O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi ginekologiyadan yagona uslubiy tizim bo’yicha yaratilgan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv qo’llanmasi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə75/127
tarix02.01.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#2678
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   127
Savollar:

  1. Taxminiy tashxis qo’ying va uni asoslab bering.

  2. Tekshiruv rejasi

  3. Davolash taktikasi

  4. Xirurgik davoga ko’rsatma bormi? Agar bo’lsa qanday hajmda?

  5. Bachadon ichi kontrasepsiyasi qanday asoratlari va profilaktikasini bilasiz?

2-masala

22 yoshli bemor ayol qorin pastki sohasidagi og’riq, siydik ajratish paytidagi kesuvchi achishishlar, yiringli ajralmalarga shikoyat bilan keldi. Jinsiy hayot bilan turmushga chiqmasdan 16 yoshdan beri yashaydi. Homiladorlikdan saqlanmaydi. Oxirgi jinsiy aloqa 10 kun oldin bo’lgan. Menstrual funksiya buzilmagan. Yuqoridagi simptomlar hayzning 3 kunida paydo bo’lgan. Hayzi kecha tugagan.

Obyektiv: terisi so’lg’inroq, tana harorati 38,2oC. Puls 100 zarb/min. Tili quruq, oq karash bilan qoplangan. Qorni hamma sohasida keskin og’riqli, biroz shishgan, pastki sohada ko’proq o’ng tomonda Shyotkin-Blyumberg simptomi musbat.

Ginekologik tekshiruvda: bachadon bo’yni aylana eroziyasi, yiringli ajralmalar. Qin tekshiruvida bo’yin tomonga siljish keskin og’riqli, bachadon kattalashmagan, sust og’riqli, ortiqlari ikki taraflama kattalashmagan, lekin palpatsiyada keskin og’riqli. Gumbazlari bo’sh.

Umumiy qon analizi: gemoglobin 148g/l, leykosit 16,2 х109/l, p-4, s-69, m-6, l-21. Gematokrit 41%. SOE 12mm/s

Savollar:


  1. Taxminiy tashxis qo’ying va uni asoslab bering

  2. Kasallik yuzaga kelishining sabablari

  3. Bemorga qo’shimcha tekshiruv usullarga ko’rsatma bormi? Qanday turdagi?

  4. Differensial diagnostikasi

  5. Umumiy qon tahlili ma’lumotlarini baxolang

  6. Davo rejasi

  7. Asoratlari

3-masala

42 yoshli bemor ayol xirurgik bo’limga qorin pastki sohasidagi og’riqqa, ko’ngil aynish, qayt qilishga shikoyat bilan keldi. Kasalligi 3 kun oldin boshlangan, tana harorati 37,5oC bo’lgan, uyda issiq qo’ygan lekin og’riq to’xtamagan. Stasionarga kelgan kuni aniqlangan: umumiy ahvoli o’rta og’ir, puls 110, AQB 110/70, harorat 38oC, teri rangi o’zgarmagan, 3 darajali semizlik. Qorni palpasiyada ko’proq o’ng tarafda og’riqli, qorin ta’sirlanish simptomi musbat. Lekin jarroxlar bemorni ginekolokka qaror qilishdi. Bemor oldin bachadon ortig’i yallig’lanishini o’tkizgan, lekin 5 yil ichida o’zini ginekologik kasal hisoblamagan. Oxirgi hayzi 2 xafta oldin o’z vaqtida bo’lgan. Qin tekshiruvida: oynalarda shilliq qavat rangi o'zgarishsiz, bachadon bo'yni silindrik, bo'g'iz yopiq, bachadon bo'yni siljishi keskin og'riqli, orqa va o'ng gumbaz biroz osilgan, bosilganda og’riqli, bachadon tanasi konturi aniq emas, lekin chapga va ortga yotganga o’hshaydi. Palpatsiyada o’ng bachadon ortig’I chapiga qaraganda ko’proq og’riqli. Og’riq mavjudligi hamda qorin devori qalinligi hisobiga ortiqlarning hajmini aniqlab bo’lmaydi. Ajralmalar bor.



Savollar:

1. Taxminiy tashxis qo’ying va uni asoslab bering

2. Kasallik yuzaga kelishining sabablari

3. Bemorga qo’shimcha tekshiruv usullarga ko’rsatma bormi? Qanday turdagi?

4. Differensial diagnostikasi

5. Davolash rejasi

6. Asoratlari
6.3 Amaliy qism.

Amaliy mashg’ulot bo’yicha berilgan vazifalarni qadamma-qadam bajarish va ko’nikmalarni baxolash:



  1. Tekshiruvni oynada bajarish

  2. Qin orqali bimanual tekshiruvni bajarish

  3. Uch nuqtadan surtma olishni bajarish

  4. Bakterioligik ekma olish uchun va antibiotiklarga chidamlilikni aniqlash uchun analiz olishni bajarish

  5. TORCH (PSR, IFA tekshiruv usullari)ifeksiyasini aniqlash uchun analiz olish va analizlar interpretasiyasi



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin