O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə77/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126
jinoyat huquqi

12.6. Retsidiv jinoyatlar

Retsidiv so‘zi jinoyat huquqida jinoyat fakti hodisasining qaytarilib turishi, kriminologiyada esa, ijtimoiy hodisa sifatida jinoyatchilikning qaytarilib turishiga nisbatan ishlatiladi. Shunga ko‘ra, jinoyat huquqida retsidiv jinoyat sodir qilish tushunchasi, kriminologiyada ishlatiladigan retsidiv jinoyatchilik tushunchasidan farq qiladi. Jinoyat huquqida retsidiv jinoyat sodir qilish tak­rorlangan yuridik faktga nisbatan ishlatilsa, kriminologiyada jinoyatchilikning tizimida ijtimoiy hodisa sifatida takrorlangan jinoyatchilikka nisbatan ishlatiladi. Kriminologiyada shaxsning ilgari sodir etgan jinoyati tegishli davlat organiga ma’lum bo‘lgan va ro‘yxatga olingandan keyin, yangi jinoyat sodir etishni retsidiv jinoyat sodir etish, deb tushuniladi.


Retsidiv jinoyat tushunchasi ilk bor 1919-yilgi «RSFSR jinoyat huquqi bo‘yicha boshqaruv asoslari»ning 12-moddasi, «g» bandida belgilangan. Unda sudlar jazo tayinlashda jinoyat professional jinoyatchi (retsidiv) tomonidan yoki ilk bor sodir etilganligini hisobga olishlari kerakligi belgilangan edi. O‘zbekiston Respub­likasining 1994-yilda qabul qilingan amaldagi Jinoyat kodeksida retsidiv jinoyatlarning quyidagi turlari:

1) oddiy retsidiv;


2) xavfli retsidiv
3) o‘ta xavfli retsidiv ajtatilgan.

Jinoyat kodeksining 34-moddasida retsidiv jinoyat tushunchasiga ta’rif berilgan. Unga ko‘ra, shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat, deb topiladi. Demak, quyidagi hollarda jinoyatlar retsidiv jinoyat, deb aytiladi:


a) ilgari jinoyati uchun sudlangandan keyin yangi jinoyat sodir etishi;


b) birinchi hukm yuridik oqibatlari yoki muddat o‘tishi natija­sida yoxud boshqa tartibda hali tugamagan davrda jinoyat sodir etishi.

Jinoyat huquqi doktrinasida «haqiqiy retsidiv jinoyat» tushun­chasi mavjud bo‘lib, bu tushuncha shaxs tomonidan ikkita yoki undan ko‘p jinoiy qilmishlar sodir etganlikning barcha hollarini, subyektda avvalgi qilmishlari uchun sudlanganligi bor-yo‘qligidan qat’iy nazar, qamrab oladi.


Qonuchilik va sud amaliyoti jinoyatchilar shaxsi xavfliligi darajasini jazo muddatini belgilashda muhim omil sifatida e’tirof etadi. Masalan, Jinoyat kodeksining 54-moddasida «Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi», deyilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1996-yil 19-iyuldagi «Jinoiy jazo choralarini tayinlash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorida sudlar og‘ir jinoyatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qattiq jazo choralari qo‘llashi lozimligi belgilangan. Jinoyatchi shaxsining yuqori darajada xavfliligini ta’kidlashga, uni retsidivistlar toifasiga kiritishga va tegishlicha unga nisbatan jazo muddatini oshirishga imkon beradigan yuridik jihatdan jiddiy alomatlarga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jinoyat kodeksining 34-moddasi, 2-qismiga asosan ilgari hukm qilingan jinoyatga o‘xshash jinoyat sodir etgan, ushbu kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa, «Maxsus» qismning boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv jinoyat, deb topiladi. Oddiy retsidivdan farqli ravishda xavfli retsidiv qonun chiqaruvchi tomo­nidan ba’zi jinoyat tarkiblari uchun kvalifikatsiya qilish belgisi sifatida baholanadigan belgi kabi ta’riflanadi. Bunday holatda sodir etgan jinoyati uchun ilgari ozodlikdan mahrum etilgan shaxs yana o‘sha jinoyatga o‘xshash qilmishni sodir etsa, xavfli retsidivist, deb topiladi. Shaxsni xavfli retsidivist, deb topish uchun bundan boshqa protsessual qarorga ehtiyoj bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1997-yil 2-may­dagi «Sud hukmi to‘g‘risida»gi 2-sonli qarorida «Xavfli retsidivist to­mo­nidan jinoyat sodir etilishi bir qator jinoyatlarning tavsif­lash belgisi hisoblanadi va jiddiyroq jazo choralarini qo‘llashga olib keladi. Shu sababli bu holat shaxs dastlabki tergov organi tomonidan jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinayotganda ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi lozim va keyinchalik bu sud hukmining tavsif qismida ham o‘z aksini topishi kerak»1, deb ta’kidlangan.
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist, deb topish uchun unga nisbatan besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan yangi jinoyat sodir etishi, ya’ni:

a) ilgari o‘ta og‘ir jinoyati uchun yoki ikki marta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilishi;


b) oldin-keyinligidan qat’iy nazar, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsning og‘ir jinoyat sodir etishi o‘ta xavfli retsidiv jinoyat, deb topiladi.
Shaxsni faqat sudning hukmi bilangina o‘ta xavfli retsidivist, deb topish mumkin. Bundan tashqari, shaxsni o‘ta xavfli retsidivist, deb topish uchun boshqa davlatlarning hukmlari ham e’tiborga olinadi. Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist, deb topish bir qator huquqiy oqibatlarga sabab bo‘ladi:

1) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan jinoyat sodir etganlik «Maxsus» qismning ko‘p moddalarida qonun chiqaruvchi tomo­nidan tasniflovchi yoki alohida tasniflovchi belgi sifatida baho­lanadi;


2) o‘ta xavfli retsidivist erkaklar ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni maxsus tartibli koloniyalarda, ayollar esa, qattiq tartibli koloniyalarda o‘taydilar;
3) o‘ta xavfli retsidivistlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi muddatining bir qismini turma qamog‘ida saqlash tarzida o‘tash tayinlanishi mumkin;
4) ularga nisbatan jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etishni qo‘llashning bir qancha cheklashlari belgilanishi mumkin;
5) ularga nisbatan shartli ravishda jazo tayinlash, jazo muddatidan ilgari shartli ozod etish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilmaydi;
6) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan sudlanganlikni olib tashlashning alohida tartibda belgilanadi.

Retsidiv jinoyat ham quyidagi huquqiy oqibatlarga sabab bo‘ladi:


1) retsidiv jinoyat uchun jazo tayinlashda og‘irlash­tiruvchi ho­lat sifatida Jinoyat kodeksining 56-moddasi, «n» bandi asosida hisobga olinadi;


2) Jinoyat kodeksining 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha jazo tayinlashning alohida tartibiga sabab bo‘ladi;
3) shartli hukm qilishga to‘sqinlik qiladi (Jinoyat kodek­sining «Maxsus» qismi);
4) jazoni haqiqiy muddatini uzaytirish uchun, jazo o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilishda hisobga olinadi (Jinoyat kodeksining 73-moddasi).

1. Bir qancha jinoyat sodir etish deganda nimani tushunasiz?


2. Amaldagi Jinoyat kodeksida bir qancha jinoyatlarning qanday turlari nazarda tutilgan?
3. Davomli va uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlarning bir qancha jinoyat sodir etishdan qanday farqlari bor?
4. Тakroran jinoyat sodir etish, deb nimaga aytiladi va qanday holatlar takroran jinoyat sodir etish, deb topiladi?
5. Jinoyatlar majmuyi (jami), deb nimaga aytiladi?
6. Jinoyatlarning ideal jami va real jami nima? Ularning huquqiy ahamiyati nimada?
7. Retsidiv jinoyat, deb nimaga aytiladi?
8. Xavfli retsidiv jinoyat, deb topishning shartlarini izohlang.
9. O‘ta xavfli retsidiv jinoyat, deb topishning shartlarini bayon eting.


13-bob. QILMISHNING JINOIYLIGINI ISТISNO QILADIGAN HOLAТLAR



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin