O'zbekiston respublikasi



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə1/9
tarix06.05.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#108659
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
ChtO\'IK


O 'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSIJS TA'LIM VAZIRLICI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI INGLIZ FILOLOGIYASI FAKULTETI


INGLIZ TILI AMALIY KURSI KAFEDRASI


“CHET TILLAR O’QITISHNING INTEGRALLASHGAN KURSI” FANIDAN
MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH BO’YICHA
USLUBIY QO’LLANMA



Namangun-2022
Mazkur mustaqil ishlarni tashkil etish va baholash rejasi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2009 yil « 14 » avgustdagi 286-sonli buyrug'i asosida tuzildi.

Tuzuvchi: Stajor o’qituvchi D. Nematjanova


X. Abduvohidova
Тaqrizchi: PhD A. Ermirzayev
Mazkur uslubiy ko’rsatma Ingliz tili amaliy kursi kafedrasining 2022 yil “________________ “____” - son yig’ilishida muhokama qilingan.
Mazkur uslubiy ko’rsatma Ingliz filologiyasi fakultetining 2022 yil “________________ “________” - son yig’ilishida muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya qilingan.
KIRISH

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo'yicha mustaqil faoliyat ko'rsata oladigan, o'z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondashgan holda muammoli vaziyatlami to'g'ri aniqlab, taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyoriash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.


Ma'lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur'atlar bilan kengayib borayotganhozirgi sharoitda barcha ma'lumotlarni faqat dars mashg'ulotlari paytida talabalarga etkazish qiyin.
Tajribalar shuni ko'rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug'ullansa va o'z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarmi chuqur o'zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko'nikma va malakalari mustaqil ta'lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko'rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo'ladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta'lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars ashg'otlarida talabalarni o'qitish bilan bir qatorda ularni ko’proq o'qishga o'rgatish, bilim olish yo'llarini ko'rsatish, mustaqil ta'lim olish uchun yo'llanma berish oliy ta'lim muassasaning asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Talaba mustaqil ishi (TMI) - muayyan fandan o'quv dasturida belgilangan bilim, ko'nikma va malakaning ma’lum bar qismini talaba tomonidan fan o'qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirilishiga yo'naltirilgan tizimli faoliyatdir.
O’qishning boshlang'ich bosqichhlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog'liq.Ayniqsa, birinchi kurs talabalarning ta'limning navbatdagi turi - oliy ta'lim talablariga ko'nikishi qiyin kechadi, chunki ular ta'lim olish jarayonida o'z mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli bilishmaydi. Ma'lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni taxlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solish, konspektlashtirish, o'z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o'z vaqtlarini to'g'ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to'g'ri baholash ular uchun katta muammo bo'ladi. eng asosiysi, ular mustaqil ta'lim olishga ruhan tayyor bo'lishmaydi.
Shuning uchun har bir professor-o'qituvchi dastlab talabada o'z qobiliyati va aqliy imkoniyallariga ishonch o'yg’otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni to'qri tashkil qilishga o'rgatib borishi lozim bo'ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o'zlashtiriladigan bilim va ko'nikmalarini kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan qolda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil ta'limga ko'nika boshlagan talaba faqat o'qiluvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o’zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o'zi zarur deb hisoblagan qo'shimcha bilimlami ham mustaqil ravishda tanlab o’zlashtirishga o’rganib boradi. Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar etiborga olinishi lozim:

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin