Hujayraga kirgan virus zarrachasi hujayra ichida ko`payadi. Hujayraning ma'lum bir qismida
virus nuklein kislotasi va boshqa bir qismida esa virus oqsili sintezlanadi.
Virus ikki zanjirli DNK sining replikatsiyasi (ikki marta ko`payishida) virus DNK sidan
informatsion RNK ma'lum oqsillarning kimyoviy usulda yozilgan informatsiyalarini
(transkriptsiya) qabul qiladi va mazkur informatsion RNK ribosomalarida virus DNK si
replikatsiyasi uchun zarur oqsillar (bevosita virus DNK replikatsiyasiga zarur bo`lgan fermentlar,
virusning strukturasi oqsillari) ni sintezlaydi. DNK-polemeraza fermenti, o`z navbatida
hujayradagi dezoksiribonukleozitrifosfatlarni ona DNK ga mos qilib, bir zanjirchaga ulaydi.
Natijada, ona DNK ning har ikkala zanjirchasiga mos, yangi DNK zanjirchalarini sintezlaydi.
Bir zanjirchali virus DNK sining replikatsiyasida ham, asosan xuddi shunga o`xshash jarayon
sodir bo`ladi. Ammo bir zanjirchali ona DNK da DNK ning replikatsiyasi uchun zarur bo`lgan
ikki zanjirchali replikativ forma sitezlanadi. U replikativ formada zarur oqsillarning informatsion
RNK si sintezlanadi. Bu RNK lar o`z navbatida hujayra ribosomalardagi oqsilni sitezida
qatnashadi. Hosil bo`lgan oqsillar (fermentlar) yordamida replikativ forma onaligida
dezoksiribonukleozitrifosfatlar-dan yangi bir zarrachali virus DNK si vujudga keladi.
Bir zanjirchali RNK replikatsiyasida esa, bir tomondan virus RNK si informatsion RNK
vazifasini bajarib, ribosomada oqsil sintezida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, undan ham
ikkinchi shu ona zanjirchaga mos zanjircha hosil bo`ladi, uni RNK ning replikativ formasi
deyiladi. Bu replikativ formaning, hosil bo`lgan ikkinchi zanjirchasi onaligida yangi va unga mos
virus RNK siga har tomonlama o`xshash, virus RNK lari sintezlanadi.
Ribosomalarda sintezlangan ferment (RNK replikaza) vositasida, hujayradan
ribonukleozidtrifosfatlardan (ATF, GTF, STF, va UTF) RNK hosil bo`ladi.
Ikki zarrachali virus RNK sining sintezi ham ikki zarrachali virus DNK sining sintezi kabi amalga
oshiriladi.
Nuklein kislota hosil bo`lishi jarayonini kuzatib, aniqlandiki, har bir sintezlanishda uch muhim
faktor:
nusxa ko`chiriladigan ona zanjircha matritsa:
yangi zanjirlar tuzilishida qurilish materiali sifatida ishlatiluvchi dezoksiribonukleozitrifosfatlar-
substrat:
dezoksiribonukleozitrifosfatlarni bir-biriga matritsaga moslab beruvchi fermentlar bo`lishi shart:
Sintezlanish juda murakkab jarayon bo`lib, yuqorida aytib o`tilgan har bir faktorlarning
yaratilishi bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi. Masalan, T-2 bakteriofagi ikki zanjirchali
DNK sining sintezida ishtirok etuvchi substrat-dezoksi-5 oksi metiltsitidinmonofosfatni (d-
OMTsMF) virus bilan kasallanmagan hujayrada uchraydi. Ammo hujayra virus bilan kasallanishi
bilanoq unda d-TsMF dan d-OMTsMF ni hosil qilishda qatnashuvchi ferment-oksmetilaza paydo
bo`ladi, ya'ni bu ferment virus DNK sinteziga zarur d-OMTsTF ni d-TsTF dan tayyorlab beradi.
Haqiqatdan ham virus DNK sostavi tekshirilsa, unda hujayrada uchramaydigan yangi d-
OMTsMF ni uchratish mumkin. Xuddi shuningdek boshqa subtratlar ham virus DNK sintezida
ishtirok etishdan avval, har xil o`zgarishlarga uchraydi. Shu xil subtratlarni hosil qilish uchun esa
hujayrada virusga xos bo`lgan yangi fermentlar kerak bo`ladi. Bu fermentlar virus DNK sidagi
informatsiyaga asosan yaratiladi va ular virus DNK si sintezida ishtirok etadigan substratlar hosil
qiluvchi fermentlar deb ataladi.
Bulardan tashqari, DNK sintezida bevosita ishtirok etuvchi DNK-polimeraza,
polinukleotidligaza hamda endonukleaza kabi fermentlar ham mavjud. Ularning vazifasi
27
substratlarni bir zanjirga ulash (DNK-polimeraza) etishmagan bog`larni ulash (endonukleaza) dan
iborat bo`lib, ular virus DNK sintezi fermentlari deb ataladi.
Virus DNK si sintezi uchun substrat hosil qilishda ishtirok etuvchi fermentlar, struktura
oqsillari hujayra oqsillari kabi ribosomalarda sintezlanadi. Hujayradagi transport RNK lar ulardagi
aminokislotalarni virus informatsion RNK sidagi (RNK tutuvchi viruslarda i-RNK vazifasini bir
zanjirli virus RNK sining o`zi bajaradi) shifrga asosan, bir zanjirga ulab, oqsil molekulasini
shakllantiradi.
Hujayraning turli qismlarida bir vaqtda hosil bo`lgan nuklein kislota va oqsillarning "o`z-
o`zidan" (somosborka) qo`shilishi natijasida virus zarrachalari etiladi. "O`z-o`zidan" qo`shilish
virus oqsiliga xos xususiyatdir. Agar virusning toza preparatidan ajratib olingan oqsil muayyan bir
sharolitda probirkada tutilsa, ma'lum vaqtdan so`ng bu oqsillar virusga o`xshash (ammo nuklein
kislotasiz) tayoqchasimon forma hosil qiladi. Ammo ularning uzunligi har xil bo`ladi. Chunki bu
zarrachalar uzunligini boshqarib turuvchi faktor-virus lukleotin kislotasining o`zidir. Virus orqali
nuklein kislotasini toza holda ajratib olib, ularni qayta qo`shilsa, uzunligi virus uzunligiga teng,
kasallantirish qobiliyatiga ega virus zarrachalarini hosil qilish mumkin. Demak, virus formasini
hosil qilish xususiyati oqsilga kasallantirish va uzunligini boshqarish esa nuklein kislotaga xos
xususiyatlardir. Hozirgi vaqtda bir virus oqsilini olib, uni boshqa virusning nuklein kislotasiga
qo`shish orqali "gibrid" virus zarrachalari olinmoqda. Masalan, arpada chiporlanish kasalligi
virusi RNK siga qo`shilsa, sharsimon "gibrid" virus hosil bo`ladi: "gibrid" virus bilan o`simlik
kasallantirilsa, tayoqchasimon tamaki chiporlanish kasalligivirusi zarrachalari paydo bo`ladi.
Chunki "gibrid" virusidagi RNK tamaki chiporlanish kasalligi virusidan ajratib olingan. Bu esa,
o`z navbatida, irsiyatni belgilaydigan asosiy faktor nuklein kislota ekanligini tasdiqlaydi. Demak,
yuqorida aytilgan usulda hosil bo`lgan virus zarrachalari hujayraning yorilishi natijasida yoki
hujayrani jarohatlamasdan undan chiqishi mumkin. O`simlikda har bir hujayrada to`plangan virus
(yoki nuklein kislota) ikkinchisiga plazmodesmalar orqali o`tishi mumkin.
Shunday qilib, viruslar hujayrasiz organizmlar bo`lib, boshqa organizmlardan shakli,
xususiyatlarining turli-tumanligi, bu virusning har xil organizmlarda turli kasallik alomatlarini
namoyon qilishi va ular tarkibida faqatgina bir xil nuklein kislotasi uchrashi bilan farq qiladi. U
o`zida modda va tirik organizm xususiyatlarini nomoyon etadigan va faqat tirik to`qimadagina
ko`payadigan hayot formasidir.
3.5 Faglar klassifikatsiyasi va ishlatilishi
Bakteriofag xodisasini birinchi bo‘lib mashxur rus olimi N.F.Gamaley kuzatgan. Kuydirgi
tayoqchasi bilan qilgan tajribalarida mikroblarni erishi aniqlangan. U mikrobning erib ketish
sababini ko‘chib yuruvchi lizin deb atadi.
Keyinchalik boshqa olimlar shunga o‘xshash litik agentlarni ajratib oladilar. 1917 yilda D.Errel bu
xodisani batafsil o‘rganadi va bakteriofaglarning biologik kelib chiqishiga to‘g‘ri baxo berdi, ya’ni
bakteriyalar virusi deb atadi.
Morfologiyasi.Faglar golovastik yoki spermatozoidlar ko‘rinishiga ega bo‘lib, u ikki qismdan
boshi va dumidan iborat. Ba’zi faglarda dumi nxoyatda kalta bo‘ladi,ayrimlarida umuman
bo‘lmaydi.boshchasi 60-100 nm ga teng. Faglarning bir necha tiplari aniqlangan. SHulardan
dizenteriya faglari yaxshi o‘rganilgan. Faglar dumining uchida 6 qirrali bazal plastinka joylashgan
bo‘lib, uning xar birida qisqa ninachasi bo‘ladi.Bazal plastinkalar va ipchalar faglarni
bakteriyalarga yopishishini ta’minlaydi.
Faglar xam viruslar kabi nuklein kislota va oqsildan tashkil topgan. Ko‘pchilik faglar DNK dan
ayrimlari RNK dan tuzilgan. O‘zining tarkibi bo‘yicha nuklein kislatasi mikroblar nuklein
kislotasidan farq qilmaydi. Ko‘pchilik faglarda DNK si ikki ipli, lekin ayrimlarida bir ipli bo‘lishi
mumkin.
Faglarning boshchasidagi kapsid va dumidagi oqsil tartibli ravishda joylashgan iplardan iborat
bo‘lib, ular boshchasida kubik xolda, dumchasida spiral xolida joylashagan.Fag dumchasi tagida
lizotsim joylashgan bo‘lib, u faglarning mikrob ichiga kirishida yordam beradi. DNK tutuvchi
faglarning boshchasida bir molekula DNK joylashgan bo‘lib, u xalqa kurinishiga ega bo‘ladi va
uzunligi virion uzunligidan bir necha barobar ko‘p, chunki u spiral xolda uchraganligi uchun
boshchasiga sig‘adi. Boshcha ichida 3% miqdorida “ichki oqsil” bo‘lib, uning tarkibidagi
28
poliamin fag DNK sining spirallanishida aloxida o‘rin tutadi, chunki u faqat mana shunday spiral
xolidagina boshchasiga joylanishi mumkin.
3,3-rasm
Fag antigenlari. Faglar antigenlik xususiyatiga egadirlar. Faglarni in’eksiya yo‘li bilan
organizmga kiritilsa organizmda faglarga qarshi antitela xosil bo‘ladi, ya’ni antifagli zardob
olinadi va bu zardob fagni erituvchanlik qobiliyatini yo‘qotadi. Faglar tipospetsifik va gruppa
spetsifik antigenlarga ega. Tipospetsifik antigenlari bo‘yicha serotiplarga bo‘linadi.
Faglar yuqori bosimga chidamli.Ampulada 5-6 xatto 13 yilgacha saqlanadi. Glitserinda uzoq
saqlanadi. Ko‘pincha 65-70
o
da aktivligini yo‘qotadi. Past temperaturaga va mo’zlatishga
chidamli. CHidamliligi bo‘yicha faglar bakteriyalarning vegetativ va spora xolining o‘rtasida
joylashaga. 0,5% sulema eritmasi, 1% fenol eritmasiga chidamli. Kislotalarga chidamsiz.
Faglarning bakteriya xujayrasiga ta’sir qilish mexanizmi.
Bakteriyafagning ta’siri kulturaning yoshiga, bakteriyaning konsentratsiyasiga, fagning aktivliliga,
bakteriyaning fagga chidamliligiga, oziq muxitining tarkibiga va boshqa ko‘p faktorlarga bog‘liq.
Faglarning bakteriyalarga ta’siri ko‘pincha bakteriyaning erishi (lizis) bilan tugaydi, lekin ayrim
xollarda, ya’ni abortiv xollarda bakteriya xayoti saqlanib qoladi. Bakteriya erib ketmaydi va
nixoyat uchinchi xolatda lizogeniya xolatini kuzatish mumkin. Xujayraning bir qismi o‘lmay
qoladi va bu xujayradagi faglar profaglarga aylanadi. Ular bakteriyani eritmaydi.bunday
bakteriyalar shu faglarni uzoq vaqtgacha tashuvchilariga aylanadi va o‘zlarida shu faglarga
nisbatan immunitet paydo bo‘ladi.
Bakteriofaglar bakteriyalarga ta’siriga qarab virulent va o‘rtacha ta’sir qiluvchi guruhga bo‘linadi.
O‘rtacha ta’sir qiluvchi fag tasirida bakteriyalarning bir qismi lizisga uchraydi, bir qismi esa
yuqorida aytilganidek lizogeniya xolatiga uchraydi.
Virulent faglarni bakteriyaga ta’siri bir necha soat ichida o‘tadi. Bunda quyidagi fazalar
kuzatilidi.
I. Adsorbsiya. Bakteriyalar dumchasida joylashgan retseptorlar yordamida bakteriya kletkasi
tanasiga yopishib oladi. Adsorbsiyada muxit sharoiti , rN, to’zlar tarkibi va boshqa sharoitlarning
axamiyati katta.
II. Fagning mikrob xujayrasiga yorib kirishi. Adsorbsiyadan so‘ng fag va mikrob xujayrasining
qobig‘i o‘rtasida murrakkab ximiyaviy jarayon ro‘y beradi va natijada fag dumchasining uchida
joylashgan lizotsim yordamida bakteriya xujayraasi devorini eritib teshadi. Bakteriya xujayrasi
ichiga fagning nuklein kislotasi quyilib kiradi.Nuklein kislotani o‘rab turuvchi g‘ilof esa
tashqarida qoladi.
III. Mikrob xujayrasi ichida fagning nuklein kislotasi va kapsid oqsili sintez qilinadi.
IV. Fagning shakllanishi.Xosil bo‘lgan bo‘sh kapsidlar nuklein kislota bilan to‘ladi va etuk
virionlar shakllanadi.
V. Hosil bo‘lgan faglarni mikrob xujayrasidan tashqariga chiqishi natijasida bakteriya
xujayrasining lizisi ro‘y beradi, bunda albatta lizotsim xam qatnashadi. To‘plangan lizotsimni bir
qismi esa yangi xosil bo‘lgan virion tarkibiga kiradi va aglarni tashqariga chiqishiga
yordamlashadi. Ayrim DNK tutuvchi ipsimon faglar, bakteriya xujayrasi ichida avval
29
sitoplazmatik membranadan, so‘ng xjayra deoridan sizib o‘tadi va tashqariga chiqadila. Bunday
xollarda bakteriya xujayrasining xayoti saqlanib qoladi, ya’ni erib ketmaydi.
3
Faglar spetsifik xususiyatga ega, ya’ni xar biri o‘z mikrobini eritadi; dizenteriya fagi dizenteriya
mikrobini eritadi. Lekin asta–asta doimiy uzoq, passaj davomida boshqa mikroblarni xam
eritishga o‘rganishi mumkin.
Bulonga ekilgan kulturalarga aniq bo‘lgan faglar o‘shiladi, termostatda 1 sutka saqlangandan
so‘ng filtrlab olinadi. Olingan fagning tozaligi, sterilligi, zarasizligi va aktivligi tekshiriladi.
Fagning titri belgilanadi.bakteriyalarni eritib yuboriladigan bakteriofaglarning eng ko‘p
suyultirilgan miqdoriga bakteriofaglarning titri deyiladi. Bakteriofag titri teskari ishorada olingan
tegishli darajadagi 10 raqami bilan ifodalanadi. Masalan; 10 6 shu fagning 1:1000 000 nisbatan
suyultrilganda ta’sir etishini ko‘rsatadi. Meditsina praktikasi 10 7 va 10 8 titrlik bakteriofaglar
ishlatiladi.amaliyotda monofag, difag va polifaglar mavjud.
Amalda faglar diagnostikada, davolash, va profilaktik maqsadida ishlatiladi. Bakteriofaglarning
o‘ta maxsusligidan ular bakteriya kulturasilarini fagotiplash va differensiatsiya qilishda
foydalaniladi.
3
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
30
Nazorat savollari
1. Viruslarning hujayraga kirishi usullari haqida ma'lumot bering?
2. Virus DNK sining sintezi uchun kerakli qismlarni (komponentlar) aytib bering?
3. Virus RNK si va uning sintezi qanday amalga oshadi?
4. Virus nuklein kislotalarini sintezida substrat bo`lib nima xizmat qiladi?
5. Virus DNK si sintezida ishtirok etuvchi fermentlar va ularning vazifalarini aytib bering?
6. Virus DNK si sintezidagi Noyob nukleoitid, uni sintezlashda ishtirok etuvchi ferment va uning
tavsifi?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,.
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina»
1980.
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po
mikrobiologii. M., 1981.
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo
«Meditsina». 1984.
7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.
4.Mavzu: Dorivor o’simliklar xom ashyosining mikroflorasi. O’simliklarda kasallik
qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar. Tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari
Reja:
1. O‘simliklarda uchraydigan mikrorganizmlarning asosiy turlari va ular to‘g‘risida
ma’lumot.
2. O‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari.
3. Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob bilan zararlanish manbalari, oldini olish
choralari.
Tayanch iboralar: Fitopotogen, rizosfera zonasi, epifit, Qatron (o‘mola), zang, CHirish ,
Kuydirish
O‘simliklarda uchraydigan mikrorganizmlarning asosiy turlari va ular to‘g‘risida
ma’lumot
Dorilarni tayyorlashda har xil o‘simliklardan foydalaniladi yoki ko‘pgina o‘simliklardan
qaynatma, damlamalar tayyorlanadi. Dorivor modda va tayyor dori-darmonlar tarkibida turli xil
mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalarning mikroblar
bilan zararlanishi o‘sha o‘simlik turi va uning o‘sib chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart –
sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. CHunki o‘simliklar atrof muhitdagi ayniqsa, tuproq tarkibidagi
mikroorganizmlar bilan zararlangan bo‘lishi ham mumkin.
Lekin shuni hisobga olish kerakki, dorivor o‘simliklar xom ashyosida o‘z mikroflorasi ya’ni
normal mikroflora va fitopatogen mikroorganizmlar ya’ni o‘simlik kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari
bilan zararlangan bo‘lishi mumkin.
O‘simliklar normal mikroflorasi barg yuzida, urug‘larida, ildiz oldi sistemasida har xil
bo‘ladi.
Jonli (tirik) o‘simliklarda yashovchi va ularga zarar keltirmaydigan mikroblar, “epifit
mikroflora” tushunchasiga birlashgan. YAngi kesilgan yaproq yuza qismida ko‘pincha 2 xil
bakteriya aniqlandi:
1)Bact herbicola aureum va
2)Psevdomonas fluorescens
31
Kam hollarda sporali bakteriyalar: Bac mesentericus
Bac vulgatus
Sporasiz - Bact putiodam, E coli va zamburug‘lar
Bu mikroflora o‘simliklarda qaysi geografik zonadaligidan qat’iy nazar bo‘ladi.
Bact herficola aureum – qisqa Gr(-) tayoqchalar bo‘lib, 2 ta polyar xivchinlari bo‘ladi. Go‘sht
peptonli agarda yuzida shilimshiq bo‘lgan, tilla sariq rangli yumaloq koloniyalar hosil qiladi.
Ps flureccens – polimorf, polyar xivchinli tayoqchalar bo‘lib, Gr(-). Zich ozuqa muhitida
chetlari notekis bo‘lgan tiniq koloniyalar hosil qiladi.
Tuproqda o‘simlik ildizi atrofida intensiv o‘sish zonasi bo‘ladi va mikroblar yuqori aktivlikka
ega bo‘lib, bu qism rizosfera deyiladi.
Rizosferaning sifat va miqdor tarkibi har bir o‘simlik turi uchun spetsifik bo‘ladi.
Ko‘pincha sporasiz bakteriyalar va mikobakteriyalar uchraydi. Kam xollarda sporali
bakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug‘lar uchraydi. Tuproq mikroorganizmlari o‘simliklarga
ijobiy ta’sir qilib, ular o‘simliklar uchun zarur bo‘ladi, ular bilan simbioz holda bo‘lishi mumkin
yoki zararli ta’sir qilib, ularning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Tuproqdagi bakteriyalardan Ps fluoreccens, rizosfera zonasida joylashgan bo‘lib, o‘simliklarni
infeksiyadan ximoya qilishda katta rol o‘ynaydi, ya’ni ular o‘simliklarni fitopotogen
bakteriyalardan ximoya qiladi. Lekin aynan shu bakteriyalar o‘simliklarda jarohatlangan
to‘qimalari orqali kirib, ularning chirishiga sabab bo‘ladi.
O‘simliklarning mikroblar bilan ifloslanishi o‘stirish sharoitlariga, ularning balandligi va
butunligiga bog‘liq bo‘ladi. Kulturali tuproq o‘simliklarida mikroblar, o‘rmon va gulzorlardagiga
qaraganda ko‘p bo‘ladi. Kuzda yaproqlarda bakteriyalar, bahordagidan ko‘p bo‘ladi.
O‘simliklarning yuqori qismida joylashgan yaproqlarda mikroblar kam, pastki qismidagi
yaproqlarda ko‘p bo‘lib, bunga sabab, pastki qismiga mikroblar tuproqdan yomg‘ir yog‘ganda
sachrab o‘tishi xisobiga. Ayniqsa o‘simlik mikroblar bilan ko‘p ifloslangan bo‘ladi sug‘orish
maydonlarida, axlatxonali joylarda, yoki avvaldan axlatlar to‘kilgan joylarda, mol boqiladigan
yaylovlarda. SHu erda o‘sgan o‘simliklar tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan patogen
mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin.
Kesilgan yoki yulingan o‘simliklarni darrov qayta ishlash, ishlov berilishi lozim, chunki ular
mikroblarning rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Quritilgan o‘simliklarda mikroblar
hayot faoliyati susayadi, ko‘pgina bakteriyalar nobud bo‘ladi.
Fitopotogen mikroblar qo‘zg‘atuvchi o‘simliklardagi infeksion kasallanish ya’ni bakterial
kelib chiqishiga ega bo‘lsa bakterioz deyiladi. Bakteriozlarga har xil chirishlar, bakterial dog‘lar,
kuyish, nekroz, so‘lish va boshqalar kiradi. CHirishlar quruq va nam bo‘ladi, bunda o‘simlik
xujayralarining yumshaganligi, xujayralarning parchalanishi yoki ma’lum bir qismining yoki
butun o‘simlikning nobud bo‘lishi kuzatiladi.
4.2. O‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari.
O‘simliklarning kasalligini o‘rganuvchi fan – fitopatologiya fanidair.
O‘simliklarning kasalliklari chaqiruvchi mikroorganizm katta ziyon keltiralilar, chunki
ularning ta’sirida hosildorchilik pasayadi, ildiz, barg va o‘simlik tanasini zararlab, noyob
o‘simliklarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib boradi. Dorivor o‘simliklarning bu holda uchrashi, bu
o‘simlikning dori tayyorlash uchun ishlatib bo‘lmaslikka olib boradi. Er kurrasida bakteriya va
zamburug‘lar o‘simliklarda kasallik chaqiruvchini sifatida keng tarqalgan bo‘lib, taro‘alishi
o‘simlikning o‘sish zonasiga bag‘liq bo‘ladi.
Mikroorganizmlar havo orqali tarqalib, atmosferaning turli qatlamlarida turli
mikroorganizmlar bo‘ladi, suv orqali va o‘simlik urug‘lari orqali tarqalishi mumkin.
Barcha mikroblar orqali tarqalayotgan kasalliklarni tarqalganliklariga qarab, shartli ravishda
endemik va pandemik tarqalishiga ajratish mumkin. Endemik ma’lum bir geografik zonada
tarqalish holatiga aytiladi.
O‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning turi 310 dan ortiq bo‘lib, ular
tayoqchasimon, kokklar, spiralsimon bo‘lib, grammlar kupchilik turlarini tashkil etadi.
Fitopatogen mikrorganizmlarning ko‘pchiligi flurossensiya holatini chaqiruvchi bo‘lib, turli
rangdagi (sariq, jigar rang) pigment hosil qilish xossasiga ega. Fitopatogen mikrorganizmlarning
asosiy ozuqa manbai bo‘lib o‘simlik oqsiliva uglevodlar hisoblanadi, ular kraxmalni gidroliz
32
qiladi, spirt va shakarni parchalash, sutni chiritmi, jelatinani eritishi, ammiak, indol hosil qilish
xossasiga ega. Fitopatogen bakteriyalarning yashash faoliyatlari turlicha bo‘lib, ba’zi turlari
tuproqda uzoq yashab, sovuqni, quyosh nurlarining ta’sirini va qurishga chidamli hisoblanadi.
Umuman fitopatogen bakteriyalarni bir necha avlodga taaluqli hisoblab, ularga quyidagi turlar
kiradi:
1.
Ervini-ervini
2.
Psevdomanus-psevdomanus
3.
Corinobacteria-korinobakteriya
4.
Acvobacteria-akvobakteriya
Dorivor o‘sialiklardan tayyorlangan dorilar mikroflorasi o‘ziga xos xossalarga ega bo‘lib,
quyidagi faktorlarga bog‘liq bo‘ladi:
Xom ashyoning turiga, ozuqa tarkibiga.
Dorivor mikroorganizmlar kimyoviy tarkibiga.
Dorining tayyorlanish usuliga (qaynatma temperatura, bosim, ta’sir vaqtiga).
Saqlanish usuliga.
Dorixonalarning sanitar-gigienik holatiga.
Dorivor o‘simliklarning kasalligini asosan 2 turga ajratish mumkin:
O‘simlik tomirining jarohatlanishi natijada, butun tanasiga jarohatlanishi, bunda o‘simlik
halok bo‘ladi.
O‘simlik tanasining ma’lum bir qismini chegarali jarohatlanishi (yaproq, ildiz, shoh).
O‘simlik kasalliklarini o‘ziga qaysi tarzda o‘tishi bilan bir necha xil turlarni bilishi mumkin:
Qatron (o‘mola) yoki shilimshiq oqishi bilan o‘tuvchi kasalliklar. Buni zamburug‘lar,
bakteriyalar chiqaradi, ba’zan bu holat yuqumli bo‘lmagan bakteriyalar chaqirishi mumkin. Bunga
ignabargliklar va yaproq bargiga ta’sirchan bo‘ladi.
CHirish protsess bilan boruvchi kasalliklar.
CHirish xo‘l va quruq bo‘lishi mumkin. CHirish protsessida o‘simlikning ba’zi to‘qimalari
bakteriyalar va zamburug‘lar yashash faoliyati natijasida bu protsessga uchraydi.
Unli shudring – bu o‘simlikning bargida, shohlarida ipsimon zamburug‘lar ko‘payishi
natijasida kesib chiqadi.
4,1-rasm
Xiralashishi va qurishi. Bunda barglar, shoh va butoqlar sarg‘ayadi va quriydi.
Kuydirish. Bunda o‘simliklarning guli, yangi shoh-butoqlari, bargi, mevalari bakteriya
ta’sirida qorayadi va kuyadi. Bu kasallik asosan mevali daraxtlarda ko‘p uchraydi.
Dog‘ hosil bo‘lishi. Buni asosan zamburug‘lar hosil qiladi.
SHish hosil bo‘lishi. Bular qo‘zg‘atuvchilari fitobakteriyalar bo‘lib, o‘simliklarda shish hosil
qiladi.
Bundan tashqari o‘simliklarning kasalliklari yara, deformatsiya, barglarning moxlanishi kabi
xolatlarini chiqarishi mumkin.
O‘simliklarning jaroxatlanishi, faqat kasallik bakteriyalar ta’sirida bo‘lmay, balki simbioz
natijasida mumkin. Masalan: zamburug‘lar bilan bakteriyalar simbiozda, bunday holatdagi
kasallik o‘limga olib keladi.
33
4,2-rasm
Fitopatogen mikroorganizmlarga yaqin hisoblangan zamburug‘larga mikorida hosil qiluvchi
zamburug‘lar kiradi. Ular o‘zlaridan mikoriaza ajratadilar. Buni birinchi bo‘lib 1883 y.
Kamenskiy F.F. aniqlagan. Bu turkumiga kiruvchi zamburug‘larga bazidomitsetlar, fikomitsetlar
va tugallanmagan zamburug‘larga misol bo‘la oladi.
Mikoriazani turli tuproqlarda uchratish mukin. Uning bo‘lishi turning miqdoriga bog‘liq
bo‘lib, sifatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Mikoriazalar ko‘p miqdorga yozda kamlar miqdorida bahor va
kuz oylarida kamroq bo‘ladi.
O‘simliklarning fitopatogen mikroorganizmlarga chidamlikligini qanday saqlaydi degan
savolga quyidagicha javob berish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |