Oʻzbekiston respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


Isteʼmolchining sifatga boʻlgan talablari



Yüklə 339,51 Kb.
səhifə9/24
tarix26.09.2023
ölçüsü339,51 Kb.
#149103
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
12. Таянч конспект Агрологистика

Isteʼmolchining sifatga boʻlgan talablari, yetkazib beruvchi xarajatlarining oshishiga olib kelishi mumkin.
Isteʼmolchining yiroqligi, kichik partiyalarni tez-tez tashib turilishi yetkazib beruvchi uchun foydasiz boʻlishi mumkin.
Yetkazish muddatlari jadvali, “aniq muddatga” tizimida mahsulotlar ularga ehtiyoj paydo boʻlgandagina olib kelinadi, yetkazib beruvchi uchun esa yagona bir jadval boʻyicha (belgilangan vaqt va hajmda) yetkazish qulayroq.
Yetkazishlar hajmi va davriyligi. Yetkazib beruvchi va isteʼmolchi uchun ushbu ikkita parametr bir-biridan farqli oʻlchamlarda foydali boʻlishi mumkin.
Mavzu yakunida “aniq muddatga” tizimini loyihalash va kiritish jarayonida yechilishi lozim boʻlgan ayrim masalalarni sanab oʻtamiz.

  1. Yetkazib beruvchilar bilan munosabatlar sohasida:

  • yaqin joylashgan yetkazib beruvchilarni izlash;

  • uzoq muddatli xoʻjalik aloqalariga oʻtish;

  • tekshirilgan yetkazib beruvchilar bilan shartnoma munosabatlarini uzaytirish (prolongatsiya);

  • yetkazib beruvchilarni “aniq muddatga” tizimini qoʻllashga qiziqtirish va ularning yetkazib beruvchilariga ham bu tizimni yoyish;

  • uzoq muddatli rejalashtirish va xaridlar kafolati hisobiga yetkazib beruvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;

  • yiroqdagi yetkazib beruvchilarni uyushtirish (toʻplash);

  • xarid narxlarini har ikkala tomonga ham qulay darajaga olib kelish;

  • qogʻozsiz axborot almashinuvini tashkil etish;

  • yetkazib beruvchi kuchi va vositalari yordamida markazlashgan yetkazishni tashkil etish;

  • moddiy oqimlar bilan ishlashda texnologik kartalardan foydalanish.

  1. Yetkazishlar hajmi boʻyicha:

  • ishlab chiqarish tezligi bilan kelishilgan xaridlar tezligini quvvatlash (savdo korxonasi uchun sotish tezligi);

  • kichik hajmlardagi tez-tez yetkazishlarni taʼminlash;

  • shartnoma umumiy hajmi oʻzgarmasdan, har bir yetkazish hajmining oʻzgarishi bilan ishlash;

  • yetkazib beruvchilar talab qilinayotgan miqdorda mahsulotni qadoqlashga tayyorgarligi uchun ularni mukofotlash.

  1. Yetkazilayotgan mahsulot sifati sohasida:

  • sifat uchun javobgar boʻlgan ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchi xodimlarining oʻzaro aloqada boʻlishi.

  1. Ortish sohasida:

  • yuklar kelishini aniq jadvalini tuzish va unga rioya qilish;

  • doimiy, tekshirilgan tashuvchilardan foydalanish;

  • omborga qoʻyish va tashishni oʻz ichiga oladigan majmuaviy logistik xizmat koʻrsatishga uzoq muddatli shartnomalar tuzish.

Tez amal qilish uslubi “aniq muddatga” tizimining rivojlanishi natijasida paydo boʻlgan. Bu uslub – chakana savdo korxonalariga va taqsimot markazlariga mahsulot yetkazib berishlarni rejalashtirish va tartibga solish uslublarini oʻz ichiga oladi. Uning asosida esa, savdo korxonasi, uning yetkazib beruvchisi va transport oʻrtasidagi logistik oʻzaro aloqa yotadi. Uslub mazmuni uning nomida aks ettirilgan: bozorda paydo boʻlgan talabga qarab logistik tizimning tez amal qilishi.
Agarda yetkazib beruvchi ishlab chiqarish korxonasi boʻlsa, u operativ tarzda oʻz ishlab chiqarishini, yangi mahsulot chiqarish maqsadida, qaytadan tashkil etishi lozim. Yetkazib beruvchi bozordagi real talab xaqidagi axborotni tezda olish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Ishlab chiqaruvchi korxonadan savdo korxonasiga biror-bir mahsulot, oʻsha mahsulotga real ehtiyoj paydo boʻlishi extimoli yuqori boʻlgandagina yetkazib beriladi. Buyurtmani topshirish va mahsulotni yetkazish hech qanday tutilishsiz amalga oshishi kerak. Masalan, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonani oladigan boʻlsak, u oʻz ishlab chiqarishini tezda bir mahsulotdan ikkinchi mahsulotga oʻtkaza olsa maqsadga muvofiq boʻladi.
Tez amal qilish uslubi uchta texnologiya va biznesning yangi konsepsiyasini qoʻllashga asoslangan:
Birinchi texnologiya: mahsulot shtrix kodlarini avtomatik ravishda aniqlash. Xozirgi vaqtda nima sotilayotgani toʻgʻrisida aniq maʼlumotni tez yigʻishga imkon beradi.
Ikkinchi texnologiya: maʼlumotlarning elektron almashinuvi. Bu nafaqat internet, balki korxonalarga hujjatlangan maʼlumotlar bilan operativ almashish imkonini beruvchi boshqa standartlar majmuasi hamdir.
Uchinchi texnologiya: yuk birliklarini (masalan, tashish konteynerlarini) avtomatik aniqlanishi.
Biznesning yangi konsepsiyasi, bu tovar harakatida ishtirok etuvchi tashkilotlar orasidagi hamkorlik tuygʻusidir. Ishtirokchilarning oʻzaro kelishuvi nihoyatda katta rol oʻynaydi. Masalan, 80chi yillarning oxirida A+Shda 90%tovarlarda shtrix kod mavjud edi. Ammo tez amal qilish texnologiyasi bilan atigi bir necha yuzta hamkorlar oʻzaro bogʻlangan edilar xolos. Joriy etishning sekinligiga texnologiya yangiligi emas, balki ishtirokchilar (chakana savdogarlar, distribyutorlar, ishlab chiqaruvchilar) orasidagi bir-biriga boʻlgan ishonchsizlik tuygʻusi sabab. Tarixan shunday boʻlganki har bir tashkilot koʻproq foyda olishni, va bu ishni boshqa tashkilot foydasi hisobiga amalga oshirishni koʻzlaydi. Ushbu raqiblik munosabatlarini yengish, texnik-texnologik masalalarni yechishdan ham murakkabroqdir.



Yüklə 339,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin