Baholash mezoni:
Fanni o'rganish jarayonida o'tilgan mavzular bo'yicha mustaqil ish mavzusi tanlanadi.Mavzuning aktualligi, dolzarbligi va maqsadi aniq belgilanadi.
Mustaqil ishni yoritish rejasi tuzib chiqiladi.O'qituvchi rcjani ko'rib chiqib maslaxat va foydalanish uchun adabiyotlar ro’yxatini beradi.
Talaba darsdan tashqari paytda kutubxonalarda, o'quv zallarida o'tirib mustaqil ishini yozadi.Mustaqil ish referat, plakat, tablitsa yoki tarqatrnali material shaklida xam bo'lishi mumkin.3-4 ta talaba birgalikda 1 ta mavzuni «Multimedia» asosida dars o'tib berib ko'rsatishlari ham mumkin.
Baholash mezonlari.
Mavzuning dolzarbligi va chuqur yoritilishi
Adabiyotlardan foydalanganligi
Kompyuterda chiroyli qilib yozilgan va orfografik, punktatsion to'griligi. Talabalar kurs oxirida quyidagi malakalari asosida baholanadilar:
- 5 "a'lo"(Hulosa va qaror qilish.ijodiy fikrlay olish, mustaqil mushohada yuritish,amalda qollay olish, mohiyatini tushunish,bilib aytib berish,tasavvurga ega bo'lish)
- 4 - "yahshi" (Mustaqil mushohada yuritish,amalda qollay olish,mohiyatini tushunish,bilib aytib berish,tasavvurga ega bo'lish.)
- 3 - "qoniqarli"(Mohiyatini tushunish,bilib aytib berish,tasavvurga ega bo'lish.)
- 2 " qoniqarsiz "(Aniq tasavvurga ega bo'lmaslik,bilmaslik)
“CHET TILLAR O’QITISHNING INTEGRALLASHGAN KURSI” fanidan MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI
Ushbu fan talabalarda O’qish, Yozish, Gapirish va Eshitish jarayonining mantiqiy tarixiy rivojlanishi va muhim hodisalari haqidagi tasavvurni shakllantiradi. Fanni o‘qitishda boshqa Evropa mamlakatlari tili tarixidan keltirilgan faktlardan ham o‘z o‘rnida foydalaniladi.
Chet tilida gapirish, yozish o‘qish va mazmunini anglash, chop etilgan badiiy asarlar, davriy matbuot nashrlarida bu soha bo‘yicha bayon etilgan asosiy voqea-hodisalar to‘g‘risida o‘qib, ma’lumotga ega bo‘lish hamda ularni og‘zaki so‘zlab berish, mazmunini yozma bayon etish kabi fan doirasida o‘rganiladigan masalalar talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu fandan o‘tiladigan ma’ruza, seminar mashg‘ulotlarida matn bilan ishlash asosida talabalarning nutqiy malakasini oshirish orqali turli xil nutq uslublarini egallash imkoniyati yaratiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor kommunikativ yondashuvga qaratiladi.
Chet tillar o’qitishning integrallashgan kursi fani o‘quv rejasidagi boshqa nazariy va amaliy kurslar bilan birgalikda ingliz tili bo‘yicha har tomonlama etuk mutaxassis tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Mustaqil ish mavzulari fan o‘qituvchisi va talabalar tomonidan ishlab chiqiladi. Mavzular talabani mustaqil bilim olishga ongli ravishda yo‘naltirishi lozim.Bunda:
sensor ta’lim uslublari (vizual, audio, kinestet, taktil);
ta’lim uslublarining Xani va Mamford tasnifi (nazariyotchi, faol ishtirokchi, reflektor, pragmatik);
introvert va ekstrovert;
yaxshi bilim olish uchun ta’limning samarali uslublaridan oqilona foydalanishga asosiy e’tibor qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |