(A. Ikramov)
6.
|
Ichki ishlar organlarida murabbiylik faoliyatini tashkil etish jarayonini tanqidiy o‘rganish hamda mazkur yo‘nalishni zamon va amaliyot talablarini inobatga olgan holda tubdan takomillashtirish choralarini belgilash.
|
Idoraviy normativ hujjat
|
2023-yil aprel
|
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov)
|
7.
|
Ichki ishlar organlarida quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi “Eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha respublika tanlovini har yili o‘tkazish tartibini belgilash:
ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida eng yaxshi rahbar xodimlarni aniqlashning har tomonlama, xolisona, oshkora mexanizmlari va mezonlarini joriy etish;
har yili 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni arafasida eng yaxshi rahbar xodimlarni e’lon qilish;
budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan g‘oliblarni har oylik pul ta’minotining 50 foizi miqdorida bir yil davomida moddiy rag‘batlantirish tartibini joriy etish.
|
Idoraviy normativ hujjat
|
2023-yil aprel
|
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov)
|
8.
|
Ichki ishlar organlari xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish orqali ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishni quyidagilarni nazarda tutgan holda yo‘lga qo‘yish:
2023-2024-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida “Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi”ni tashkil etish;
2023-yilda tuman (shahar), tarmoq ichki ishlar organlari hamda saf bo‘linmalarida kutubxonalar tashkil etib, shaxsiy tarkib sonidan kelib chiqqan holda (har bir xodimga kamida 10 ta kitob) axborot-kutubxona fondini shakllantirish.
|
Idoraviy normativ hujjat
|
2023-yil aprel
|
Ichki ishlar vazirligi
(P. Bobojonov,
A. Ikramov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
9.
|
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar faolligini oshirishni nazarda tutuvchi quyidagi tadbirlar tizimini joriy etish:
xotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun ularning zaxirasini shakllantirib borish;
kadrlar zaxirasiga kiritilgan xotin-qizlarda rahbarlik sifatlarini shakllantirish choralarini ko‘rib borish;
xotin-qizlarning ijtimoiy-maishiy muammolarini o‘rganib borish va hal etishga ko‘maklashish;
xotin-qizlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini yuksaltirish choralarini ko‘rish.
|
Tashkiliy tadbirlar
|
2023-yil davomida
|
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov)
|
10.
|
Xodimlarning ijtimoiy himoya masalalaridagi murojaatlarini qabul qilish hamda ularni adolatli va xolisona ko‘rib chiqish tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:
xodimlarning ijtimoiy himoya masalalaridagi murojaatlarini qabul qilish tizimini to‘liq raqamlashtirish;
xodimlarga ajratiladigan ijtimoiy yordam masalalariga doir murojaatlari komission tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlash.
|
Tashkiliy tadbirlar
|
2023-yil mart — sentyabr
|
Ichki ishlar vazirligi
|