O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining



Yüklə 241,5 Kb.
səhifə4/9
tarix02.02.2023
ölçüsü241,5 Kb.
#82319
1   2   3   4   5   6   7   8   9
PQ-10 20.01.2023

(A. Ikramov,
N. Turaxodjayev)

11.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda ichki ishlar organlari faoliyatini psixologik ta’minlashning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish:
ichki ishlar organlari tizimiga shartnoma asosida mutaxassis-psixologlarni jalb etish va aholiga pullik xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan psixologik markazlarni tashkil qilish;
ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish vakolatiga ega tarkibiy va hududiy bo‘linmalarda psixolog mutaxassislarini poligraf apparati bilan ta’minlash;
xizmatning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, ichki ishlar organlari xodimlari orasida suitsidal holatlar va tushkun kayfiyatning oldini olishga qaratilgan yakka tartibdagi psixologik tadbirlarning zamonaviy usullarini tatbiq etish;
xodimlarning psixologik portreti hisobini majburiy yuritish tartibini joriy etgan holda, ichki ishlar organlarida lavozimga tayinlash va attestatsiya o‘tkazish jarayonlarida mutaxassis-psixologlarning qat’iy rolini belgilash.

Idoraviy normativ hujjat

2023-yil aprel

Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov,
A. Abidjanov)

12.

Ichki ishlar organlarining mukofotlash va geraldika faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:
ichki ishlar organlarida markaziy, hududiy va sohaviy mukofotlash va geraldika komissiyalarini tashkil etish;
davlat mukofotlari va faxriy unvonlariga taqdim etish, shuningdek, idoraviy rag‘batlantirish choralarini qo‘llashning aniq mezon, talab va tartiblarini tasdiqlash;
idoraviy rag‘batlantirish choralarining hisobini olib borish bo‘yicha elektron bazani yaratish;
mukofotlash uchun nomzodlar ro‘yxatini xolislik va adolat mezonlari asosida shakllantirish, nomzodlarning erishgan yutuqlarini har tomonlama o‘rganish va ularga nisbatan jamoatchilikning ijobiy fikrini inobatga olish talabini o‘rnatish;
ichki ishlar organlarida geraldika faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlash;
mukofotlash jarayoniga mas’uliyatsiz yondashgan, xolislik va adolat mezonlariga rioya etmagan ichki ishlar organlari rahbarlari uchun qat’iy intizomiy javobgarlik choralarini qo‘llash.

Idoraviy normativ hujjat

2023-yil aprel

Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov)

13.

Ichki ishlar organlarida xizmat qilishga nomzodlarni tanlashning adolatli va shaffof tizimini yaratib, o‘rnatilgan tartiblarni tubdan soddalashtirish va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish zarurligini hisobga olgan holda quyidagilar nazarda tutish:
“E-nomzod” yopiq axborot tizimini yaratish, xizmatga qabul qilish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish;
lavozimlarni yuqori ma’naviy-axloqiy, ishchanlik va kasbiy sifatlarga ega nomzodlar bilan jamlashni nazarda tutgan holda, ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilishning sifat jihatdan yangi, soddalashtirilgan tartibini o‘rnatish;
tanlovning barcha bosqichlarida faqat “yaxshi” va “a’lo” baho olgan nomzodlarni xizmatga qabul qilish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy tadbirlar

2023-yil mart — dekabr

Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov,
N. Turaxodjayev)

14.

2023 — 2025-yillar davomida hududiy ichki ishlar organlarida nomzodlarni xizmatga qabul qilishda ko‘rgazmalar ro‘yxati, info-kiosk, hujjatlar o‘zgarib turish bosqichining elektron tablodagi monitoringi, kutish inventari va h.k. bilan jihozlangan markazlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish (Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining tajribasidan kelib chiqqan holda).

Tadbirlar rejasi

2023-yil fevralda tasdiqlash

Ichki ishlar vazirligi

Yüklə 241,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin