(A. Ikramov,
A. Abidjanov)
15.
|
Ichki ishlar organlarida yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishning yangi tizimini joriy etish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
yosh kadrlarni istiqbolli va amaldagi rahbarlar zaxirasiga kiritish tartibi va aniq mezonlarini nazorat mexanizmini o‘rnatgan holda belgilash;
Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining a’lochi-bitiruvchilari faoliyatini monitoring qilish va xizmat pog‘onalaridan ko‘tarilishini nazoratini yuritish.
|
Idoraviy normativ hujjat
|
2023-yil mart
|
Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov)
|
16.
|
Xalqaro politsiya tizimida raqobatbardosh kadrlarni tanlash, xizmatga qabul qilish, tayyorlash va malakasini oshirish borasida ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ta’minlash sohasini takomillashtirib borish.
Bunda quyidagi yo‘nalishlarda ilg‘or tajribalarni xorijiy davlatlarga amaliy tashriflar tashkillashtirgan holda o‘rganish:
kadrlarni tanlashda Germaniya, Fransiya va Koreya respublikalari, kadrlarni tayyorlashda Yaponiya va Turkiya Respublikasiga xizmat safarlari amalga oshirish orqali ular tajribasini o‘rganish;
o‘rganishlar natijasi bo‘yicha ilg‘or tajribalarni O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimiga joriy etish choralarini ko‘rish.
|
Tashkiliy tadbirlar
|
2023-yil mart — noyabr
|
Ichki ishlar vazirligi
(P. Bobojonov,
A. Ikramov),
Tashqi ishlar vazirligi
(B. Saidov)
|
17.
|
Ichki ishlar vazirligining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarining 2023 — 2027-yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:
konseptual normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari;
magistrlik, falsafa doktori va fan doktori dissertatsiyalari mavzulari (ichki ishlar organlari faoliyatiga mos ravishda);
turdosh (milliy, xorijiy) tashkilotlar bilan hamkorlikda bajariladigan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalari mavzulari;
monografiya va metodikalar mavzulari;
respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy tadbirlar;
xorijiy ilmiy stajirovkalar va tajriba almashish bo‘yicha ilmiy safarlar.
|
Qo‘shma qaror
|
2023-yil aprel
|
Ichki ishlar vazirligi
(P. Bobojonov),
Oliy ta’lim, fan va inno�atsiyalar vazirligi
(I. Abduraxmonov),
Tashqi ishlar vazirligi
(B. Saidov)
|
18.
|
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining magistraturasida “ilmiy-pedagogik faoliyat” mutaxassisligi bo‘yicha ichki ishlar organlari uchun ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlashga qaratilgan o‘quv jarayonini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish. Bunda quyidagi talablar nazarda tutiladi:
mazkur mutaxassislik bo‘yicha tanlovni kamida ikki yillik amaliy xizmat stajiga ega tayanch oliy yuridik ma’lumotli ichki ishlar organlari xodimlari orasidan amalga oshirish;
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan bitiruvchilar uchun mazkur mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga tanlovsiz kirish huquqini berish hamda o‘qishni tamomlagandan so‘ng ularga ichki ishlar organlari ta’lim va ilmiy muassasalarida kamida uch yil uzluksiz ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish majburiyatini yuklash.
|
Tashkiliy tadbirlar kompleksi
|
2023-yil noyabr
|
Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov,
R.Xatamov)
|
19.
|
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida ichki ishlar organlari ta’lim va o‘quv muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini quyidagi choralarni nazarda tutgan holda yo‘lga qo‘yish:
ichki ishlar organlari ta’lim va o‘quv muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish muddatlari, talablari va yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi tartibni belgilash;
o‘quv dasturlari va rejalarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning ilg‘or yondashuvlarini inobatga olgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash;
o‘quv jarayoniga mahalliy va xorijiy yetakchi ta’lim va o‘quv muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini shartnoma asosida jalb qilish amaliyotini joriy etish.
|
Qo‘shma qaror
|
2023-yil mart
|
Ichki ishlar vazirligi
(P. Bobojonov,
A. Ikramov,
R. Xatamov),
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(I. Abduraxmonov)
|
20.
|
|