Oʻzbekiston respublikasi


Sanoat tarmoqlari bo‘yicha suv ekosistemalarini ifloslovchi eng asosiy birikmalar



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə52/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

Sanoat tarmoqlari bo‘yicha suv ekosistemalarini ifloslovchi eng asosiy birikmalar

Sanoat tarmoqlari

Asosiy ifloslovchi birikmalar

Neft-gaz qazib olish, neftni qayta ishlash

Neft mahsulotlari, SYUAM (sintetik yuqori aktiv moddalar), fenollar, ammoniyli tuzlar, sulfidlar

Sellyuloza-qog‘oz kompleksi, o‘rmon sanoati

Sulfatlar, organik moddalar, smolali va yog‘li birikmalar, azot

Mashinasozlik, metalsozlik, metallurgiya

Og‘ir metallar, erimaydigan moddalar, ftoridlar, sionidlar, ammoniyli azot, neft mahsulotlari, fenollar, smola

Kimyo sanoati

Fenollar, neft mahsulotlari,SYUAM (sintetik yuqori aktiv moddalar), aromatli uglevodorodlar, noorganiklar

Tog‘-kon sanoati, ko‘mir qazib olish

Flotoreagentlar, noorganiklar,fenollar, erimaydigan moddalar

Engil, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati

SYUAM, neft mahsulotlari, organik bo‘yoqlar, boshqa organik birikmalar

Atmosferaning ifloslanishi inson salomatligiga va atrof tabiiy muhitga turlicha – to‘g‘ridan – to‘g‘ri va tezlikda xavf soladi (smog va boshq.) yoki asta – sekin doimiy holda organizmlarni hayotiy ta’minlovchi tizimlarni ishdan chiqaradi.
Ko‘pchilik hollarda havo muhitining ifloslanishi ekosistemalar tarkibiy tuzilishi ekosistemalar tarkibiy tuzilishini shu darajada buzib tashlaydiki, boshqaruvchanlik xususiyati ularni dastlabki holatiga qaytara olmaydi, natijada gomeoatsaz mexanizmi o‘z faoliyatini yo‘qotadi.
Atmosferaning lokal (mahalliy) ifloslanishi atrof tabiiy muhitga ta’sirini ko‘rib chiqamiz.
Atmosferani ifloslovchi eng asosiy ifloslovchilar (pilyutantlar) inson organizmiga fiziologik ta’siri jiddiy xavf soladi va og‘ir oqibatlarga olib keladi. Masalan oltingugurt ikki oksidi atmosferadagi namlik (suv bug‘lari, yomg‘ir va boshq.) bilan birikib oltingugurt kislotasini hosil qiladi, qaysikim insonlar va hayvonlar o‘pka to‘qimasini emirilishiga (parchalanishiga) sababchi bo‘ladi. Bunday holat katta sanoatlashgan shaharlar atmosferasida oltingugurt ikki oksidi miqdori oshishi oqibatida bolalar o‘pka potologiyasi oshganligi kuzatilmoqda.
Tarkibida kremniy ikki oksidi bor chang inson organizmiga kirishi oqibatida og‘ir o‘pka kasalligi – silikozga sababchi bo‘ladi. Azot oksidlari ko‘z, o‘pka va boshq. Organlar shilliq pardalarini qitiqlaydi (qichitadi va boshq.) og‘ir oqibatlarda esa shilliq pardalar emirilishida esa shilliq pardalar emirilishiga sababchi bo‘ladi hamda zaharli tuman hosil qiladi va boshq. Azot oksidlari oltingugurt ikki oksidi va boshqa toksik moddalar bilan ifloslargan havo bilan qo‘shilishi o‘ta xavfli hisoblanadi. Bunday holatda ifloslovchi moddalarning kichik konsentratsiyasi ham sinergezm samarasining kuchayishiga sababchi bo‘ladi, ya’ni hamma gazsimon aralashmalarning toksiklik xususiyati oshishiga sabachi bo‘ladi.
Uglerod oksidining inson organizmiga ta’siri o‘ta xavfli hisoblanadi, u bilan jiddiy zararlanish umumiy holsizlanish, bosh aylanish, qayd qilish, uyqu, xushdan ketish, o‘limga ham sababchi bo‘lishi mumkin (hatto zaharlangandan 5-7 kun keyin ham). Ammo atmosfera tarkibida SO ning miqdori kamligi sababli ommaviy zaharlanish kuzatilmaydi, shunday bo‘lsada anemiya va yurak – qon tomirlari bilan aziyat chekuvchilar uchun xavfli hisoblanadi.
Erimaydigan (aralashmaydigan) og‘ir zarralardan 5 mkm dan kichik o‘lchamdagilari xavfli hisoblanadi. Ularning inson organizmiga tushishi natijasida ular limfa tugunlariga o‘tadi, o‘pka alveolalalarida to‘planib qoladi va shilliq pardalarni ifloslaydi, oqibatda organizmda nafas olish jarayoni qiyinlashib qoladi.
Ayrim toksik moddalarning: qo‘rg‘oshin, benz (a) piren, fosfor, kadmiy, margimush, kobalt va boshq. kam miqdorda atmosferaga chiqarilib turishi va ularning inson organizmiga tushishi asta-sekin qon aylanish tizimini buzadi va onkologik kasalliklar paydo bo‘ladi, organizmni infeksiyaga (yuqumli kasalliklarga) qarshiligini pasaytiradi. Qo‘rg‘oshin, simon birikmalari aralashgan changning organizmga tushishi mutagen o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi va organizm hujayralarida genetik o‘zgarishlarga sababchi bo‘ladi.
Avtomobillardan chiqayotgan zararli birikmalarning inson organizmiga jiddiy zarar etkazadi, u ta’siri keng diapozonga (keng qamrov doiraga) ega bo‘lib yo‘taldan o‘lim holatigacha olib kelishi mumkin (jadval...). Tirik organizmlarga zaharli tutun, tuman va chang aralashmasi (smog)ning ta’siri og‘ir oqibatlarga olib keladi. Ikki toifadagi smog farqlanadi; qishki (London turi) va yozgi (los – andelis turi) smoglar.
London turidagi smog katta sanoat shaharlarida noqulay ob-havo (shamol va harorat inversiyasining bo‘lmasligi) sharoitida yuzaga keladi.
Harorat inversiyasi atmosferaning ma’lum balandligida (odatda erning ustki qismidan 300-400 m balandlikkacha) haroratning pasayishi o‘rniga oshishi natijasiga yuzaga keladi. Natijada atmosfera havosi oqimlari buziladi, tutun va ifloslovchi moddalar yuqoriga ko‘tarila olmaydi va tarqalib ketmaydi, ya’ni shahar ustida muallaq holatda qoladi. Tez – tez tuman tushadi. Oltingugurt oksidi, to‘xtatilgan chang, uglerod oksidlari inson salomatligi uchun xavfli darajaga etadi, bu holat qon aylanishiga, nafas olishning buzilishiga va ko‘pincha o‘limga olib keladi. 1952 yilda Londonda 3 dan 9 dekabrgacha bo‘lgan davrda 4 mingdan ortiq kishi smogdan o‘lgan, 10 mingdan ortiq kishi og‘ir kasallikka uchragan. 1962 yil oxirida Rure (Germaniya) da uch kun ichida 156 kishi o‘limiga sababchi bo‘lgan. Faqat shamol smogni tarqatib yuborishi va smog xavfini yumshatishi mumkin. Smog xavfini yumshatishi mumkin. Smog xavfni kamaytirishning yana bir yo‘li ifloslovchi moddalarni atmosferaga chiqarishni kamaytirishdan iborat.
Los-Andjelis smog turi yoki fotokimyoviy smog xavfi London turi smogidan kam emas. Los – Andjelis toifasidagi smog yozda quyosh nurlarining avtomobillar chiqindi gazlari bilan to‘yingan havoga kuchli ta’sir etishi bilan sodir bo‘ladi. Los – Anjelisda to‘rt milliondan ziyod avtomobillar bir kunda ming tonnadan ziyod azot oksidlari chiqaradi. Havoning sekin harakatlanishi, shamolning yo‘qligi davrida havoda murakkab kimyoviy reaksiyalar yuzaga keladi va yuqori toksik ifloslovchilar – fitooksidantlar (ozon, organik perekslar, nitritlar va boshq.) hosil bo‘ladi. Ular meda – ichak trakti, o‘pka va ko‘rish organlari shilliq pardasini qitiqlaydi va shikastlaydi. Faqat bitta shakarda (Tokio) 1970 yilda 10 ming kishini, 1971 yilda esa 28 ming kishini zararlanganligi kuzatildi. Rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra Afinada smogli kunlari odamlarning o‘limi atmosfera havosi toza kunlarga nisbatan olti marta ko‘pdir.
Antropogen ifloslovchilarni uzoq muddatda atmosferaga chiqarilishi nafaqat odammlarga katta zarar etkazadi, balki hayvonlarga, umuman o‘simliklar va ekotizilarning holatiga katta zarar etkazadi.
Ekologiyada oid adabiyotlarda atmosferaga katta miqdorda yuqori konsentratsiyali ifloslovchi moddalarning chiqarilishi (ayniqsa portlashlar oqibatida) paytida yovvoyi hayvonlar, qushlar, hasharotlarning ommaviy zaharlanishi ko‘rsatilgan. SHuningdek nektarga boy o‘simliklarga toksik moddalar aralashmali changlarning o‘tirib qolishi ta’sirida ulardan foydalangan asalarilarning o‘lishi oshganligi kuzatiladi. Katta hayvonlarga kelsak, atmosferadagi zaharli chang ularga nafas olish tizimi orqali ta’sir, qiladi, shuningdek yozgan changli o‘simliklar bilan birga tanaga kiradi.
Zararli moddalar o‘simliklarga turli yo‘llar bilan kiradi. Zararli moddalarning atmosferaga chiqarilishi to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘simliklarning yashil qismlariga ta’sir qiladi, barg og‘izchasi orqali zararli moddalar to‘qimalarga o‘tadi va xlorofil va xujayra tuzilishini buzilishiga olib keladi, shuningdek zararli moddalar tuproqdan o‘simliklarning ildiz qismiga o‘tadi va butun o‘simlik organlariga ta’sir etadi. Masalan tuproqning toksik metallar changi bilan ifloslanishi, ayniqsa oltingugurt kislotasi bilan aralashmasi ildiz tizimiga halokatli ta’sir etadi, u orqali butun o‘simlikka halokatli ta’sir ko‘rsatadi.
Gazli ifloslantiruvchi moddalar o‘simliklarga turli xil ta’sir qiladi (jadval...). Ba’zilari (uglerod oksidi, etilen va boshq.) bargi, tuklari, kurtaklariga ozroq ta’sir etsa, boshqalari o‘simliklarga halokatli zarar etkazadi (oltingugurt ikki oksidi, xlor, simob bug‘i, ammiak, vodorod sianid va boshq.) Oltingugurt ikki oksidi o‘simliklar uchun ayniqsa xavflidir, uning ta’siri ostida ko‘plab daraxtlar nobud bo‘ladi, ayniqsa igna bargli daraxtlar, qarag‘ay, archa, pikta, kedr va boshq. katta zarar ko‘radi.
O‘simliklarga o‘ta xavfli ifloslantiruvchi moddalarning ta’siri natijasida ularning o‘sishi sekinlashadi, barglar va ignalarining uchlarida nekroz hosil bo‘ladi, assimilyasiya organlari ishlamay qoladi va hokazo. SHikastlangan barglar yuzasining ko‘payishi tuproqda namlikning kamayishiga, uning umumiy namlanganlik darajasiga ta’sir etadi, bu muqarrar ularning yashash muhitiga ta’sir etadi.
Zararli ifloslantiruvchi moddalar ta’siri kamaygandan so‘ng o‘simliklar qoplami tiklanishi ko‘p jihatdan o‘simliklar yashil qoplami massasining tiklanish qobiliyatiga va tabiiy ekosistemaning umumiy holatiga bog‘liq. SHu bilan birga, ayrim ifloslovchilarning past konsentratsiyasi nafaqat o‘simliklarga zarar etkazadi, balki masalan, kadmiy tuzi urug‘larning rivojlanishiga, yog‘ochchil qismining o‘sishiga va ba’zi o‘simlik organlarining o‘sishini tezlashtiradi.



Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin