О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta



Yüklə 2,53 Mb.
səhifə21/106
tarix27.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#199190
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106
Hamma sohada ekologik nazoratini tashkil etish va olib borish. Olib borilayotgan barcha nazorat tartibi xalqaro hquq qoidalariga mos bo‘lib, O‘zbekiston

Respublikasida “Tabiatni muxofaza qilish to‘g‘risida” gi Qonunning VII-bo‘lim 28- 32 – mavzulari asosida amalga oshirilishi lozim.

    1. Xalqaro miqyosda ekologik axborotni almashinish tamoyili. Mazkur holat bo‘yicha davlat atrof tabiiy muhit xolatini kuzatib borish xizmati tabiiy muhitda sodir bo‘layotgan fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarni, atmosfera havosi, tuproq, er usti va er osti suvlaring ifloslanish darajasini, ifloslanishning o‘simlik va hayvonot dunyosiga ta’siri oqibatlarini kuzatib borish, manfaatdor tashkilotlar va aholini atrof tabiiy muhitni sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida joriy va shoshilinch axborotlar hamda bu muhit holatiga doir taxminlar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

    2. Favqulodda ekologik vaziyat holatida davlatlarning bir-birlariga o‘zaro yordam ko‘rsatish. Davlatlarning o‘zoro kelishuvlari asosida favqulodda ekologiya vaziyat va ekologiya ofati mintafalarida shu vaziyatni keltirib chiqargan ishlar to‘xtatilib qo‘yiladi, atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir etuvchi faoliyat (aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat bundan mustasno) taqiqlanadi, tabiiy muhitni tiklash va sohlomlashtirish chora – tadbirlari ko‘rildi.

    3. Xalqaro ekologik huquqiy kelishmovchilik va nizolarni tinch yo‘llar bilan hal etish. Xalqaro miqyosda kelib chiqadigan ekologik huquqiy nizolarni, davlatlarning o‘zoro kelishuviga aosan tuzilgan bitim yoki shartnomaa asosida tinch yo‘l bilan xal etiladi.

SHuningdek, hozirgi davrda yana bir qator tamoyillarni shakllanish jarayoni kechmoqda:

  • boshqa davlatlarning ekologik masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlariga aralashmaslik:

  • ekologik muammolarni hal etishdagi hamkorlik;

  • tinchlik va ekologik xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;

  • ekologik muammolarni hal qilishni ko‘p tomonlama kelushuv asosida rivojlantirish;

  • ekologik baho berish va boshqalar.

SHu o‘rinda fuqorolarning ekologik hquqlarini mufoxazalashning xalqaro huquqiy asoslariga to‘xtalib o‘tishimiz rejaga muvofiq. Ta’kidlash o‘rinliki, Inson huqlari eenrgiyasi deklaratsiyasi hozirgi zamonda inson erkinliklari kafolatining buyuk xartiyasidir. U shaxsning ham fuqorolik siyosiy, ham iqtisodiyo, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklar ko‘lamini o‘zida ilk bor to‘la mujassam etgan xalqaro-huquq hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjatning qabul qilinishi xalqaro munosabatlar rivojida muhim bosqich bo‘ldi. Deklaratsiyaning qoidalari O‘zbekiston Konstitutsiyasi, insonning siyosiy, iqtisodiy ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli him qilinishini ta’minlaydigan milliy qonunchilik me’yorlarida ifodasini topgan. Mustaqillik yillarida ushbu Deklaratsiya matiriali o‘zbek tilida 0,5 milliondan ziyod nusada chop etildi.
2008 yil 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasiga qabul qilinganligining 60yilligiga bag‘ishlangan Tadbirlar dasturlar to‘g‘risida” Farmon qabul qildi. Mazkur Farmon Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 60 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston inson huquqi va erkinliklarini yanada samaraliroq rag‘batlantirish va muhofaza etishga qaratilgan aniq tadbirlar dasturini belgilab berdi. Tadbirlarda davlat tashkilotlari va muassasalari, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining faol ishtirok etishi eng muhim vazifa ekani alohida qayd etildi. Bulardan ko‘zda tutilgan maqsad, avvalo insonning asosiy hquqlarini, jumladan, ekologik qo‘quqlarini tushunishni yaxshilashga ko‘maklashish, O‘zbekiston Respublikasining Inson hquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalarini milliy qonunchilikda mustahkamlash bo‘yicha huquqiy yo‘nalishdagi faoliyati haqida keng xabardorlikni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.
SHu ma’noda hzirgi kunda ekologiya muammosi inson hayotning tabiiy ravishda davom etishi va uni saqlanib qolishi uchun eng xafli manba bo‘lib qolmoqda. Afsuski, keyingi yillarda tabiatning insonga ko‘rsatayotgan mehr-muhabbati va ijobiy ta’siriga nisbatan insonni tabiatga bo‘lgan zug‘umi, vahshiyligi, tabiat boyliklaridan
xo‘jasizlarcha foydalanishi va boshqa salbiy munosabatlari kuchayib ketmoqda. Ana shunday jarayonda dunyodagi hamma davlatlarning o‘zoro hamkorligi asosida tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalasiga alohida etibor qaratishini taqozo etadi. Agarda ushbu jarayon shunday davom etadigan bo‘lsa turli ekologik muammolar va boshqa tirik mavjudotni jumladan, insoniyat hayotini barbod bo‘lishi insoniyat hayotini barbod bo‘lishi genefondini butunlay o‘zgarib ketishiga, tabiat resurslaridan vahshiylarcha foydalanishga, atrof tabiiy muhitni qattiq ifloslanishiga va boshqa xavfli halokatlarga olib kelishi mumkin.
YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ekologiya muammosi dunyoviy, global, olamshumil chegara bilmaydigan aksincha o‘zoro erkinlika hal qilinadigan muammodir. Uning xalqaro huquqiy ekologik asoslari BMTning Inson huquqlari umumjaxon deklaritsiyasida (1948 yil 10 dekabr), BMT Bosh Assamblechsining 1942 yil 14 dekabrdagi “Tabbiy boylik manbalari ustidan ajralmasinveste” qarorida, “Insonni o‘rab turuvchi muhit to‘g‘risida” Tyuning Stokgolm deklaratsiyasida (1972 yil); Davlatlarning istedodiy huquq va majburiyatlari xartiyasi (1972 yil), YUNESKOning umumjahon madaniyati va tabiat merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya (1972 yil); BMT Bosh Assambleyasining davlatlarning er tabiatini hozirgi va kelajak avlod uchun saqlab qolishi uchun tarixiy javobgarligi to‘g‘risidagi deklaritsiyasida (1974 yil); Tabiat umumjahon xartiyasi (1982 yil); Tabiiy muhitga nisbatan harbiy yoki har qanday boshqa turdagi vositalardan zararli foydalanishni ta’kidlash to‘g‘risidagi konvensiyada (1977 yil); Dengiz huquqi bo‘yicha BMT konvensiyasi (1982 yil); Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Vena invensiyasi (1985 yil); Xavfli chiqindilarni davlat chegaralaridan tashqariga tashish va ularni chiqarib tashlashni nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel konvensiyasi (1989 yil), Atrof-muhit va rivojlanish to‘g‘risidagi Rio-de-Janeyro deklaratsiyasi (1992 yil), Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konvnsiya (1993 yil), Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risida 1996 yil Jenevada qabul qilingan mineral protokolida; Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi (18.05.1993); Ozon qatlamini emuruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoliga London tuzatishi (01.05.1998); Ozon qatlamini emuruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoliga Kopengagen tuzatishi (01.05.1998); Tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatiuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa yovuz maqsadlarda foydalanishni ta’kidlash to‘g‘risida konvensiya (26.06.1993); Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Doiraviy konvensiya (20.06.1993) (Kiot prtokoli, 1999 yil); Jiddiy qurg‘oqchilikni va / yoki sahroga aylanish jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlar, ayniqsa, Afrikada sahroga aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha konvensiya (31.08.1995 yil); Xavfli chiqindilarni transchegaraviy olib o‘tish ularni yuqotishni nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel konvensiyasi (22.12.1995); Biologik xilma –xillik to‘g‘risida konvensiya (06.05.1995); Butun jahon madaniy va tabiiy meroslarini muhofaza qilish to‘g‘risida konvensiya (22.12.1995); Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yovvoyi flora va faunaning turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risida konvensiya (01.07.1997); Ko‘chib yuruvchi yovvoyi xayvon turlarini saqlash bo‘yicha konvensiya (01.05.1998); Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan asosan suvda suzuvchi hayvonlar yashash joylarda hisoblangan suv-botqoq joylar to‘g‘risida Ramsar konvensiyasi (30.08.2011) va boshqa xalqaro hququqiy ekologik normalarda o‘z aksini topgan.
YUqorida ko‘rsatilagan tamoyillardan tashqari, umuman xalqaro miqyosda davlatlar va fuqorolarning ekologik huquqlarini kafolatlashning yana bir qator tamoyillari ham yuridik adabiyotlarda talqin etilgan. Hatto fuqorolarning ekologik huquqlarini kafolatlashning xalqaro hamkorlikdagi xususiyatlar ham zamon talabi asosida ko‘rsatib tahlil qilingan.
Fikrimizcha, yuqoridagi tamoyillar fuqorolarning ekologik huquqlarini kafolatlashga katta xazmat qilib, ularni quyidagi yangi tamoyillar bilan to‘ldirish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin