Qishloq xoʻjalik korxonalarini mehnat buyumlari bilan taʼminlash jarayonidagi asosiy savollar anʼanaviy va taʼminot logikasi bilan belgilanadi:
nima xarid qilish;
qancha xarid qilish;
kimdan xarid qilish;
qaysi shartlarda xarid qilish.
Bu anʼanaviy roʻyxatni logistika oʻz savollari bilan toʻldiradi:
qanday qilib xaridlarni ishlab chiqarish va sotish bilan tizimli bogʻlash;
qanday qilib korxona faoliyatini yetkazib beruvchilar bilan tizimli bogʻlash;
Aynan ushbu savollar xarid logistikasining amaliy sohasidagi vazifalarini va qilinadigan ishlarini belgilaydi.
Xarid logistikasiga doir vazifalar va ishlarni koʻrib chiqamiz.
Moddiy resurslarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash
Xarid bozorini tekshirish.
Yetkazib beruvchilarni tanlash.
Xaridlarni amalga oshirish.
Yetkazib berishlarning nazorati.
Xaridlar byudjetini tayyorlash.
Xaridlarning ishlab chiqarish, sotish, omborga qoʻyish va tashish, hamda yetkazib beruvchilar bilan tizimli oʻzaro aloqasi.
Xarid logistikasida “ishlab chiqarish yoki xarid qilish” kabi masalaga ikki xil alternativ (muqobil) variantdan birini tanlash kiradi:
yirik partiyalarni maydalashtirish, keng assortimentni shakllantirish va isteʼmolchilarga butun holda yetkazish bilan shugʻullanadigan vositachilardan tovar resurslarini sotib olish.
Bevosita ishlab chiqaruvchidan koʻra vositachidan sotib olish qulay boʻlgan hollarning sabablarini koʻrib chiqamiz.
Tovar resurslarini vositachidan xarid qilib, korxona, odatda, keng assortimentni kichik partiyalar bilan olish imkoniyatiga ega boʻladi. Natijada, zaxiralarga, omborlarga boʻlgan ehtiyoj kamayadi, assortimentni ayrim turlarini ishlab chiqaruvchilar bilan ishlar hajmi ham kamayadi.?
Mahsulotning vositachidagi narxi, ishlab chiqaruvchinikidan past boʻlishi mumkin. Faraz qilaylik, ishlab chiqaruvchi quyidagi narxlarda oʻz mahsulotini sotadi:
A) kichik hajmdagi xaridorlar uchun – 10 soʻm (bir birlik mahsulotga)
B) yirik hajmdagi xaridorlar uchun – 8 soʻm (bir birlik mahsulotga)
Vositachi, yirik partiyani 8 soʻmdan sotib oladi, va uni mayda xaridorlarga, ustiga 12% qoʻshib, 8soʻm 96 tiyindan sotadi. Vositachi bu ishni amalga oshirishi mumkin, chunki u aynan yirik partiyalarni maydalashtirish bilan shugʻullanadi. Ishlab chiqaruvchiga esa bu ish qimmatga tushadi, va u 10 soʻmdan sotishga majbur.
Mahsulot ishlab chiqaruvchi, vositachidan koʻra uzoqroqda joylashgan boʻlishi mumkin. Bu degani transport xarajatlari ham qoʻshilib, narx orasidagi farq yanada oshib ketadi.
“Ishlab chiqarish yoki xarid qilish” masalasi yechilgandan, va korxona qaysi xom ashyo va qaysi mahsulotlarni xarid qilish zarur ekanligi belgilab olganidan soʻng, yetkazib beruvchini tanlash masalasini hal qilishga kirishiladi. Bu ishning asosiy bosqichlarini sanab oʻtamiz va tavsiflaymiz.
Potensial yetkazib beruvchilarni izlash.
Potensial yetkazib beruvchilarning tahlili.
Yetkazib beruvchilar bilan olib borilgan ish natijalarini baholash.
“Aniq muddatga” yetkazish tizimi, logistik tizimning biror-bir boʻgʻinida qandaydir mahsulotga oʻtkir ehtiyoj paydo boʻlmasa unga hech qanday mahsulot kirib bormasligiga asoslangan. Masalan: oʻgʻitlarni aynan sepiladigan vaqtiga yetkazish yoki yem-xashakni aynan chorva isteʼmol qiladigan vaqtga yetkazish.
Shunday qilib, “aniq muddatga”yetkazish tizimi – bu ehtiyot qismlar yoki tovarlarni, ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan joyga yoki savdo korxonasida sotish vaqtiga, talab qilingan miqdorda va kerak boʻlgan vaqtda, ishlab chiqarish va yetkazib berish tizimidir.
“Aniq muddatga” tizimini qoʻllash ishlab chiqarish va tovar zaxiralarini keskin kamaytirishga imkon yaratib, ombor quvvatlari va xodimlariga boʻlgan talabni kamaytiradi. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotishda bu tizim quyidagi sxemalarning biri boʻyicha amalga oshadi:
Chakana savdo korxonasi ombori – doʻkon
Ulgurji savdo korxonasi ombori – doʻkon
Xoʻjalik xoʻjaligi – doʻkon
“Aniq muddatga” tizimini qoʻllash juda ham mashaqqatli ishdir. Uni qoʻllashdan oldin, “aniq muddatga” tizimi uslubi boʻyicha ishlash eng katta samara berishi mumkin boʻlgan ahamiyatli pozitsiyalarni aniqlash maqsadida, yetkazib berilayotgan tovar yoki ishlab chiqarish resurslari assortimentini differensiatsiyalash kerak. Differensiatsiya quroli sifatida turli tahlil usullarini qoʻllash mumkin.
“Aniq muddatga” tizimini qoʻllashdan olinadigan asosiy samarani quyidagicha ifodalasak boʻladi:
yetkazib berishlarning texnologik zanjiridagi bir qator operatsiyalar chiqarib tashlanadi;
joriy zaxiralar kamayadi, chunki mehnat buyumlari toʻgʻridan-toʻgʻri sexga yoki doʻkonga borib tushadi;
yaxshi maʼlum boʻlgan yetkazib beruvchilar va tashuvchilar bilan uzoq muddatli munosabatlar oʻrnatilishi hisobiga yetkazib berishlarning ishonchliligi oshadi, bu esa sugʻurta xarajatlari kamayishiga olib keladi;
yaqin masofada joylashgan yoki omborlari mavjud yetkazib beruvchilar bilan ishlash natijasida yoʻl xarajatlari ham kamayadi;
mahsuloti sertifikatlangan yetkazib beruvchilar bilan ishlash natijasida, mahsulot sifati ham oshadi;
“aniq muddatga” tizimini qoʻllashdan ikki tomonlama manfaat koʻzlanadi, bu esa yetkazishlar ishonchliligining oshishiga olib keladi.
“Aniq muddatga” tizimini qoʻllash oldida turgan ayrim muammolarga ham toʻxtalib oʻtish lozim.