O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/39
tarix19.02.2020
ölçüsü3,12 Mb.
#30485
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
mikrobiologiya fanidan oquv uslubiy majmua


PNEVMOKOKKLAR 
         DIPLOCOCCUS PNEUMONIA –  birinchi bor 1871 yilda R.Kox, 1875 yilda E.Klebs, 
L.Paster, SH.SHomberlen va E.Ru tomonlaridan 1881 yilda kashf qilingan bo‘lib, 1885 yilda 
K.Frengel va 1886 yilda A.Veykselbaum tomonlaridan kasalning balg‘amidan toza kultura ajratib 
olingan. Lactobacillaceae oilasiga mansub. 
         MORFOLOGIYASI: Lansetsimon yoki biroz cho‘zinchoqroq kokklar bo‘lib, diametri 0.5-
1.25 mkm, juft bo‘lib joylashgan, ayrim hollarda qisqa zanjir hosil qiladi. Odam va hayvon 
organizmida kapsula hosil qiladi, gr (+), harakatsiz, o‘zi mustaqil kapsula hosil qilmaydi. 
         O‘STIRILISHI: Aerob,fakultativ anaerob. Optimal o‘sish t
o
si 37
o
S. Diapazon 28-42
o
S. 25
o

da o‘smaydi. Oddiy muhitlarda qiyin o‘sadi. Assitlik va zardoblik agarlarda Ph 7,2-7,6 bo‘lganda 
yaxshi o‘sadi, diametri 1 mm keladigan mayda kalloniyalar hosil qiladi, 2 kundan keyin 
kalloniyalar kattalashadi, kalloniyalarni o‘rtasi puchayib, chekkalari ko‘tarilib qoladi. Qonli 
agarda mayda, yumaloq, atrofi bir tekis nam (
sochnыy) kalloniya hosil qiladi. Qonli bulonda loyqa 
va cho‘kma hosil qilib o‘sadi. Bulonda 0,2% glyukoza qo‘shilsa yaxshi o‘sadi. Sun’iy muhitlarda 
o‘stirilganda kapsula hosil qilmaydi, agarda bu muhitga hayvon oqsili qo‘shilsa kapsula hosil qilib 
o‘sishi  mumkin. Tashqi muhit ta’sirida pnevmokokklar M-formadin,  S  va  R-formaga o‘tishi 
mumkin. 

61 
 
         FERMENTATIV XOSSASI: Jelatinani suyultirmaydi, indol hosil qilmaydi, nitratlarni 
nitritlarga qaytarmaydi, sutni ivitmaydi, saxaroza, glyukoza, maltoza, laktoza, inulin, radginoza, 
salitsinlarni parchalaydi. Virulentlik pnevmokokklar o‘tsuyuqligi va nordon o‘t tuzlarida erib 
ketadi. Inulinni parchalashi, o‘t va o‘t tuzlarida erib ketishi ularni streptokokklardan 
differensiatsiya qilishda mihim ahamiyat kasb etadi. 
           TOKSIN HOSIL QILISHI: Endotoksin ajratadi. Kuchsiz ta’sir qiluvchi gemotoksik
fibrinolitik va leykotsitlarni parchalovchi toksin ham hosil qiladi. Pnevmokokklarning virulentligi 
ularning kapsulasiga bog‘liq bo‘lib, ular fagotsitoz va qonning  bakteriotsid xususiyatini 
kamaytiradi. Virulentlik pnevmokokklarning kapsulasida maxsus komponent “antifagin” bo‘lib, 
ular o‘zlari toksigenlik xususiyatiga ega emas, lekin ular virulent bo‘lmagan pnevmokokklarga 
qo‘shilsa, ularda fagotsitozga chidamlilik xususiyati paydo bo‘ladi. Antifagin issiqda chidamli 
bo‘lib, 80-100
o
S gacha qizdirilsa chidaydi. Pnevmokokklardan antifagiga o‘xshash “virulin” 
moddasi ajratib olingan. 
           ANTIGEN TUZILISHI VA KLASSIFIKATSIYASI: Pnevmokokklar o‘zlarida, ya’ni 
kapsulasida polisaxarid kompleksini tutadi va ularni tipga xos spetsifikligi va virulentligi qiz 
kompleksiga bog‘liqdir. Proteinlik antigeni barcha tiplari uchun umumiy bo‘lib, bu antigen 
protoplazmada joylashgan, u mikrobni spetsifikligi va virulentligini belgilaydi. 
         Serologik jihatdan pnevmokokklar 80 dan ortiq tipga ega bo‘lib, har qaysisi faqat o‘zining 
spetsifik zardobi bilan agglyutinogen reaksiyasiga kirishadi. SHulardan 1, 2, 3 tiplari odamlar 
uchun patogen. Pnevmokokklar antigenlik xususiyatini  osonlikcha o‘zgartiradi. Agarda 2-tipdagi 
pnevmokokkni 3-tip bilan birga o‘stirsa, u holda 2-tipning barcha xususiyati transformatsiya yo‘li 
bilan 3-tipga o‘tadi, ya’ni xossalari DNK orqali o‘tadi.  
           CHIDAMLILIGI: Qurigan balg‘amda 2 oygacha saqlanadi. Sun’iy muhitlarda 7-8 kun 
saqlanadi, 50-60
o
S da 20 minutda o‘ladi, 3% li fenolda 1-1,5 minutda o‘ladi, o‘t suyuqligi va o‘t 
tuzlariga ham sezgir. 
           HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Qishloq xo‘jalik hayvonlarida yosh buzoqlar, 
cho‘chqa bolasi, qo‘zichoqlar tez kasallanadi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqon va quyonlar 
hamda dengiz cho‘chqasi sezgir. 
           ODAMDAGI KASALLIK VA PATOGENEZI: Pnevmokokklarning 1, 2, 3 tiplari 
ekzogen, qolgan barchasi endogen yo‘l bilan yuqadi. Organizmning qarshiligi pasayganda ko‘proq 
kasallik kelib chiqadi. Pnevmokokklarning 3 ta tipi keltirib chiqaradi. Boshqa patologik 
jarayonlarni ham keltirib chiqarishi mumkin: sepsis, meningit, bo‘g‘imlarni yallig‘lanishi, 
endokardit, otit, peritonit, renit, gaymorit va h.k. 
         Ammo pnevmoniya stafilokokklar, streptokokklar, influensa tayoqchalari, xlamidiyalar, 
gripp virusi va boshqa mikroorganizmlar tomonidan ham chaqirilishi mumkin. 
           IMMUNITETI: Kuchsiz va qisqa muddatlik. Pnevmokokklar organizmni sensibilizatsiya 
holatiga olib keladi. Kasallikka mo’nelik organizmning umumiy holatiga bohliq. 
           LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Tekshirish uchun bolg‘am, orqa miya suyuqligi, 
murdadan material olinadi va bu materiallar ustidan quyidagi tekshirishlar olib boriladi: 
         Bakterioskopik  –  materialdan surtma tayyorlab, gramm usulida bo‘yab ko‘rish, gramm (+) 
kapsulali pnevmokokklar topiladi. 
         Bakteriologik  –  sof kultura ajratish va xossalarini o‘rganish.         Ajratilgan kulturani 
antibiotikga sezgirligini aniqlash 
         Serologik – pnevmokokklarning tiplarini agglyutinatsiya reaksiyasi orqali aniqlash. 
           DAVOSI: Antibiotiklar, sulfanilamidlar. 
           PROFILAKTIKASI. Umumiy sanitar qoidalariga rioya qilish. 
MENINGOKOKKLAR. 
         MENINGOKOKKLAR: Meningokokk (Neisseria meningitidis)  meningit kasali bilan 
og‘rigan bemorning orqa miya suyuqligidan ajratib olingan va 1887 yilda A.Veykselbaum 
tomonidan batafsil o‘rganilgan  
         Klassifikatsiyasi bo‘yicha meningokokklar Neiseria  avlodiga (rod) va Neiseriaceae  oilasiga 
mansubdir. 
         MORFOLOGIYASI: Meningokokklar kofe donasini eslatuvchi, juft holda joylashgan, 
diametri 0,6-1,0 mkm keladigan kokklardir. Spora va kapsula hosil qilmaydi, xivchinga ega emas, 

62 
 
yiringlimaterialda ko‘pincha leykotsitlarning ichida joylashgan bo‘ladi. Kulturadan tayyorlangan 
surtmalarda mayda yoki yirik, bittadan, juft holda va 4 tadan joylashgan holda ko‘rinishi ham 
mumkin. Gr (-), lekin ayrim hollarda gr(+) ni ham ko‘rish mumkin. Diplokokklar. 
 
9.1-rasm 
 
  O‘STIRILISHI: Aerob, oddiy muhitlarda o‘smaydi, Ph 7,2-7,4. zardob, assil suyuqligi qo‘shilgan 
muhitlarda mayda, tiniq nozik, diametri 2-3 mm bo‘lgan koloniyalar hosil qiladi. Zardobli bulonda 
loyqa va cho‘kma hosil qiladi, 3-4 kun o‘tgandan so‘ng esa bulon yuzida parda hosil qilib o‘sadi. 
Ayrim hollarda adaptatsiya natijasida oddiy muhitlarda ham o‘sishi mumkin. 
         FERMENTATIV XOSSASI: Jelatinani suyultirmaydi, sutni ivitmaydi, glyukoza, maltozani 
– (K
+
) kislota hosil qilib parchalaydi. 
         TOKSIN HOSIL QILISHI: Meningokokklar ekzotoksin va endotoksin xususiyatiga ega 
bo‘lgan toksik modda hosil qiladi. Bakteriya hujayrasi parchalangandan keyin ulardan endotoksin 
ajralib chiqadi. Meningokokk toksinini bakteriya hujayrasini (dist. suv) bilan yuvib olish mumkin. 
         ANTIGEN TUZILISHI VA KLASSIFIKATSIYASI: Antigen tuzilishi-da 3 ta fraksiya 
aniqlangan: umumiy hisoblangan uglevodlik (S), gonokokklar va 3 tipidagi pnevmokokklarda 
uchraydigan proteinlik (R) hamda 1 va 2 tipi. Meningokokklarda tur ichidagi o‘zgarishlar mavjud. 
         CHIDAMLILIGI: CHidamsiz. Quritishga, yuqori t
o
-ga chidamsiz. 60

S va 10 minutda 
o‘ladi, 80
o
  S da 2 minutda o‘ladi, 1% li fenol eritmasida 1 minutda o‘ladi. Past temperaturada 
nihoyatda chidamsiz, shuning uchun patologik material iliq holda laboratoriyaga yuborilishi kerak. 
         HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Tabiiy sharoitda hayvonlar kasallanmaydi. 
Laboratoriya sharoitida maymanlarni kasallantirish mumkin. 
         ODAMLARDA KASALLIK VA UNING PATOGENEZI: Kasallik manbai – kasal odam va 
kasal tashuvchi. Kasallik havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Mikrob avvalo burun-xalqumda 
joylashib, so‘ng limfa va qonga o‘tib bakteriemiya holatini paydo qiladi, keyin miya po‘stlog‘iga 
kirib joylashadi (meningokokklar bosh miya to‘sig‘idan o‘tish xususiyatiga ega). Meningokokklar 
miya po‘stlog‘ida va orqa miyada o‘tkir yiringli yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Kasallik o‘tkir 
holda yuqori t
o
 bilan boshlanadi: simptomlari – qayt qilish, orqa ensa muskulini tortishib og‘rishi, 
kuchli bosh og‘rishi va terida o‘ta sezgirlik kuzatiladi. 
         Kalla ichi bosimini oshishi natijasida bosh miya nervlarining falaji kuzatiladi. Bemorning 
ko‘z qorachig‘i kengayib, akkomodatsiya buziladi. Orqa miya suyuqligi loyqalashadi va ko‘p 
miqdorda leykotsitlar tutadi, bosim yuqori bo‘lgani uchun orqa miya suyuqligi punksiya 
qilinganda tizillab, otilib chiqadi. Ayrim hollarda meningokokkli sepsis rivojlanishi mumkin va bu 
paytda meningokokklar qonda, bo‘g‘imlarda, o‘pkada uchrashi mumkin. Asosan meningit bilan 1 
yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadi. Kasallik ko‘pincha ko‘klam va kuz oylarida 
uchraydi. Organizmning  qarshiligi, mikrobning virulentligi kasallikni kelib chiqishida katta 
ahamiyatga ega.   
         IMMUNITETI: Tabiiy immunitet  mavjud. Orttirilgan immunitetni kasallikni keyingina 
emas, balki hayot davomida meningokokklarni tashib yurishi davomida ham paydo bo‘ladi. Qayta 
kasallanish hollari kam uchraydi. 

63 
 
         LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Tekshirish uchun material: orqa miya suyuqligi, 
burun-xulqumdan olingan surtma, qon, murdadan olingan bo‘lakchalar bo‘lishi mumkin. Bu 
materiallar ustida quyidagi tekshirishlar olib boriladi: 
Orqa miya cho‘kmasidan tayyorlangan surtmani mikroskopda ko‘rish. 
Orqa miya suyuqligi, burun-xalqum suyuqligi, assit bulon va agarga, qonli agarga ekilib, ajratilgan 
kulturani xossalari, fermentativ xossalari, serologik xossalari o‘rganiladi va burun-xalqumda 
uchraydigan kataral meningokokklardan (Neiseria catarhalis)  farqlanadi, differensatsiya qilinadi, 
shu jumladan xalqumda uchraydigan saprofitlardan ham. Meningokokklar maltozani parchalaydi, 
Neiseria catarhalis parchalamaydi.
8
 
Orqa miya suyuqligi bilan pretsipitatsiya reaksiyasi qo‘yiladi.  
         DAVOSI: Antibiotiklar, sulfanilamidlar. 
         PROFILAKTIKASI: Umumiy kasalni ajratish, karantin e’lon qilish, shamollashdan 
saqlanish va h.k. 
GONOKOKKLAR. 
         Gonorreya va blenorreya qo‘zg‘atuvchisi Neisseria gonorrhoeae, 1879 yilda A.Neyser 
tomonidan yiringdan topilgan va 1885 yil E.Bauman tomonidan batafsil o‘rganilgan. Gonokokklar 
Neisseria avlodiga Neisseriaceae oilasiga kiradi. 
         MORFOLOGIYASI: meningokokklarga o‘xshash, diametri 0,6-1 mkm, juft holdagi 
loviyasimon (kofesimon) kokk bo‘lib gr(-), hujayra ichi va tashqarisida joylashadi, spora hosil 
qilmaydi, xivchini yo‘q, juda o‘zgaruvchan (polimorf). Antibiotiklar ta’sirida tez o‘zgaradi – 
kattalashadi, gr(+) bo‘lib qoladi. 
         O‘STIRILISHI: Aerob, oddiy muhitda o‘smaydi. Odam organizm hujayrasida, oqsil tutuvchi 
muhitlarda (qon, zardob, oqsil suyuqligi qo‘shilgan) yaxshi o‘sadi. Muhiti Ph  7,2-7,6, optimal 
o‘sish t
o
 si 37
o
 S. 
         25 va 42
o
 S da o‘smaydi, namlikni yaxshi ko‘radi, yaxshi ko‘rgan muhitlari – assitlik agar va 
bulon, tuxum sarig‘i qo‘shilgan muhit. Qattiq muhitlarda yumaloq, tiniq, diametri 1-3 mm ga teng 
koloniya hosil qilib o‘sadi. Assitlik bulonda bir necha kundan so‘ng cho‘kmaga tushuvchi parda 
hosil qilib o‘sadi. 
         FERMENTATIV XOSSASI: faqat glyukozani K hosil qilib  parchalaydi. Fermentativ 
jixatdan aktiv emas.  
         TOKSIN HOSIL QILISHI: Ekzotoksin hosil qilmaydi. Bakteriyani parchalanishida 
endotoksin ajralib chiqadi, u hayvonlar uchun ham zaharlidir. 
         ANTIGEN TUZILISHI VA KLASSIFIKATSIYASI: Antigen strukturasi protein va 
polisaxarid fraksiyalari bilan bog‘liq. Gonokokklarning 7 ta gruppasi mavjud bo‘lib, ulardan 4 tasi 
gruppospetsifik  –  A, V
1-4
, S, D va 3 tasi tipospetsifik –  E,  F, D antigenlarga ega. V
1-4
  va D 
antigenlari gonokokklar va meningokokklar uchun umumiy bo‘lib hisoblanadi. 
         CHIDAMLILIGI: Past t
o
  ga nihoyatda chidamsiz. Quruqlikda ham chidamsiz. Nam 
buyumlarda 1 sutkagacha saqlanadi. 56
o
 S da 5 minutda o‘ladi. Nordon azot-kumushning 1:1000 
va fenolning 5% li eritmalarida bir necha daqiqada o‘ladi. 
         HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Hayvonlar uchun patogen emas. 
         ODAMLARDA KASALLIK VA PATOGENEZI: Kasallikning manbai faqat kasal odam. 
Kasallik jinsiy aloqa orqali, ba’zan kasal ishlatgan buyumlar orqali (sochiq, machalka) yuqadi. 
YUqish yo‘li uretra va bachadon bo‘yni shilliq qavati orqali. Ayollarda bachadon, bachadon 
naylari, tuxumdonning yallig‘lanishi, qizlarda vulvovagenit kuzatiladi. Erkaklarda urug‘ning, 
prostat bezini yallig‘lanishi (prostatit), ko‘pincha surunkali yallig‘lanish kuzatiladi. Bachadon 
bo‘ynidan gonokokklar to‘g‘ri ichakka ham o‘tishi mumkin. Noto‘g‘ri davolash va davolanish 
natijasida kasallik bo‘g‘imlarda, endokardga o‘tishi va qonga o‘tib “sepsis” chaqirishi mumkin. 
Kasallik surunkali holga ham o‘tishi mumkin. Gonokokklar gonorreyali kon’yuktivit, kattalar va 
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga “blennorreya”ni chaqirishi mumkin. 
         IMMUNITETI: Tug‘ma immmuniteti yo‘q. kasallikdan so‘ng ham immunitet qolmaydi. 
Kasalning qonida antitelolarni (agglyutinin, pretsipitin, opsonin, KB-chi tanachalari) topish 
                                                            
8
 
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
 
 

64 
 
mumkin, lekin ular organizmni kasallikdan himoya qilmaydi. SHuning uchun ham kasallikda tana 
haroratini ko‘tarilishi bilan organizmning umumiy qarshiligi ham ko‘tariladi. 
         LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Mikroskopik tekshirish uchun uretra, qin, vulva, 
bachadon bo‘ynidan, prostatadan, to‘g‘ri ichak shilliq pardasidan, kon’yuktivadvn, spermadan, 
siydik cho‘kmasidan material olinadi. Surtma Gramm usuli va Leffler usuli metil ko‘ki (sinkasi) 
bilan bo‘yab tekshiriladi. Natija chiqmasa, u holda olingan materiallarni sof kulturasini olish 
uchun ekiladi. Kasallikning surunkali va asoratli darajalarida KBR-Borde-Mantu va allergik 
sinama qo‘yiladi. 
         DAVOSI: Antibiotiklar: penitsillin, gentamitsin, polimiksin va sulfanilamidlar – streptocidi, 
norsulfasoli, sulfacili yoki pronilin yuborish. 
         PROFILAKTIKASI: Umummiy sanitar qoidalarga rioya qilish. YAngi tug‘ilgan chaqaloqlar 
ko‘ziga 2% li kumush nitrat eritmasidan tomiziladi. 
            Foydalanilgan adabiyotlar 
 
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. 
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina”    nashriyoti. 1979. 
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003. 
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 
1980. 
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po 
mikrobiologii. M., 1981. 
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983. 
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo 
«Meditsina». 1984. 
7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987. 
 
10. Yuqumli ichak kasalliklari. (ichak tayoqchasi). Ovqatdan zaharlanishni keltirib 
chikaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm 
 
Reja 
 
1.  Salmonellezlar qo‘zg‘atuvchilarining umumiy xarakteriyatikasi. 
2.  SHigellezlarning morfologiyasi, kultural biologik xossalari. 
3. Dizenteriyaning patogenida laboratoriya diagnostikasi va profilaktikasi 
 
Tayanch iboralar:  Ploskirev, Vismut-sulfit agar, Veterenar-sanitar nazoratini 
10.1 SALMONELLEZLAR QO‘ZG‘ATUVCHILARINING UMUMIY 
XARAKTERIYATIKASI. 
         Salmonellalar avlodiga morfologik, kultural va fermentativ xususiyatlari jihatidan paratif V 
qo‘zg‘atuvchisiga o‘xshash bo‘lgan ko‘pgina salmonella turlari va tiplari kiradi. 
         1885 yilda Amerikada D. Salmon cho‘chqalardan S.suis ni ajratib oladi. Bu qo‘zg‘atuvchi 
uzoq vaqtlargacha cho‘chqalarda toun (chuma) kasalligini chaqiradi deb hisoblanib kelar edi. 
Keyinchalik esa bu cho‘chqa touni kasalligi bilan birga kechadigan infeksiya ekanligi odamlarda 
esa toksiko-infeksiyani, ya’ni ovqatdan zaxarlanishni chaqirilishligi aniqlandi. 
         1885 yilda A.Gertner Saksoniyada toksiko-infeksiya kasalligi tufayli so‘yilgan sigir 
go‘shtidan va uni eb o‘lgan odamdan S.hertneri qo‘zg‘atuvchisini topadi. Bu qo‘zg‘atuvchining 
dengiz cho‘chqalariga, oq sichqonlar, qo‘y va echkilar uchun ham patogen ekanligi aniqlandi. 
         1895 yilda Breslavl shahrida K.Kenshe va 1898 yil Ertirik shahrida J.Nobel ovqatdan 
zaxarlanishda S.breslau qo‘zg‘atuvchisining sababchi ekanligini aniqlashdi va uni sof kulturasini 
ajratib olishdi. 

65 
 
     
 
10.1-rasm 
    SHunday qilib salmonellalarning odamlar uchun patogen bo‘lgan va ovqatdan zaxarlanish 
holatlarini chiqaradigan 100 dan ortiq turlari borligi aniqlandi. 
          
         Morfologik tuzilishi bo‘yicha Enterobacteriacei oilasining vakillariga o‘xshash bo‘lib, ular 
peritrix xivchinlari tufayli xarakatchandir. 
         Fakultatif aerob, optimal temperaturasi 37
0
, oddiy oziq muhitlarida yaxshi o‘sadi. 
Fermentativ xossasi. Salmonellalar jelatinani suyultirmaydi, indol hosil qilmaydi, ko‘pchiligi H
2

hosil qiladi. Glyukoza, maltoza, mannit, saxarozalarni kislota va gaz hosil qilib parchalaydi. 
         Ekzotoksin hosil qilmaydi. Glyusid-lipit-protein kompleksidan tashkil topgan endotoksinga 
ega. 
         Serologik belgilariga qarab salmonellalar bir qancha (35 ta) guruhlarga bo‘lingan. SHulardan 
Kaufman-Uayt klassifikatsiyasi bo‘yicha S.enteritidis - D guruhiga, S tihyimurium – V guruhiga, 
S.choierae suis – S guruhiga kiradi. Salmonellalarning klassifikatsiyasi ularning antigen, kultural 
va biologik xossalariga qarab tuzilgan. 
         Ovqatdan zaxarlanishni chaqiruvchi salmonellalar tif va paratif qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan 
birmuncha chidamlik. YUqori tumperaturaga, osh tuzining yuqori konsentratsiyali eritmasiga, 
ayrim kislotalarga chidamli, 60-70
0
 da 1 soatda, 8-10% uksus kislotasida 18 soatda halok bo‘ladi. 
400 grammlik go‘sht bo‘lagida 2,5 soat qaynatishga chidaydi. Uy temperaturasida 2-3 oy 
saqlanadi. Endotoksinlari esa qaynatgandan so‘ng ham bir necha soat saqlanib qoladi. SHunisi 
xarakterli salmonellalar bilan zaxarlangan ovqat mahsulotlarining ko‘rinishi ham, hidi ham 
buzilmaydi. 
         Odamlar uchun patogen bo‘lgan salmonellalarning ko‘pchiligi ko‘pchilik hayvonlar ichida, 
ya’ni yirik shohli hayvonlar, cho‘chqa va jo‘jalar orasida ko‘p tarqalgan va ularda turli kasallar 
chaqiradi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar salmonellalarga sezgir. Kasal hayvonlar 
go‘shtidan, kasal tovuq tuxumlaridan tayyorlangan ovqatlar kasallik manbai bo‘lib hisoblanadi. 
         Salmonellalar bilan zararlangan ovqatlarni iste’mol qilish kasallikning kelib chiqishiga sabab 
bo‘ladi. Ayniqsa kasal hayvon, qushlar va ularning tuxumlaridan tayyorlangan ovqatlar ko‘proq 
kasallikka sababchi bo‘ladi. salmonellalar ovqat bilan qanchalik ko‘p tushsa u tez ko‘payib 
shunchalik ko‘p o‘ladi va ulardan ko‘plab endotoksin ajralib chiqadi. Oshqozon ichak traktidan 
endotoksin qonga o‘tadi va bir necha soatdan so‘ng kasallik belgilari asosida o‘tadi. Kasallik faqat 
zararlangan ovqatlardan emas, balki kasal odamlardan va kasal tashuvchilardan ham yuqadi. 
Bunday hollarda kasallik ko‘proq yosh bolalar orasida uchraydi. Bolalarda salmonellez 
dispepsiya, enterokolit, qorin tifi ko‘rinishida o‘tadi va ko‘pincha septitsemiya va bakteriemiya 
holatini chaqirib, ba’zan surunkali  dizenteriya deb noto‘g‘ri tashhis qo‘yiladi. 
         Salmonellalarning endotoksini ichak shilliq qavatining va limfatik sistemaning himoya qilish 
qobiliyatini ham ishdan chiqaradi va natijada bakteriyalarning qonga o‘tishiga zamin yaratiladi va 
bunday hollarda kasallikning birinchi soatlaridayoq qonda bakteriyalar topiladi. Kasallik asosan 4-
5 kun davom etadi.     
         Kasallikdan so‘ng kuchsiz va qisqa muddatli immunitet hosil bo‘ladi. Kasal bo‘lib o‘tgan 
odamlar qonida agglyutininlar, pretsipitinlar, bakteriolizinlar va boshqa antitelolar topiladi. 

66 
 
Salmonellalarning bir serovari bilan chaqirilgan kasallikdan so‘ng boshqa serovarlariga immunitet 
hosil bo‘lmaydi, ya’ni qarama-qarshi immunitet mavduj emas.    
         Ovqat qoldiqlari, buyumlardan olingan chayindilar, kasalning axlati, qusugi, oshqozon 
yuvilgandagi suv, qon, siydik, o‘likdan olingan materiallar oziq muhitlarga ekilib (Endo, 
Ploskirev, Vismut-sulfit agar va h.k.) sof kultura ajratib olinadi va ularning kultural, serologik va 
biologik hossalari o‘rganiladi, ya’ni turlari va serovarlari aniqlanadi. Ayrim hollarda ajratilgan 
kultura yoki ovqat qoldiqlari bilan biologik probalar qo‘yiladi. Retrospektiv diagnoz qo‘yish 
uchun kasallikning 8-10 kunlarida rekonvallessentlarning qon zardobi bilan asosiy 
qo‘zg‘atuvchilarning diagnostikumlari bilan Vidal reaksiyasi qo‘yiladi. 
         Antibiotiklar-streptomitsin, levomitsin, xlortetrotsiklin va tetroatseklin, oshqozonni yuvish, 
glyukoza va fiziologik eritmalar quyish yaxshi natija beradi.  
         Veterenar-sanitar nazoratini kuchaytirish, ya’ni go‘sht va go‘sht mahsulotlarini doimiy 
tekshirib turish, oziq-ovqat sohasida ishlovchilarni bakteriya tashuvchilikka tekshirib turish va h.z. 
Ayrim hollarda ovqatdan zaxarlanish shartli patogen mikroblari tomonidan ham chaqirilishi 
mumkin (proteus morgani, Pr. miriabilis, Pr. rettgeri, Pr. incostans, E.Coli va b.). 
         Salmonellalar ko‘pchilik hollarda bolnitsa ichi kasalligini ham chaqiradi. Bunda 
S.tiphymirium ko‘proq uchraydi va ayrim hollarda S.heidelberg, S.derby, S. Haifa, S. Wien va 
boshqalar qatnashadilar. Bu salmonellalar barcha xususiyati jihatidan yuqorida ko‘rsatilgan 
salmonellalardan farq qilmayd
9
i. 
         YOsh bolalarda bolnitsa ichi kasalligi uzoqroq davom etadi va og‘irroq kechadi, ularda og‘ir 
intoksikatsiya va oshqozon-ichak traktining kuchli shikastlanishi kuzatiladi. Bolalarda salmonellez 
intoksikatsiyasi natijasida modda almashinuv va gipotalamus ishi buziladi. Emizikli bolalarda 
ko‘p suv va tuz yo‘qotishlari natijasida toksikoz va suvsizlanish holatlari kuzatiladi. YOsh 
bolalarda ayniqsa stafilokokkli viruslar, esherixiyalar chaqirgan kasalliklarga yoki pnevmoniyaga 
salmonellez qo‘shilsa ularda sepsis yoki meningit rivojlanib kasallik nihoyatda og‘ir o‘tishi 
mumkin. 
         Laboratoriya diagnostikasi, davosi, profilaktikasida boshqa salmonellalardan farqi yo‘q. 
 
            Foydalanilgan adabiyotlar 
Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin