O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/39
tarix19.02.2020
ölçüsü3,12 Mb.
#30485
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
mikrobiologiya fanidan oquv uslubiy majmua


 
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. 
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina”    nashriyoti. 1979. 
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003. 
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 
1980. 
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po 
mikrobiologii. M., 1981. 
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983. 
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo 
«Meditsina». 1984. 
7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987. 
 
11. mavzu:Xavo - tomchi   orqali yuquvchi infeksiya.    (Korinebakterii, , mikobakterii) 
Reja: 
 
1.  Patogen korinobakteriyaning toksinomik o‘rni. 
2.  Patogen mikobakteriyalar ekologiyasi va umumiy xarakteristikasi. 
3.  Difteriya va sil kasallik qo‘zg‘atuvchilari, biologik xususiyatlari. 
4.  Qo‘zg‘atuvchilarning yuqish yo‘llari. 
5.  Kasalliklarini laboratori diagnostikasi va profilaktikasi. 
6.  Sil qo‘zg‘atuvchilari, ularning biologik xususiyatlari va yuqish yo‘llari. 
                                                            
9
 
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
 
 

67 
 
7.  Sil kasalliklarining mikrobilogik diagnostikasi va tuberkulin-ning xarakteristikasi. 
8.  Sil kasalliklarining maxsus davosi va profilaktikasi. 
Tayanch iboralar:   Difteriya. Gravis. Mitis. Sil-Nilsen usuli. 
 
         Corynebacterium urug‘i gram musbat tayoqchasimon bakteriyalardan tashkil topgan bo‘lib, 
ular spora hosil qilmaydi, xarakatsiz. Tayoqchasining chetida metoxromatik kriptalar joylashgan. 
(Babej-Ernst yoki valyutin donachalari). Korinobakteriyalar sitoplazmasida valyutindan tashqari 
lipid va kraxmal kiritmalari ham bor. 
         Korinobakteriyalar urug‘ining 20 ga yaqin patogen, shartli-patogen, nopatogen turlari 
mavjud. 
         Difteriya qo‘zg‘atuvchisi –  Corynebacterium diphtheriae ni 1883-84  yillarda Klebs va 
Leffler kashf etgan. E.Ru va A. Iersen esa bakteriya ekzotoksinini  ajratib olishga muvaffaq 
bo‘lganlar. Fransuz olimi G.Ramon ekzotoksin kuchini formalin ta’sirida kamaytirib, 
kuchsizlantirilgan toksin, ya’ni anatoksin olishga muvaffaq bo‘ldi va uni kasallikning oldini olish 
uchun amaliyotga tatbiq qildi (1923 y.). 
         Cor. diphtheriae coryna lotincha so‘z bo‘lib, to‘g‘nog‘ichsimon, diphteniae esa parda, qobiq 
degan ma’noni anglatadi.  
         Cor. Diphtheriae –  to‘g‘ri yoki bir oz  bukilgan gram musbat tayoqcha bo‘lib, uzunligi 1-8 
mkm, eni 0,3-0,8 mkm. Bu bakteriyalarning xarakterili belgisi polimorfizm (tipik tayoqchalaridan 
tashqari uzun, kalta, tarmoqlanadigan, noksimon formalarining bo‘lishi), metaxromatik granula 
(valyutin donalari birmuncha to‘qroq bo‘yalganligi uchun tanasining bir tekis bo‘yalmasligi) va 
tayoqchalarning surtmada kerilgan panja barmoqlari, to‘qmoq to‘dalari ko‘rinishida bir-biriga 
nisbatan  burchak ostida joylashuvidir. Gram  musbat. Neysser usuli bo‘yicha bo‘yalganida 
valyutin donalari yaxshi ko‘rinadi: bakteriyalar tanasi sariq rangga, valyutin donalari esa to‘q ko‘k 
rangga bo‘yaladi. 
         Difteriya bakteriyasi aerob yoki fakultativ anaerob nafas oladi, ular 37

S (chegarasi 15-
40
o
S) haroratda, rN 7,2-7,6  bo‘lganda oqsillar (ivitilgan zardobli) agarli muhitlarda va qandli 
bulonlarda yaxshi o‘sadi. Ru va Leffler muhitlaridagi koloniyalari qavariq yaltiroqdir, ularning 
o‘sishi shagren teriga o‘xshab ketadi. Marten bulonida parda ko‘rinishida o‘sishi xarakterlidir. 
         Kultural, bioximiyaviy va boshqa xossalariga qarab difteriya tayoqchalarining 3 -  biovari 
tafovut qilinadi: gravis, mitis, intermedius.      Gravis  tipi telluritli muhitlarda yassi, dumaloq, 
chetlari tishsimon, kulrang qora rangli koloniyalar hosil qiladi. Mitis  tipining koloniyalari 
birmuncha mayda, qavariq, yaltiroq, silliq, qora rangda bo‘ladi. Intermedius  tipi oraliq holatni 
egallaydi. S va R tip koloniya hosil qiladi. 
 
11.1-rasm 
 
  Difteriya glyukoza, maltoza, levulyozani kislota hosil qilib parchalaydi. Nitratni nitritlarga 
qaytaradi, kaliy telluritni sulfid telluritga aylantiradi. SHu sababli telluritli agarda qora yoki 
kulrang koloniyalar hosil bo‘ladi. 

68 
 
         Difteriya bakteriyalari kuchli ekzotoksin hosil qiladi, bu toksin organizmga yuborilganda 
yurak muskuli, buyrak usti bezlari va pereferik nerv sistemasini tanlab shikastlaydi. Toksin kuchi 
dengiz cho‘chqalarida aniqlanadi va hayvonni 3-4 kun mobaynida o‘ldiradigan eng kam dozasi 
(D/t) bilan o‘lchanadi. Difteriya toksini kam chidamli, 60
o
S da quyosh nuri  va har xil ximiyaviy 
moddalar ta’sirida oson parchalanib ketadi. 0,3-0,4% farmalin ta’sirida va 40
0
S da bir oy 
mobaynida zaharsiz birikma –  anatoksinga aylanadi. Anatoksin immunogen xossalarni saqlab 
qoladi, shunga ko‘ra undan odamlarni immunlash uchun foydalaniladi. 
         Difteriya tayoqchalari gialuronidaza, neyrominidaza, fibrinolizin fermentlarini ham hosil 
qiladi, bular bakteriyalarning toksigenligini yanada oshirib, to‘qimalar orasida tarqalishini 
ta’minlaydi. 
         Difteriya tayoqchalarini antigen tuzilishi murakkab, u joylashgan bakteriya hujayra devori 
ko‘p qavatli, shuning uchun qalinroq va boshqa gram musbat bakteriya hujayra devoridan farq 
qiladi. Hujayra devorining yuza qavati temperaturaga chidamsiz, tipga xos oqsil antigan 
joylashgan. Bu antigen bo‘yicha difteriya korinobakteriya 58 ta serologik variantlarga bo‘linadi, 
korinobakteriyalarda 19 xil fagotiplar bo‘lib, ular yordamida infeksiyaning manbai aniqlanadi, 
hamda kulturalarni  identifikatsiya qilishda foydalaniladi. 
         Difteriya bakteriyalari past temperaturaga ancha chidamli, ular turli buyumlarda 15 
kungacha, sut va suvda 6-20 kungacha, kuz va bahorda esa buyumlarda 5,5 oygacha, bemordan 
olingan materialda ham uzoq saqlanadi. YUqori temperaturalar  ta’siriga sezgir: qaynatilganda 
o‘sha zahoti, 60
o
S da 10 minut davomida o‘ladi, dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tez halok 
bo‘ladi. Hayvonlar tabiiy sharoitda difteriya bilan kasallanmaydi.   
         Patogenezi.  Difteriya mikroblarining kirish darvozasi burun-xalqum, ba’zan ko‘z, jinsiy 
organlar shilliq pardalari, teri va jaroxatlardir. Infeksiya manbai bemor yoki bakteriya tashib 
yuruvchi odam hisoblanadi. 
         Kasallik kuz-qishda ko‘proq uchraydi. Difteriya korinobakteriyalari kirgan joyida mahalliy 
yallig‘lanish rivojlanib parda hosil bo‘ladi. 
         Kasallik patogenezida gistotoksin muhim ahamiyatga ega, chunki u bemorlardagi oqsil 
sintezini to‘xtatadi, transferaza fermentining faoliyatini kamaytiradi. 
         Difteriya tayoqchasining toksini qonga so‘rilib, organizmning umuman qattiq zaxarlanishiga 
sabab bo‘ladi va yurak muskuli, buyrak usti bezlari, nerv hujayralarini tanlab shikastlantiradi. 
Bo‘g‘ilib qolish yoki yurakning falajlanishidan odam o‘lib ketishi mumkin. 
         Difteriya bilan kasallangandan  so‘ng antitoksik immunitet paydo bo‘ladi. 
         Laboratoriya tashxisi. Difteriya pardasi burun va xalqumdan olingan surtma tekshirish uchun 
material bo‘lib xizmat qiladi. Material ikkita steril paxta tampon bilan olinadi. Tamponning biri 
ekish uchun ishlatilsa, ikkinchisida surtma tayyorlash uchun foydalaniladi. Surtmalar gram, 
neysser usulida bo‘yalib, mikroskopda tekshiriladi. Surtmalar differensial diagnostik muhitlardan 
biri quyilgan kosachaga ekib ko‘riladi. 37
o
S da termostatda 24-48 soat o‘stiriladi. SHubxali 
koloniyalardan surtmalar tayyorlanib, metilen ko‘ki bilan bo‘yaladi. Sof kulturani ajratib olish 
uchun alohida yotgan shubxali koloniyalarning bir qismi zardobli (Ru muhitiga) ekib ko‘riladi. 
Difteriya tayoqchasining toksin ishlab chiqarish-chiqarmasligi hozirgi vaqtda (agarda) diffuz 
pretsipitatsiyalash metodi bilan aniqlanadi. Buning uchun Petri kosachasidagi tarkibida 15-20 % ot 
zardobi, 0,3% maltoza va 0,03% sistin qo‘yilgan oziqli agar satxiga, 5000 AE ml tutuvchi 
bo‘g‘maga qarshi antitoksinli zardob shimdirilgan 1,5x6 sm kattalikdagi filtr lentasi quyiladi. 
Kosachalar 37
o
S da 30 minut davomida termostatda quritilgandan so‘ng tekshiriluvchi kulturalar 
quyilgan qog‘oz parchasi chekkasidan 0,6-0,8 sm masofada perpendikulyar ekiladi. Kontrol 
sifatida oldindan toksigenlik xususiyati ma’lum bo‘lgan kultura ekiladi. Ekmalar 37
o
S da kelasi 
kungacha termostatda saqlanadi. 
         Toksigenlik xususiyatiga ega bo‘lgan kulturalar o‘sganda, toksin bilan antitoksin uchrashgan 
erda qattiq oziqli muhitda oq chiziqlar – “mo‘ylovchalar” ko‘rinishida pretsipitat hosil bo‘ladi. 
         Difteriya korinobakteriyasini toksigen va notoksigen shtammlari dengiz cho‘chqachalari 
terisi ostiga yoki teri orasiga yuborib, ularning toksigenlik xususiyatlari aniqlanadi. 
         Profilaktikasi va davosi. Difteriya tarqalishini oldini olish uchun kasallikni barvaqt aniqlash, 
bemorlarni kasalxonaga yotqizish, dezinfeksiya qilish, bolalar o‘rtasida va bolalar muassasalarida 
ishlovchi kishilar orasida, difteriya mikroblarini tashib yurgan odamlarni aniqlash zarur. 

69 
 
         Spetsifik profilaktikasi difteriyaga qarshi aktiv immunitet paydo qilish uchun difteriya 
anatoksinini yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi. AKDS adsorbsiya qilingan ko‘kyo‘tal, 
difteriya, qoqshol vaksinasi va ADS-M-adsorbsiya qilingan difteriya, qoqshol anatoksini bilan 
emlanadi. 
         Bemorga klinik belgilariga ko‘ra tashxis qo‘yilgandan so‘ng o‘rtacha og‘irlikdagi difteriya 
5000-15000 XB yoki uning og‘ir shakllarida 30000-50000 XB antitoksin zardobi yuboriladi. 
 
 
Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi 
         Ko‘kyo‘tal bolalarda uchraydigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, o‘ziga xos kuchli bo‘g‘ilib 
yo‘tallish bilan kechadi. ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi 1906 yili j.borde va o.jangular tomonidan 
bemordan ajratib olingan. 1937 yili ko‘kyo‘talning engil shakli bilan og‘rigan boladan b. pertussis 
ga o‘xshash mikroorganizmni eldring va kendriklar ajratib olib, unga b. parapertussis, b. 
bronchiseptica deb nom berdilar. 
         Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi kokkobakteriyalar mayda, kalta, tayoqcha shaklida bo‘lib, ikki 
uchi bir oz bukilgan, uzunligi 0,5-1,2 mkm, eni 0,2-0,4 mkm. virulent turlarida kapsulasi bor, 
xarakatsiz. Gram manfiy. 
         Ko‘kyo‘tal mikrobi qat’iy aerob, oddiy oziq muhitlarida o‘smaydi,  chunki bunda yog‘ 
kislotalari to‘planib, bakteriyalarning ko‘payishini to‘xtatadi. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisini qon 
aralashtirilgan kartoshka-glitserinli 25% muhitlarda (Borde-Jangu ozig‘i) ko‘paytiriladi. Hozir 
yarim sintetik kazein-ko‘mirli qonsiz agarda (KKA muhit) keng foydalaniladi, chunki bu muhit 
arzon va oson tayyorlanadi. Oziq muhitida ko‘kyo‘tal mikrobi 24-72 soatdan so‘ng mayda, 
bo‘rtgan, simob tomchilariga o‘xshash yaltiroq, qora rangli koloniyalar hosil qiladi. Ko‘kyo‘tal 
mikroblari mayda, diametri 1-2 mm yaltiroq, chetlari tekis bo‘rtgan S-shaklidagi koloniyalar (I-II 
f) hosil qilib, o‘ziga xos, ya’ni gomologik immun zardoblar bilan agglyutinatsiya reaksiyasini 
beradi. 
         Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisining eski kulturasi, aksincha yirik, diamtri 3-4 mm bo‘lgan, 
chetlari notekis, yassi R-1 shakldagi koloniyalar (III-IV f) hosil qiladi. 
         Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi biokimyoviy xususiyati bo‘yicha faol emas, qand, oqsil va 
mochevinalarni parchalamaydi, nitratlarni qaytarmaydi, katalaza hosil qiladi. 
         Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi temperaturaga chidamsiz  ekzotoksin ishlab chiqaradi. 
Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi gialuronidaza, letsitinaza, gemagglyutinlarni hosil qiladi va quyon, 
qo‘y, buzoq va odam qonidagi zardobni ivitadi. 
         Bordotella  urug‘iga mansub bakteriyalar O-antigen va turli maxsus agglyutininlarga ega 
B.pertussis turiga agglyutinogen-1; parapertussis ga 14,  B. Bonchisepticis-12 agglyutininlar xos. 
         Ko‘kyo‘tal va parako‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi fizik va kimyoviy omillar, tashqi muhitga 
chidamsiz, quyosh nuri va dezinfeksion moddalar ta’sirida tezda o‘ladi. Ko‘kyo‘tal bilan tabiiy 
sharoitda hayvonlar kasallanmaydi. 
         Ko‘kyo‘tal bilan odatda bolalar og‘riydi. Kasallik tipik simptomlar va siklik tarzda o‘tishi 
bilan ta’riflanadi. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchilari yuqori nafas yo‘llari orqali organizmga kirib, 
traxeya va bronxlar shilliq pardasining kataral yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.  
         Kasallikning kataral davri 2 xafta chamasi davom etadi va nafas bo‘g‘ilib qoladigan darajada 
tutib turadigan yo‘tal bilan davom etuvchi konsulsiv (talvasali) davriga o‘tadi, bunda goho har xil 
tashqi ta’sirotlar (tovush, bemorni ko‘zdan kechirish, in’eksiya qilish) tufayli yo‘tal tutib 
qolaveradi. Konsulsiv davri 4-6 xafta davom etadi va yo‘tal xurujlari qolib ketganidan keyin 
sog‘ayishi bilan tugallanadi. Bemorlar, shuningdek sog‘lom bakteriya tashuvchilar infeksiya 
manbai bo‘lishi mumkin. Kasallikning kataral davrini boshidan kechirayotgan bemorlar kasallik 
yuqtiruvchi manba sifatida ayniqsa xavflidir. Kasallikning asosiy o‘tish yo‘li havo-tomchi yo‘lidir. 
Ko‘kyo‘tal bakteriyalari tashqi muhitda kam chidamli bo‘lgani uchun buyumlar infeksiya 
yuqishida rol o‘ynamaydi. Kasallikdan so‘ng mustaxkam va uzoq davom etadigan immunitet 
qoladi. 
         Laboratoriya diagnostikasi uchun bakteriologik usul qo‘llaniladi. SHu maqsadda bemordan 
balg‘am yoki xalqum va burundan shilliq modda olinib Borde-Jangu, sut-qonli yoki gidrolizat-

70 
 
kazeinli, kazein-ko‘mirli muhitlarga ekiladi. Begona mikrofloralar o‘sishini to‘xtatish uchun oziq 
muhitlarga penitsillin qo‘shiladi, 3-5 kundan so‘ng oziq muhitlarda koloniyalar o‘sib chiqadi, 
so‘ngra ulardan sof kulturaajratib olinib, uning morfologiyasi, o‘sishi, biokimyoviy, antigenlik va 
biologik xususiyatlari o‘rganiladi. Teri-allergik sinamasi ham qo‘llaniladi. Ko‘kyo‘tal mikrobni 
tezda aniqlash uchun tezkor immunoflyuoressent usuldan foydalaniladi. 
         Kasallikning oldini olish uchun umumiy profilaktika choralari ko‘riladi. Hozirgi  vaqtda 
adsorbsiya qilingan ko‘kyo‘tal-bo‘g‘ma qoqshol vaksinalar (AKDS) bilan bolalar emlanadi. Bu 
vaksina tarkibida 40 mlrd. o‘ldirilgan ko‘kyo‘tal mikroblari bo‘ladi. AKDS vaksina bilan bolani 2, 
3, 4, 16 oyligida emlanadi.   
 
SIL QO‘ZG‘ATUVCHISI 
         Mikobakteriyalar oilasiga sil qo‘zg‘atuvchisi –  Mycobacterium tuberculosis   va moxov 
qo‘zg‘atuvchisi  –  Micobacterium liprae kiradi. Mikroorganizmlar hujayra pardasida yog‘-
mumsimon moddalar ko‘p bo‘lganligi uchun ular kislota, spirt va ishqorlarga chidamli bo‘lishi 
bilan ajralib turadi, ularni bo‘yash uchun konsentrlargan bo‘yoqlar va qizdirish usulidan 
foydalaniladi (Sel-Nilsen metodi). Bo‘yalgan mikobakteriyalar qiyinchilik bilan rangsizlanadi. 
Ularning ko‘pchiligi – tuproqda, ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarida yashovchi saprofitlardir. 
         Sil qo‘zg‘atuvchisini Mycobacterium tuberculosis 1882 yili R. Kox kashf etgan.   
         Morfologiyasi va biologik xossalari. 
         Mycobacterium lar shu tipik vakillari bo‘lib, kislotalar ta’siriga hammadan ko‘ra ko‘proq 
chidaydi. Balg‘am yoki organlardan tayyorlangan surtmalarda mikobakteriyalar kattaligi 1,5-4x4 
mkm keladigan kichkina, ingichka tayoqcha shaklida ko‘rinadi, gram musbat. Sun’iy oziq 
muhitlarida tarmoqlanadigan formalar hosil qilishi mumkin. Sil mikobakteriyalari ko‘p darajada 
polimorf bo‘ladi: tayoqchasimon, donador, ipsimon, kokksimon, filtrlanadigan va L-  formalari 
uchraydi. 
         Patogen mikobakteriyalarning 4 ta tipi tafovut qilinadi. 
Mycobacterium tuberculosis (odamlarga xos tipi). 
Mycobacterium bovis (xo‘kizlarga xos tipi). 
Mycobacterium avium (parrandalarga xos tipi). 
Mycobacterium tuberculosis  mirium (dala sichqonlarga xos tipi). 
         Sil mikobakteriyalarining hamma tipi morfologik jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lib, bir 
xildagi oziq muhitlarda o‘sadi. 
         Sil mikobakteriyalari glitserin qo‘shilgan kartoshkali va tuxumli muhitlarda (Pavlovskiy, 
Petrov, Petranyani va Dorse muhitlarida) shuningdek, sintetik muhitlarda (Soton) o‘stiriladi. 
Mikobakteriyalar 8-10 kunda unib chiqadi, 3-4 xaftadan keyin zich oziq muhitlarida och sariq tusli 
g‘ubor va suyuq muhitlarda bujmaygan zich sarg‘ish parda paydo bo‘ladi. rN 7,0-7,4 da optimal 
o‘sish temperaturasi 37
o
S. 
Kox sil mikobakteriyalaridan tuberkulin” degan zaharli modda olgan, uning patologik ta’siri 
faqat infeksiya yuqqan organizmda yuzaga chiqadi. Tuberkulin allergen xossalariga ega va undan 
hozir odam yoki hayvonlarga mikobakteriyalar yuqqanligi allergik reaksiyalar qo‘yilib aniqlanadi. 
         1890 yilda R.Kox tuberkulin preparatini kashf etdi,  uni Koxning “eski tuberkulini” (Alt 
tuberculin Koch)  ham deyiladi. Bu preparatni sil mikobakteriyasining 2-2,5 oylik eski glitserinli 
suyuq muhitdagi kulturasini filtrlab, uning dastlabki hajmini 1/10 gacha quritib olingan. Bu 
preparatning kamchiligi hujayralardan ajratib olingan faol fraksiyalar bilan bir qatorda kultura 
suyuqligidagi ballast pepton, glitserinlarning mavjudligidir. 
         1937 yili F.Zaybert quritib tozalangan va 30% ga yaqin polisaxaridlardan tarkib topgan “ 
tozalangan proteinli derivat” (RRD) deb ataluvchi yangi tuberkulinni taklif etdi. Bu preparat teri-
allergik sinamalarni quyishda qo‘llaniladi. Sil bakteriyalari yuqqan odamlarga bilak terisiga va teri 
orasiga bu preparat yuborilsa, o‘sha erda mahalliy o‘ziga xos reaksiya, ya’ni qizarish va infiltrat 
hosil bo‘lishi kuzatiladi (Pirke va Mantu reaksiyalari). 
         Mikobakteriyalarda oqsil, polisaxarid birikmalari hamda lipid komponentlari antigenlik 
xususiyatiga ega. Tuberkulin proteidlari, polisaxaridlar, fosfatidlar kabi omillarga ham qarshi 
antitelolar hosil bo‘ladi. Polisaxarid, fosfatid, antitelolarining spetsifikligi KBR, Bilvosita  GAR, 

71 
 
geldagi pretsipitatsiya reaksiyalari yordamida aniqlanadi. Bu reaksiyalar yordamida M. 
Tuberculosis, M. Bovis, M. Leprae larning antigenlik xususiyatlari aniqlanadi. 
         Mikobakteriyalar bioximiyaviy xususiyatlari juda faol bo‘lib, ular oqsillarni parchalaydigan 
proteolitik fermentlar ishlab chiqaradi. Katalaza faolligiga ega bo‘lib, bu xususiyati 65
o
S da 30 
daqiqa davomida yo‘qoladi. Ular glitserin, spirt, bir qancha uglevodlarni, letsitin, fosfatidlar, 
mochevinalarni, zaytun va kanakunjut moylarini ham parchalaydi. 
         Sil mikobakteriyalari odam yoki hayvon organizmidan tashqarida yashash qobiliyatini uzoq 
saqlab qoladi. Qurigan balg‘amda ular 10 oygacha yashaydi. 70
o
S temperaturaga 20 daqiqa 
davomida, qaynatishga esa 5 daqiqa bardosh beradi. 5% li karbol kislota eritmasi hamda 1:1000 
nasbatdagi sulema eritmasida bir kecha-kunduzdan keyin, 2% li lizol eritmasida esa 1 soatdan 
so‘ng o‘ladi. Dezinfeksiyalovchi moddalardan xlorli oxak va xloraminga hammadan ko‘ra 
ko‘proq sezgirdir. Sil tayoqchalari oqar suvlarda 1 yilgacha, sariyog‘da 8 oy, tuproqda 6 oygacha, 
kitob varaqlarida 3 oydan ortiq saqlanadi. Sil mikobakteriyalari bir qancha antibiotiklar 
(streptomitsin, kanamitsin, rifampitsin), kimyoviy terapevtik preparatlar, paraminosalitsilat kislota 
(PASK), tubazid, ftivazid, izoniazid va boshqalar ta’siriga chidamsiz. 
         Patogenezi, klinikasi.  Odamlar, asosan mikobakteriyalarning 3 turi  M.  tuberculosis, M. 
africanis (hayvonlardan)b  M. bovis bilan kasallanadilar. 92% dan ortiq hollarda M. tuberculosis, 
3-5% da M. bovis, 3% M. africanis kasallik qo‘zg‘atadi. 
         Sil kasalligi asosan havo-tomchi, havo-chang yo‘llari orqali yuqadi, ba’zan sil 
mikobakteriyalari tushgan ovqat mahsulotlaridan og‘iz orqali hamda teri va shilliq qavatlar orqali 
yuqishi, xomilaga esa yo‘ldosh orqali o‘tishi mumkin. 
         Kasallik aerogen yo‘l bilan yuqqanda uning birlamchi o‘chog‘i ko‘pincha o‘pkada yuzaga 
keladi. Alimentar yo‘l bilan yuqqanda esa ichakdagi mezenterial limfa tugunlarida paydo bo‘ladi. 
Organizmning qarshiligi zaif, turmush va maishiy sharoitlari og‘ir bo‘lganda, kasallik 
qo‘zg‘atuvchilari birlamchi joylashgan eridan butun organizmga tarqalib, generalizatsiyalangan 
infeksiyani yuzaga keltirishi mumkin. Aksariyat hollarda birlamchi o‘choq yallig‘lanish 
jarayonining mavjudligi bilan xarakterlanadi. So‘ngra limfa yo‘llari shikastlanadi, limfangit va 
regionar limfadenitlarning rivojlanishi kuzatiladi. Birlamchi sil kompleksi deb ataluvchi jarayon 
yuzaga keladi. Bu xol ijobiy kechganida yallig‘lanish jarayoni to‘liq yo‘qolib, shikastlangan joy 
qobiq bilan o‘ralib kalsiy tuziga aylanadi va chandiq hosil bo‘ladi. Agar organizmning 
rezistentligi susaysa, birlamchi sil surunkali kechib, kasallik avj olishi mumkin. 
         Ikkilamchi sil, birlamchi sil kasalligi bilan og‘riganlarda endogen yo‘l bilan yoki kasallik 
qayta yuqishi oqibatida yuzaga keladi. 
         Sil kasalligi turli klinik shakllarda (o‘pka, sil meningiti, ichak sili, teri-tanosil va siydik 
yo‘llari a’zolari sili, suyak va bo‘g‘im sili) kuzatiladi. 
        Immuniteti.  Odamlarning ko‘pchiligi sil infeksiyasiga etarli darajada chidamli bo‘ladi va 
ularga bolalikda kasallik yuqib o‘tishi odatda  ohaklanib qoladigan birlamchi sil o‘choqlari hosil 
bo‘lishiga olib keladi. Sil bilan kasallanish irsiyatga ham bog‘liq ekanligi aniqlangan. Sil 
kasalligida hujayraviy immunitet omillari muhim ahamiyatga ega. Immunitet nosteril bo‘lib, 
sun’iy immunitetni yuzaga keltirish uchun odamlar BSJ vaksinasi bilan emlanadi. Orttirilgan 
immunitet sil mikobakteriyalari antigenlari ta’sirida T-limfotsitlarni faollashishi natijasida yuzaga 
keladi. 
         Mikrobiologik diagnostikasi.  
         Tekshirish uchun olinadigan materiallar sil kasalligining klinik shakliga asoslanib turlicha: 
balg‘am, siydik, yiring, orqa miya suyuqligi, operatsiya vaqtida turli a’zolardan olingan ajratmalar 
bo‘ladi. Asosan bakterioskopik, bakteriologik, serologik, biologik va allergik usullarda 
foydalaniladi. 
         Bakterioskopik usulda olingan materialdan bir xil qalinlikda bir necha surtmalar tayyorlanib, 
havoda quritiladi va alangada fiksatsiya qilinadi. SHundan keyin Sil-Nilsen usulida bo‘yaladi. 
         Sil-Nilsen usulida bo‘yalgan surtmalarda sil mikobakteriyalari havorang ko‘rish maydonida 
qizil bo‘lib ko‘rinadi, chunki ular tarkibida yog‘ kislotalari bor. Preparat qizdirilganda bu 
kislotalar asosiy fuksin bilan ajralmas birikma hosil qiladi, natijada preparat qizil rangga, ular 
atrofidagi boshqa elementlar bilan mikroorganizmlar esa ko‘k rangga bo‘yaladi. Mikobakteriyalar 

72 
 
to‘g‘ri ezilgan, uzun va kalta bo‘lishi mumkin. Ular alohida-alohida va turli kattalikda to‘da-to‘da 
holida uchraydi. Ba’zan ular bir xilda bo‘lmagan bir qator qizil donachalar shaklida ko‘rinadi.          
Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin