Ikkinchi tur ishlar fanning ishchi o'quv dasturida auditoriyadan tashqarida o’zlashtirilishi belgilangan mavzu bo'yicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil ravishda izlab topish, tahlil qilish, konspektlashtirish va o’zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko'rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni va o'zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda, maxsus belgilangan konsul'tatsiya soatlarida amalga oshiriladi.
Talabalar mustaqil ishini baholash. TMI natijalari amaldagi baholash tizimiga asosan baholab boriladi.
Masalan: Og'zaki va yozma nutq amaliyoti fanlaridan mustaqil ishni bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatma va baholash mczoni kuyidagicha olib borilishi mumkin.Chet tilidagi kitob va lug'at bilan mustaqil ishlash, chel tilidagi so'zlashishni eshitish va grammatik shakllarni to'g'ri ishlatish, matnni tushinish va gapirishni o'z ichiga oladi. Talaba ko'proq mustaqil ishlashi kerak. Mamlakatimizning oliy o'quv yurtlari oldida talabaning nafaqat bilim doirasini kengaytirish, balki shu o'rganilayotgan tilda fikrlash va barcha vazifalarni ham yechish rejalashtirilgan. Talabaning mustaqil ishi ikki ko'rinishga ega:
1. Dars jarayonida yangi pedogogik va axborot texnologiyalari yordamida matnlarni eshitish va ularni to'g'ri talaffuz qilish,matnlarni pauza va pauzasiz eshitish va gapirib berish,fonetik, leksik grammatik materialar asosida kartochkalar ishlatish.yangi pedogogik va axborot texnologiyalari yordamisiz matnlarni mustaqil tarjima qilish. o'tilgan leksik va grammatik materiallar asosida mikrodialoglar tuzish.
2. Darsdan tashqari vaqtlarda esa talabalarning ilmiy konferensiyalari, olimpiada, eng yaxshi tarjimon va eng yaxshi talaba ko'rigini o'tkazish, chet tilida sahnalar ko'rsatish tadbirlari kiradi.
Bu tadbirlar dars jadvaliga kiritilmaydi va o'qituvchi tomonidan kuzatiladi.
Chet tilidagi kitob va lug'at bilan mustaqil ishlash, chet tilidagiso'zlashishni eshitish va grammatik shakllarni to'g'ri ishlatish, matnni tushunish va gapirishni o'z ichiga oladi. Talaba ko'proq mustaqil ishlashi kerak.