О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta



Yüklə 2,53 Mb.
səhifə23/106
tarix27.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#199190
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106
MDH doirasida hamkorlik. 2000 yilda tayyorlangan va davlat rahbarlari tomonidan imzolangan 2025 yilgacha davrda MDH rivojlanishi bo‘yicha harakatlar dasturida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qator tadbirlar ko‘zda tutilgan (atrof-muhit monitoringi, ekologik xavfsizlik, sanoat chiqindilarni sertifikatsiyalash, hamda ularni markirovka qilish yagona tizimi va boshqalar). Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston mintaqaviy integratsiya modellari hamkorlikni alohida MDH a’zolari bilan ikki tomonlama kelushuvlar asosida (Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Gruziya ) hamda MDH ijrochi qo‘mitasi yordamchi organi hisoblangan millatlararo ekologik Kengash bilan amalga oshiradi.

  • Mintaqaviy hamkorlik. Bugungi kunda O‘zbekiston 1992 yildan buyon ESKATO a’zosi hisoblanadi. Markaziy Osiyoning beshta mamlakatlari tomonidan (YUNEP, OTB, BMTTD moliyaviy va texnik yordamida) atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar mintaqaviy rejasini ishlab chiqish, mintaqaviy hamkorlikka ijobiy misol bo‘ladi. Hozirgi kunda mintaqa mamlakatlar tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha mustaqil me’yorli sifat ishlari chiqishlar va amalga atrof –muhitni muhofaza qilish sohasida esa mintaqaviy va dunyo miqyosida hamkorlik qilishlari mumkin.

  • Evropa Ittifoqi bilan hamkorlik. O‘zbekiston Respublikasi Evropa Hamjamiyati hamda uning a’zolari o‘rtasida hamkorlik va sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolangan. Ushbu bitimning 54-bandi atrof-muhitni va sog‘liqni saqlashgga bag‘ishlangan hamda hamkorlikning 22 ta maqsad va sohalarni o‘z ichiga oladi, jumladan: suvning sifati, tranchegaraviy suvlar va havoning ifloslanishi;

    • Tranchegarviy miqyosida atrof – muhitga ta’sir ko‘rsatishni baholash to‘g‘risida BMT EIK konvensiyasini qo‘llash;

    • CHiqindilar boshqaruvi va Bazel konvensyasini bajarish;

    • Biologik xilma xillikni saqlash va iqlimni global o‘zgarishi bilan kurashish;

    • Sanoat korxonalarini xavfsizligi, kimyoviy xavfsizlik va ekologik toza texnologiyalardan foydalanish;

    • Ofatlar va falokatlar hamda boshqa favqulotda vaziyatlar to‘g‘risida oldindan ogohlantirish;

    • Mamlakat ekologik qonunchiligini Evropa ittifoq qonunchiligiga moslashtirishdir.

    E’tiborli tomoni shundaki, 2004 yil 11 marta 2004-2008 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasining Evropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar bilan hamkorlikni takomillashtirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 134-sonli Qarorining qabul qilinishi ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi.


    1. Yüklə 2,53 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin