O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   410
MIKRO MAKRO

 
 
 
 


199 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1.
Bozor turlari qanday aniqlanadi? 
2.
Raqobatlashmagan bozorlarda narx va ishlab chiqarish hajmi qanday 
aniqlanadi? 
3.
Sof monopoliya deganda nimani tushunasiz? 
4.
Raqobatlashgan monopol bozor xususiyatlari nimalardan iborat? 
5.
Litsenziya, patent, mualliflik huquqi raqobatga qanday ta`sir ko‘rsatadi? 
6.
Monopoliyaning jamiyat uchun foydali va zararli tomonlarini izohlab bering. 
7.
Bozor hokimiyati deganda nimani tushunasiz? 
8.
Monopol narxga soliq qanday ta`sir ko‘rsatadi? 
9.
Lernerning monopol ko‘rsatkichi. 
10.
Xerfendal-Xirshman indeksi nimani ifodalaydi. 
11.
Monopol sharoitda narx qanday aniqlanadi? 


200 
15-bob. BOZOR HOKIMIYATI SHAROITIDA NARX BELGILASH 
TAMOYILLARI 
 
15.1. Monopoliyaga qarshi qonunchilik 
Bu yerda biz monopol hokimiyatga ega bo‘lgan monopolistlar to‘g‘risida gap 
yuritamiz. Lekin, hozirgi vaqtda monopoliyaning ijobiy tomonlari borligini hech kim 
inkor qila olmaydi. 
Yiriklashgan korxonalarda ilmiy-texnik rivojlanish imkoniyati katta bo‘ladi, nima 
uchun deganda, bunday korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari ham katta bo‘lganligi 
uchun, ular ilmiy izlanishlarga ko‘proq mablag‘ ajratishlari mumkin. 
Yiriklashgan korxonalargina masshtab samarasidan yaxshiroq foydalana oladilar, 
chunki ularda ilmiy-tadqiqot ishlarini, tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarni keng 
masshtabda yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi. Bu o‘z navbatida mahsulot tannarxini 
pasaytirishga va uning sifatini oshirishga imkon yaratadi. Lekin, hozirgi bozor 
munosabatlarining rivojlanganligi, jahon bozorining shakllanganligi, xalqaro iqtisodiy 
aloqalarning kengayib borishi sharoitida kuchli bozor hokimiyatiga ega monopolistni 
topish qiyin. 
Monopolistlarning jamiyatga ta`sir qiluvchi salbiy tomonlari borligini ham esdan 
chiqarmaslik lozim. Yiriklashgan firmalar o‘z mahsuloti sifatini oshirishga va uni tez-tez 
yangilashga alohida e`tibor beradi, deb bo‘lmaydi. Ushbu firmalarda yaratilgan 
yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy qilishni ko‘p hollarda to‘xtab qolishini ham ko‘rish 
mumkin. 
Monopolist narxni chekli xarajatdan yuqori qilib belgilaydi, ya`ni 
P
MC

.
Natijada resurslarning taqsimlanishi samarali bo‘lmaydi. Monopol narxning o‘rnatilishi 
jamiyatda yo‘qotishlarga olib keladi. Narx qanchalik yuqori bo‘lsa, jamiyatning yo‘qotishi 
ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti rivojlangan 
davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlar ishlab chiqarilgan. 
Monopoliyaga qarshi qonun firmalarda jamiyat uchun xavfli bo‘lgan monopolistik 
hokimiyatni to‘planishini cheklashga qaratilgan. Monopolistik hokimiyat yuqorida 
aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga ta`sir qilish kuchini bildiradi. Qaysi firma 
bozor narxiga ko‘proq ta`sir qila olsa, u ko‘proq monopolistik hokimiyatga ega bo‘ladi. 
Ko‘pchilik adabiyotlarda monopoliyaga qarshi qonunga klassik misol sifatida 
AQShning trestlarga qarshi qonuni keltiriladi. 1890 yilda birinchi bo‘lib Sherman qonuni 
deb ataluvchi qonun qabul qilingan bo‘lib, u asosan savdoni va tijoratni 
monopollashtirishga qarshi qaratilgan edi. Ushbu qonun savdo erkinligini cheklovchi har 
qanday kelishuvni taqiqlar edi va raqobatchilarni adolatsiz yo‘l bilan yo‘qotishni jinoyat 
deb qarar edi. Ushbu qonunni buzganlar jarima to‘lashdan tortib, firmani tarqatib 
yuborishgacha va hatto jinoiy javobgarlikka tortishgacha jazolanishni nazarda tutar edi.
1914 yilda Kleyton va federal savdo komissiyasi qonuni qabul qilindi. Ushbu 
qonun Sherman qonuniga qaraganda ancha mukammallashgan qonun bo‘lib, u qonunni 
bajarilishini nazorat qilishni federal savdo komissiyasi zimmasiga yuklagan edi. Bundan 


201 
tashqari ushbu qonunda monopoliyani vujudga kelishini oldini olish bo‘yicha qilinadigan 
chora-tadbirlar belgilandi. 
1938 yildagi Uiler qonuni iste’molchilar huquqini himoya qilishga qaratildi (tovar 
to‘g‘risida noto‘g‘ri axborot berish va noto‘g‘ri reklama berishga qarshi). 
Keyingi yillarda ham trestlarga qarshi qonunchilik AQSHda rivojlandi. AQSHning 
trestlarga qarshi qonuni boshqa davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlarni ishlab 
chiqishda va rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi. 
Narxlarni nazorat qilish va ularni muvofiqlashtirish ko‘proq tabiiy monopoliyalarga 
qo‘llaniladi. Eslasak, raqobatlashgan bozorda narx chekli xarajatga teng bo‘lar edi 


P
MC
e

(15.1-rasm).

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin