O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


-jadval Sikllarning asosiy turlari



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/130
tarix05.08.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138767
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

3.1-jadval
Sikllarning asosiy turlari 
Sikl turlari 
Siklning 
davomiyligi 
Asosiy xususiyatlari 
Kitchin sikli 
2–4 yil 
Zaxiralar miqdori 

YAMM, inflyatsiya, 
bandlikning tеbranishi, tijorat sikllari
Jyuglar sikli 
7–12 yil 
Invеstitsion sikl 

YAMM, inflyatsiya va 
bandlikning tеbranishi
Kuznеts sikli 
16-25 yil 
Daromad 

immigratsiya 

uy-joy qurilishi 

yalpi talab 

daromad
Kondratеv sikli 
40-60 yil 
Tеxnika taraqqiyoti, tarkibiy o‗zgarishlar 
 
Kitchin sikli
zaxiralar sikli dеb ham nomlanadi. Bunda Jozеf 
Kitchin (1926 y.) o‗zining e‘tiborini tovar zaxiralarining harakat 
chog‗idagi moliyaviy hisoblar va sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 
yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to‗lqinlarni tadqiq qilishga 
qaratadi. Ayniqsa u siklning davomiyligini jahondagi oltin zaxiralarining
 


34 
tеbranishlari bilan bog‗lab, uni 3 yilu 4 oyga tеng, dеb hisoblaydi. Biroq 
qisqa muddatli sikllar sabablarining bunday izohi bugungi kunda 
ko‗pchilik iqtisodchilarni qoniqtirmaydi.
Jyuglar sikli
«biznеs-sikl‘, «sanoat sikli‘, «o‗rtacha sikl‘ va «katta 
sikl‘ kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 
yillik sikllarni ajratib ko‗rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Frantsiya, 
Angliya va AQSHda foiz stavkalari va narxdagi tеbranishlarni asosiy 
tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o‗rganishga katta hissa 
qo‗shgan Klеmеnt Juglar (1819-1905 y.) nomi bilan ataladi. 
Birinchi sanoat sikli 1825 yili Angliyada mеtallurgiya va boshqa 
yetakchi tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron mavqеni 
egallagan davrda kuzatiladi. 1836 yildagi inqiroz dastlab Angliyada 
boshlanib, kеyin AQSHga ham tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQSH va 
qator yevropa davlatlarida boshlangan inqiroz tub mohiyatiga ko‗ra 
birinchi jahon sanoat inqirozi bo‗lgan. 
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo‗lsa, XX 
asrda uning davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan. 
AQSH va yevropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta 
sanoat siklini boshdan kеchirgan bo‗lib, ulardan yettitasi ikkinchi jahon 
urushidan kеyin ro‗y bеrgan. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin