Mavzuni mustaqil o'zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o'quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o'zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e'tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko'rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o'quv adabiyotlardan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning moxiyatini anglagan qolda mavzuga ta’lluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o'zlashtirish qiyin bo'lsa, savollar paydo bo'lsa, adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va b.) o'qituvchilardan maslahatlar oladilar.
Mustaqil o'zlashtirilgan mavzu bo'yicha tayyorlangan vazifalar biriktirilgan o’qituvchi bilan ko’rib chiqilib baholanadi.
Referat tayyorlash . Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo'lgan biror mavzu bo'yicha referat tayyorlash topshiriladi Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo'shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, internetdan olingan ma'lumotlar, elektron kutubxona materriallari va b.) foydalanib materiallar yig’adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo'yicha imkon darajasida to'liq, keng ma'lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o’qituvchidan maslahat va ko'rsatmalar oladi.Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida qimoya qilinadi.
Ko'rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o'zlashtirish uchun yordam beradigan ko'rgazmali materiallar, jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar,musiqiy asar, kichik badiiy asar va bosh.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o'qiluvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma'lum ko'rsatmalar, yo'l-yo'riqlar beriladi. Ko'rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo'yicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin.
Talaba ko'rgazmali materiallardan foydalanib tayyorlagan ishlari bo'yicha yozma ravishda ma’lumot tayyorlaydi va o’qituvchi oldida ahborot beradi.