O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə46/47
tarix02.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#43189
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
umumiy orta maxsus kasb hunar talimi matematika kursida koordinatalar metodi (1)

Xulosa

Biz ko‟p yillik ilmiy-tadqiqot ishimiz natijalarini inobatga olgan holda xalqning yoshlarga aqliy tarbiya berish an‟analari bo‟yicha quyidagi xulosalarga keldik:

Xalq pedagogikasida aql insonni shaxs sifatida belgilab beruvchi asosiy mezon ekanligi, insondagi aql-bilimga muqaddas hodisa sifatida hurmat bilan munosabatda bo‟lishga, aql har bir

insonda uning shaxsiy xususiyatlariga bog‟liq ekanligiga e‟tibor qaratilgan. Xalq yoshlarni aqliy jihatdan shakllantirmay turib uni tabiatga mos yashashga va undagi ba‟zi bir muammolarni yechishga o‟rgatish mumkin emasligiga, aql-bilimning ijodiy faoliyatga alohida e‟tibor berish zarurligiga urg‟u bergan. Shu bois xalqimiz doimo insoniyat tarixi davomida yoshlarni bilim, ilm o‟rganishga undab kelgan.

Xalq pedagogikasida atrof-olamni bilish jarayoni odamdagi sezgi a‟zolari bergan ma‟lumotlar asosida amalga oshadi, inson dunyoni bilishga, uning sirli hodisalarini yechishga moyil. Dunyoni bilishga intilish insonning tabiatiga xos hodisa, inson uchun dunyo hodisalari noma‟lumligicha qolishi mumkin emas, deb hisoblagan. Xalq pedagogikasi olamni bilish sezgi, his-tuyg‟u (empirizm) va aqlning (ratsionalizm), shuningdek, hayotiy tajribalarining (sensualizm) ishtirokida amalga oshishini, bu uchta omilning mujassamlashgan harakati oqibatida insondagi bilish jarayoni yuz beradi, degan amaliy xulosaga kelgan.

Xalq pedagogikasida yoshlarga aqliy tarbiya berishda arifmetik bilim va hayotiy hisob- kitobga o‟rgatishga ham alohida e‟tibor qaratilgan. Bu bilimlar yoshlarning aqliy tushunchalarini rivojlantirib, mantiqiy va abstrakt fikr yuritish qobiliyatlarini takomillashtirish vositasi bo‟lgan. Xalq pedagogikasida sanashga o‟rgatish tizimidagi izchillik hodisalari, yoshlarning sabab-oqibat a‟loqadorligini to‟g‟ri tushunishini shakllantirib, miqdor va sifat munosabatlarini anglashga, tabiatdagi barcha harakat ma‟lum qonun-qoidaga bo‟ysinishi, yoshlar o‟zlarining aqliy faoliyatini shu qonuniyat asosida yuritishi zarurligi uqtirilgan.

Odamlarning turmush tarziga bog‟liq ishlab chiqarish amaliyoti ularning aqliy ongining rivojlanishiga doim ta‟sir ko‟rsatgan. Xalqning o‟simliklar dunyosi  botanika, chorvachilik – veterinariya, ob-havo  gidrometeorologiya, hisob-kitob  matematika, munajjimlik  astronomiya haqidagi tushunchalari hozirgi rivojlangan soha fanlarining dastlabki ko‟rinishlari bo‟lgan.

Qadimda ota-bobolarimiz tabiat bilan kurashish uchun o‟zlariga qancha darajada tajriba, bilim, malaka kerak bo‟lsa ularni shuncha darajada egallashga erishgan. Ajdodlarimiz to‟plagan bu bilimlar hozirgi davrda hayotiy-amaliy ishlarda qo‟llashga hali ham yordam beradi. Bundan

tashqari xalqning aqliy tarbiya berish an‟analari shu kungi yoshlarni barkamol avlod sifatida amaliyotda voyaga yetkazib, o‟zligini anglashga, shuningdek, ma‟naviy jihatdan shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega.

Bitiruv malakaviy ishimni ikki bobga bo‟lib o‟rgandim va ularni yetti ta paragrafga bo‟lib, mavzuni shu paragraflar bo‟yicha yoritdim. Har bir paragraf va mavzular yoritilishi bilan birgalikda misollar keltirildi. Koordinatalar metodini bir qator masalalarga qo‟llanilishi o‟rganildi.

Son tushunchasi, sonli to‟plamlar va tengsizliklarni yechish maktab matematika kursida va o‟rta maxsus kasb – hunar ta‟limi algebra kursida, hech so‟zsiz, asosiy masalalar hisoblanadi. Son tushunchasi va sonli to‟plamlar eng sodda natural sonlardan boshlab haqiqiy sonlar to‟plamigacha son o‟qida ko‟rib chiqildi. Daslab sonli tengsizliklardan boshlab tengsizliklar sistemasigacha va ularning xossalari ham oraliqlar usulida yordamida hal qilindi. Bundan tashqari kasrlar, sonning moduli va trigonometriyada nuqtani koordinatalar boshi atrofida burish kabi masalalar o‟rganildi.

Maktab geometriya kursida vektorlar va ular ustida amalalar, vektorlar skalyar ko‟paytmasi kabi masalalar ijobiy hal qilindi. Analitik geometriyada esa affin koordinatalar sistemasi, sferik koordinatalar sistemasi, silindrik koordinatalar sistemasi, dekart koordinatalar sistemasi va qutb koordinatalar sistemasi haqida tushunchalar berildi, ulardagi almashirishlar asosiy formulalar keltirib o‟tildi. Qutb koordinata sistemasidagi tenglamalar va parabola, ellips, giperbolaning ba‟zi koordinatalar sistemasidagi tenglamalari keltirildi.

Matematikaning ichki qonuniyatlari asosida masala va misollar yechib, o‟quvchilarning mustaqil fikrlashlari, mavjud bilimlarni tatbiq etish faoliyati matematika o„qitish jarayonida izchillik, ilmiylik kabi didaktik tamoyillardan o‟rinli foydalanib, ularning tadqiqiy faoliyati metodik jihatdan to‟g„ri tashkil qilindi va matematika o„qitishdagi barcha ko„rinishlar, metodlar, vositalar umumta‟lim maktablari o„quvchilari va o‟rta maxsus kasb – hunar ta‟limi talabalari

ko„nikmalarini shakllantirishga qaratildi. Pirovardda, ularning tadqiqiy ko„nikmalarini shakllantirishga erishdik.



Umuman olganda, ushbu mavzu menda katta tassurot qoldirdi. Shuning uchun qolgan talabalarga ham bu mavzuni o‟rganib chiqishni va shu sohada ilmiy izlanishlar olib borishlarini maqsadga muvofiq deb o‟ylayman.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin