2. Agrologistik tizim va modiy oqimlar tushunchasi Logistik tizim tushunchasi, logistikaning asosiy (negiz) tushunchalaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy mexanizmlar faoliyatini taʼminlovchi turli xil tizimlar mavjud. Ushbu koʻplikdan aynan logistik tizimlarni, ularni tahlil qilish va yanada takomillashtirish maqsadida, ajratish lozim.
Logistik tizim xaqida gap yuritishdan oldin, “tizim” tushunchasini taʼriflab oʻtamiz. Tizim (yunonchadan olingan boʻlib - qismlardan tashkil topgan bir butun; birlashma maʼnosini anglatadi) – bu muayyan bir butunlikni paydo qiluvchi, va bir-biri bilan aloqa va munosabatlarda boʻluvchi unsurlar koʻpligidir. +uyidagi 4-ta xususiyatga ega boʻlgan obyektni bemalol “tizim” deb atashimiz mumkin:
butunlik va alohidalik
integrativ jihatlar (yaʼni faqat unsurlar birgaligida yuzaga keladigan xususiyatlar)
Yuqorida aytib oʻtilgan tizimning 4-ta xususiyatini, logistik tizimga nisbatan koʻrib chiqamiz:
Birinchi xususiyat: tizim bu bir-biri bilan aloqador boʻlgan unsurlar yigʻindisining butunligidir. Logistik tizimni unsurlarga ajratishni turlicha amalga oshirish mumkin.
Makrodarajada moddiy oqim bir korxonadan ikkinchisiga oʻtadi, va unsur sifatida ushbu korxonalar, hamda ularni bogʻlovchi vosita sifatida qaralishi mumkin.
Mikrodarajadagi logistik tizimni esa quyidagi tizimchalar koʻrinishida tasvirlash mumkin: (mukammal qaralganda ushbu tizimchalarning har biri murakkab bir tizim ekanligi ayon boʻladi)
Xarid – ushbu tizimcha logistik tizimga moddiy oqimni kirishini taʼminlaydi.
Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarish – bu tizimcha esa xarid tizimchasidan moddiy oqimni qabul qilib oladi va turli texnologik operatsiyalarni bajarish jarayonida uni boshqarib turadi. Aynan ushbu texnologik operatsiyalar mehnat predmetini mehnat mahsulotiga aylantiradilar.
Realizatsiya (savdo) – bu tizimcha moddiy oqimni logistik tizimdan chiqib ketishini taʼminlaydi.
Ikkinchi xususiyat (aloqalar): Logistik tizim unsurlari orasida muhim aloqalar mavjud. Ular biror-bir qonuniy zaruriyat bilan integrativ jihatlarini ham belgilaydilar. Makrologistik tizimlarda, unsurlar orasidagi aloqa asosini shartnoma tashkil etadi. Mikrologistik tizimlarda esa unsurlar ichki ishlab chiqarish munosabatlari bilan bogʻlangan boʻladilar.
Uchinchi xususiyat (tashkil etish): logistik tizim unsurlari orasidagi aloqalar maʼlum tarzda tartiblashtirilgan boʻladi, bu esa logistik tizim tashkil etilganidan dalolat beradi.
Toʻrtinchi xususiyat (integrativ jihatlar): logistik tizim, uning biror-bir unsuri ham alohida ravishda ega boʻlmagan jihatlarga (xususiyatlarga) ega. Bu zarur boʻlgan tovarni, zarur vaqtda, zarur joyga, lozim boʻlgan sifatda va minimal xarajatlar bilan yetkazish qobiliyati, hamda tashqi muhitning oʻzgaruvchan sharoitlariga (talabning oʻzgarishi, texnik vositalarning ishdan chiqishi va h.) moslashish qobiliyatidir.
Logistik tizimga berilgan umumiy taʼrif quyidagicha: logistik tizim –u yoki bu logistik funksiyalarni bajaruvchi, teskari aloqaga ega boʻlgan, tashqi muhit sharoitlariga yaxshi moslashuvchan tizimdir. U odatda bir necha tizimchalardan tashkil topgan, va tashqi muhit bilan mustahkam aloqalarga ega boʻladi. Logistik tizim sifatida sanoat korxonasi, qishloq xoʻjalik korxonasi, hududiy ishlab chiqarish majmuasi, savdo korxonasi va boshqalar koʻrilishi mumkin. Logistik tizimning maqsadi – bu xarajatlarning berilgan chegarasida, tovar va buyumlarni belgilangan joyga, zarur boʻlgan miqdorda va assortimentda, hamda mumkin boʻlgan maksimal darajada ishlab chiqarish va shaxsiy isteʼmolga tayyorlangan holda yetkazib berishdir.
Logistik tizim chegaralari ishlab chiqarish vositalarini aylanish sikli bilan belgilanadi. Oldin ishlab chiqarish vositalari xarid qilinadi. Ular moddiy oqim koʻrinishida logistik tizimga kelib tushadilar, omborga qoʻyiladilar, qayta ishlanadilar, saqlanadilar, va keyinchalik, logistik tizimga kelib tushgan moliyaviy mablagʻlar evaziga, logistik tizimdan isteʼmolga chiqib ketadilar.