O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining


Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida jismoniy va jangovar tayyorgarlik



Yüklə 241,5 Kb.
səhifə9/9
tarix02.02.2023
ölçüsü241,5 Kb.
#82319
1   2   3   4   5   6   7   8   9
PQ-10 20.01.2023

Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha moddiy-texnika bazani quyidagilarni nazarda tutgan holda rivojlantirish:
Guliston shahridagi “Dinamo” sport majmuasi hududida jismoniy va jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini kompleks tarzda o‘tkazish imkoniyati beruvchi zamonaviy inshoot barpo etish hamda tegishli sport va jangovar (elektron tir va h.k) inventarlar bilan jihozlash;
Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadini qo‘shimcha bino qurish orqali Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi hududiga joylashtirish hamda patrul-post xizmati bilan birgalikda jangovar va jismoniy tayyorgarlik hamda tezkor harakatlanish mashg‘ulotlarini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2023-yil may

Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov,
B. Abdullayev,
A. Abidjanov)
manfaatdor vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda, ularni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2883-son qarorining 6-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi va hududiy ichki ishlar organlari tarkibidagi tibbiyot bo‘limlari, shu jumladan ambulatoriyalar, davlat tibbiyot muassasalari hisoblanadi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3216-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi “ixtisoslashgan oliy ta’lim” so‘zlaridan keyin “va ilmiy-tadqiqot” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 6-bandning beshinchi xatboshisidagi “Kadrlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Belgilansinki, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga kirgan shaxslar kursantlar safiga, sirtqi ta’lim shakliga, magistraturaga, shuningdek, Malaka oshirish institutining maxsus kasbiy tayyorgarlik va boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kurslariga o‘qishga kirgan (yuborilgan)lar esa tinglovchilar safiga qabul qilinadi”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3413-son qarorida:
a) 5-bandning ikkinchi xatboshisi “oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan fuqarolar bilan” so‘zlaridan keyin “(to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirganlar bundan mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 6-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “, biriktirilayotgan xodimlarning sohaviy xizmat yo‘nalishi bo‘yicha kamida besh yil xizmat qilgan” so‘zlari “amaliy xizmat staji besh yildan ortiq bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maxsus kasbiy tayyorgarlik va boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi yoki oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, xalqaro shartnomalar asosida xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga biriktirilgan murabbiylarga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida har oylik ustama haq to‘lanadi”;
v) 8-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘larining 10 foizi xizmatda samarali natijalarga erishgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish uchun tashkil etiladigan alohida hisob raqamiga yo‘naltiriladi, bunda ularni ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda maqsadli ishlatishni ta’minlash vazifasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti zimmasiga yuklatiladi”;
g) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
d) 1-ilovada:
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Nomzodlarni xizmatga tanlab olish tadbirlari quyidagi saralash va o‘rganish bosqichlarini o‘z ichiga oladi:
a) saralash bosqichi:
ro‘yxatdan o‘tish;
dastlabki o‘rganish (ushbu Nizomda belgilangan umumiy talablarga mos kelishini tekshirish);
intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash;
test sinovi (nomzodlarning O‘zbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari bo‘yicha bilimlarini baholash);
jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
b) o‘rganish bosqichi:
xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tkazish;
2023-yil 1-sentabrdan e’tiboran, psixofiziologik (poligraf) tekshiruv (ichki ishlar organlarida xizmat qilish uchun to‘sqinlik qiladigan salbiy omillarni aniqlash maqsadida).
Dastlabki o‘rganish hamda intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash natijalari asosida test sinovi bosqichiga qo‘yilgan nomzodlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etiladi.
Test sinovlari belgilangan tartib asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.
Test sinovlarining savollari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Nomzodlar test sinovlarini o‘zlarining tanlovi bo‘yicha davlat tili, rus tili yoki qoraqalpoq tilida topshiradilar.
Test sinovlarini o‘tkazish tartibi hamda saralash bali O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar o‘rganish bosqichiga qo‘yiladi.
Tor ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislar qatoridan bo‘lgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan ro‘yxat va tartibda saralash bosqichisiz o‘rganish bosqichi orqali xizmatga qabul qilinishi mumkin.
Mavjud bo‘sh lavozimlarni hisobga olgan holda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildi rasmiylashtiriladi.
Saralash va o‘rganish bosqichlari natijalariga ko‘ra nomzodning xizmatga ma’naviy-kasbiy va sog‘liq jihatdan mosligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi”;
11-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini rasmiylashtirish ichki ishlar organlarining kadrlar bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Nomzodning tegishli hujjatlarini yig‘ish jarayonida unga bir paytning o‘zida o‘rganish bosqichidan o‘tish uchun yo‘llanma beriladi”;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Quyidagi nomzodlar, istisno tariqasida, tanlab olish tadbirlarining saralash bosqichidagi test sinovi va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan ozod etiladi:
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lganlar;
oliy ta’lim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar;
professor-o‘qituvchi va ilmiy tarkib lavozimlariga nomzodlar;
ekspert-kriminalistika, ish yuritish, kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari, tahliliy va yuridik ta’minlash bo‘linmalariga nomzodlar;
sport musobaqalarining (Olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1 — 3 o‘rin)) individual turlarida g‘olib chiqqan nomzodlar;
talabalar, magistrlar yoki doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan nomzodlar.
Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari xizmatga qabul qilinishida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda ustunlikka ega bo‘ladi”;
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. O‘rganish bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan, shuningdek, shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildi to‘liq rasmiylashtirilgan nomzodlar xizmatga qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan boshliqning buyrug‘i bilan xizmatga qabul qilinadi va ichki ishlar organlarining boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kurslariga yuboriladi.
Boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan va belgilangan sertifikatga ega bo‘lgan xodimlar xizmatga qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan boshliqning buyrug‘i bilan tegishli lavozimga tayinlanadi”;
23-bandda:
birinchi xatboshi “tayinlanadi va unga” so‘zlaridan keyin “lavozimga tayinlangan paytidan boshlab” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “uch oydan” so‘zlari “bir yildan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
30-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Safdor” maxsus unvoni ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilingan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari va chet davlatlar ta’lim muassasalari (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan kelishuv asosida yuborilgan) kursant (tinglovchi)lari safiga qabul qilingan shaxslarga ularni qabul qilish bilan bir vaqtda beriladi, serjantlar tarkibining maxsus unvoniga ega xodimlar bundan mustasno”;
31-bandning birinchi xatboshisi “tayyorlash dasturi bo‘yicha” so‘zlaridan keyin “maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslarini” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
32-bandning ikkinchi xatboshisi “Ichki ishlar organlari” so‘zlaridan oldin “Boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlikdan o‘tib,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
33-bandning oltinchi xatboshisidagi “qabul qilinib” so‘zlari “tayinlanib” so‘ziga almashtirilsin;
36-bandning uchinchi xatboshisi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining” so‘zlaridan keyin “, Huquqni muhofaza qilish akademiyasining yoki Jamoat xavfsizligi Universitetining” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
42-bandning ikkinchi xatboshisi “ixtiyorida bo‘lganda” so‘zlaridan keyin “(bola parvarishlash ta’tili berilgan xodimlar bundan mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
58-band quyidagi mazmundagi “z” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“z) xodimga bola parvarishlash ta’tili berilganida, egallab turgan lavozimidan ozod etilib, ichki ishlar organlari ixtiyoriga olinishi mumkin.
Xodimlar bolani parvarishlash uchun berilgan ta’til muddati tugamasdan xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishish huquqiga ega.
Bolani parvarishlash uchun berilgan ta’tildan chiqqan xodim muqaddam egallagan lavozimiga (agar bo‘sh bo‘lsa), buning imkoni bo‘lmasa, boshqa teng lavozimga tayinlanadi”;
68-bandning birinchi xatboshisi “o‘qishga kirgan fuqarolar bilan” so‘zlaridan keyin “(to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirganlar bundan mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
69-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“69. Xizmatga qabul qilingan fuqarolar (kursantlar va maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslari tinglovchilari bundan mustasno) majburiy tartibda uch oy muddatli boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlikdan o‘tadilar”;
105-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bolani parvarishlash ta’tillari muddati xodimning xizmat stajiga (shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha xizmat stajiga ham) qo‘shiladi, lekin hammasini jamlaganda olti yildan oshmasligi kerak. Bunda xizmat muddati har bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda hisoblanadi”;
161-bandning uchinchi xatboshisi “xizmat muddati” so‘zlaridan keyin “pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblash chog‘ida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
e) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4212-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisida:
“Ichki ishlar vazirligi,” so‘zlaridan keyin “Favqulodda vaziyatlar vazirligi,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“taqdimnomasi” so‘zlari “tavsiyanomasi” so‘zlariga almashtirilsin;
b) 3-bandda:
birinchi xatboshisidagi “farzandlariga (keyingi o‘rinlarda — xodimlarning farzandlari)” so‘zlari “farzandlari uchun (keyingi o‘rinlarda — xodimlarning farzandlari) besh foizli kvota ajratiladi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublika oliy ta’lim muassasalariga — davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati (ikkinchi ta’limdan tashqari)ga umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlari kvotasidan tashqari;
harbiy ta’lim muassasalariga — kursant (o‘quvchi)larning umumiy qabul sonidan”;
beshinchi xatboshidagi “uch” so‘zi “besh” so‘zi bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “taqdimnomasi” so‘zi “tavsiyanomasi” so‘zi bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xodimlar, shu jumladan halok bo‘lgan xodimlarning farzandlarini oliy ta’lim muassasalari va harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun tavsiyanoma (keyingi o‘rinlarda — tavsiyanoma) O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan vazirlik Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘ining iltimosnomasi asosida beriladi”;
v) 4-banddagi “Kadrlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va Davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4375-son qarorida:
a) 8-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda yakka tartibdagi yakuniy suhbat yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi”;
b) 3-ilovada:
1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamda Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘quvchilarni tanlash va saralash tartibi tegishincha Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi”;
5-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarning kiyim-bosh namunalari va kiyinish tartibi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5076-son qarorida:
a) 4-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti va Ichki ishlar vazirligi Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kurslari tashkil etiladi”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 9-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, shu jumladan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish mablag‘lari hisobidan bir o‘quv yili davriga Akademiyaning kafedralariga ularning shtatlar sonining 30 foizigacha bo‘lgan miqdorda o‘qituvchilarning qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish”;
v) 11-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “50” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin.


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)

Yüklə 241,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin