2-Rasm. Ishlab chiqarish logistik tizimi doirasidagi moddiy oqim boshqaruvini yetaklovchi tizimining prinsipial sxemasi
Korxonada moddiy oqimlarni boshqarishga logistik yondashuvni qoʻllashdan vujudga keladigan umumiy samaraning tarkibiy qismlari quyidagilar:
Ishlab chiqarish bozorga moʻljallangan. Kam hajmdagi va individual ishlab chiqarishga samarali oʻtish mumkin boʻladi.
Yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik munosabatlari oʻrnatiladi.
Uskunalar toʻxtab turishi qisqaradi. Bu, ish joylarida kerakli materiallar doimo mavjud boʻlishi bilan, taʼminlanadi.
Ishlab chiqarayotgan mahsulot sifati oshadi.
Ishlab chiqarish sikli kamayadi va xarajatlar minimallashtiriladi.
Ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq xarajatlarni kamaytirish imkonini beradigan sabablarga toʻlaroq toʻxtalib oʻtamiz.
Zaxiralar optimizatsiyasi – logistikaning markaziy muammolaridan biri. Zaxiralarni saqlash, moliyaviy mablagʻlar ajratilishini, moddiy texnika baza va mehnat resurslarining katta qismining ishlatilishini talab qiladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning zamonaviy logistik uslublarini qoʻllayotgan qator /arbiy Yevropa firmalari tajribalarining tahlili shuni koʻrsatadiki, logistikani qoʻllanilishi ishlab chiqarish zaxiralarini 50% ga kamaytirish imkonini beradi.
Yordamchi ishchilar sonini kamayishi. Tizimlilik (ishni tizimli amalga oshishi) darajasi qancha past boʻlsa, mehnat jarayoni shunchalik aniqlanmagan boʻladi, bu esa ishning katta hajmlarini bajarishda yordamchi ishchilarga boʻlgan ehtiyoj shunchalik ortishiga olib keladi.
Materiallar yoʻqotilishini kamayishi. Istalgan logistik operatsiya – bu potensial yoʻqotishlar. Logistik operatsiyalar optimizatsiyasi – bu yoʻqotishlarnig kamayishidir.
Ishlab chiqarish va ombor maydonlari ishlatilishini yaxlitlash. Oqim jarayonlarining noaniqligi koʻproq qoʻshimcha maydonlarni oldindan egallab qoʻyishga undaydi. Masalan, ulgurji savdo bazalari loyihasida, oqim jarayonlarining noaniqligi ombor maydonlarini 30%ga oshirilishiga majbur qilgan.
Jarohatlarning kamayishi. Logistik yondashuv oʻz ichiga mehnat xavfsizligi tizimini ham kiritadi.