Ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining tizimi va ularning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasida ekologik muammolarni hal etish –davlat organlarining birgalikda va chambarchas ish olib borishini taqozo qiladi. Konstitutsiyaning 11-moddasiga asosan “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimyatning qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatigi bo‘linishi prinsipiga asoslanadi”.
Mazkur ko‘rsatma shundan dalolat beradiki, yuqoridagi, yuqoridagi organlar o‘z huquqiy vakolatlari jarayonida ekologik muammolarni hal etishda davlatning ekologik siyosatini amalga oshiradilar. “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuniga ekologiya sohasida davlat boshqaruviga katta e’tibor berilib, alohida II-BOB “Davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining tabiatni muhofaza etishga taalluqli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolotlari” (7-11 moddalar) deb nomlanadi.
Davlat boshqaruv organlarini eklogiya sohasidagi vakolatlariga qarab quyidagi tizimga bo‘lish mumkin.
Umumiy va maxsus
Umumiy davlat boshqaruvi organlariga asosan:
Prezident va Prezidentlik devoni
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati;
v) Vazirlar Mahkamasi;
g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Jo‘qorg‘i Kengesi;
Mahalliy hokimyatlar kiradi.
Prezident ekologiya sohasidagi ishlarni amalga oshirish jarayonida Konstitutsiyaning 93- moddasida ko‘rsatilgan yoki o‘z vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni hal etadi. SHuningdek, Prezident o‘z vakolati doirasida:
Ekologiya sohasidagi qonunlarni imzolaydi va shunga oid farmon, farmoyish va qarorlar qabul qiladi;
Ekologik xavfsiz muhitni ta’minlash uchun zaruriy chora-tadbirlar ko‘radi;
Oliy Majlis tasdig‘iga Tabiatni muhofaza qilish qumitasining raisi lavozimiga nomzod taqdim etadi;
Ekologik nqiroz yoki talofat ko‘rgan hududlar yoki butun xudud bo‘yicha favqulodda holat joriy etadi;
Respublika ichki va xalqaro ekologik siyosatiga doir vakolatlarni amalga oshiradi va boshqalar.
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasiga asosan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlariga quyidagilar kiradi.:
1 ) Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
Davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash;
Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi respublika qonun xujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish;
Hududlarni favqulodda ekologik holat, ekologik ofat va ekologik halokat zonalari deb e’lon qilish, bunday zonalarining huquqiy rejimi va jabrlanganlar maqomini belgilash;
Tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qonunlar ijrosi ustidan nazoratni muvofiqlashtirib borish;
Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovning chegara miqdorlarini belgilash, to‘lovlvrni undirish bo‘yicha imtiyozlarni belgilash;
Qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish nazarda tutiladi.
Amaldagi qonunchilikka asosan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishning davlat boshqaruvini mamlakat qonunlari va boshqa normativ xujjatlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi tabiatni muhofaza qilish sohasida:
Tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish;
Tabiat resurslaridan foydalanishni tartibga solish;
Tabiiy resurslarga nisbatan tabiat kadastri yuritilishi tartibini belgilash va bunday kadastr yuritilishini ta’minlash, respublika ahamiyatini molik tabiiy resurslarning zahiralarini tasdiqlash;
Ekologik jihatdan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Tabiiy ofatlar va yirik halokatlarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof tabiiy muhitning ifloslanganlik, chiqindilar, zarali ta’sir etuvchi boshqa narsalarni joylashtirganligi uchun to‘lov tartibini, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilar joylashtirish limitlarini belgilash;
Ekologiya ta’limi va tarbiyasi tizimini yaratish hamda uning amal qilishini ta’minlash;
Tabiatdan alohida tartibda foydalanadigan hudularning chegaralarini, tabiatni muhofaza qilish va xo‘jalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash;
tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish;
O‘zbekiston Respublikasining qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolat doirasiga kiradi.
SHuningdek, tabiatni muhofaza qilish sohasida davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining vakolatlari ham mavjud:
O‘z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, mintaqaning (hududning) ekologik dasturini tasdiqlash;
Tabiiy resurslarni hisobga olishva ularning ahvoliga baho berish, ekologik jihatdan zararli bo‘lgan ob’ektlarni ro‘yxatga olish;
Tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnik ta’minlash;
Tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi, sanoat yoki ro‘zg‘or chiqindilarini to‘plash yoki ko‘mib tashlashga ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish yoki ularni bekor qilish.;
Tabiiy resuraslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar undirish;
Tabiatni muhofaza qilish ustidan nazorat o‘rnatish, atrof - muhitga zarar etkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik ob’ektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to‘xtatish va qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish ko‘zda tutiladi.