Tannarxi
yangi
suv
xo’jaligi
obektlarni
qurish,
ishlab
turganlarini
rekonstruktsiyalash va ta’mirlash loyihaning smeta xarajatlari asosida amalga oshiriladi.
Sarflar smetasida qurilish montaj ishlarining qiymati tannarxi belgilanadi. Smeta
qiymati qurilish mahsuloti qiymatiga muvofiq keladi.
Qurilish smeta qiymati (St) uch qismdan: bevosita sarflar (Zp), ustama xarajatlar
(Nr) va rejali jamg’arma yeki me’yoriy foyda (Pn) dan tarkib topadi.
StqZpQPnQNr
Smeta qiymati kattaligini aniqlashning mohiyati qurilish va montaj ishlarinng
konkret turlari bo’yicha sanab o’tilgan sarflar hamda xarajatlarinng me’yorlariga ko’ra
summalarni belgilashdan iboratdir. Smeta sarflarinng oxirgi hajmini va rejali
jamg’armalarning bevosita sarflar xamda ustama xarajatlar summasiga nisbattan 8%
miqdorda tasdiqlangan me’yoriy hajmini belgilab beradi.
Qurilish montaj ishlari tannarxi–qurilishi montaj ishlarni bajarish barcha sarflarining
pulda ifodalangan yig’indisidir. Bu tannarx rejali jamg’armalar
kattaligi hisobidagi
qiymatdan kam bo’lib, bevosita sarflar va ustama xarajatlardan tashkil topadi.
Qurilish montaj ishlarinng smetali (Ss), rejali (Sp) va haqiqatdagi (Sf) tannarxi farq
qilinadi. Bu tannarx smeta sarflarini haqiqatdagi sarflar bilan taqqoslash hamda
qurilish
montaj ishlari tannarxini kamaytirish hisob-kitobi uchun baza xizmatini o’taydi. Smeta
tannarxi kattaligi bevosita sarflash va ustama xarajatlarni qo’shish yo’li bilan Ss q ZpQNr,
yoki smeta qiymatidan rejali jamg’armalar qiymatini chiqarib tashlash yo’li bilan SsqSt-Pn
olinishi mumkin.
Qurilish montaj ishlarining rejali tannarxi tannarx kamayishidan olinadigan
qo’shimcha foyda kattaligi hisobidagi smetadan pastdir (Ps).
Tannarxni kamaytirish
topshirig’i smeta qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Shuning uchun reja tannarx
rejali jamg’armalar va tannarxning berilgan kamaytirilishi chiqarib tashlangan smeta
qiymatiga asoslangan holda hisoblanadi.
Sp qSt-(PnQPs)
Rejali tannarxini aniqlash zaruriyati shu narsa bilan shartlanganki, smeta tuziladigan
me’yorlar uzoq vaqt amal qiladi va texnika taraqqiyotini to’la–to’kis hisobga ololmaydi.
Texnika taraqqiyoti esa ishlar tannarxini kamaytirish uchun smetaga nisbatan ob’ektiv
sharoitlarni yaratib beradi. Tannarxni kamaytirish topshiriqlari vositasida smetada qabul
qilingan rejali jamg’armalar kattaligi har yili tuzatib turiladi.
Qurilish-montaj ishlarining haqiqatdagi tannnarxi ishlab chiqarishning tarkib topgan
sharoitlarida ishlab chiqarish sarflari bo’yicha aniqlanadi. U bajarilgan ishlar qurilish
tashkilotiga qanchaga tushganligini ko’rsatadi.
Bevosita sarflar-qurilish ishlab chiqarishining texnalogik jarayoni bilan bog’liq asosiy
xarajatlardir. Ular quyidagi to’rtta kalkulyatsiya moddalariga birlashtirilgan: qurilish
mashinalariga xizmat ko’rsatish ishchilari qurilish montaj ishlarida band bo’lgan
ishchilarinng asosiy ish haqqi. Bu moddada boshqarishga va ustama xarajatlar hisobiga
bajariladigan ishlarda band bo’lgan qurilish montaj ishlarni bajarishga bevosita sarflangan
materiallar, metallar, konstruktsiyalar, shuningdek yonilg’i, elektr energiyasi bug’ va suv
sarflari;
Tashib berish, montaj va demontaj qilish sarflarni o’z
ichiga oladigan qurilish
mashinalari va mexanizmlariga xizmat ko’rsatish, elektr energiyasi, yoqilg’i, shuningdek
boshqarish va mashinalarga xizmat ko’rsatish xarajatlari;
Ob’ekt yaqinidagi omborlar yuklarni taxlanadigan joylargacha tashib berish, qurilish
maydonchasidan qor va axlatni chiqarib tashlash bilan bog’liq bevosita sarflar.
Ustama xarajatlarga boshqarishni tashkil etish va ishlab chiqarishga xizmat
ko’rsatish sarflari kiradi. Qurilishdagi ustama xarajatlar tarkibi quyidagichadir.
Ma’muriy-xo’jalik xodimlari ish haqqini birlashtiruvchi ma’muriy xo’jalik
xarajatlari, xizmat safarlari sarflari, kantselyariya
pochta-telefon xarajatlari, yengil
transportni saqlash, boshqarmalar o’rnashgan binolarni saqlash.
Ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish xarajatlari. Ular yong’inga qarshi xizmatni va
soqchilik muhofazasi, ishlab chiqarish moslamalari, uskuna
va inventarni saqlash bilan,
shuningdek obodonlash hamda qurilish maydonchalarini saqlash xarajatlari bilan bog’likq
xarajatlar. Ishchilarga xizmat ko’rsatish xarajatlari–mehnat muhofazasi va havfsizlik
texnikasi, qurilish–kommunal va madaniy maishiiy xizmatlar, qurilish montaj ishlari
ishchilarining ish xaqi sotsial sug’urtaga ajratmalar va hokazo xarajatlar;
Bufetlar va oshxonalarga xizmat ko’rsatishni o’z ichiga oladigan boshqa xarajatlar,
stipendiya to’lash, va boshqa beunum sarflar–ishchilar turib qolganligiga haq to’lash,
jarimalar,
nafaqalar, yo’qotishlar va hokazo.
Beunum xarajatlar va yo’qotishlar, odatda, rejalashtirilmaydi. Ularning summalari
rejali tannarxga nisbatan doimo ortiqcha xarajat hisoblanadi. Ular ishlab chiqarish
shartlarining qurilish tashkilotlari tomonidan buzilishi va xo’jalik shartnomalarining
buzilishi bilan shartlangandir.
Ustama xarajatlar vazirliklar va idoralar bo’yicha qayta reglamentlangandir.
Ularning hajmi qurilish ishlari bevosita sarflari summalariga yoki uskuna montajidagi
ishlab chiqarish ishchilari ish haqiga nisbat foizlarda belgilab qo’yilgan.
Melioratsiya
qurilishi bo’yicha ustama xarajatlarning o’rtacha me’yori qurilish ishlari bevosita sarflariga
nisbatan 18,0% etib belgilangan. Metall konstruktsiyalarni montaj qilish ustama xarajatlari
barcha tashkilotlar uchun bevosita sarflariga nisbatan 8,3 % uskunani montaj qilish
bo’yicha esa ishchilar ish haqiga nisbatan 10 % yagona etib tasdiqlangan.
Suv xo’jaligi qurilishidagi kurilish montaj ishlari tannarxi tarkibining xususiyati
shundan iboratki, materiallar, detallar va konstruktsiyalar
xarajatlarining umumiy
sarflardagi ulishi qurilishning boshqa tarmoqlaridagiga nisbatan ancha pastdir. Bu suv
xo’jaligi qurilishida yer ishlari ustun turishi bilan izohlanadi. Ayni vaqtda bu yerda
mashina va mexanizmlarni ishlatish sarflari katta ulushga ega, qishloq xo’jaligi
qurilishdagidan to’rt borobar yuqoridir.
6.3-jadval
Dostları ilə paylaş: