi.
7
Joriy yilning moliyaviy natijalari to„g„risida hisobotni tuzish tartibi.
8
Nomoliyaviy aktivlar harakati to„g„risida hisobotni tuzish tartibi.
9
Xarajatlar smetasi ijrosi haqida oylik hisobotni tuzish tartibi.
Budjet tashkilotlarda Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lar ijrosi
bo’yicha oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim
qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o’rnatiladi.
Yillik moliyaviy hisobotlar hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvar
holatiga tuziladi. Choraklik moliyaviy hisobotlar hisobot yilining 1 aprel, 1
iyul va 1 oktyabr holatiga, oylik moliyaviy hisobotlar hisobot oyidan keyingi
oyning birinchi sanasi holatiga tuziladi.
Tashkilotlar set, shtat va kontingentlar rejalarini bajarilishi to’g’risidagi
hisobotlarni
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
tasdiqlangan shakllarga muvofiq tuzib topshiradilar. Amaldagi qonunchilikka
muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilmagan holda
moliyaviy hisobotlar shakllariga o’zgartirishlar kiritishga yo’l qo’yilmaydi.
Budjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy
hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
Balans (1-shakl);
85
-
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl);
-
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumot;
-
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul
mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;
-
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish
jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;
-
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan
tushgan mablag’lar harakati to’g’risida hisobot;
-
Boshqa Budjet dan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot;
-
Joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobot;
-
Nomoliyaviy aktivlarning harakati to’g’risida hisobot.
Agarda, tashkilotlar qonunchilikka muvofiq hisobot davrida mahsulot
(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini amalga oshirsa, u
holda ushbu faoliyatlari bo’yicha belgilangan tartibda va muddatlarda moliya
organlariga 2-shakl – ―Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot‖ni taqdim
qiladilar.
Tashkilotlar tomonidan topshiriladigan choraklik moliyaviy hisobotlar
tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
Balans (1-shakl);
-
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl);
-
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumot;
-
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari
harakati to’g’risida hisobot;
-
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish
jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;
-
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan
mablag’lar harakati to’g’risida hisobot;
-
Boshqa Budjet dan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot.
Yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xati ilova
qilinadi. Ushbu tushuntirish xatida Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lar
ijrosi jarayonida vujudga kelgan asosiy omillar, jumladan, Budjet dan
ajratilgan mablag’larni iqtisod qilinishining sabablari (tahlillari) (agarda
iqtisod qilingan bo’lsa), debitorlik va kreditorlik qarzlarning vujudga kelish
sabablari va davri, agarda muddati o’tgan qarzdorlikka yo’l qo’yilgan bo’lsa,
undirish bo’yicha ko’rilgan choralar, qonunchilikka muvofiq tashkilotlarga
soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha berilgan imtiyozlar natijasida
bo’shab qolgan mablag’lar va ularning sarflanishi, shuningdek, tashkilot
tomonidan hisobot davrida kirim qilingan va sarflangan qog’oz to’g’risidagi
ma’lumotlar, o’g’irlik va kamomadlar to’g’risidagi ma’lumotlar va moliyaviy
hisobotlar bilan bog’liq bo’lgan boshqa tushuntirishlar keltiriladi. Bundan
tashqari, hisobot yilining birinchi choragi bo’yicha moliyaviy hisobotlarga
tushuntirish xatida asosiy vositalar va boshqa aktivlarni (jumladan,
tugallanmagan qurilish va o’rnatiladigan asbob-uskunalarni) qayta baholash
bo’yicha axborotlar ochib beriladi.
86
Tushuntirish xati tashkilot rahbari yoki uning o’rinbosari (birinchi imzo
huquqidan foydalanuvchi shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning
o’rinbosari (ikkinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs) hamda moliya-
iqtisod bo’limi boshlig’i (shtatlar jadvaliga muvofiq holda reja-iqtisod
bo’yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri bilan
tasdiqlanadi.
Moliyaviy hisobot shakllaridagi barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan
ko’rsatkichlar to’ldirilishi kerak. Tashkilotlarda tegishli aktivlar, passivlar va
operatsiyalarning mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar)
to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustidan chizib qo’yiladi.
Moliyaviy hisobotlar shakllari (jamlanma hisobotlardan tashqari) ―Bosh-
jurnal kitobi‖ (308-shakl) va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlari
asosida tuziladi.
Moliyaviy hisobotlar shakllarining manzil (ust) qismi quyidagi tartibda
to’ldiriladi:
-―Tashkilot nomi‖ rekvizitida tashkilotning to’liq nomi ko’rsatiladi;
-―Bo’lim, kichik bo’lim, bob‖ rekvizitida tashkilotning Budjet
tasnifining vazifaviy va tashkiliy jihatdan bo’linishi (belgilanishi) keltiriladi;
-―Hisobot davri‖ rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil,
chorak, oy) ko’rsatiladi;
-―Budjet turi‖ rekvizitida tashkilot tomonidan hisobot berilayotgan
mablag’ning manbasi O’zbekiston Respublikasi Budjet tasnifiga muvofiq
mablag’lar manbasi va Budjet lar darajasi tasnifining kodlari keltiriladi;
-―O’lchov birligi‖ rekvizitida hisobot tuzilayotgan o’lchov birligi
keltiriladi.
Moliyaviy hisobotlarni tuzishda quyidagi asosiy shartlar to’liq saqlanishi
lozim:
-hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag’lari,
asosiy vositalar, moddiy boyliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisob-
kitoblar natijalarining to’liq aks ettirilishi;
-analitik hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga
sintetik hisob yuritish hisobvaraqlari bo’yicha aylanmalar va qoldiqlarga bir
xil bo’lishi, shuningdek moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining sintetik va
analitik hisob ma’lumotlariga mosligi;
-moliyaviy hisobotlardagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlarning asos bo’lib
xizmat qilishi.
Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda tuzilgan moliyaviy
hisobotlar noto’g’ri tuzilgan deb hisoblanadi.
Tashkilotlar jamlama moliyaviy hisobotlarni o’zlari ko’rib chiqqan
tasarrufdagi quyi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari hamda o’zining
moliyaviy hisobotlari asosida tuzadilar. Moliyaviy hisobotlar, qoida
tariqasida, o’sib boruvchi tartibda bitta o’n xonali sonda ming so’m hisobida
tuziladi.Agarda, me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini buzmagan holda
moliyaviy hisobotlar ko’rsatkichlari manfiy qoldiq bilan chiqsa (manfiy
87
qoldiqqa ega bo’lsa), u holda hisobotlarda ushbu ko’rsatkichlar ―minus‖
ishora bilan aks ettiriladi.
Budjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni
mazmuniga e’tibor beradigan bo’lsak, shubhasiz balans (1-shakl) markaziy
o’rinni egallaydi va Budjet tashkilotining ma’lum davrga barcha moliyaviy
ko’rsatkichlarini o’zida aks ettiradi.
Qolgan hisobot shakllari esa, mazkur balansda aks ettirilgan moliyaviy
ko’rsatkichlarni ayrimlarini detallashtirib, aniq ma’lumotlar bilan
ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa, tashkilotlar tomonidan tuziladigan
moliyaviy hisobotlarni uzluksizligini, o’zaro muvofiqligini va tizimliligini
ta’minlaydi.
Bo’ysunish bo’yicha yuqori turuvchi tashkilotga taqdim etiladigan
moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotning rahbari va bosh
hisobchisi
tomonidan
imzolanadi.
Markazlashtirilgan
buxgalteriyada
moliyaviy hisobotlar u tashkil etilgan boshqaruv idorasi yoki tashkilot rahbari
tomonidan hamda markazlashtirilgan buxgalteriyaning bosh hisobchisi
tomonidan imzolanadi.
Bunda, g’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlarning tegishli moliyaviy
hisobotlari, jumladan, xarajatlar smetasining ijrosi xaqida hisobot (2-shakl)
hamda Budjet dan tashqari mablag’larning harakati to’g’risida hisobotlar
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Vazirliklar, idoralar va hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari)ning
Moliya vazirligi hamda hududiy moliya organlariga taqdim etiladigan
jamlama moliyaviy hisobotlari tegishli ravishda mazkur boshqaruv
idoralarining vakolatli rahbari va ushbu idoralarning buxgalteriya xizmatlari
rahbarlari (hisobchilari) tomonidan imzolanadi. Yuqorida ko’rsatilgan
mansabdor shaxslarning imzolarisiz va tashkilotlarning muhrlarisiz moliyaviy
hisobotlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining respublika Budjet ida turadigan
tashkilotlar moliyaviy hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining tegishli buyruqlariga muvofiq o’rnatilgan muddatlarda
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman
(shahar)lar Budjet larida turadigan tashkilotlar moliyaviy hisobotlarni tegishli
vazirlik va idoralarga, hokimliklar boshqarmalariga (bo’limlariga) ular
tomonidan belgilangan, lekin qonunchilik bilan o’rnatilgan muddatlardan
kech bo’lmagan muddatlarda taqdim etadilar.
Tashkilotlar tegishli moliya organlariga ular tomonidan belgilangan,
lekin mazkur Qoidalar bilan o’rnatilgan muddatlardan kech bo’lmagan
muddatlarda jamlama moliyaviy hisobotlarni taqdim etadilar. Muddatlar
tegishli Budjet ning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarning yuqori turuvchi moliya
organiga o’z vaqtida taqdim etilishini ta’minlashni hisobga olgan holda
belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3
sentyabrdagi 414-sonli "Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash
88
tartibini takomillashtirish to’g’risida"gi qaroriga (O’zbekiston Respublikasi
QT, 1999 y. 9-son, 51-modda) muvofiq, moliya yiliga qo’shimcha vaqt etib
belgilangan davr mobaynida operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar
uchun moliyaviy hisobotlarni topshirishning alohida muddatlari Moliya
vazirligi tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasining respublika Budjet ida turadigan
tashkilotlar yuqori turuvchi idoralarga hisobotlarni bo’ysunishiga qarab
hamda ular tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etadilar.
O’zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari choraklik jamlama
moliyaviy hisobotlarni hisobot davridan keyin 25 kundan kechiktirmasdan,
yillik moliyaviy hisobotlarni esa, hisobot yilidan keyin keladigan yilning 20
fevralidan kechiktirmasdan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga
taqdim etadilar. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko’rsatilgan
muddatlar doirasida vazirlik va idoralar tomonidan choraklik va yillik
jamlama moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning tabaqalashtirilgan
muddatlarini belgilaydi.
Moliyalashtirilishi (xarajatlarining to’lanishi) yil davomida bir Budjet
dan boshqasiga o’tkazilgan yoki bir vazirlik (idora) tasarrufidan boshqasiga
o’tkazilgan tashkilotlarda o’tkazish sanasiga moliyaviy hisobot (yillik hisobot
shakllari hajmida) tuziladi hamda u ilgarigi va hozirgi yuqori turuvchi
idoralarga taqdim etiladi. Kelgusida hisobot faqat yangi yuqori turuvchi
idoraga taqdim etiladi.
Tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish sanasi ular
tomonidan haqiqatda taqdim etilgan sana hisoblanadi. Hisobot taqdim etish
uchun belgilangan muddat dam olish kuniga to’g’ri kelgan taqdirda hisobot
dam olish kuni arafasidagi so’nggi ish kunida taqdim etiladi.
Vazirlik va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari) hamda
boshqa Budjet mablag’larini oluvchilar tomonidan hisobotlar belgilangan
muddatda topshirilmagan taqdirda Moliya vazirligi va hududiy moliya
organlari Budjet mablag’larini oluvchilar rahbarlarini yozma ravishda
ogohlantirgan holda Budjet dan moliyalashni (xarajatlarini to’lashni)
cheklashlari, zarur hollarda esa to’xtatib qo’yishlari mumkin.
Moliyaviy hisobotlarda o’chirish va ustiga yozishlar bo’lmasligi kerak.
Xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ularni hisobotlarga imzo
chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko’rsatadilar. Moliyaviy
hisobotlarga kiritilgan barcha tuzatishlar haqida ularni yuqori turuvchi
tashkilot tomonidan ko’rib chiqish paytida mazkur moliyaviy hisobotlar
taqdim etilgan barcha joylarga (manzilgohlarga) majburiy tartibda xabar
qilinishi shart.
Idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari) hamda boshqa Budjet
mablag’larini oluvchilar (Budjet mablag’larini bosh taqsimlovchilar) o’z
tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini qabul qiladilar, ko’rib
chiqadilar hamda tasdiqlaydilar, agarda qonunchilikda boshqacha qoidalar
nazarda tutilmagan bo’lsa.
89
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, tegishli hududiy moliya
organlari zarur hollarda o’tgan moliya yili yakunlarini chiqarishda vazirlik va
idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari) tomonidan o’z tasarrufidagi
tashkilotlarning yillik moliyaviy hisobotlarini ko’rib chiqishda ishtirok
etishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari
quyidagi huquqlarga ega:
- zarur hollarda moliyaviy hisobotda keltirilgan ma’lumotlar yuzasidan
tushuntirishlar talab qilish;
- buxgalteriya hisobi va hisobotlari ma’lumotlarini hamda ularning
hujjatlar bilan asoslanganligini, shuningdek, taftish dalolatnomalari va
tashkilotning moliya-xo’jalik faoliyatini o’rganish materiallarini joyida ko’rib
chiqish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari
moliyaviy hisobotlar yuzasidan (ushbu moliyaviy hisobotlar bo’yicha
noaniqliklar va tushunmovchiliklar yuzaga kelganda) o’z e’tiroz va takliflari
haqida ular tegishli moliya organlariga kelib tushgan kundan boshlab 10
kundan kechiktirmasdan tashkilotlarga xabar qiladi. Moliyaviy hisobotlarni
topshirgan tashkilot olingan e’tirozlar va takliflarga rozi emasligi haqida 5
kun muddatda Moliya vazirligi yoki hududiy moliya organlariga xabar
qilmagan taqdirda, takliflar qabul qilingan deb hisoblanadi.
Ma’lumki, amaldagi qonunchilikka muvofiq Budjet tashkilotlari
o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishlari uchun Budjet hamda Budjet dan
tashqari mablag’lardan foydalanadilar. Mazkur mablag’larni maqsadli
sarflanishini taxlil qilish hamda kelasi moliya yili uchun Budjet
tashkilotlariga Budjet dan ajratiladigan mablag’lar bo’yicha xarajatlar
smetalarini tuzish uchun moliyaviy hisobot ma’lumotlari taxliliga
asoslaniladi.
Davlat Budjet ining kelgusi moliya yiliga mo’ljallangan loyihasini
tayyorlashda va qabul qilishda ham o’tgan davr uchun Budjet ijrosi hisoboti
ma’lumotlariga asoslanshini o’zi Budjet ijrosi hisoboti ma’lumotlarini
naqadar ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi.
Budjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan va taqdim qilinadigan moliyaviy
hisobotlarni axborot imkoniyatlari:
Balans (1-shakl) - Budjet tashkilotining hisobot davriga moliyaviy holatini
kompleks taxlilini amalga oshirish mumkin.
Jumladan, nomoliyaviy aktivlarining hisobot yili boshiga va hisobot davri
oxiriga qoldig’i, bu esa hisobot davrida Budjet tashkilotining nomoliyaviy
aktivlarini qancha summada ko’payganligi yoki kamayganligini bildiradi.
Ularning (asosiy vositalarning) eskirishi va qoldiq qiymati (mos ravishda
hisobot davrining boshiga va oxiriga) to’g’risidagi ma’lumotlar.
Moliyaviy aktivlarining har bir turi bo’yicha hisobot davri boshiga va
oxiriga qoldig’i to’g’risidagi ma’lumotlar.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarning hisobot davri boshiga va oxiriga
bo’lgan qoldiq summasi, bu esa Budjet tashkiloti tomonidan debitorlik va
90
kreditorlik qarzlarni kamaytirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlarni taxlil
qilishda yordam beradi.
Budjet tashkilotining joriy yilga va o’sib oruvchi yakun bilan moliyaviy
natijalarini xolati, bu esa, Budjet tashkilotini xar bir daromadlar (tushumlar)
turi bo’yicha moliyaviy holatini taxlil qilish imkonini yaratadi.
Bundan tashqari, Budjet tashkilotining balansdan tashqari schyotlarida aks
ettirilgan mol-mulklari to’g’risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) - Ushbu hisobot
yordamida Budjet tashkilotining hisobot choragi mobaynida xarajatlar
smetasining ijrosini taxlil qilish mumkin.
Jumladan, aniqlangan rejaga nisbatan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xar bir
moddasi bo’yicha kassa va xaqiqiy xarajatlarni amalga oshirilishi to’g’risidagi
ma’lumotlar. Bu esa, Budjet tashkilotining aniqlangan rejaga nisbatan
ishlatilmagan limitlarini aynan qaysi xarajat turi bo’yicha vujudga
kelganligini taxlil qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari rejaga nisbatan xaqiqiy xarajatlarni kam yoki ko’p amalga
oshirilganligi aynan xarajatlarning qaysi turi bo’yicha yuzaga kelganligini
ko’rish va taxlil qilish mumkin.
Bular natijasida Budjet tashkilotining ham joriy yilgi xarajatlar smetasini
taxlili, ham kelasi yilga rejalashtirilishi mumkin bo’lgan mablag’lar
to’g’risida ma’lumotlar olish imkonini yaratadi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumot - Budjet
tashkilotining hisobot davriga yuzaga kelgan barcha debitorlik va kreditorlik
qarzlari to’g’risida batafsil ma’lumotlarni taxlil qilish mumkin.
Jumladan, debitorlik va kreditorlik qarzlarni aynan xarajatlarning qaysi turi
bo’yicha yuzaga kelganligi, shuningdek muddati o’tkazib yuborilgan
qarzdorliklar to’g’risida, bundan tashqari mazkur qarzlarni respublikadan
tashqaridagi qismi bo’yicha ham ma’lumotlar olish mumkin.
Yuqoridagi barcha ma’lumotlar Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lar
bo’yicha alohida holda keltiriladi. Bu esa, Budjet tashkilotining ham joriy
yilgi xarajatlar smetasini taxlili, ham kelasi yilga rejalashtirilishi mumkin
bo’lgan mablag’lar to’g’risida ma’lumotlar olish imkonini yaratadi.
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari
harakati to’g’risida hisobot - Mazkur hisobot natijasida O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son
―Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash chora-tardbirlari
to’g’risida‖gi qarori ijrosini nazorat va taxlil qilish mumkin.
Jumladan, mazkur jamg’armaning xar bir tushum turi bo’yicha Budjet
tashkilotiga hisobot davrida qancha mablag’lar kelib tushganligi va mazkur
mablag’larni qanday maqsadlarga sarflanganligi to’g’risidagi ma’lumotlar.
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish
jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot - Mazkur
hisobot natijasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil
21 dekabrdagi 276-son ―Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to’lashning
91
takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida‖gi qarori ijrosini nazorat va
taxlil qilish mumkin.
Jumladan, mazkur jamg’armaning xar bir tushum turi bo’yicha Budjet
tashkilotiga hisobot davrida qancha mablag’lar kelib tushganligi va mazkur
mablag’larni qanday maqsadlarga sarflanganligi to’g’risidagi ma’lumotlar.
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan
mablag’lar harakati to’g’risida hisobot - Ta’lim muassasalarida to’lov-
kontrakt mablag’larining tushumi va ularni qonunchilikka muvofiq
belgilangan maqsadlarga sarflanishi to’g’risidagi ma’lumotlar. Bular
natijasida
ta’lim muassasasiga kelajakda Budjet mablag’larini
rejalashtirilishida zaruriy ma’lumotlarni olishga va ularni taxlil qilishga
imkoniyat yaratadi.
Boshqa Budjet dan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot -
Budjet tashkilotining yuqorida keltirilganlardan tashqari barcha Budjet dan
tashqari mablag’larini tushumi va ularni sraflanishi to’g’risidagi ma’lumotlar.
Bular natijasida Budjet tashkilotiga kelajakda Budjet mablag’larini
rejalashtirilishida zaruriy ma’lumotlarni olishga va ularni taxlil qilishga
imkoniyat yaratadi.
Joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobot - Mazkur hisobot
tashkilotning joriy yilning yakunlari bo’yicha moliyaviy faoliyatining natijasi,
ya’ni, har bir daromad (tushum)larning turlarini mazkur daromadlar
(tushumlar) hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar bilan solishtirish
natijasi bo’yicha ma’lumotlarni umumlashtirish va taxlil qilish uchun tuziladi.
Bu malumotlar natijasida Budjet tashkilotining joriy yilga Budjet va Budjet
dan tashqari mablag’larining tushumi va sarflanishini taxlil qilishda zaruriy
ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
Nomoliyaviy aktivlarning harakati to’g’risida hisobot - Nomoliyaviy
aktivlar harakati to’g’risida hisobot tashkilotning hisobot yili mobaynidagi
nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va tovar-moddiy
zaxiralari)ning
mavjudligi
va
harakati
to’g’risidagi ma’lumotlarni
umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.
Mazkur ma’lumotlar natijasida Budjet tashkilotining kelajakdagi xarajatlar
smetasiga mablag’lar rejalashtrilishida zaruriy ma’lumotlarni olish imkonini
yaratadi.
Jumladan asosiy vositalarning xar bir turi bo’yicha qoldiq qiymatini taxlil
qilish natijasida kelgusi moliya yili uchun Budjet tashkilotiga zaruriy asosiy
vositalarga mablag’lar rejalashtirishda etarlicha ma’lumotlar bazasi
shakllanadi.
Mazkur moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan ma’lumotlar o’zaro bir biri
bilan uzviy bog’liqlikda, ya’ni bir hisobotda aks ettirilgan moliyaviy
ko’rsatkichlar boshqa hisobotda yanada aniqlashtirilgan yoki boshqa
ko’rsatkichlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Bu esa, moliyaviy
hisobotlarni taxlil qilishda yanada ko’proq imkoniyatlarni yaratadi.
Jumladan, balansda aks ettirilgan debitorlik va kreditorlik qarzlar
buxgalteriya hisobining subschyotlari bo’yicha aks ettirilsa, boshqa hisobot
92
shakli – debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risidagi ma’lumotda esa,
xarajatlar iqtisodiy tasnifining moddalari va kichik moddalari bo’yicha aks
ettiriladi va h.k.
Dostları ilə paylaş: |