ish yuritish reglamentini tasdiqlash;
hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarini 2023-2024-yillar davomida bosqichma-bosqich planshetlar bilan ta’minlash;
“E-XID” elektron axborot tizimini 2023-yil 2-chorak yakuniga qadar Toshkent shahri ichki ishlar organlarida, 2023-yil yakuniga qadar yana 6 ta hududda, 2024-yil 1-iyundan respublikaning barcha hududlarida yo‘lga qo‘yish.
|
Idoraviy normativ hujjat
|
2023-yil may
|
Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov,
N. Turaxodjayev,
A. Abidjanov)
|
31.
|
Ichki ishlar organlarida tashkiliy-shtat ishlarini amalga oshirish nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
tashkiliy-shtat tuzilmalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish �arayonining qat’iy tartibi va talablari;
lavozimlarni o‘zgartirish chora-tadbirlari va mezonlari;
tuzilmalar va rahbariy lavozimlarni tashkil etish (kiritish)ning aniq mezonlari;
shtat birliklaridan noto‘g‘ri foydalanilganligi uchun ichki ishlar organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligi.
|
Idoraviy normativ hujjat
|
2023-yil aprel
|
Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov)
|
32.
|
Ichki ishlar vazirligi o‘quv-dala markazining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, simulatsiya-immitatsion poligonlarni tashkil etish choralarini ko‘rish.
|
Tashkiliy tadbirlar
|
2023-yil aprel — noyabr
|
Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov,
A. Abidjanov)
|
33.
|
2023-2024-yillarda ichki ishlar organlari davolash va sog‘lomlashtirish infratuzilmasini quyidagilarni nazarda tutgan holda rivojlantirish choralarini ko‘rish:
Navoiy va Surxondaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot bo‘limlari tarkibida 40 o‘rinli gospitallarni tashkil etish (Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari, Bojxona qo‘mitasi va Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan);
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasining Zomin tumanida joylashgan sog‘lomlashtirish oromgohi hududida pulmonologiya va reabilitatsiya bo‘limlaridan iborat 60 o‘rinli viloyatlararo reabilitatsiya markazini tashkil etish (Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan).
|
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi
|
2023-yil aprel
|
Ichki ishlar vazirligi
(P. Bobojonov,
A. Ikramov,
A. Abidjanov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
34.
|
|