INDUTSIRLASHGAN mutatsiyalarda, eksperiment sharoitda ma’lum bir fizik yoki ximiyaviy
ta’sir natijasida o‘zgargan gammalar olinadi. Genotipik yokixromosomalik mutatsiyalar
farqlanadi. Induktiv mutatsiyani chaqiruvchi ximiyaviy birikmalar yoki fizikaviy faktorlarga
MUTOGENLAR deyiladi. Ular DNK ga har xil ta’sir qilishi mumkin, ya’ni mexanizmi har xil
bo‘ladi.
GENETIK REKOMBINATSIYALAR
YUqori turuvchi organizmlar singari, mikroorganizmlar uchun ham genetik rekombinatsiya
xosdir. Ma’lumki eukariotlar uchun jinsiy ko‘payish xosdir. Prokariotlarda bu xol kuzatilmaydi.
Mikroblarda rekombinatsiya retsepient kletkaga, donor kletka xromasomasining bir qismini kirishi
natijasida to‘liq bo‘lmagan ZIGOTA-MEROZIGOTA hosil bo‘ladi. Bu rekombinat genotipi,
o‘ziga donor xromasomalarning (DNK) bir qisminigina olgan retsepient genotipidir. SHuning
uchun ham bu protsessni aniqlash bir muncha qiyindir. Genetik materialni bir mikrob hujayrasidan
ikkinchisiga o‘tishi TRANSFORMATSIYA, TRANSDUKSIYA va KONYUGATSIYA yo‘li
bilan o‘tishi mumkin.
TRANSFORMATSIYA
Bu – genetik materialni (DNK) donordan retsepientga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilishidir.
Transformatsiya xodisasi 2 ta bakteriya qatnashadi, birinchisida DNK donor, ikkinchisida DNK
retsepient bo‘ladi. Lekin hamma hujayralar ham DNK ni qabul qilavermaydi. DNK qabul qilish
xususiyatiga ega bo‘lgan hujayrani kompetnent hujayralar deyiladi. Ulardagi kompetnentlik holati
qisqa muddatli bo‘lib, hujayraning o‘sish davridagi (ko‘payish) ma’lum bir vaqtda bo‘ladi,
ko‘pincha u bakteriya ko‘payishining – fazasida bo‘ladi. YA’ni bu vaqtda hujayra devorining
o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lib DNK molekulasini kirishiga qulay sharoit bo‘ladi. Hamma
52
bakteriyalar ham kompetentlik xususiyatiga ega bo‘lavermaydi. Transformatsiya holatini
chaqirish uchun ba’zan bakteriya hujayralari ayrim moddalar ta’sirida ishlanib, hujayra devorini
o‘tkazuvchanligi oshiriladi. Transformatsiya protsessi bir necha fazada o‘tadi.
1. DNK donorni retsepietga adsorbsiyasi.
2. Donor DNK sini retsepientga hujayrasi ichiga kirishi.
3. Donor DNK sini retsepient xromasomasining o‘ziga o‘xshash qismi bilan birlashib
rekombinatsiya hosil qilishi. DNK lar qanchalik ko‘p o‘xshash bo‘lsa, rekombinatsiya
shunchalik tez va yaxshi bo‘ladi.
TRANSDUKSIYA
Genetik materialni bir akteriyadan ikkinchisiga fag orqali o‘tilishi TRANSDUKSIYA deyiladi.
Uch xil transduksiya bo‘ladi: nespetsefik, spetsefik va abort formasi.
NESPETSEFIK TRASNDUKSIYA. Bu holda fag vibrionlari hosil bo‘lish jarayonida bakteriya
donor DNK sining qandaydir bir qismi hosil bo‘layotgan fag DNK siga kirib qoladi va qisman
informatsiyani o‘tkazadi, ya’ni transduksiya qiluvchi fag bir bakteriyadan ikkinchisiga faqat
genetik materialni o‘tkazuvchi bo‘libgina qoladi va kulturani lizis qilaolmaydi, ya’ni donor DNK
si bakteriya xromasomasiga joylashadi.
SPETSIFIK TRANSDUKSIYA. Avvalgisidan farqli o‘laroq bu holda donor DNK si retsipientga
ma’lum bir genni to‘liq o‘tkazadi va DNK retsipient xromasomasi bilan mustahkam bo0lanadi.
ABORTIK TRANSDUKSIYA. Bu holda donor DNK si retsipient hujayrasiga kiradi, lekin uning
xromasomasi bilan bog‘lanmasdan erkin holda turaveradi. Hujayra bo‘linishi vaqtida bu DNK
faqat bitta yangi qiz hujayraga berilishi mumkin, natijada kelgusi avlodda yo‘q bo‘lib ketadi.
KONYUGATSIYA
Genetik materialni donor hujayrasidan retsipient hujayrasiga birikishi chatishish yo‘li bilan
o‘tishidir. Bu holda bakteriyalar birga o‘stiriladi. Donordagi genetik material F faktorga ega
bo‘ladi, (fertihy - pushtililik) buni G+kletkasi F faktorga ega bo‘lmagan bakteriyalar hujayrasi
genotipi donor bo‘laolmaydi, ularning G-hujayra deb belgilaymiz. Jinsiy faktor konyugatsiya
xususiyatiga ega bo‘lgan PLAZMIDALAR guruhiga kiradi va ma’lum massaga ega bo‘lgan DNK
xalqasidan tashkil topgan bo‘ladi. F – plazmida jinsiy kiprikchalar (F) ni sintezini nazoratqiladi,
bu kirpikchalar donor va retsipient hujayrasini birlashishida, shu bilan birga DNK dan tashqarida
bo‘lgan genetik materialni o‘tkazishda qatnashadi.
PLAZMIDALAR . plazmidlar xromasomadan tashqaridagi genetik (irsiy) elementlardir: ya’ni
DNK molekulasidagi xromasomaga bog‘liq emas: replikatsiya xususiyatiga ega replikatsiyada
qatnashadi. Plazmidalar bakteriya hujayrasi tarkibidagi doimiy elementlar tarkibiga kirmaydi.
Amma ular muhim protsesslarda qatnashishi mumkin – genetik ma’lumotlarni konyugatsiya orqali
o‘tishida antibiotiklarga sezgirligi va hokazo. Plazmidalar konyugatsiyalanuvchi va konyugsiya
bo‘lmaydigan guruhga bo‘linadi. konyugativ plazmidalarga DNKni donordan retsipientga
konyugatsiya orqali o‘tkazuvchi F SO-plazmidalar kiradi. Ikkinchi kletkadan kletkaga
konyugatsiya usuli bilan gen belgini o‘tkazish xususiyatiga ega emas. Ona hujayraning
bo‘linishida yangi qiz hujayralarda bir tekisda taqsimlanadi. R-plazmidalar bakteriyadagi
antibiotiklarga chidamlikni belgilaydi.
GEN INJENERIYASI
Patogen bakteriya va viruslarni genetikasini o‘rganish immunoprofilaktika ishiga katta ahamiyatga
ega. Ayniqsa gen (irsiy) yoki genlik injeneriya – yangi irsiy elementlar ishlab chiqishi bular orqali
maxsus ma’lumotni kletkalarga o‘tkazish, avlodga berish va h.k. gen injeneriya asosida tashkil
qilingan yangi genlik strukturasida DNKni yangi rekombinatlari yangi 2 takomponent. VEKTOR
(tashuvchi) replikatsiyadagi hamma xususiyatlarni yangi rekombinat molekulasiga o‘tkazadi.
Vektor sifatida plazmidalar, faglar, hayvonlar viruslari, xullas DNKning berk xalqasiga ega
bo‘lgan elementlar kiradi. Ikkinchi begona DNKni hosil qiluvchi DNKni klonlashtiruvchi – bu
DNK-fermenti bo‘lib, kerakli genlarni tashiydi, kerak moddalarni sintezlaydi va nazorat qiladi.
Gen injeneriya usuli bilan hozirgi vaqtda rekombinat molekalalar olingan bo‘lib, bular kerakli
moddalarni, sintez qiluvchi genlarni tashiydi.
53
YUqumli kasalliklarni oldini olish va davolash uchun vaksina va zardoblar juda ahamiyatli
hisoblanadi. Vaksinalar – organizmga yuborilganida uni kasallikdan saqlab qoladigan preparatlar.
Vaksinalar tayorlanishiga qarab 1) o‘ldirilgan mikroblardan olingan vaksinalar-mikrobga
temperatura, ximiyaviy moddalar ta’sir etirilib mikrob hujayrayrasini emirish orqali antigen
olinadi. Bularga qorin tifi, vabo, ko‘kyo‘tal kaaslliklari vaksinalari kiradi; 2) tirik, lekin
zaiflashtirilgan virulentligi pasaytirilgan tirk mikroblardan tayyorlangan vaksinalar kiradi.
Mikroblarni o‘sishi va ko‘payishi uchun nokulay sharoit, xayvonlarga qayta-qayta yuborish
natijasida olinadi. Hozirgi vaqtda Sil (BSJ), brutsellyoz, tuleremiya, gripp, poliomielit
profilaktikasi uchun ishlatiladigan vaksinalar shular jumlasidandir.
8.3 Anatoksinlar. Zardoblar
Anatoksinlar - ekzotoksinlarni zararsizlantirsh orqali olinadi. 0,1% formalin va temperatura
ta’siri orkali tayyolanadi. Difteriya, qoqshol, botulizm anatoksinlari va ilon, o‘simlik zaxarlariga
qarshi anatoksinlar ishlatiladi.
Zardoblar - tayyor maxsus immun antitelolar-immunoglobulinlardir. Davolashda va kasal
bilan kontaktda bo‘lgan odamlarga engil kasallanib o‘tishi uchun xam yuboriladi. Antitoksik
immun zardoblar sog‘lom hayvonlar, (ot, quyon. dengiz cho‘chqachasi) organizmiga mikrob
yuborish orqali olinadi.
Gamma-globulinlar qon zardobining oqsil fraksiyasi bo‘lib, yuqumli kasalliklarni
profilaktikasi va davosida ishlatiladi. YUqumli kasalliklarni oldini olishda asosiy metodlaridan
biri aktiv sun’iy immunitetni vaksina yordamida hosil qilishdir.
Vaksina (lotincha-sigir) so‘zidan olingan bo‘lib, ushbu atamani tibbiyotga olingan bo‘lib, L.
Paster XIX asrda kiritgan. Kasalliklarni mexanizmlarini tushinmasalar ham ko‘pgina xavfli
yuqumli kasalliklarga, ilon, chayon, zahariga qarshi emlashni qo‘llab kelishgan. SHunday qilib,
ma’lum qo‘zg‘atuvchiga yoki toksinga qarshi hayot davomida orttirilgan sun’iy aktiv immunitetni
keltirib chiqaruvchi preparatga vaksina deyiladi. Vaksinalar ma’lum bir talablarga javob
berishlari kerak:
1. YUqori immunogenlik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak, ya’ni mustahkam va uzoq saqlanuvchi
maxsus immunitet hosil qilishi kerak.
2. Organizmga umuman xavfsiz bo‘lishi.
3. Salbiy ta’siri bo‘lmasligi karak.
4. To‘g‘ri saqlanganda o‘zinig immunogenlik xususiyatini mustahkam saqlashi kerak.
5. Xalqaro standart talablarga javob berishi kerak.
Vaksinalar maxsus tanlab olingan mikroorganizmlarni shtammlaridan tayyorlanadi,
bunday shtammlardan avirulentligi va yuqori darajada immunogenligi bilan farq qiladi. Bunday
shtammlar maxsus oziq muhitlarda qulay sharoitda bir necha marotaba qayta ekilib o‘stiriladi va
doimo nazorat qilib turiladi. Masalan, bakteriyalar selektiv oziq muxitlarida o‘stirilsa, rikketsiya
va viruslar tovuq embrionida va hujayra kulturasida ko‘paytiriladi. Ko‘pgina vaksinalar maxsus
apparat yordamida liofil usul bilan quritiladi, bunday quritilgan vaksinalarni asosiy biologik
xususiyatlari tiklanib qolgan holda uzoq muddatgacha xona haroratida saqlash mumkin.
Vaksinalar tarkibi va tayyorlanish texnologiyasi bo‘yicha bo‘linadi.
1. Tirik vaksinalar-mikroorganizmlarni avirulent shtammlaridan tayyorlanadi.
2. O‘ldirilgan vaksinalar yoki korpuskulyar vaksinalar.
3. Kimyoviy vaksinalar.
4. Anatoksinlar.
5. Sun’iy vaksinalar.
6. Gen injeneriyasi bilan tayyorlangan vaksinalar.
7. Autovaksinalar.
Bu vaksinalarni virulentligi kamaytirilgan yoki to‘liq yo‘qotilgan bakteriyalar va
viruslardan tayyorlanadi. Tirik vaksinalar tarkibidagi tirik mikroorganizmlar emlangandan keyin
organizmda ko‘payadi, simptomsiz (latent) infeksiya keltirib chikaradi. Bularga qarshi hosil
bo‘lgan sun’iy aktiv immunitet tabiiy aktiv immunitetdan farq qilmaydi. Bular mustahkam,
davomiy ya’ni uzoq davom etadi, ba’zida umrboqiy immunitetni keltirib chiqaradi.
Poliomilit, qizamiq, sariq lixaradka, tulyaremiya, brutsellyoz, epidemik parotit, sil va
boshqa kasalliklarda qo‘llanadi. Ingliz vrachi E.Djenner 1796 yilda birinchi bo‘lib tirik vaksinani
54
kashf etdi va uni odamlarni chin chechak qo‘zgatuvchisidan himoya qilish uchun foydalandi.
Emlash uchun sut sog‘uvchi ayollarni qo‘lidagi pufakchalar ichidagi yiringdan oldi. Sigirlar
chechagi virusi odam chin chechak virusi bilan bir xil antigenlarga ega bo‘lgan, lekin sigir
chechagi virusini virulentligi past. Tirik vaksinalarni olishda yana boshqa usullar ko‘llaniladi,
ya’ni patogen bakteriya va viruslarni nokulay sharotlarda o‘stirishdir. Noqulay sharoitlarga
tushgan mikroorganizmlarda spontan mutatsiyalar boshlanadi. Populyasiyadagi mutantlar ichidan
avirulent turlari ajratib olinib alohida ko‘paytiriladi, lekin bu shtammlarni antigenlik va
immunogenlik xossalari saqanib qolishi kerak. SHu usul bilan L.Paster qutirishga, Kal’met va
Geren silga, Smorodinsev va CHumakovlar poliomielitga qarshi tirik vaksinalar tayyorlagan.
1. Ular organizmni sensibilizatsiyasini oshirib yuboradi.
2. Katta to‘plamdagi antigen tutuadi.
3. Organizmni immun sistemasiga katta nagruzka chaqiradi.
4. Ba’zi bir viruslarni tirik vaksinali shtammlari og‘ir persistent infeksiyalarni keltirib
chiqarishga sabab bo‘ladi, bunda xujayrani genetik apparatini shikastlaydi.
5. Vaksinani qisqa vaqt saqlanishi.
6. Immun tankislik kasalliklari bilan kasallangan odamlarda har xil asoratlar berish
mumkin.
YUqori immunogenlik, past virulentlik xususiyatiga ega bo‘lgan shtammlar tanlab olinib
fizik va ximik omillar yordamida o‘ldirilib vaksina olinadi. Agar suspenziya yuqori xarorat
ta’sirida olinsa, uni «qizdirilgan vaksina», spirt ta’sirida «spirtli», fenol ta’sirida «fenolli vaksina»
deyiladi.
1. bir necha antigenlardan foydalaniladi.
2. xafsizligi.
3. tez tayyorlash mumkinligi.
4. uzoq vaqt saqlanishi mumkinligi.
1. Mikroorganizmlarning to‘liq o‘lganligini nazorat qilish.
2. Immun sistemaga katta nagruzka.
3. Organizm sensibilizatsiyasini oshiradi.
4. Tarkibidagi lipidlar va boshqa ximiyaviy qo‘shilmalar hisobiga toksigenlik xususiyatiga ega
bo‘lishi.
5. Immuniteti past organizmda har xil asoratlar berishi.
Ximiyaviy usullar yordamida bakteriya xujayrasidan yuqori darajadagi immunogenlik
xususiyatiga ega bo‘lgan antigenlarni ajratib olib tayyorlanadi. Patogen mikroorganizmlarni
protektiv va virulent antigenlardan foydalaniladi. Masalan: qorin tifi Vi va O antigenlaridan va
qoqkshol anatoksini adsorbsiya qilingan vaksina. Bunda bakteriya antigenlari va qoqshol
anatoksini alyumin gidrooksidiga adsorbsiya qilinadi. Kimyoviy vaksinalarni immunogenlik
xususiyatini oshirish uchun ad’yuvant, ya’ni yordam beruvchi moddalar qo‘shiladi. Masalan:
alyumin gidrooksidi, alyumin fosfat iva boshqalar.
1. Uzoq muddat saqlanadi.
2. Organizmni sensibilizatsiya qilish xususiyatiga ega.
3. Asoratlari qolmaydi.
4. Bir necha antigenlarni birlashtirib assotsiatsiya qilingan vaksina tayyorlash mumkin. Toshmali
tifda, vaboda, qorin tifida, grippda qo‘llaniladi.
Anatoksinlar.
Kasallik patogenezida ekzotoksinlar asosiy rol o‘ynaydigan mikroblar ko‘paytiriladi va
ularni ekzotoksinlari sof holda ajratib olinadi. Ushbu ekzotoksinlarga 0,3-0,5 % li formalin
qo‘shib 38-40
o
S da 30 kun davomida termastatada saqlanadi. Buni natijasida toksin o‘zini
zaxarlik xususiyatini yo‘qotadi, ammo antigenlik va immunogenlik xossalari saqlanib qoladi.
Anatoksinlarni 1923 yilda fransuz olimi Roman ximiyaviy yo‘l bilan formalin ta’sirida oladi.
Anatoksinlar oziq muhit tarkibidagi oqsillardan tozalanadi. Anatoksinlar bilan emlanganda
patogen mikroorganizmlarga qarshi emas, balki toksinlarga qarshi immunitet xhosil bo‘ladi. Hosil
55
bo‘lgan antitelalar ekzotoksinlarni neytrallaydi. Stafilokokklarga, difteriya, qokshol, botulizm kabi
kasalliklarga qarshi qo‘llaniladi.
8.4.vaksinalar tayyorlash va talabalar.
Autovaksinalar.
Bular kasal organizmdan ajratib olingan mikroorganizmlardan tayyorlanadi, faqat shu bemor
uchun davolash maqsadida ishlatiladi. Autovaksinalar ko‘pincha surunkali kasalliklardan
davolashda foydalaniladi, masalan: surunkali stafilokokkli infeksiyalarni davolashda.
Vaksinalar monovaksina, divaksina, chin chechak, sil, qutirish, bo‘g‘ma-qoqshol
anatoksini polivaksina ko‘rinishida bo‘ladi. AKDS vaksinalar organizmga:
1. Teri ostiga-(qorin tifi).
2. Og‘iz orqali-(poliomielit).
3. YUqori nafas yo‘llari orqali (gripp).
4. Teri ustiga (Perke).
5. Muskul orasiga.
6. Aerazol yuboriladi.
Emlash bir marta, ba’zi kasalliklarda bir necha marta qayta yuborilishi mumkin - buni
revaksinatsiya deyiladi. Vaksinalar odam organizmida sun’iy aktiv immunitetni doimiy qoldirsa,
bazilari qisqa muddatga qoldirishi mumkin. Emlash quyidagi xolatlarda mumkin emas.
1. Tana xarorati yuqori bo‘lgan bemorlarda.
2. YAqin orada yuqumli kasallik bilan kasallangan bo‘lsa.
3. Og‘ir kechadigan surunkali infeksiyada.
4. YUrak xastaligida.
5. Xomiladorlik vaqtida.
6. Boshqa a’zolar xastaligida.
7. Immun tanqislik xolatlarida.
1974 –yilda Butun dunyo Sog‘liqni Saqlash tashkiloti rezolyusiya qabul qiladi, bunda
immunizatsiyani keng qo‘llash dasturini ishlab chiqdi. SHuni aniqlashdiki, agarda emlashni
qo‘llanilmasa har yili 5 mingdan ortiq bola nobud bo‘lar ekan. 1990 yildan immunizatsiyaning
kengaytirilgan dasturi asosida 1 yoshgacha bolalar albatta quyidagi kasalliklarga qarshi emlanishi
kerak: sil, qizamiq, ko‘kyo‘tal, qoqshol, poliomielit, difteriya.
Immunoterapiya.
Immunoterapiya immun zardoblar va vaksinalar yordamida infeksion kasalliklarni maxsus
davolash usulidan biri hisoblanadi.
Seroterapiya-immun zardoblar yoki immunogobulin preparatlar bilan infeksion
kasalliklar davolash usullariga aytiladi. Bu preparatlar maxsus antitela tutib, bu antitela ma’lum
bir qo‘zgatuvchiga va toksinlaga qaratilgan bo‘ladi. Seroterapiya asosan kuchli ekzotoksin ishlab
chiqargan qo‘zgatuvchilar uchun effektiv xisoblanadi. Masalan, difteriya, qoqshol, botulizm, gazli
gangrena. O‘z vaqtida yuborilgan antitela toksinni neytrallaydi va uni ta’sirini to‘xtatadi.
Vaksinaterapiya.
Vaksinalar faqat profilaktika maqsadida emas, balki davolash maqsadida xam qo‘llaniladi.
Masalan, anatoksinlar, mikrob toksinlaridan vaksinalar qo‘llaniladi.
1. Surunkali kasalliklarda.
2. Retsediv beruvchi infeksiyalarda.
3. Tabbiy immunitetni juda sekinlik bilan hosil qiluvchi qo‘zg‘atuvchilarga.
4. Mustahkam immunitet keltirib chiqarmaydigan infeksiyalarga qo‘llaniladi.
Vaksinoterapiyada standart davolovchi vaksinalar yoki kasaldan ajratib olingan mikrob
shtammiga tayyorlangan vaksina (autovaksina) qo‘llaniladi.
Desensibilizatsiya.
esensibilizatsiyaning 2 tipi tafovut qilinadi.
1. Antigenni qayta yuborish natijasida vaqtinchalik kasallik keltirib chiqarish xususiyati
pasaytiriladi.
56
2. Gipersensibilizatsiya-bu yuqori sezuvchanlikni davolash usuli bo‘lib, allergenlarni ko‘p
marotaba oshirib boruvchi dozalarda yuborilganda antitela sintezini stimulyasiyasi oshadi. Bu
asosan Ig G va IgM sinfiga talluqli bo‘lib Ig E sintezini to‘sib qo‘yadi, chunki bu
immunoglobulin allergiyani keltirib chiqaradi
7
.
Immunoprofilaktika.
Immunoprofilaktika-bu yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish bo‘lib, buni asosan
immunizatsiya yo‘li bilan su’niy maxsus immunitetni hosil qiladi.
Organizmda hosil bo‘ladigan sun’iy immunitet 2-xil bo‘ladi.
1. Aktiv sun’iy immunitet-mikrob antigeni, ya’ni vaksinadan keyin hosil bo‘ladi.
2. Passiv suniy immunitet-organizmga maxsus antitela tutuvchi preparatlar yuborish Bilan
(immun zardoblar, gamma globulinolar) sun’iy passiv immunitet hisoblanadi.
Immunoglobulin preparatlari kasal bo‘lib tuzalagandan keyin ,yoki maxsus immunizatsiya
qilingan odam va hayvon qon zardobidan olinadi.
Immun zardoblar.
Immunoglobulin zardob profilaktika, davolashda va diagnostikada ishlatiladi.
1. Davolash uchun-zaxmda.
2. Diagnostikada-patogen mikroorganizmlarni identifikatsiyasida.
Zardob bo‘linadi;
1. Toksinga qarshi.
2. Mikrobga qarshi.
Bu zardoblar immunoglobulin ko‘rinishida bo‘ladi. Odam qonidan tayyorlanagan Ig
qizamiqqa, poliomielitga, ko‘kyo‘talga, virusli gepatitga, chin-chechak, suv chechak kasalliklariga
profilaktika maqsadida ishlatiladi. Bularga –albumin, protein kabilar ishlatiladi. Bular surunkali
yiringli kasalliklarda ishlatiladi.
Immun zardobni, ya’ni tarkibida maxsus antitelalar bor zardobni otlarga va boshqa
hayvonlarga antigenni ko‘p marta yuborib immunizatsiya qilinadi. Otdan olingan zardob
oqsilining tarkibi odam zardobidagi oqsillarga yakin, shu sababli odamlarga yuborilganda allergik
reaksiyalar kam beradi. Dastlab hayvonlarga antigenning kam dozasi teri ostiga yuboriladi, keyin
asta-sekin dozasi oshirib boriladi. Bezredka usuli.
Davolash va profilaktika uchun ishlatiladigan immun zardoblar tozalangan, konsentratsiya
qilingan holda chiqariladi. Ularni sulfat ammoniy bilan fraksiyalarga ajratib, ultratsentrafuga
yordamida elektroforez bilan globulinlarni bo‘ktirilgan va keraksiz oqsillardan tozalanadi. Bunday
zardoblar sifatli bo‘lib, davolash hamda profilaktika xususiyatlari yaxshi, tarkibida keraksiz
okqsillar kam, shu sababli ular organizmga zaxarali va allergik ta’sir etmaydi.
Nazorat savollari
1. Bakteriyalarning genetikasi, uni o‘rganishni fanni o‘rganishdagi ahamiyati.
2. Mikroorganizmlarning o‘zgaruvchanligi. O‘zgaruvchanlik tushunchasi.
3. Bakteriyalardagi o‘zgaruvchanlikni yuqumli kasalliklarni profilaktikasini ishlab chiqarishdagi
ahamiyati.
4. Bakteriyalardagi irsiy almashinuvi.
5. Genetik rekombinatsiya.
Plazmidalar, ularning xossalari. Gen injeneriyasi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,.
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
7
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
57
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina»
1980.
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po
mikrobiologii. M., 1981.
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo
«Meditsina». 1984.
7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.
9. Mavzu:Patogen gram manfiy (meningokok va gonokoklar) va gram musbat
kokklar.(stafilokokklar, streptokokklar).
Reja
1. Patogen kokklarning taksonomik o‘rni.
2. Grammmusbat va grammanfiy bakteriyalarning umumiy xarakteristikasi.
3. Grammmusbat va grammanfiy bakteriyalarning o‘stirilishi, toksigenligi.
4. Ularni keltirib chiqaradigan kasalliklari.
5. Grammmusbat, grammanfiy bakteriyalarning laboratoriya diagnostikasi va profilaktikasi .
Tayanch iboralar: Micrococaceae, Lactobacillceae, gonokokk, meningokokk,
pnevmokokklar
9.1 Patogen kokklarning taksonomik o‘rni.
Patogen kokklarning guruhiga ko‘pgina yuqumli kasalliklarni chaqiruvchi va Shizomycetes
sinfiga kiruvchi mikroorganizmlar kiradi. Patogen kokklarga streptokokklar, stafilokokklar,
pnevmokokklar, meningokokklar, gonokokklar kiradi. Odam organizmida kokklar har xil simbioz
holatda bo‘ladi. Terida, shilliq qavatlarda, nafas yo‘llarida streptokokk va stafilokokklarning
saprofit va shartli patogen turlari, burun-xalqumda meningokokklar, ichakda enterokokklar (axlat
streptokokklari) uchraydi. Organizmning qarshilik kuchi pasayganda, teri yoki shilliq qavat
butunligi pasayganda, ular organizm to‘qimalariga kirib kasallik chaqiradi. Patogen kokklarning
organotropik xususiyati hammasida ham bir xil emas. Bu xususiyat gonokokk, meningokokk,
pnevmokokklarda kuchliroq, stafilokokk va streptokokklarda bu kuchsizroq namoyon bo‘ladi.
Kokklar Enteriobacterialis tartibiga, Micrococaceae, Lactobacillceae va Neisseria oilalariga
mansubdir. Kokklar turli xususiyatlarga ega bo‘lib, bir-birlaridan to‘qimalarining joylashishi,
gram usulida bo‘yalishi, nafas olishi bioximik aktivligi va patogenlik xususiyatlari bilan farq
qiladi.
Grammusbat kokklar. STAFILOKOKKLAR.
Turli klinik formadagi stafilokokklik infeksiyani chaqiruvchi kokklarga Misrococeceae
sinfiga Staphylococcus oilasiga kiruvchi Staphylococcus aureus va Staph. epidermidis kiradi.
Stafilokokklarni birinchi bo‘lib 1878 yilda R. Kox topgan, L. Paster 1880 yilda yiringdan ajratib
olgan. 1884 yilda F. Rozenbax ularni batafsil o‘rgangan.
MORFOLOGIYASI: Stafilokokklar sharsimon shaklga ega bo‘lib, diametri 0,8-1.0 mkm.
Bittadan yoki uzum shingili shaklida joylashgan bo‘ladi. Yiringdan tayyorlangan surtmalarda
qisqa zanjir yoki juft holda joylashgan bo‘lib ko‘rinadi. Turli fizik, ximik va biologik omillar
ta’sirida stafilokokklar o‘z shakllarini o‘zgartirib, yirik sharsimon yoki juda mayda hattoki filtrdan
ham o‘tib ketadigan kichik shakllarda ham bo‘lishi mumkin. Xarakatsiz, spora va kapsula hosil
qilmaydi.
O‘STIRILISHI: Nafas olishiga ko‘ra fakultativ anaerob. Oddiy oziq muhitlarida o‘sadi,
muhit rN 7,2-7,4, t
– 37
o
C , o‘sish diapazoni 10-45
o
S. Uy temperaturasida, kislorod va yorug‘lik
etarli bo‘lganda stafilokokklar tillarang, oq, limon rang yoki boshqa pigmentlarni hosil qiladi.
Pigmentlar suvda erimaydi. Ular spirt, benzin, atseton, xloroform va lyugolda eriydi.
58
GPA (go‘sht peptonli agar)da qavariq, chetlari tekis, diametri 1-4 mm li koloniya hosil qilib
o‘sadi. Koloniyaning rangi mikrob ishlab chiqargan pigmentga bog‘liq bo‘ladi. Stafilokokklar S
koloniyalardan tashqari R, J, L koloniyalar ham hosil qilib o‘sishi mumkin.
GPB (go‘sht peptonli bulon)da bir tekisda loyqa hosil qilib, so‘ngra cho‘kmaga tushib
o‘sadi.
Jelatinaga ekilganda, 1-2 sutkadan so‘ng ekilish yo‘nalishi bo‘yicha jelatinani suyultiradi.
Qonli agarda gemoliz zonasini hosil qiladi.
FERMENTATIV XOSSASI: Proteolitik va saxarolitik fermentlarni hosil qiladi. Indol hosil
qilmaydi, jelatinani suyultirmaydi, sutni ivitmaydi. Nitratlarni nitritlarga qaytaradi, ureaza,
katalaza, fosfataza, ammiak, H
2
S hosil qiladi. Glyukoza, levuloza, maltoza, laktoza, saxaroza,
mannit, glitserinlarni kislota hosil qilib parchalaydi. Argininni parchalaydigan arginaza fermentini
ham hosil qiladi.
TOKSIN HOSIL QILISHI: Ekzotoksin hosil qiladi. Toksin letal (o‘lim), gemolitik va
nekrotik ta’sir qilish xususiyatiga ega. Stafilokokklarning bulondagi kulturalarida enterotoksin
mavjud bo‘lib, ular oshqozon ichak traktiga tushganda ovqatdan zaharlanish holatini keltirib
chiqarishi mumkin. Patogen stafilokokklar leykotsitlarni parchalovchi leykotsidni hosil qiladi.
Leykotsidin suyak ko‘migi leykoblastlarni va nerv hujayralarini ham halok qilishi mumkin va
yana qon zardobini ivitadi. Uning bu xususiyatidan stafilokokklarni differensiyasiya qilishda
foydalaniladi. Qondagi fibrinlarni eritib yuboruvchi fibrinolizin hosil qiladi. Gialuronidaza
fermentini esa biriktiruvchi to‘qimalar tarkibiga kiruvchi gialuron kislotasini parchalaydi.
Stafilokokklar hosil qiladigan koagulaza, fibrinolizin, letsitinaza, gialuronidaza,
dezoksiribonukleaza, proteinaza va fosfotazalar agressiv xususiyatli fermentlar guruhiga kiradi.
Jumladan, letsitinaza odam, quyon, qo‘y eritrotsitlarining tarkibiga kiruvchi letsitinni parchalaydi.
Stafilokokk kulturasida bo‘ladigan antikoagulyant qonning ivishiga qarshilik qiladi,
gemaglyutinin esa quyon eritrotsitlarini bir-biriga yopishtirib qo‘yadi. Virulent stafilokokklar
leykotsitlarning fagotsitar aktivligini yo‘qotadi. Stafilokokklar hosil qilgan barcha mahsulotlar
(toksin, ferment va b.) termostabil bo‘lib, 80-90
o
S gacha qizdirishga chidaydi. Patogen
stafilokokklarda bir necha hil toksinlar qayd qilinadi – b (alfa), v (betta)-gemolizinlar, shuningdek
g (gamma), delta-gemolizinlar.
Stafilokokk toksinlarini 0,3-0,5 % formalin eritmasida, 37
o
S da 7-28 kun saqlansa u
anatoksinga aylanadi va parenteral yo‘l bilan organizmga yuborilsa, spetsifik antitoksin hosil
bo‘ladi.
ANTIGEN TUZILISHI: Stafilokokk kulturasini kislotali va ishqoriy muhitda ushlab, so‘ng
undagi oqsilni TXUK (trixloruksusnaya kislota) yordamida ajratib tashlash yo‘li bilan polisaxarid
A va V larni ajratib olish mumkin. Bunda A polisaxaridi patogen, V esa nepatogen
stafilokokklardan olinadi. Ular kimyoviy tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi.
Antigenlarni agglyutinatsiya, pretsipitatsiya, gemmagglyutinatsiya reaksiyalari yordamida
aniqlanadi.
HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI. Patogen stafilokokklarga otlar, yirik shaxli
qoramol, mayda shoxli mollar, cho‘chqalar, laboratoriya hayvonlaridan esa oq sichqonlar,
quyonlar, mushukchalar sezgir bo‘ladi.
PATOGENEZI VA ODAMLARDA KASAL CHAQIRISHI: Organizmga stafilokokklar
havo-chang va havo-tomchi holida kiradi. Organizmda limfatik to‘qimalardan o‘tib septitsemiya
holatini chaqiradi. Kasallikning patogenezida bakteriyaning toksini ham, o‘zi ham ahamiyatga
molikdir. SHuning uchun ham stafilokokklik kasalliklarni toksikoinfeksiya deb qarash mumkin.
Kasallikning kelib chiqishi organizmda immun sistemaning holatiga ham bog‘liq. Patogen
stafilokokklar teri va teri osti to‘qimasining jaroxati bilan kechadigan ko‘pgina kasalliklarni
chaqiradi. Bularga piodermiya, gidroadenit, absess, panaritsiy, bleforit, furunkul, karbunkul,
periostit, osteomielit, dermatit, ekzema, pnevmoniya, piodermiya, peritonit, meningit va boshqalar
kiradi. Ayniqsa bolalarda uchraydigan stafilokokkli sepsis va pnevmoniya og‘ir kasallik bo‘lib
hisoblanadi. Patogen stafilokokklar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini (sut, tvorog, sqr,
tortlar, pirojniylar, muzqaymoq va b.) isteemol qilinganida ovqatdan zaharlanish, ya’ni kuchli
intoksikatsiya holatini kuzatish mumkin. SHuni aytib o‘tish kerakki, stafilokokklar antibiotiklarga
juda tez chidamlik bo‘lib qoladilar.
59
IMMUNITETI: Odam organizmi stafilokokklarga birmuncha chidamlidir. Kasallikdan so‘ng
qonda antitoksinlar, pretsipitinlar, opsoninlar, agglyutininlar topiladi. Alfa antitoksinning bo‘lishi
esa immunitet darajasini belgilaydi.
LOBORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Stafilokokklar avlodini asosan 3 ta turi ko‘proq
uchraydi: St. Aureus, St. Piodermitis, St. Saprophiticus.
Qo‘zg‘atuvchilarning fagodiagnostikasi spetsifik faglar yordamida olib boriladi. Tekshirish
uchun quyidagi materiallar olinadi: yiring, qon, shilliq qavatlaridan ajratilgan shilimshiq, balg‘am,
siydik, qusuq m
oddasi, oshqozon chayindisi, axlat va ovqat mahsulotlari (sыr, tvorog, sut,
pirojniy, tort, krem va b.).
Yiring qonli agar va kristall violet qo‘shilgan GPA ga va qonli bulonga ekiladi. Ajratilgan
sof kulturaning morfologik, kultural va bioximik xossalari, gemolitik aktivligi,
plazmokoogulyasiya va gialuronidaza xususiyatlari tekshiriladi. Quyonlarda esa virulentligi
aniqlanadi. Buning uchun quyon terisi ostiga 4 mln. Miqdorda stafilokokk yuboriladi. Ovqatdan
zaxarlanish hollarida ajratilgan kulturalarning enterotoksini tekshiriladi. Buning uchun etilgan
quyonlarning venasiga stafilokokk kulturasi yuboriladi.
DAVOSI: Kompleks holda olib boriladi. Maxsus davosida antiistafilokokk
immunoglobulini, antistafilakok plazmasi va anatoksin yuboriladi. Umumiy profilaktikada –
roddomlarda, xirurgiya va bolalar bo‘limlarida.
PROFILAKTIKASI: Umumsanitariya qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi. Oziq-ovqat
sanoatida, jumladan konserva ishlab chiqarish sanoatida texnologik jarayonga ahamiyat berish,
ovqat mahsulotlarini issiq xonalarda uzoq saqlamaslik, bakteriya tashuvchilarni aniqlash,
kassalxonalarda dezinfeksiya ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish, xodimlarni tashuvchilikka tekshirib
turish ham muhim ahamiyatga ega. Maxsus profilaktikasida chaqaloqlarni himoya qilish uchun
onalarni homiladorlik paytida stafilokokk anatoksini bilan emlash tavsiya qilinadi. Ona sutini ham
stafilokokklarga tekshirish ishlari amalga oshiriladi.
STREPTOKOKKLAR
Streptokokklar
Streptococcus
fvlodiga
Streptococcaceae
oilasiga kiradi. Berdji
klassifikatsiyasi bo‘yicha Streptokokklar avlodi 2 ta turni o‘z ichiga oladi. Odamlarda uchraydigan
patologik protsesslarda ko‘proq St. riogenes uchraydi. Streptokokklar U.T.Bilrot tomonidan 1874
yilda roja kasallaridan va yaralardan, L.Paster va boshqalar tomonidan sepsis kasalligida topilgan
va yiringli protsesslarni o‘rganishda Ognston tomonidan 1881 yilda batafsil ifodalangan.
Streptokokk-larning sof kulturasi 1883 yilda F.Fleyzen tomonidan roja kasalliklaridan va 1884
yilda F.Rozenbax tomonidan yiringdan ajratib olingan.
MORFOLOGIYASI: Streptokokklar sharsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, 0.6-1.0 mkm hajmga
ega, surtmada zanjirsimon joylashadi, xarakatsiz, spora hosil qilmaydi, ayrim turlari
makrokapsulaga ega, gramm
(+)
.
O‘STIRILISHI: Aerob, fakultativ anaerob. Optimal o‘sish temperaturasi 37
o
S, o‘sish
diapozoni 20-40
o
S, enterokokklar uchun 10-45
o
S. Qandlik, qonlik, zarbodlik va assit suyuqligi
qo‘shilgan muhitlarda yaxshi o‘sadi. Muhit sharoiti 7,2-7,4 ga teng bo‘lishi kerak. Qattiq
muhitlarda mayda, tiniq bo‘lmagan, biroz kulrangroq yoki oq-kulrang, donador koloniyalar hosil
qiladi. Qonlik agarda, streptokokklar turlariga qarab quyidagi koloniyalarni hosil qiladi:
Atrofida gemoliz zonasi hosil bo‘lgan koloniyalar. Bunday koloniyalarni asosan betta gemolitik
streptokokklar hosil qiladi.
Gemoglobinni metgemoglabinga aylanishi natijasida atrofida diametri 1-2 mm keladigan yashil
rang zona hosil qilib o‘sadigan koloniyalar.
Eritrotsitlarni o‘zgartirmagani uchun rangsiz holdagi koloniyalar. Bunday koloniyalarni gemolitik
bo‘lmagan streptokokklar hosil qiladi.
Streptokokklar qandlik bulonlarda probirka devoriga yopishgan holda yoki probirka tagida
mayda donador cho‘kma holida o‘sadi. Ayrim hollarda bulonni loyqalantirib o‘sadi.
FERMENTATIV XOSSALARI: Streptokokklar jelatinani suyultir-maydi, nitratlarni
nitritlarga qaytarmaydi. Sutni ivitadi, fibrinni eritadi, glyukoza, maltoza, laktoza, saxaroza, mannit
(ayrim hollarda), salitsinni kislota hosil qilib parchalaydi.
TOKSIN HOSIL QILISHI: Patogen streptokokklar har xil ta’sir qiluvchi ekzotoksin
ajratadi:
60
Gemolizin
Leykotsidin
Nekrotoksin
Letal (o‘ldiruvchi) toksin
Eritrogen toksin
Bundan tashqari streptokokklar patogenlik fermentlarini ham hosil qiladi, bularga:
gialuronidaza, streptokinaza, fibrinolizin, proteinaza, amilaza, lipaza va boshqalar kiradi. YAna
spetsifik bo‘lgan termostabil endotoksin ham hosil qiladi.
ANTIGEN STRUKTURASI: Bir necha xil antigenlarga ega va antigenlari bo‘yicha
quyidagi serogruppalarga bo‘linadi: A, V, S, D, E va boshqalar. Antigenlar hujayra devori
tarkibidagi polisaxarid komponentidan iborat bo‘lib, guruh spetsifikligiga ega. A seroguruhiga
kiruvchi ayrim streptokokklarda qarama-qarshi (perekrest) ta’sir qiluvchi antigenlar mavjud.
KLASSIFIKATSIYASI: Streptokokklar qonli agarga bo‘lgan munosabatiga qarab quyidagi
guruhlarga bo‘linadi:
“Beta”-gemolitik streptokokklar-koloniyasi atrofida gemoliz zonasini hosil qilib o‘sadi (yuqoriga
qarang).
“Alfa”-gemolitik streptokokklar-koloniya atrofida kuchliroq yashil zona hosil qilib o‘sadi.
Gemolitik bo‘lmagan streptokokklar.
EKOLOGIYASI VA TARQALGANLIGI: Streptokokklar tabiatda nihoyatda keng
tarqalgan. Ekologik belgilariga ko‘ra streptokokklar quyidagicha bo‘linadilar:
Faqat odamlarda kasallik chaqiruvchi patogen streptokokklar – Str. pyogenes.
Odamlar va hayvonlar uchun patogen va shartli patogen bo‘lgan streptokokklar – Str. agalacticae,
Str. faecalis va boshqalar.
Odamlar uchun shartli patogen bo‘lgan streptokokklar – Str. salivarisus. Str. mitis va boshqalar.
Hayvonlar uchun shartli patogen bo‘lgan streptokokklar.
Saprofit streptokokklar – Str. lactis va boshqalar.
CHIDAMLILIGI: Past temperaturada uzoq vaqt saqlana oladi, quritishga chidamli, yiringda,
balg‘amda oylab saqlana oladi. 70
o
S gacha 1 soatda halok bo‘ladi. Fenolning 3-5% li eritmasida
15 daqiqada halok bo‘ladi.
HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Patogen streptokokklarga yirik va mayda shoxli
hayvonlar, ot, cho‘chqa, it, mushuk va boshqalar sezgir bo‘ladilar.
KASALLIKNING PATOGENEZI: Streptokokklar chaqirgan kasalliklarning patogenezida
bir vaqtning o‘zida bakteriyaning o‘zining ham va uning toksinining ham ahamiyati bor.
Kasallikning rivojlanishida mikroorganizmlarning holati va sezgirligi alohida o‘rin tutadi. Kasallik
ekzogen va endogen yo‘llar bilan chaqirilishi mumkin. Ekzogen holda streptokokklar asosan
havo-tomchi orqali va teri hamda shilliq qavatlarning butunligi buzilganda organizmga tushadi.
Dostları ilə paylaş: |