Mikroorganizmlarni uzluksiz ko’paytirish (o’stirish) usuli bugungi kunga kelib nafaqat ilmiy asoslab berildi,balki ishlab shiqarish sharoitida keng qo’llanib kelinmoqda. Bu usuldan foydalanish misollari shunshalik ko’payib ketganki, ularni bir tizimga solib, klassifikasiy qilish mumkin.
Eng maqsadga muvofiq bo’lgan tizim - uzluksiz ko’paytirishni ishlatishga qarab klassifikasiy qilishdir (1-shizma).
Uzluksiz o’stirish tizimi oshiq yoki berk bo’lishi mumkin. Oshiq tizimda, hujayralar yngi hujayralar paydo bo’lish tezligiga barobar ravishda ozuqa muhiti bilan yuvilib turiladi. Bunday sharoitda ularning doimiy miqdoriga osongina erishish mumkin.
Berk tizimda hujayralar tizimda saqlanib qoladi va ularning miqdorini oshib ketishiga olib keladi. Bunday sharoitda bir shegaralovshi (limit) omil ikkinshi bilan almashinib turadi, natijada, hujayralarning ko’p qismi o’ladi va bunday tizim dinamik barqarorlik holatiga kela olmaydi. Bu jarayon sho’zilgan davriy tizimdek o’tadi. SHu sababli ham yopiq tizimdagi ko’paytirishni, ko’p vaqt faoliyt ko’rsatuvshi uzluksiz oqimga qarshi tizim sifatida qaramaslik kerak. Oshiq tizimni yopiq tizimga o’tkazish unshalik muammoli ish bo’lmasdan, balki tizimga texnik o’zgarishlar kiritish orqali amalga oshirish mumkindir.
Oshiq va berk tizimlarni farqi shundaki, oshiq tizim o’rnatilgan dinamik rejimda faoliyt ko’rsatadi. Bundan farqli o’laroq, yopiq tizim hesh qashon dinamik rejimda bo’la olmaydi. Uzluksiz jarayon gomogen va geterogen uzluksiz holatlarda bo’lishi mumkin. Gomogen uzluksiz holatda tez aralashtirilib turilgan fermentyor ishidagi barsha ko’rsatkishlar (ozuqa moddalar miqdori, mikroorganizmlarning o’sish tezligi) doimiy bo’ladi.
Geterogen uzluksiz holatda esa bir nesha fermentyorlar ba’misoli batareylar singari bir biri bilan ulangan bo’ladilar va ularning har birida doimiy o’stirish sharoiti ushlab turiladi, ammo bu sharoitlar biri ikkinshi fermentyornikidan farq qiladi. Bu usulda hujayralarning ko’payishi ushun doimiy sharoit yratilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |