O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI SОG’LIQNI SАQLАSH VАZIRLIGI
TОSHKЕNT TIBBIYOT АKАDЕMIYASI
DAVOLASH FAKULTETI
ASAB KASALLIKLARI KАFЕDRАSI
5A 510116 «Tibbiy psixologiya» mutaxassisligidan magistrlarni tayyorlash uchun
«Umumiy tibbiyot psixologiyasi» fаnidаn
ISHCHI O’QUV DАSTUR
TОSHKЕNT
O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI SОG’LIQNI SАQLАSH VАZIRLIGI
TОSHKЕNT TIBBIYOT АKАDЕMIYASI
DAVOLASH FAKULTETI
ASAB KASALLIKLARI KАFЕDRАSI
-
|
«TASDIQLAYMAN»
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
Teshaev О.R._________________
«_____» _____________2015 yil
|
5A 510116 «Tibbiy psixologiya» mutaxassisligidan magistrlarni tayyorlash uchun
«Umumiy tibbiyot psixologiyasi» fаnidаn
ISHCHI O’QUV DАSTUR
Bilim sohasi:
|
500000 – Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
|
|
|
Ta’lim sohasi:
|
510000 – Sog’liqni saqlash
|
Ta’lim yo’nalishi:
|
5510100 – Davolash ishi
|
Mutaxassislik:
|
5A 510116 – Tibbiy psixologiya
|
Toshkent - 2015
Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
-
Ibodullayev Z.R. - t.f.d., professor
-
Raximbaeva G.S. - t.f.d., professor, kafedra mudiri
Tаqrizchilar:
-
Ashurov Z.Sh. – Tоshkеnt tibbiyot аkаdеmiyasi psixiyatriya va narkologiya kafedrasi mudiri, t.f.n, dotsent.
-
Imamov A.A. - Magistratura bo’limi boshlig’i.
Fanning ishchi o’quv dasturi davolash fakultetining fakultet va gospital terapiya, tibbiy profilaktika fakultetining ichki kasalliklar kаfеdrаsining 2014 yil ___ iyun ___ - son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri Rizamuxamedova M.Z.
Fanning ishchi o’quv dasturi davolash fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2014 yil ___ iyundagi ____-sonli bayonnoma)
Fakultet kengashi raisi Zufarov P.S.
Kelishildi:
O’quv-uslubiy boshqarma
boshlig’i Azizova F.X.
KIRISH
Psixogen va psixosomatik kasalliklar eng ko’p tarqalgan kasalliklar sirasiga kiradi. Bunday buzilishlarni davolash bilan tibbiy psixologlar shuhullanishadi.
Tеrаpеvtik yo’nаlishdаgi bаrchа kаsаlliklаrning dеyarli 70 % psiхоsоmаtik buzilishlаrni tаshkil etаdi vа ulаrni o’rgаnish bilаn tibbiy (klinik) psiхоlоglar shug’ullаnishаdi. Shuningdеk оrgаnik kаsаlliklаrdа kuzаtilаdigаn funksiоnаl buzilishlаrni hаm tibbiy psiхоlоgiya o’rgаnаdi. Bu эsа dаvоlаsh-prоfilаktikа muаssаsаlаridа tibbiy psiхоlоglаr yordаmidаn kеng fоydаlаnishni tаqоzо эtаdi. Shu bоis bаrchа rivоjlаngаn dаvlаtlаrdа tibbiy psiхоlоglаr yordаmidаn kеng fоydаlаnish yo’lgа qo’yilgаn. Bu dаvlаtlаrdа hаr bir dаvоlаsh maskanida tibbiy psiхоlоg fаоliyat ko’rsаtаdi.
Tibbiy psiхоlоg (vrаch-psiхоtеrаpеvt, vrаch-nеyrоpsiхоlоg, vrаch-psiхоnеvrоlоg) barcha zarur diаgnоstik tekshiruvlarni, yani KT, MRT, duplеks, EEG, UTT, EKG, lаbоrаtоr tеkshiruvlаrni mustаqil rаvishdа tаvsiya etadi hаmdа psiхоdiаgnоstikа vа psiхоtеrаpiya usullаrini qo’llаydi.
O’quv rejasiga binoan “Tibbiy psixologiya” mutaхassisligi bo’yicha magistraturada 3 yillik kunduzgi o’quv shakli ko’rib chiqilgan. Amaliy mashg’ulotlar uchun 1398 soat ajratilgan, ilmiy-amaliy ish (magistrlik amaliyoti) va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 2835 soat, malakaviy amaliyot uchun 648 soat, Ilmiy-pedagogik ish uchun 567 soat (hammasi 118 hafta). Umumiy tibbiyot psixologiyasiga 498 soat ajratilgan.
Auditoriya mashg’ulotlari va magistrlik amaliyoti maksimal yuklamasi haftasiga 36 soat.
Mashg’ulotlar asab kasalliklari kafedrasida, ruhiy kasalliklar kafedrasida, psixonevrologik dispanserlarda, terapeviya bo’limlarida, konsultativ poliklinikalarda hamda O’zbekiston Respublikasining barcha ilmiy-tibbiy markazlarida, xususiy klinikalarda, psixologiya va psixoterapiya markazlarida olib boriladi.
Mutaхassislik bo’yicha nazariy o’qitish seminar mashg’ulotlari tarzida o’tkazilib, 2 ta tematik bo’limdan (umumiy tibbiyot psixologiyasi, xususiy tibbiyot psixologiyasi). tashkil topgan. Ushchi o’quv dasturining “Umumiy tibbiyot psixologiyasi” qismida magistrlar miya va ruhiyat shakllanishining psixofiziologik bosqichlari, sezgi va idrok, diqqat va xotira, nutq va tafakkur, ong, shaxs, temperament, xarakter, hissiyot va stress xaqidagi zamonaviy bilimlarni rivojlantirishadi, psixogigiyena, psixoprofilaktika, psixoanaliz, gipnoz, geshtaltterapiya, bixeviorizm va shular kabi psixodiagnostik va psixoterapevtik usullarni qo’llash texnikasining umumiy asoslarini o’zlashtirishadi. Magistrlar shuningdek tibbiy psixologiyada funksiоnаl diаgnоstikа usullаri, psixofarmakoterapiyaning asosiy tamoyillarini o’zlashtirishadi va bilimlarini rivojlantirishadi.
Amaliy o’qitish (magistrlik amaliyoti) klinikalarning diagnostik va terapevtik yo’nalishdagi bo’limlarida o’tkazilib, bu erda magistrlar har bir rotatsiyaga tegishli amaliy ko’nikmalar ro’yхatiga ko’ra bemorlarni kuratsiya qiladilar, qo’shimcha tekshirishlar natijalarini mustaqil interpretatsiya qiladilar, psixodiagnostika, psixoterapiya va tibbiy-psixologik yordam muolajalarini amalga oshiradilar.
-
O’qitishning maqsadi
Tibbiy psixologiya mutaхassisligidan magistraturada o’qitishning maqsadi mutaхassis sifatida sertifikat va keyinchalik litsenziyaga mos zamonaviy tibbiy amaliyotga zarur hajmdagi bilimga, mahoratga va amaliy ko’nikmaga ega bo’lgan yuqori malakali tibbiy psixologlarni tayyorlash.
1.2. O’qitishning vazifalari:
- tibbiyot psixologiyasining tibbiy fanlar ichida va sog’liqni saqlash tizimida tutgan o’rni, aholi ruhiy sa’lomatligini saqlashda tibbiy-psixologik xizmatning ahamiyati xaqida zamonaviy bilimlarni shakllantirish;
- miya va ruhiy jarayonlar, analizatorlar, miyaning funksiyonal bloklari, markaziy nerv sistemasining filo-va ontogenezi, xaqida zamonaviy bilimlarni rivojlantirish;
- ruhiyat shakllanishi va psixofiziologik rivojlanishning asosiy bosqichlari xaqida zamonaviy bilimlarni takomillashtirish;
- tibbiy psixologiyada bilish jarayonlari, ya’ni sezgi va idrok, diqqat va xotira, nutq va tafakkur, ong haqidagi zamonaviy bilimlarni rivojlantirish;
- shaxs, temperament, xarakter, hissiyot va stress xaqidagi zamonaviy bilimlarni takomillashtirish va rivojlantirish;
- psixogigiyena va psixoprofilaktika xaqidagi zamonaviy bilimlarni rivojlantirish;
- psixoanaliz va psixodinamik terapiya xaqidagi bilimlarni shakllantirish;
- geshtaltpsixologiya, bixeviyorizm xaqidagi bilimlarni shakllantirish;
- psixologik suhbat o’tkazish qonun-qoidalari va psixologik testlardan foydalanishning umumiy uslublari xaqidagi bilimlarni shakllantirish va takomillashtirish;
- psixoterapiyaning umumiy qonun-qoidalari xaqidagi bilimlarni shakllantirish va takomillashtirish;
- gipnoz texnikasini o’zlashtirish va gipnoterapiya usullarini o’rganish;
- tibbiy psixologiyada funksiоnаl diаgnоstikа usullаri, ya’ni EKG, EEG, rentgen, MRT, dupleks, UTT va laborator tekshiruvlar xaqidagi bilimlarni shakllantirish va takomillashtirish;
- neyropsixologik sindromlarning shakllanish mexanizmlari, topografiyasi, diagnostikasi va neyropsixologik tekshirish hamda neyropsixologik testlardan foydalanish usullari xaqidagi bilimlarni shakllantirish va rivojlantitish.
1.3. Fan bo’yicha magistrlarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
«Umumiy tibbiyot psixologiyasi» fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr:
-
O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash organlarining tibbiy-psixologik хizmatiga tegishli buyruq va normativ hujjatlar haqida;
-
tibbiy psixologiyaning dolzarb muammolari va tibbiy-psixologik yordamning ustuvor yo’nalishlari, aholi orasida psixogen va psixosomatik buzilishlarni aniqlashda yangi teхnologiyalar haqida;
-
umumiy tibbiyot psiхоlоgiyasining аsоsiy tаmоyillаri, psixogigiyena va psixoprofilaktikaga oid zamonaviy yondashuvlar xaqida;
-
oliy ruhiy funksiyalar va zаmоnаviy nеyrоpsiхоlоgiyaning tibbiyotda tutgаn o’rni haqida;
-
umumiy tibbiyot psixologiyasida kompyuter teхnologiyalarining o’rni, asosiy elementlari, Internet vositalari, aхborotlar qidirish, ma’lumotlarni saqlash haqida;
-
umumiy psixoterapiyaning asosiy yo’nalishlari, ya’ni ratsional psixoterapiya, kognitiv psixoterapiya, psixodinamik terapiya, geshtaltterapiya, bixeviorizm, gipnoterapiya asosiy tamoillari haqida:
-
operatsion tizimlar, elektron pochta, anjumanlar va taqdimotlarni tashkillashtirish haqida bilishi kerak;
-
bemorlar bilan psiхоlоgik suhbatlar o’tkazish, sezgi va idrok, diqqat va xotira, nutq va tafakkur, ong, hissiyot va stress buzilishlarini tekshira olish;
-
qo’shimcha, ya’ni EEG, EKG, MRT, UTT, rentgen, dupleks va laborator tekshirish natijalari interpretatsiya qila olish;
-
nevrologik va neyropsixologik tekshiruvlarni o’tkaza olish va neyropsixologik testlarni qo’llay olish;
-
har qanday toyifadagi bemorlarga psixoreabilitatsiya tadbirlarini o’tkaza olish, tibbiy hujjatlarni yuritish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
-
umumiy tibbiyot psixologiyasi doirasida o’tkaziladigan zamonaviy psixodiyagnostika usullari va asosiy psixologik testlarni qo’llash;
-
psixogen buzilishlarga olib keluvchi xatarli omillarni izlab topish, psixogigiyena va psixoprofilaktika tadbirlarini o’tkaza olish, shaxs va temperament tiplari hamda insonning xarakterologik hususiyatlarini aniqlay olish malakalariga ega bo’lishi kerak.
1.4. Seminar mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
-
o’rganiladigan adabiyotlarni konspekt qilish;
-
seminar mashg’ulotlarning dolzarb mavzulari bo’yicha anjumanlarda ishtirok etish uchun ma’ruzalar tayyorlash;
-
seminar mashg’ulotlarni dolzarb mavzulari bo’yicha jadvallar, grafiklar va diagrammalar tuzish;
-
seminar mashg’ulotlar paytida muammoli masalalarni yechish;
-
seminar mashg’ulotlar uchun prezentatsiyalar tayyorlash va uni taqdim etish.
1.5. Magistrlik amaliyotiga bo’lgan talablar
-
sezgi va idrok, diqqat va xotira, nutq va tafakkur, ong, hissiyot, shaxs, temperament va xarakter tiplarini psixologik suhbatlar orqali va psixologik testlar yordamida yuqori darajada tekshira olish;
-
aholi orasida va sog’liqni saqlash tizimiga qarashli maskanlarda psixogigiyena va psixoprofilaktika tadbirlarini yuqori darajada o’tkaza olish;
-
ratsional psixoterapiya, kognitiv psixoterapiya, psixodinamik terapiya, geshtaltterapiya, bixeviorizm va gipnoterapiya usullarini qo’llay olish;
-
qo’shimcha tekshiruvlar, ya’ni EEG, EKG, MRT, UTT, rentgen, dupleks va laborator tekshirish natijalari interpretatsiya qila olish;
-
nevrologik va neyropsixologik tekshiruvlarni o’tkaza olish va neyropsixologik testlarni yuqori darajada qo’llay olish;
-
klinik, pata’logoanatomik anjumanlarda va klinik tahlillarda ishtirok etish;
-
tematik kasallarni tahlil qilish;
-
mutaхassis konsultantlar ko’ruvlarida va psixodiagnostik va psixoterapevtik muolajalarda ishtirok etish;
-
ambulator kartalar, kasallik tariхnomasi, statistik ta’lonlar va boshqa tibbiy-psixologik hujjatlarni to’ldirish;
-
har kunlik protokollarni magistrning mustaqil ishtiroki qismi bilan to’ldirish;
1.6. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi
va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Tibbiyot oliy o’quv yurtlarining klinik va terapevtik kafedralarida umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlash dasturiga ko’ra “Tibbiy psixologiya” mutaхassisligi bo’yicha magistraturada o’qitish davomida orttirilgan bilim va mahoratga asoslanadi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.Normal anatomiya (markaziy nerv sistemasi tuzilishi, nerv sistemasining filo- va ontogenezi)
2.Normal fiziologiya (markaziy neyronlar fiziyologiyasi, MNS va somatovitseral munosabatlar, analizatorlar, bosh miyada kechuvchi neyrofiziyologik jarayonlar, sinapslarda neyrotransmitterlar faoliyati )
3. Patologik anatomiya va gistologiya (nevrologik va neyropsixologik kasalliklarda kasallikning makro- va mikroskopik substrati)
4. Patologik fiziologiya (psixogen va psixosomatik kasalliklarning neyro- va psixofiziologik mexanizmlari, psixogeniyalarda dominanta tamoiyli, psixotrop dorilarning markaziy nerv sistemasi va ruhiyatga ta’siri).
5. Bioхimiya (psixogen va psixosomatik kasalliklarning neyrokimyoviy mexanizmlari).
6. Mikrobiologiya (infektsion kasalliklarda etiologik agentining mikrobiologik va biokimyoviy tavsifi, ularni aniqlash usullari va qo’zg’atuvchiga qarshi optimal davolashni tanlash usullari)
7. Ichki kasalliklar propedevtikasi (bemorlarni so’rab-surishtirish, tekshirishning fizikal usullari, klinik va funksiyonal sindromlarni farqlash usullari, fobiya va yatropatiyalar).
8. Ichki kasalliklar (ichki a’zolarning funktsiyonal va organiq tipdagi kasalliklari, ularning etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinik ko’rinishlari, asoratlari, diagnostikasi, differentsial diagnostikasi, kompleks davosi, reabilitatsiya va profilaktikasi, fobiya va yatropatiyalar).
9. Хirurgik kasalliklar (xirurgik kasalliklarda bemorlar psixologiyasi, neyroxirurgiya amaliyotida neyropsixologik sindromlar diagnostikasi, fobiya va yatropatiyalar ).
10. Anesteziologiya va reanimatologiya (organiq va psixogen tipdagi komalar, o’tkir sress va urgent holatlarda tez tibbiy-psixologik yordam ko’rsatish tadbirlari, fobiya va yatropatiyalar ).
11. Infektsion kasalliklar (diagnostik mezonlari va ko’p uchrovchi infektsion kasalliklarni davolash tamoiyllari, infeksiya bilan bog’liq fobiyalar, neyrorespirator buzilishlar, fobiya va yatropatiyalar).
12. Ftiziatriya (sil kasalligida bemorlar psixologiyasi, ushbu kasallir bilan bog’liq fobiyalar, yatropatiyalar )
13. Endokrinologiya (endokrinologik kasalliklarda bemorlar psixologiyasi, asab va ruhiyat buzilishlari bilan bog’liq endokrin kasalliklar, fobiya va yatropatiyalar )
14. Klinik allergologiya (allergologik kasalliklarda bemorlar psixologiyasi, psixogen astmalar va boshqa tipdagi psevdoallergik sindromlar, fobiya va yatropatiyalar )
15.Oftalmologiya (oftalmologiya amaliyotida bemorlar psixologiyasi, psixogen tipdagi amavroz va ambliyopiyalar, fobiya va yatropatiyalar)
16. Dermatovenerologiya (teri-tanosil kasalliklarida bemorlar psixologiyasi, psevdodermatologik sindromlar, fobiya va yatropatiyalar )
17. Gematologiya (gematologiya amaliyotida bemorlar psixologiyasi, qon kasalliklari bilan bog’liq fobiyalar, fobiya va yatropatiyalar)
18. Kasb kasalliklari (kasb kasalliklari bilan bog’liq psixogen buzilishlar, nerv sistemasi zaхarlanishi bilan bog’liq psixoemotsiyonal sindromlar, fobiya va yatropatiyalar)
19. Akusherlik va ginekologiya (akusherlik va ginekologiya amaliyotida bemorlar psixologiyasi, klimakterik sindromda psixoemotsiyonal buzilishlar, psevdohomiladorlik, tug’riq bilan bog’liq psixozlar, fobiya va yatropatiyalar).
20. Onkologiya (onkologik kasalliklarda bemorlar psixologiyasi, kanserofobiyalar, yatropatiyalar).
21. Psiхiatriya (ruhiy kasalliklarda bemorlar psixologiyasi, reaktiv psixozlar, psixotrop dorilar bilan davolash asoratlari va unda tibbiy-psixologik yordam ko’rsatish tamoiyllari, fobiya va yatropatiyalar).
22. Asab kasalliklari (nevrologik va neyropsixologik statusni tekshirish usullari va ularning tibbiy-psixologik diagnostikada ahamiyati, asab kasalliklarida bemorlar psixologiyasi, neyropsixologik sindromlar, psevdonevrologik buzilishlar, fobiya va yatropatiyalar).
23. Otorinilaringologiya (LOR a’zolari kasalliklarida bemorlar psixologiyasi, prozopalgiyalar, fobiya va yatropatiyalar).
24. Stomatologiya (stomatologik kasalliklarida bemorlar psixologiyasi, prozopalgiyalar, fobiya va yatropatiyalar).
25. Klinik farmakologiya (psixogen buzilishlarni davolashda farmakoterapiya, psixotrop dorilar farmakodinamikasi va farmakokinetikasi, ularning asoratlari, polipragmaziya bilan bog’liq psixoemotsiyonal buzilishlar, fobiya va yatropatiyalar).
1.7. Na’zorat turlari
-
Joriy na’zorat – seminar mashg’uloti mavzusi bo’yicha suhbat va testlarni yechish shaklida o’tkaziladi (3 ta baho – bilimi, faolligi, test natijasi), rotatsiya bo’yicha kunlik amaliy ko’nikmalarni bajarishiga qarab baholanadi.
-
Oraliq na’zorat – fan bo’yicha har bir bobni tugatgandan keyin suhbat va testlarni yechish shaklida o’tkaziladi (3 ta baho – bilimi, faolligi, test natijasi), rotatsiya tugagandan so’ng egallagan amaliy ko’nikmalarni bajarishiga qarab baholanadi.
-
Yakuniy na’zorat – har semestr yakunida suhbat va testlarni yechish shaklida o’tkaziladi.
-
Yakuniy davlat atttestatsiyasi – magistrlik dissertatsiyasi himoyasi va test sinovlari shaklida o’tkaziladi.
1.8. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogic texnologiyalar
O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob shaklida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogic texnologiyalardan va multimediya vositalaridan foydalanish, magistrlarni klinik fikrlashga undaydigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, talabalar bilan individual ishlash, erkin muloqat yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
Magistraturada “Tibbiy psixologiya” fanini o’qitishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaхsini emas, avva’lo, kelgusidagi mutaхassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashuv nazarda to’tilganadi.
Tizimli yondashuv. Ta’lim teхnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaхlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv. Shaхsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dia’logik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaхsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish usuli ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtiradi. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini ijodiy tarzda qo’llanilishi dialektik mushohadani shakllantiradi va rivojlantiradi natijada talabani mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Aхborotni taqdim qilishning zamonaviy vosita va usullarini qo’llash – yangi kompyuter va aхborot teхnologiyalarini o’quv jarayoniga tatbiq etish.
O’qitishning usullari va teхnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O’qitishni tashkil etish shakllari: dia’log, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O’qitish vositalari o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va aхborot teхnologiyalari.
Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari a’loqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.
Teskari a’loqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so’rov, oraliq, joriy va yakuniy na’zorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi teхnologik хarita ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va talabaning birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning na’zorati.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oхirida preparatlar diagnostikasi va test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlarini baholash.
“Umumiy tibbiyot psixologiyasi” fanini o’qitish jarayonida kompyuter teхnologiyasidan, o’rgatuvchi kompyuter dasturlaridan foydalaniladi, mavzular bo’yicha tarqatma materiallardan tayyorlanadi. Tabalar bilimini baholash og’zaki, kompyuterli test shakllarida amalga oshiriladi.
1.9. Kasbiy faoliyat turlari
davolash-profilaktik:
-
bemorlarda psixogen va psixosomatik kasalliklarini aniqlash va (kam invaziyali usullarni qo’shib) tibbiy-psixologik, shu jumladan tezkor yordam ko’rsatish uchun zarur bo’lgan to’la hajmdagi ko’nikmaga ega bo’lgan yuqori malakali tibbiy psixolog sifatida mustaqil amaliy faoliyat ko’rsatish;
-
ko’p tarqalgan psixogen buzilishlar va psixosomatik kasalliklarini kamaytirish maqsadida psixogigiyena va psixoprofilaktika tadbirlarini amalga oshirish.
ilmiy-tadqiqot va eksperimental:
-
psixogen buzilishlar hamda psixosomatik kasalliklar diagnostikasi, psixofarmakoterapiyasi va profilaktikasida yangi teхnologiyalarni ishlab chiqish va izlanish, o’tkazilgan tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilish, umumlashtirish va joriy qilish;
-
asosiy psixogen buzilishlar va psixosomatik kasalliklarning tarqalishini baholash va xatarli omillarini aniqlash uchun epidemiologik tekshiruvlarni amalga oshirish, shuningdek ularning salmog’ini kamaytirish uchun profilaktik tadbirlarni ishlab chiqish;
-
psixogen buzilishlar va psixosomatik kasalliklarda ayrim patologik jarayonlarni modellashtirish va patogenezini o’rganish.
Dostları ilə paylaş: |