O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə76/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126
jinoyat huquqi

12.5. Jinoyatlarning real jami

Jinoyatlarning real jami deganda, qonun chiqaruvchi «sudla­nuvchi tomonidan hukm chiqarilgunga qadar ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etishi»ni nazarda tutgan va ushbu holda jazo tayinlashning alohida qoidalari tatbiq etilgan. O‘z navbatida masalaga bunday yondashish uzoqqa bormadi. 1924-yilgi «SSSR va Ittifoqchi respublikalar jinoyat qonunchiligi asoslari»da jinoyatlarning ideal jami va real jami bir qancha jinoyat sodir etish turlariga kiritildi va Jinoyat kodeksining 33-moddasida mustahkamlandi. «Agar shaxsning sodir etgan qilmishida bir necha jinoyat belgilari mavjud bo‘lsa, shu jumladan, hukm chiqarilgunga qadar shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatlar sodir etilsa, ijtiomiy ta’sir cho­ralari eng og‘ir jazoni nazarda tutuvchi jinoyatlar miqdoridan kelib chiqqan holda tayinlanadi», deyiladi ushbu qonunda.


O‘zbekiston Respublikasining 1926-yilgi Jinoyat kodeksida u quyidagicha mustahkamalngan edi: «Agar shaxsni sodir etgan qilmishida bir yoki bir necha jinoyat belgilari mavjud bo‘lsa, shu jumladan, hukm chiqarilgunga qadar ikki yoki undan ortiq jinoyatlar sodir etilgan bo‘lsa, ijtimoiy ta’sir choralari hukmda har bir jinoyat uchun alohida ko‘rsatib o‘tilgan holda og‘irroq jazo belgilangan jinoyat bo‘yicha tayinlanadi», deyiladi.
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni turli vaqtlarga sodir etib, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmasa, jinoyatlarning real jami, deyiladi1.
Jinoyatlar majmuyi masalasini tadqiq qilish shuni ko‘rsata­diki, jinoyatlarning real jami, ideal jamiga qaraganda ko‘proq tarqalgan jinoyatlardan bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 91,6 % hollarda jinoyatlarni real jami tariqasida sodir etish tashkil etsa, 8,4 % ni ideal jami tariqasida jinoyat sodir etish tashkil etadi.
Yuridik adabiyotlarda bildirilgan fikrlarga ko‘ra, real jami uchun uning tarkibiga kiruvchi jinoyatlarni turli vaqtlarda sodir etilishi xususiyatli bo‘lib, jinoyatlarning real jami o‘z navbatida bir turdagi va turli turdagi real jamiga bo‘linadi. Jinoyatlarning turli vaqtlarda sodir etilishi, qilmishni real jami ekanligini aniqlashda qiyin­chiliklar tug‘dirmaydi. Chunki, ushbu holda har bir qilmish mustaqil ravishda kvalifikatsiya qilinadi.
Jinoyatlarning real jamini turli va bir turdagi jinoiy qilmishlar tashkil etishi mumkin. Ya’ni real jamida, subyekt aynan bir turdagi va turli ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etadi. Shuning bilan birgalikda, shaxsning qilmishi real jami tariqasida, nafaqat, tamom bo‘lgan jinoyatlar mavjud bo‘lganda, balki ulardan biri jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd, boshqasi tamom bo‘lgan jinoyat bo‘lganda ham tashkil etadi.
Jinoyatlarning ideal va real jami sodir qilinish vaqti va huquqiy oqibatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bular quyidagilarda ifodalanadi:
I) Jinoyat kodeksining 56-moddasi (jazoni og‘irlashtruvchi holatlar), «n» bandida ko‘rsatilishicha, ilgari qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran jinoyat sodir etishi, jazoni og‘irlash­tiruvchi holatlanadi;
2) agar aybdorning bir harakati Jinoyat kodeksining ikki moddasi bilan kvalifikatsiya qilnishi lozim bo‘lgan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir qilingan bo‘lsa, aybdor Jinoyat kodeksining 66-moddasiga binoan (aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan) javobgar­likdan ozod qilinishi mumkin. Bunday jinoyatlar real jami tariqasida sodir qilinsa, javobgarlikdan ozod qilishning bu turini qo‘llash mumkin bo‘lmaydi;
3) jinoyatlarning ideal jamida shaxsga nisbatan, agar bunga qonunda ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 71-moddasini qo‘llab, jazodan ozod qilinishi mumkin. Real jami tariqasida sodir qilingan jinoyatlarga nisbatan esa, ushbu moddani qo‘llash mumkin bo‘lmaydi. Shuningdek, jinoyatlarning real jami tariqasida bir qancha jinoyatlar sodir qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat qonunida ko‘zda tutilgan boshqa imtiyozlarni qo‘llash mumkin bo‘lmaydi. Qonunda ana shunday holat belgilanishining asosiy sababi jinoyatlarning ideal jami tariqasida jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan real jami tariqasida jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqoriroqdir. Shaxsning oldin bitta jinoyatni sodir qilib, yana yangi jinoyat sodir etish, jinoiy faoliyatini davom ettirganligi uning ijtimoiy xavfli ekanligidan dalolat beradi. Bosh­qa teng sharoitlarda shaxsning ongi va ruhiy holatida nizoli hamda muammoli vaziyatlarni hal qilish vositasi sifatida jinoyat sodir qilishga tayyorgarligi ildiz otib ketganligini namoyon qiladi.
Demak, yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, jinoyatlarning real va ideal jamiga bo‘linishining ham amaliy, ham nazariy ahamiyati juda kattadir. Jinoyatlar jami tushunchasini jinoyat qonunining mustaqil instituti sifatida ajratib ko‘rsatilishi uchun barcha asoslar mavjuddir.
O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Jinoyat kodeksi tuzilishiga ko‘ra, 1959-yilgi kodeksdan farq qilib, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi deyarli ko‘pchilik moddalari qism­larga, har bir qismlari yana bandlarga bo‘linadi. Shunga muvofiq ravishda «Maxsus» qism bitta moddasi, bitta qismining turli band­larida nazarda tutilgan jinoyatlar turli vaqtlarda sodir qilinsa-da, jinoyat­lar jami mavjud bo‘lmaydi. Ya’ni, masalan, shaxs ancha miqdorda o‘zganing mulkini yashirin ravishda o‘girlagan, ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, sodir qilgan bo‘lsa, jinoyatlar majmuyini tashkil etmaydi. Jinoyat kodeksining 33-moddasi mazmuniga ko‘ra, jinoyatlar majmuyini tashkil qilish uchun «Maxsus» qism turli moddalarida yoki bitta moddaning turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir qilinishi kerak. Ushbu holda jinoyatlar jami deb emas, balki jinoyat takroran sodir qilingan, deb hisoblanadi.
Jinoyat kodeksining 33-moddasi, 2-qismida «Agar shaxs sodir etgan qilmishida ushbu kodeks «Maxsus» qismi ayni bir modda­sining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud bo‘lsa, u moddaning og‘irroq jazo belgilangan qismi bo‘yi­cha javobgarlikka tortiladi», deyiladi. Qonundagi bu tushuntirishni noto‘gri tushungan ayrim sudlar jinoyatlar majmuyi tariqasida kvalifikatsiya qilib jazo tayinlash kerak bo‘lgan qilmishlarga ham tatbiq qilmoqdalar.
Jinoyat kodeksining 33-moddasi, 1-qismida ideal yoki real jami tariqasida kamida Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi ikkita moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadigan jinoyatlar nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu moddaning 2-qismida faqat bitta modda bilan kvalifikatsiya qilish va jazo tayinlash mumkin bo‘lgan jinoyat haqida so‘z ketmoqda. Jinoyatlar majmuyining ma’nosini yanada aniq­lashtirish maqsadida shu moddaning 2-qismiga ana shu tushuncha kiritilib, agar bitta jinoiy qilmishda Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi muayyan moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatni kvalifikatsiya qilish belgilari mavjud bo‘lsa, jinoyatlar jamini tashkil qilmasligini, bunday holda o‘sha moddaning og‘irroq jazo belgilangan qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish zarurligi ta’kidlangan.
Masalan, aytaylik, aybdor o‘ta xavfli retsidivist bo‘lgani holda o‘ta shafqatsizlik bilan Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatini sodir qilgan. Ushbu jinoyat bitta jinoiy qilmish, ammo 104-moddaning 3-qismida nazarda tutilgan kvalifikatsiya qilish belgilari bor. Ana shunday hollarda eng og‘ir kvalifikatsiya qilish belgisi orqali javobgarlikka tortish zarur bo‘ladi.
Jinoyat kodeksining 33-moddasi, 2-qismini tahlil qilishdan aynan ana shu yuqorida aytilgan ma’no kelib chiqadi. «Agar shaxs sodir etgan qilmishda» deb, qonun bu tushunchani ko‘plikda emas, birlikda bermoqda. Demak, faqat bir harakat bilan sodir etilgan bitta jinoyat nazarda tutilmoqda.
Jinoyat kodeksning 33-moddasiga ko‘ra, «Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu kodeks «Maxsus» qismi ayni bir modda­sining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud bo‘lsa, u moddaning og‘irroq jazo belgilangan qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi». Jinoyatlarning ideal jamidir. Ushbu tushuncha shaxsning harakatlari bitta modda bilan kvalifikatsiya qilinishini anglatib, qonun chiqaruvchi jinoyatlarning ideal jamini yagona jinoyat guruhiga kiritgan.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin