O'zbekiston respublikasi


Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda tizimli yondoshish



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə5/9
tarix06.05.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#108659
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ChtO\'IK

Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda tizimli yondoshish;
-barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;
-bajarilishi ustidan qat'iy nazorat o'rnatish;
-tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish zarur.
Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
-maqsad (bilimni mustahkamlash, yangi bilimlarni o'zlashtirish, ijodiy faollikni oshirish, amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirish va h.), aniq asoslanishi;
-vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi;
-topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalaming yetarli darajada xabardor bo'lishi;
-maslahat va boshqa yordam turlarining to'qri belgilanishi (yo'llanma va ко'гsатmа бериш, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari bo'yicha tushuncha berish, ayrim muammoli vaziyatlarni birgalikda hal qilish va h.);
-hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;
-nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar, laboratoriya mashg’ulotlari, konsultatsiya yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt; -ma'ruza yoki referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, ko'rgazmali jixozlar va ijodiy ishlar; -savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish va h).
Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:
Auditoriyada amalga oshiriladigan TMIlar -O’tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi;
-auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan (TMIlar, o’quv dasturidagi ayrirn mavzularni mustaqil holda o'zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va labaratoriya ishlariga tayyorgarlik ko'rib kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar va h.)
Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o'zlashtirib borish darajasi, amaliy mashqulotlarga (amaliyot,(laboratoriya, seminar darslari) tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarning bajarilish sifatini tekshirish maqsadida, odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlarni bajarib qo'yish va h). Usullarda asosan amaliyot darslarida nazorat (joriy nazorat) qilinadi.
Joriy nazoratda talabaning dars paytida o'tilgan materiallarni o'zlashtirish va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o'zlashtirish darajasi e'tiborga olinadi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin