O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Amaliy ishlar metodlarining turlari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə105/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   146
Укув кулланма 2022

Amaliy ishlar metodlarining turlari


Qayd etilganidek, ushbu metodlar o‘quvchilarda amaliy ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishga yordam beradi. Aynan amaliy faoliyat jarayonida nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega bo‘ladi.
Mashq – aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, grafikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo‘linadi.
Yozma mashqlar – ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi. Diktant, insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham yozma mashqlar sirasiga kiradi.
Grafikaviy ishlar jihatlariga ko‘ra yozma ishlarga o‘xshash bo‘lib, ulardan asosan texnik jarayonlar (ya’ni geografiya, fizika, matematika, chizmachilik, rasm hamda texnologik ta’lim)da keng ko‘lamda foydalaniladi.
Mashqlarning bajarilish samarasi quyidagi shartlar hisobga olinganda birmuncha yuqori bo‘ladi: mashqlarni bajarishga nisbatan ongli yondashish; bajarish qoidasini bilish; vaqt bo‘yicha takrorlanishning to‘g‘ri taqsimlanishi.
Mashqni bajarishni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat: o‘qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi; topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko‘rsatishi; o‘qituvchi nazorati ostida o‘quvchilar tomonidan o‘quv harakatining

dastlabki bajarilishi; zarur ko‘nikma va malakalar shakllangunicha o‘quv harakatlarning ko‘p bora takrorlanishi.


Ayrim holatlarda o‘quvchilar ovoz chiqarib o‘quv harakatlarini takrorlashlari va bajarishlari lozim bo‘ladi. Ular izohli mashqlar deb nomlanadi va bajariladigan harakatlarning mohiyatini anglagan holda ko‘nikma va malakalarni egallashga imkon beradi.
Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu metod o‘quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o‘quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi.
Laboratoriyadan amaliy ishlarning farqi shundaki, bu metod o‘quvchilarning mavjud nazariy bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo‘naltirilgan faoliyatini tashkil etishga xizmat qiladi. U o‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, bilish faoliyatini nazorat qilish hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish borasidagi ko‘nikmalarini shakllantirish kabi funksiyalarni bajaradi.
Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning bilish faoliyati quyidagi besh bosqichda tashkil etiladi:
Bosqichlar



O‘qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy jihatdan anglash
Ko‘rsatma berish, yo‘l-yo‘riq


Tajriba-sinovni tashkil etish (bu bosqichda ikki-uch nafar o‘quvchi
amaliy harakatlarni bajaradi, qolgan o‘qiuvchilar esa
Faoliyatni tashkil etish (o‘quvchi topshiriqni mustaqil ravishda bajaradi, bajarishga qiylanalgan o‘quvchilarga e’tibor qaratilib, ularga

Nazorat (bu bosqichda o‘quvchilarning ishlari qabul qilinadi va baholanadi; ishning sifati, materialning maqsadga muvofiq tanlanganligi, vaqt nutqai nazardan tezkorlik, topshiriqni bajarish tizimining to‘g‘riligi va


samaradorligiga e’tibor beriladi)



Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin