Sonli oraliqlar.
Bir nomalumli tengsizliklar sistemalarining yechimlari har xil sonli to‟plamlar bo‟ladi. Bu to‟plamlar o‟zlarining nomlariga ega. Masalan son o‟qida x ning -2 x 3 bo‟ladigan son qiymatlari oxirlari -2 va 3 nuqtalarda bo‟lgan kesma bilan tasvirlanadi (31 - rasm).
-2 0 3
31 – rasm.
Shuning uchun -2 x 3 tengsizlikni qanoatlantiruvchi x sonlar to‟plami kesma deb ataladi va 2;3 kabi belgilanadi.
Agar a < b bo‟lsa, u holda a x b tengsizlikni qanoatlantiruvchi x sonlar to‟plami kesma deyiladi va [a;b] kabi belgilanadi.
Masalan, [4;7] kesma ushbu 4 x 7 tengsizlikni qanoatlantiruvchi x sonlar to‟plami. 2
< x < 7, -1 x < 2, 4 < x 7 ko‟rinishdagi tengsizliklarni qanoatlantiruvchi sonlar to‟plami uchun ham alohida atamalar kiritiladi.
Agar a < b bo‟lsa, u holda a < x < b tengsizlikni qanoatlantiruvchi x sonlar to‟plami interval deyiladi va (a;b) kabi belgilanadi.
Masalan, (-2;3) interval - ushbu -2 < x < 3 tengsizlikni qanoatlantiruvchi x sonlar to‟plami (32 - rasm).
○
-2 -1 0 1 2 3
32 – rasm.
a ≤ x < b yoki a < x ≤ b tengsizliklarni qanoatlantiruvchi sonlar to‟plami yarim interval deyiladi va mos ravishda [a;b) va (a;b] kabi belgilanadi.
Masalan. [-1;2) yarim interval ushbu -1 ≤ x < 2 tengsizlikni qanoatlantiruvchi x sonlar to‟plami, (4;7] yarim interval – ushbu 4 < x ≤ 7 tengsizlikni qanoatlantiruvchi x sonlar to‟plami (33 - rasm).
º
º
-1 0 1 2 3 4 5 6 7
33 – rasm.
Kesmalar, intervallar, yarim intervallar va nurlar sonly oraliqlar deyiladi. Shunday qilib, sonly oraliqlarni tengsizliklar ko‟rinishida berish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |