O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxus ta`lim vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo`limi


III-BOB. INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA IRONIK MAZMUN IFODALOVCHI LISONIY VOSITALARNING CHOG`ISHTIRMA TADQIQI



Yüklə 196,81 Kb.
səhifə5/27
tarix05.02.2023
ölçüsü196,81 Kb.
#82974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
25 05 2022 uzb лот Диссертация Дусматова Н 2

III-BOB. INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA IRONIK MAZMUN IFODALOVCHI LISONIY VOSITALARNING CHOG`ISHTIRMA TADQIQI
3.1. Ironik mazmun ifodalovchi stilistik vositalarning umumiy xususiyatlari...........................................................................................................58
3.2. Ironik mazmun ifodalovchi stilistik vositalarning differentsial belgilari.......63
Bob xulosasi ………………………………………………..……………….66

UMUMIY XULOSALAR…………………………………….…………….67


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………......... 69
KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Dunyo zamonaviy gumanitar fanlarida adabiyot va jurnalistikaning chorrahasida yaratilgan zamonaviy asarlarni har tomonlama adabiy tahlil qilish mazkur fanlarning ustuvor vazifalaridan biri sifatida o’rganilmoqda. Tanlangan mavzuning dolzarbligi zamonaviy o’zbek, rus va Belarus nasrida hujjatga asoslangan adabiyot qurilishining o’ziga xosligini yetarli darajada o’rganilmaganligi bilan belgilanadi, binobarin, aynan badiiy ijodning ushbu turini o’rganish va tadqiq qilish badiiy adabiyotning xilma-xilligini,undagi tarixiy va madaniy aloqalarni hamda umuman jahon adabiyotining o’ziga xos xususiyatlarini chuqurroq anglashga imkon beradi.
Mamlakatimizda so’ngi yillarda fan va ta’lim sohasida amalga oshirilgan bir qancha islohotlar davrida bunday ilmiy izlanishlarning ahamiyatidavlat siyosati talablariga javob beradi. O’zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo’llagan murojatida “… zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida biz mustaqil fikrlaydigan, eng yaxshi insoniy fazilatlarga ega yoshlarni tarbiyalaymiz”1 deyiladi. Bundan kelib chiqadiki, dunyoviy bilimlarni egallash barobarida milliy qadriyatlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yurtimizda tillarni, jumladan xorijiy tillarni o`qitish borasida olib borilayotgan tub islohotlar yuqoridagi maqsadlarni o`zida mujassamlashtirgan. Xorijiy tillarni o`rgatish orqali dunyo ilmi, fani va madaniyatini o`rganish orqali mamlakatimiz rivojiga hissa qoshish bugungi kun yoshlarning ustivor vazifalaridir. Prezidentimizning 2021 yil 19 maydagi “O`zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-5117 sonli Qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Оliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim tizimini yanada takomillashtirsh to`g`risida”gi VMQ -304- son, 2017 yil 11 аvgustdagi 610-son “Та`lim muassasalarida chet tillarini o`qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi, 2021 yil 19 maydagi “Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi VM-312 sonli Qarorlari hamda boshqa me`yoriy-huquiy hujjatlarda belgilangan vazifalarda xorijiy tillarni chuqur o`rganish talabi qo`yilgan.
Boshqa chet tillar qatori ingliz tili va uning lisoniy xususiyatlarini chuqur o`rganish yuqoridagi vazifalarni bajarishda ma`lum darajada xizmat qiladi. Shu bois biz mazkur ishda ingliz tilining stilistik qatlamini, undagi ironik vositalarni tadqiq qilsihni maqsad qildik.

Yüklə 196,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin