Mavzu: Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi
Reja:
1
G„azna ijrosi sharoitida Budjet tashkilotlarining yuridik va moliyaviy
majburiyatlarini g„aznachilik organlarida ro„yxatdan o„tkazish.
2
Budjet tashkilotlarida mol etkazib beruvchilar va xaridorlar bilan
hisoblashuvlar hisobi.
3
Budjet va Budjet dan tashqari jamg„armalar bilan hisoblashuvlar
hisobi.
4
Budjet tashkilotlarida xizmat safar xarajatlari bo„yicha hisobdor
shaxslar bilan hisoblashuvlar.
5
Kamomadlar bo„yicha hodimlar bilan hisoblashuvlar hisobi.
6
Boshqa turli debitor va kreditor majburiyatlar bo„yicha
hisoblashuvlar hisobi.
7
Hisoblashuv muomalalari bo„yicha inventarizatsiya hisobi.
Budjet tashkilotlari tomonidan daromadlar va xarajatalar smetalarini
ishrosini amalga oshirish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslar bilan
hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Bu hisoblashlarning provard natijasi
debitorlik va kreditorlik majburiyatlar bo’yicha hisoblashuvlarni yuzaga
kelishiga sabab bo’ladi.
Debitorlik majburiyat
– bu boshqa korxonalarni, (xaridorlarga sotilgan
mahsulot (ish va xizmatlar), mol etkazib beruvchilarga oldindan to’langan
mablag’lar va boshqalar bo’yicha), Budjet , Budjet dan tashqari
jamg’armalarni (soliqlar, majburiy ajratma va ushlanmalar bo’yicha
oldindan to’langan mablag’lar bo’yicha) xodimlarni (hisobini berish sharti
bilan olingan mablag’lar va boshqalar bo’yicha) tashkilot oldidagi
qarzdorligidir.
Kreditorlik majburiyat
– bu tashkilotning boshqa korxonalardan
(xaridorlarga sotilgan mahsulot (ish va xizmatlar) uchun olingan avanslar,
44
mol etkazib beruvchilardan olingan mahsulot(ish va xizmatlar) va boshqalar
bo’yicha) , Budjet , Budjet dan tashqari jamg’armalardan (soliqlar, majburiy
ajratma va ushlanmalar bo’yicha ), xodimlardan (ish haqi va unga
tenglashtiriladigan to’lovlar va boshqalar bo’yicha) qarzdorligidir.
Budjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlarda
mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan maxsulot (ish va hizmatlar)
etkazib berish bo’yicha, Xaridor va buyurtmachilar bilan mahsulot (ish va
hizmatlar)ni sotish bo’yicha, sug’urta tashkilotlari bilan majburiy yoki
ihtiyoriy sug’urta to’lovlari bo’yicha, jismoniy va yuridik shahslar bilan
tashkilotning
ixtiyoriga
vaqtinchalik
tushgan
va
ma’lum shartlar
bajarilgandan keyin qaytarilishi lozim bo’lgan summalar bo’yicha,
to’lovlarning maxsus turlari bo’yicha hisoblashishlar aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi
tegishli buxgalteriya dastlabki xujjatlari(yuk hati, bajarilgan ishlarni
topshirish qabul qilish dalolatnomalari, buxgalteriya ma’lumotnomalari,
to’lov topshiqnomasi va boshqalar)ga asosan yig’ma qaydnomalar, 6-
memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan
hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma 408-son shakl, 292-son
shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari , 308-son shakldagi bosh
jurnal kitobi va hisobot rasmiylashtiriladi.
Buxgalteriya
hisobida
turli
debitor
va
kreditorlar
bilan
hisoblashuvlar hisobi 15 ―Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar‖
schyoti quyidagi subschyotlarga bo’lingan xolda yuritiladi:
150 ―Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar‖;
152 ―Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar‖;
154 ―Sug’urta bo’yicha to’lovlar‖;
155 ―Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo’ladigan mablag’lar
bo’yicha hisob-kitoblar‖;
156 ―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar‖;
159
―Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar‖.
Budjet tashkiloti ishchi schyotlar rejasini tasdiqlayotganda 15 ―Turli
debitor
va
kreditorlar
bilan
hisob-kitoblar‖
schyotining
tegishli
subschyotlarini mablag’lar manbaalari bo’yicha alohida shakllantirib olishi
mumkin. Masalan 150/1 ―Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan
hisob-kitoblar (Budjet mablag’i hisobidan)‖, 150/2 ―Mol etkazib beruvchilar
va pudratchilar bilan hisob-kitoblar (rivojlantirish jamg’armasi mablag’i
hisobidan)‖ va xokazo.
Ushbu subschyotlar bo’yicha analitik hisob Budjet va Budjet dan
tashqari mablag’lar bo’yicha hisob-kitoblarni alohida ajratgan holda 292-son
shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da, 285-son
shakldagi aylanma qaydnomada va boshqa tegishli hisob registrlarida
yuritiladi.
Budjet tashkilotlari etkazib beriladigan mahsulot (ish va xizmatlar)
bo’yicha mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan tuzilgan shartnomaga
45
muvofiq hisoblashuvlarni amalga oshiradi.
Budjet tashkilotlari belgilangan tartibda mol etkazib beruvchi va
pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish uchun
g’aznachilik bo’limlariga taqdim etadi.
Belgilangan tartibga muvofiq Budjet tashkilotlarining mahsulot etkazib
beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari majburiy tartibda ularning yuridik
xizmatlari (shartnoma asosida jalb qilingan advokatlar) tomonidan qonun
hujjatlariga muvofiqligiga tekshirilishi shart.
Agar shartnomaning summasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam
ish haqining 200 baravari miqdoridan oshmasa, shartnomalarga tomonlarning
yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar imzosi qo’yiladi. Agar shartnoma
summasi, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining 200
baravaridan ortiq bo’lsa, tomonlar yuridik xizmat yoki jalb etilgan
advokatlarning xulosasini ilova qilishi lozim. Shartnomalar, shuningdek
ularga qo’shimcha kelishuvlar aniq va ravshan siyoh yoki sharikli ruchka yoki
yozuv (hisoblash) mashinasida yozilgan holda to’ldirilishi lozim. Hech
qanday tuzatishlar, o’chirib yozishlar yoki to’g’rilashlar, hattoki tomonlar
kelishuviga ko’ra ham yo’l qo’yilmaydi.
Budjet tashkilotlari va mahsulot etkazib beruvchilar o’rtasida tuzilgan
shartnomalar g’aznachilik bo’linmalariga quyidagi talablarga rioya qilingan
holda taqdim qilinadi:
300 AQSh dollaridan yuqori 100 ming AQSh dollarigacha bo’lgan
shartnomalarni mahsulot etkazib beruvchini tanlash bo’yicha o’tkazilgan
(birja savdolari bo’yicha)eng yaxshi konkurs takliflarini tanlab olish hujjatlari
ilova qilingan holda taqdim qilinadi. 100 ming AQSh dollariga teng bo’lgan
miqdoridan ortiq bo’lganda, qonunchilikka muvofiq o’tkazilgan tender
savdolari bo’yicha hujjatlarni shartnomaga ilova qilgan holda taqdim qilinadi.
Kapital qurilish xarajatlari bo’yicha shartnomalarning ikki asl va bir
ko’chirma nusxalaridan tashqari, Buyurtmachilar tomonidan g’aznachilik
bo’linmasiga quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
- konkurs komissiyasining qurilish ishlari bilan bog’liq ish va
xizmatlarning pudratchi qurilish (loyihachi) tashkilotini va boshqa
bajaruvchilarini tanlab olish bo’yicha yig’ilish bayonnomasi nusxasi,
qachonki tanlov savdolari predmeti xaridining umumiy qiymati 50 ming
AQSh dollaridan yuqori summani tashkil etgan hollarda;
- konkurs komissiyasining qurilish ishlari bilan bog’liq ish va
xizmatlarning pudratchi qurilish (loyihachi) tashkilotini va boshqa
bajaruvchilarini tanlab olish bo’yicha yig’ilish bayonnomasi nusxasi,
qachonki tanlov savdolari predmeti xaridining umumiy qiymati 50 ming
AQSh dollarigacha summani tashkil etgan hollarda ular xarid qilinadigan
tovar, ishlar va xizmatlarning tavsifi, miqdori, bajarish muddatlari va tovarni
etkazib berish punkti ko’rsatilgan holdagi takliflarni talabgorlarga yuborish
yoki mahsulot etkazib beruvchi yoki pudratchi tomonidan e’lon qilingan baho
va tavsiflarni taqqoslash yo’li bilan erkin savdoda amalga oshirilishi mumkin;
46
- buyurtmachining pudrat qurilish (loyiha) ishlari uchun o’tkazilgan
tanlov savdolari natijalari bo’yicha hisobotining O’zbekiston Respublikasi
Davarxitektqurilish bilan kelishilgan nusxasi;
- pudratchi qurilish tashkilotining qurilish xavfini sug’urtalash bo’yicha
shartnomasining buyurtmachi rahbari va bosh hisobchisi tomonidan
imzolangan nusxasi;
- Davlatqurilishnazorat inspektsiyasining qurilish-montaj ishlarini
bajarishga ruxsatnomasining buyurtmachi rahbari va bosh hisobchisi
tomonidan imzolangan nusxasi;
- belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilishlarning manzilli ro’yxati
(loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro’yxati) va qurilishlarning titulli
ro’yxatlari nusxalari, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlangan va
konkurs savdolarining o’tkazilishi bo’yicha qurilishlarning aniqlangan
manzilli va titulli ro’yxatlari nusxalari;
- davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi nusxasi (zarur bo’lganda).
Budjet tashkilotlari va mahsulot etkazib beruvchilar bilan Budjet
mablag’lari hisobiga tuzilgan shartnomalar faqat ularning g’aznachilik
bo’linmalarida majburiy ro’yxatga olinganidan so’ng kuchga kiradi.
Budjet tashkilotlari mahsulot etkazib beruvchilar bilan shartnomalar
tuzishda va ularni g’aznachilik bo’linmalariga ro’yxatga olish uchun taqdim
qilishda quyidagi talablarga amal qilishlari lozim:
- shartnomalar mahsulot etkazib beruvchi va buyurtmachi (Budjet dan
mablag’ oluvchilar) tomonidan imzo qo’yish huquqiga ega bo’lgan shaxslar
tomonidan imzolanadi va ikki tomonning muhrlari bilan tasdiqlanadi;
- buyurtmachi (Budjet tashkilotlari)ning rekvizitlarida, shuningdek
buyurtmachi (Budjet tashkilotlari)ning xarajatlari to’lovi amalga
oshiriladigan tegishli g’azna hisobvarag’i ham ko’rsatiladi.
Shartnomani ro’yxatga olish uchun Budjet tashkiloti g’aznachilik
bo’linmasiga shartnomaning ikki asl nusxasini va bitta ko’chirma nusxasini
taqdim qiladi. Shartnomalarga to’lovlar jadvali ilova qilinishi hamda unga
rioya qilish shart.
Budjet tashkiloti shartnomalarni g’aznachilik bo’linmalariga ro’yxatga
olish uchun ular tuzilgandan so’ng 20 ish kuni mobaynida, biroq joriy moliya
yilining 25 dekabridan kechikmasdan taqdim etishlari lozim. Budjet
tashkiloti tomonidan shartnomalar tuzilib, 20 ish kuni o’tgandan so’ng taqdim
qilingan hollarda, shartnoma Budjet dan mablag’ oluvchiga g’aznachilik
bo’linmasida ro’yxatga olinmasdan qaytariladi.
Mol etkazib beruvchilar bilan etkazib berilgan moddiy va nomoddiy
qimmatliklar, shuningdek kapital qo’yilmalar hisobiga xarid qilinadigan
qurilish materiallari, konstruktsiyalar va detallar, o’rnatish uchun jihozlar,
etkazib berilgan boshqa tovar-moddiy qimmatliklar qiymati va shu kabilar,
pudratchilar bilan ularga qurilish va montaj uchun berilgan konstruktsiyalar
va detallar, bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun hisob-kitoblar
buxgalteriya hisobida 150 ―Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan
hisob-kitoblar‖ subschyotida olib boriladi.
47
Bu subschyotning debetida qurilish materiallari, konstruktsiyalar va
detallar, boshqa tovar-moddiy qimmatliklar uchun to’langan mablag’lar
summasi aks ettiriladi, kreditida etkazib berilgan mahsulot(ish va xizmatlar)
bo’yicha qarzdorlik aks ettiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Etkazib
berilgan
qurilish
materiallari,
konstruktsiyalar va detallar, boshqa tovar-
moddiy
qiymatliklar
uchun
to’langan
mablag’lar summasiga
150
232, 11-
schyotning
tegishli
subschyotl
ari
Shahsiy
hisobvaraqlarda
n ko’chirma
2
Mol etkazib beruvchilardan omborga kelib
tushgan materiallar summasiga
16 –
schyotning
tegishli
subschyotl
ari
150
Yuk hati
3
Tashkilotlar tomonida ko’rsatilgan ish va
xizmatlar summasiga
231,241,
251, 261,
271
150
Bajarilgan
ishlarni
topshirish-qabul
qilish
dalolatnomasi
4
Pudratchilarning
bajargan
qurilish-montaj
ishlari summasiga
071
150
Bajarilgan
ishlarni
topshirish-qabul
qilish
dalolatnomasi
5
Pudratchiga qurilish-montaj ishlari uchun
berilgan konstruktsiya va detallar summasiga
150
060
Yuk hati
Qonunchilikka muvofiq Budjet tashkilotlari faoliyat turiga mos
mahsulot (ish va xizmatlar) ishlab chiqarish, sotish xuquqiga ega. Bunda
tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar va ishlab
chiqargan mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonida xaridorlar va
buyurtmachi tashkilotlar bilan hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Xaridorlar va
buyurtmachi tashkilotlar bilan hisob-kitoblar shartnoma asosida amalga
oshiriladi. Buxgalteriya hisobida xaridor va buyurtmachilar bilan
hisoblashuvlar 152 ―Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar‖
subschyotda yuritiladi. Bu subschyotning debet tomonida bajarilgan ishlar,
ko’rsatilgan xizmatlar xaridor va buyurtmachilar tomonidan qabul qilinib
olishi (tegishli tasdiqlovchi hujjatlarga asosan) hamda ishlab chiqarilgan
mahsulotlar xaridorlar va buyurtmachilarga yuklab jo’natilishi aks ettiriladi.
Kredit tomonida xaridor va buyurtmachilardan o’zaro tuzilgan shartnomada
belgilangan to’lovlar kelib tushganda aks ettiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos
bo’luvchi
xujjat
48
1
Xaridor va buyurtmachilardan o’zaro tuzilgan
shartnomada belgilangan to’lovlar kelib
tushganda
11-
schyotning
tegishli
subschyotl
ari
152
Shahsiy
hisobvaraqlar
dan
ko’chirma
2
Bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar
xaridor va buyurtmachilar tomonidan qabul
qilinib
olinganda
(tegishli
tasdiqlovchi
hujjatlarga asosan) hamda ishlab chiqarilgan
mahsulotlar xaridorlar va buyurtmachilarga
yuklab jo’natilganda
152
200
Yuk xati
Analitik hisob har bir xaridor va buyurtmachilar bo’yicha alohida holda
yuritiladi.
Budjet tashkilotlari ish beruvchining fuqorolik javobgarligini majburiy
sug’urta qilish va boshqa sug’urta turlari bo’yicha sug’urta tashkilotlari bilan
hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Sug’urta turlari bo’yicha hisoblashuvlar
qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga
oshiriladi. Buxgalteriya hisobida sug’urta bo’yicha to’lovlarga doir hisob-
kitoblar, jumladan, ish beruvchining fuqorolik javobgarligini majburiy
sug’urta qilish bo’yicha hisoblashuvlar 154 ―Sug’urta bo’yicha to’lovlar‖
subschyotida yuritiladi. Bu subschyotning kredit tomonida tashkilotlar
tomonidan majburiy sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urta mukofoti
summasi hamda sug’urta majburiyatlari bilan bog’liq boshqa majburiyatlarni
hisoblanishi, debet tomonidan esa, hisoblangan majburiy sug’urta qilish
shartnomasi bo’yicha sug’urta mukofoti summalarini, shuningdek boshqa
sug’urta majburiyatlarining to’lanishi (bajarilishi), sug’urta qoplamasi
summasi aks ettiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Tashkilotlar
tomonidan
majburiy
sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha
sug’urta mukofoti summasi hamda
sug’urta majburiyatlari bilan bog’liq
boshqa majburiyatlarni hisoblanishi
231, 241, 251,
261 yoki 271
subschyotlarni
ng tegishlisi
154
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
2
Hisoblangan majburiy sug’urta qilish
shartnomasi
bo’yicha
sug’urta
mukofoti summalarini, shuningdek
boshqa sug’urta majburiyatlarining
to’lanishi
154
232 yoki
11 –
schyotning
tegishli
subschyotl
ari
Shaxsiy
hisobvaraqdan
ko’chirma
3
Sug’urta
shartnomasiga
asosan
xodimga
hisoblangan
sug’urta
qoplamasi summasiga
154
179
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
4
Sug’urta
shartnomasiga
asosan
xodimga
hisoblangan
sug’urta
qoplamasi
summasi
tashkilotga
o’tkazib berilganda
119
154
Shaxsiy
hisobvaraqdan
ko’chirma
5 Xodimga
hisoblangan
sug’urta
120
119
Shaxsiy
49
qoplamasi summasi kassaga kirim
qilinganda
hisobvaraqdan
ko’chirma, kassa
kirim orderi
6
Xodimga
hisoblangan
sug’urta
qoplamasi summasi kassadan to’lab
berilganda
179
120
Kassa chiqim
orderi
Tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar
bajarilgandan keyin qaytarilishi lozim bo’lgan summalar hisobi buxgalteriya
hisobida alohida aks ettiriladi. Bu muomalalar asosan sud, prokuratura, ichki
ishlar organlarida sodir bo’ladi. Ya’ni jinoyat ishlari bo’yicha dastlabki
surishtiruv jarayonida olingan mablag’larni bunga misol qilib aytish mumkin.
Budjet tashkilotlarida ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar
bajarilgandan keyin qaytarilishi lozim bo’lgan mablag’lar buxgalteriya
hisobida 155 ―Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo’ladigan
mablag’lar bo’yicha hisob-kitoblar‖ subschyotida yuritiladi. Bu schyotning
kredit tomonida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan summalar,
debet tomonida bu summalarni qaytarilishi, hisobdan chiqarilishi aks
ettiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Prokuratura organlari tomonidan dastlabki
surishtiruv jarayonida olingan mablag’lar
summasiga
114
155
Shaxsiy
hisobvaraqdan
ko’chirma
2
Prokuratura organlari tomonidan dastlabki
surishtiruv jarayonida olingan mablag’lar
qaytarilishi
155
114
Shaxsiy
hisobvaraqdan
ko’chirma
Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo’ladigan mablag’lar
summalar analitik hisobi har bir oluvchi bo’yicha 292-son shakldagi joriy
hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi)da olib boriladi.
Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida (bolalar bog’chalari va
yaslilarda) saqlanganligi, bolalarni musiqa va san’at maktablarida
o’qitilganligi, tarbiyalanuvchilarni maktab-internatlarda va boshqa ta’lim
muassasalarida saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-
kitoblar, ish joyida ovqat bilan ta’minlanganligi uchun xodimlar bilan olib
boriladigan hisob-kitoblar va boshqa shu kabilar bo’yicha to’lovlarning
maxsus turlariga doir hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida saqlanganligi uchun ota-
onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha pul hisoblab yozish
bolalarning bog’chaga kelishi hisobi olib boriladigan 305-son shakldagi
bolalarning davomat hisobi bo’yicha tabel asosida haqiqiy qatnagan kunlariga
muvofiq amalga oshiriladi. To’lovlar bevosita maktabgacha ta’lim
muassasalariga to’langanda ota-onalarga to’langanlik haqidagi kvitantsiyalar
beriladi. Vakil qilingan kishilardan qabul qilingan summalar uch kunlik
muddat ichida tashkilotning hisobvarag’iga kirim qilinishi kerak.
50
Maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab-internatlari va boshqa ta’lim
muassasalaida bolalar ta’minotiga xaq to’lash tartibi va to’lov miqdorlari
qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
Buxgalteriya hisobida to’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar 156 ―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar‖
subschyotida yuritiladi. Bu subschyotning debet tomonida to’lovlarning
maxsus turlari bo’yicha hisoblangan summa, kredit tomonida ushbu
mablag’larni kelib tushishi aks ettiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi xujjat
1
Bolalarni
maktabgacha
ta’lim
muassasalarida (bolalar bog’chalari va
yaslilarda) saqlanganligi, uchun ota-onalar
to’lashi
kerak
bo’lgan
mablag’lar
summasiga
156
242
305-son shakldagi
bolalarning davomat
hisobi bo’yicha tabel
Buxgalteriya
ma’lumotnomalari
2
Bolalarni
maktabgacha
ta’lim
muassasalarida (bolalar bog’chalari va
yaslilarda)
saqlanganligi,
uchun
ota-
onalardan
kelib
tushgan
mablag’lar
summasiga
110
156
Shaxsiy
hisobvaraqdan
ko’chirma
3
Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasidan
chiqarib olingan taqdirda oldindan to’langan
summa ota-onalarga ularning arizasiga
asosan qaytarilganda
(bir vaqtni o’zida summa qizil yozuvda Dt
156, Kt242 yozuvi beriladi.)
156
110,
120
Shaxsiy
hisobvaraqdan
ko’chirma, kassa
chiqim orderi
Shtatda turmagan tarkibga shartnoma bo’yicha bajargan ishlari va
chiqimlari uchun, televizor va radio-eshittirishlarda bir marta chiqish uchun
qilingan buyurtmalarga beriladigan qalam haqi summalari bo’yicha hisob-
kitoblar, shuningdek uyda nogiron bolalarni o’qitadigan pedagoglarga
to’lanadigan kompensatsiya to’lovlari va boshqa barcha debitorlar va
kreditorlar bilan hisoblashuvlar buxgalteriya hisobida 159 ―Boshqa debitor
va kreditorlar bilan hisob-kitoblar‖ subschyotida yuritiladi. Bu subschyotning
kredit tomonida kreditorlik majburiyatlar, debet tomonida kreditorlik
majburiyatlarni to’lanishi yoki debitorlik majburiyatlar aks ettiriladi.
Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning
analitik hisobi 408-son shakldagi (6-son memorial order) jamlanma
qaydnomasida, shuningdek 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar
daftarida (kartochkasida) olib boriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Shtatda turmagan tarkibga shartnoma
bo’yicha bajargan ishlari uchun to’lov
hisoblanganda
241,251,2
61,271
159
Bajarilgan
ishlarni
topshirish-qabul
qilish
dalolatnomasi
2 Shtatda turmagan tarkibga shartnoma
159
11-
Shaxsiy
51
bo’yicha bajargan ishlari uchun to’lov
hisoblanganda
schyotning
tegishli
subschyotl
ari
hisobvaraqdan
ko’chirma
Budjet va Budjet dan tashqari jamg’armalar bilan hisoblashuvlar hisobi
Budjet tashkilotlari tomonidan qonunchilikka muvofiq Budjet bilan,
shuningdek Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasiga ajratmalarga doir,
jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlari bo’yicha va boshqa Budjet dan
tashqari jamg’armalar bilan hisob-kitoblar olib boriladi. Budjet bilan soliqlar
bo’yicha hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Ma’lumki, O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli
―Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish
to’g’risida‖gi qaroriga muvofiq 2015 yil 1 yanvargacha Budjet tashkilotini
rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari davlat Budjet iga undiriladigan soliqlar
va yig’imlarning barcha turlaridan ozod qilinishi, bo’shab qolgan mablag’lar
moddiy-texnika va ijtimoiy bazani mustahkamlashga, shuningdek ularning
hodimlarini moddiy rag’batlantirishga maqsadli yo’naltirilishi belgilangan.
Shuning uchun Budjet tashkilotlarida soliqlar bo’yicha faqat xodimlarni ish
haqidan qonunchilikda belgilangan miqdorda daromad solig’i ushlanmalari
amalga oshriladi va Budjet ga o’tkazib beriladi. Lekin buxgalteriya hisobida
soliqlar bo’yicha imtiyozlar hisobi alohida aks ettiriladi. Majburiy ajratmalar
bo’yicha yagona ijtimoiy to’lov qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblanib
Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasiga o’tkazib beriladi. Xodimlarni ish
haqiga nisbatan belgilangan tartibda shaxsiy jamg’arib boriladigan Pensiya
hisobvarag’i badallari halq banki bo’limlarida ochilgan shaxsiy
hisobvaraqlarga o’tkazilib boriladi. Bundan tashqari xodimlarning ish haqiga
nisbatan Pensiya jamg’armasiga ushlanma (badal) amalga oshirilib o’tkazib
beriladi.
Shuningdek
Pensiya
jamg’armasi mablag’lari hisobidan
hodimlarning ijtimoiy to’lovlarini (qonunchilikda belgilangan miqdorda
ishlovchi xodimlarga nafaqalar va boshqalar) qoplash uchun ajratiladigan
mablag’lar bo’yicha Pensiya jamg’armasi bilan hisoblashuvlar amalga
oshiriladi. Bulardan tashqari qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat
maqsadli jamg’armalari (Respublika yo’l jamg’armasi va boshqalar) bilan
hisoblashuvlar amalga oshirilib hisoblangan ajratmalar imtiyoz ko’rinishida
aks ettiriladi. Budjet va Budjet dan tashqari jamg’armalarga hisoblangan
majburiy ajratma va ushlanmalar bo’yicha buxgalteriya ma’lumotnomalari,
raschyotlari tuzilib 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar
daftarida (kartochkasi) aks ettiriladi va bir vaqtni o’zida tegishli buxgalteriya
yozuvlari berilib tegishli memorial order - jamlanma qaydnomalariga
tushiriladi. Memorial order - jamlanma qaydnomalar asosida 308-son
shakldagi Bosh jurnal kitobi va hisobot shakllari to’ldiriladi.
Buxgalteriya hisobida yuqorida keltirib o’tilgan Budjet va Budjet dan
tashqari jamg’armalarga majburiy ajratmalar, ushlanmalar va boshqalar
bo’yicha hisoblashuvlar hisobi
52
16 ―Budjet va Budjet dan tashqari jamg’armalar bilan hisob-kitoblar‖
schyoti quyidagi subschyotlarga bo’lingan holda yuritiladi:
160 ―Budjet ga to’lovlar bo’yicha Budjet bilan hisob-kitoblar‖;
161 ―Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha hisob-kitoblar‖;
162 ―Shaxsiy jamg’arib boriladigan Pensiya hisobvarag’i badallari
bo’yicha hisob-kitoblar‖;
163 ―Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasi bilan hisob-kitoblar‖;
169 ―Boshqa Budjet dan tashqari jamg’armalar bilan hisob-kitoblar‖.
160 ―Budjet ga to’lovlar bo’yicha Budjet bilan hisob-kitoblar‖
subschyotida Budjet bilan quyidagilar bo’yicha qilinadigan hisob-kitoblar
hisobi yuritiladi: ish haqi va boshqa to’lovlardan ushlab qolingan soliqlar,
aybdor shaxs hisobiga olib borilgan va Budjet ga o’tkazilishi lozim bo’lgan
kamomadlar summalari, moddiy qimmatliklarni sotishdan tushgan va
qonunchilikka ko’ra Budjet daromadiga o’tkazilishi kerak bo’lgan summalar
va boshqa Budjet bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu subschyotning kredit
tomonida hisoblangan soliqlar summasi, debet tomonida hisoblangan
soliqlarni o’tkazilishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda
daromad solig’i bo’yicha ushlanmalar
amalga oshirilganda
173
160
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
2
Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda
shaxsiy jamg’arib boriladigan Pensiya
hisobvarag’i badallari bo’yicha ushlanmalar
amalga oshirilganda
160
162
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
3
Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda
daromad solig’i bo’yicha ushlanmalar Budjet
ga o’tkazib berilganda
160
232, 11
schyotning
tegishli
subschyotl
ari
Shahsiy
hisobvaraqlardan
ko’chirma
4
Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda
shaxsiy jamg’arib boriladigan Pensiya
hisobvarag’i badallari bo’yicha ushlanmalar
o’tkazib berilganda
162
232, 11
schyotning
tegishli
subschyotl
ari
Shahsiy
hisobvaraqlardan
ko’chirma
5
Budjet
tashkilotini
rivojlantirish
jamg’armasi daromadlari bo’yicha foyda
solig’i hisoblanganda
261
160
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
6
Budjet
tashkilotini
rivojlantirish
jamg’armasi
daromadlari
bo’yicha
hisoblangan
foyda
solig’i
imtiyoz
ko’rinishida aks ettirilganda
160
285
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
Analitik hisob har bir hisob-kitoblar turlari bo’yicha 292-son shakldagi
joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi)da olib boriladi.
161 ―Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha hisob-kitoblar‖ subschyotida
53
mehnatga xaq to’lash jamg’armasidan hisoblangan yagona ijtimoiy
to’lovlarning hisobi olib boriladi. Bu schyotning kredit tomonida belgilangan
tartibda xodimlarni ish haqiga nisbatan hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov
summasi, debet tomonida hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasini
o’tkazib berilishi aks ettiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos
bo’luvchi
xujjat
1
Xodimlar ish haqiga nisbatan belgilangan
tartibda hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov
summasiga
090,
231,241,2
51,261,27
1
161
Buxgalteriya
ma’lumotno
masi
2
Xodimlar ish haqiga nisbatan belgilangan
tartibda hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov
summasi o’tkazib berilganda
161
232, 11 -
schyotning
tegishli
subschyotlari
Shahsiy
hisobvaraqla
rdan
ko’chirma
161-―Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha hisob-kitoblar‖ subschyot
bo’yicha analitik hisob 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar
daftarida (kartochkasida) olib boriladi.
162 ―Shaxsiy jamg’arib boriladigan Pensiya xisobvarag’i badallari
buyicha hisob-kitoblar‖ subschyotida tashkilotlar xodimlarining jamg’arib
boriladigan pensiya to’lovlari bo’yicha badallari hisobi yuritiladi. Bu
subschyotning kredit tomonida xodimlar ish haqiga nisbatan hisoblangan
shaxsiy jamg’arib boriladigan Pensiya xisobvarag’i badallari summasi, debet
tomonida hisoblangan badallarni o’tkazib berilishi aks ettiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda
shaxsiy jamg’arib boriladigan Pensiya
hisobvarag’i badallari bo’yicha ushlanmalar
amalga oshirilganda
160
162
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
2
Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda
shaxsiy jamg’arib boriladigan Pensiya
hisobvarag’i badallari bo’yicha ushlanmalar
o’tkazib berilganda
162
232, 11
schyotning
tegishli
subschyotlari
Shahsiy
hisobvaraqlarda
n ko’chirma
Analitik hisob har bir shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya
hisobvaraqlariga majburiy badallarni o’tkazuvchi xodimlar bo’yicha alohida
holda yuritiladi.
163 ―Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasi bilan hisob-kitoblar‖
subschyotida tashkilotlarning xodimlariga hisoblangan ish xaqlaridan Budjet
dan tashqari Pensiya jamg’armasiga ajratma qilinadigan badallari,
qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning xaqiqatdagi
xajmidan majburiy ajratmalarning hisobi, shuningdek davlat ijtimoiy
sug’urtasi va boshqa Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasi hisobidan
amalga oshiriladigan to’lovlar bo’yicha Budjet dan tashqari Pensiya
54
jamg’armasi bilan olib boriladigan hisob-kitoblari hisobi yuritiladi. Bu
schyotning kredit tomonida xodimlariga hisoblangan ish xaqlaridan Budjet
dan tashqari Pensiya jamg’armasiga hisoblangan badallar qonunchilikka
muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning xaqiqatdagi xajmidan Pensiya
jamg’armasiga majburiy ajratmalar summasi shuningdek Pensiya jamg’armasi
hisobidan amalga oshiriladigan to’lovlarni kelib tushishi aks ettiriladi. Debet
tomonida Pensiya jamg’armasiga hisoblangan badallar va ajratmalarni
o’tkazib berilishi va Pensiya jamg’armasi hisobidan amalga oshiriladigan
to’lovlarni hisoblanishi aks ettiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Xodimlarning hisoblangan ish xaqlaridan
Pensiya
jamg’armasiga
ushlangan
majburiy badallar summasiga
173
163
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
2
Xodimlarning hisoblangan ish xaqlaridan
Pensiya
jamg’armasiga
ushlangan
majburiy badallar summasini o’tkazib
berilishi
163
232, 11
schyotning
tegishli
subschyotl
ari
Shahsiy
hisobvaraqlardan
ko’chirma
3
Qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot
(ish, xizmat)larning haqiqatdagi xajmidan
hisoblangan ajratmalar
211
163
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
4
Qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot
(ish, xizmat)larning haqiqatdagi xajmidan
hisoblangan
ajratmalarni
imtiyoz
ko’rinishida aks ettirish
163
285
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
5
Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasi
hisobidan amalga oshiriladigan Davlat
ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha to’lovlar va
boshqa to’lovlar hisoblanganda
163
171
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
, so’rovnoma
6
Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasi
hisobidan amalga oshiriladigan Davlat
ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha hisoblangan
to’lovlar kelib tushganda
119
163
Shahsiy
hisobvaraqdan
ko’chirma
Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasi hisobidan amalga
oshiriladigan Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha to’lovlar va boshqa to’lovlar
hisoblanganda
163 ―Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasi bilan hisob-kitoblar‖
subschyotning debetida va 171 ―Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo’yicha
hisob-kitoblar‖ subschyotning kreditida aks ettiriladi. Budjet dan tashqari
Pensiya
jamg’armasining
tuman
(shahar)
bo’limlaridan
tashkilot
hisobvarag’iga kelib tushgan summalarga pul mablag’larini hisobga oluvchi
tegishli subschyotlar debetlanadi va 163 ―Budjet dan tashqari Pensiya
jamg’armasi bilan hisob-kitoblar‖ subschyot kreditlanadi.
Analitik hisob Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasi hisobidan
amalga oshiriladigan to’lovlarni oluvchilar bo’yicha alohida holda yuritiladi.
55
169 ―Boshqa Budjet dan tashqari jamg’armalar bilan hisob-kitoblar‖
subschyotida tashkilotlarning O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi Ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal
ta’mirlash va jihozlash bo’yicha Budjet dan tashqari jamg’arma, Respublika
yo’l jamg’armasi va boshqa Budjet dan tashqari jamg’armalar bilan
qonunchilikka muvofiq olib boriladigan hisob-kitoblari yuritiladi. Bu
schyotning kredit tomonida Budjet dan tashqari jamg’armalarga hisoblangan
ajratmalar summasi, debet tomonida hisoblangan ajratmalar summasini
o’tkazib berilishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Budjet
dan
tashqari
jamg’armalarga
qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish,
xizmat)larning
haqiqatdagi
xajmidan
hisoblangan ajratmalar
211
169
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
2
Budjet
dan
tashqari
jamg’armalarga
qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish,
xizmat)larning
haqiqatdagi
xajmidan
hisoblangan ajratmalarni imtiyoz ko’rinishida
aks ettirish
169
285
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
Dostları ilə paylaş: |