Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish logistikasida moddiy oqimlarni boshqarishning ragʻbatlantiruvchi tizimlari
Ichki ishlab chiqarish logistik tizimlari doirasidagi moddiy oqimlarning boshqaruvi har xil usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ushbu usullardan, bir-biridan prinsipial farq qiluvchi, ikkita asosiysini alohida koʻrib chiqish lozim, bular itaruvchi va yetaklovchi boshqaruv usullaridir.
Birinchi variant “ragʻbatlantiruvchi tizim” deb nom olgan, va uning ishlab chiqarishni tashkil etish tizimi 1-rasmda koʻrsatilgan. Moddiy oqim, ishlab chiqarishni boshqarishning markaziy tizimidan kelgan buyruqga binoan oldingi boʻgʻindan isteʼmolchi tomon “itarib chiqariladi”.
1-Rasm. Ishni ishlab chiqarish logistik tizimi doirasidagi moddiy oqim boshqaruvini ragʻbatlantiruvchi tizimining prinsipial sxemasi
Amaliyotda, ragʻbatlantiruvchi tizimlarning turli xil variantlari mavjuddir. Ularning yaratilish imkoniyati hisoblash texnikasini ommaviy qoʻllanilishiga bogʻliqdir. Itaruvchi tizimlari boshqaruv avtomatizatsiyasining yuqori darajasi bilan tavsiflanadi, va bu avtomatizatsiya quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi:
ishlab chiqarish zaxiralarining joriy boshqaruvi va nazoratini taʼminlash;
korxonaning taʼminot, ishlab chiqarish, sotish xizmatlari rejalari va harakatlarini, real vaqt miqyosida, kelishilishi va operativ toʻgʻirlanishi.
Ragʻbatlantiruvchi tizimlarining zamonaviy, rivojlangan variantlarida bashorat qilishning ham turli xil masalalari yechiladi.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish logistikasida moddiy oqimlar boshqaruvining yetaklovchi tizimlari
Ishlab chiqarishdagi logistik jarayonlarni tashkil etishning ikkinchi varianti, moddiy oqimlarni boshqarishning prinsipial boshqacha usuliga asoslangan. U “yetaklovchi tizim” deb nomlanadi. Bu ishlab chiqarishni tashkil etishning shunday tizimiki, unda zarur mahsulotlar keyingi boʻgʻindan oldingisiga lozim boʻlgan taqdirdagina yetkaziladi.
Bu yerda markaziy boshqaruv tizimi korxonaning har xil boʻlimlari orasidagi moddiy oqimlar almashinuviga aralashmaydi, va ular uchun joriy ishlab chiqarish vazifalarini belgilamaydi. Ayrim texnologik boʻgʻin ishlab chiqarish texnologik zanjirining oxirgi boʻgʻini oldida vazifa qoʻyadi.
Yetaklovchi tizimning amal qilish mexanizmini tushunish uchun, 2-rasmdagi misolni koʻrib chiqamiz.
Faraz qilaylik meva qayta ishlash korxonasi 1500 birlik mahsulot (meva sharbati) ishlab chiqarishga buyurtma qabul qildi. Bu buyurtmani boshqaruv tizimi qadoqlash (tayyor mahsulot) boʻlimiga joʻnatadi. Qadoqlash boʻlimi buyurtmani bajarish uchun sharbat boʻlimidan 1500ta qadoq mahsulotga ketadigan sharbat soʻraydi. Sharbat boʻlimi oʻz zaxirasidan soʻralgan mahsulotni yetkazadi va uni oʻrnini toʻldirish uchun qayla boʻlimidan 1500ta qadoq sharbat ishlab chiqarish uchun qayla soʻraydi. Qayla boʻlimi oʻz zaxiralaridan soʻralgan mahsulotni yetkazadi va uni oʻrnini toʻldirish uchun ombordan meva soʻraydi. Shunday qilib moddiy oqim har bir oldingi boʻgʻin tomonidan “tortib olinadi”.
Bunda ayrim boʻlim xodimlari, markaziy boshqaruv tizimiga nisbatan, optimal buyurtma oʻlchamini aniqlovchi, koʻproq oʻziga xos omillarni hisobga olish imkoniyatiga ega.
Shartli belgilashlar:
Dostları ilə paylaş: |