203
U foydasini maksimallashtirish uchun narx
P
m
ni unga mos keluvchi ishlab
chiqarish hajmi
Q
m
ni chekli xarajat chizig‘i bilan chekli daromad chizig‘i kesishgan
nuqtaga ko‘ra belgilaydi. Firma
Q
m
ishlab chiqarish hajmida maksimal foyda bilan
ishlaydi, lekin firma rahbarlari foydani yanada oshirish to‘g‘risida o‘ylaydi.
Iste’molchi ortiqchaligi sohasida ko‘rish mumkinki (
NM
oraliqda) ba`zi bir
iste’molchilar tovarni
P
m
narxdan yuqori narxda ham sotib olishi mumkin. Lekin,
narx
P
m
dan yuqori qilib qo‘yilsa, sotish hajmi kamayadi, bir qator iste’molchilar
yo‘qotiladi va olinadigan foyda kamayadi. Narx monopol
P
m
bo‘lganda ham
iste’molchilarning bir qismi tovarni sotib olaolmaydi, lekin ular narx
P
m
dan kichik
(ammo chekli xarajatdan yuqori bo‘lgan) bo‘lgan holda tovarni sotib oladilar. Bunday
xaridorlar
ME
sohaga qarashli bo‘lib, ularning ortiqchaligi
DME
soha yuzasiga teng.
Firma narxni tushirsa, u
ME
oraliqqa qarashli xaridorlarga ham tovarni sotishi
mumkin. Biroq, bu holda uning daromadi va shu bilan birga foydasi ham kamayib
ketadi.
Firma
NM
oraliqqa qarashli iste’molchilar ortiqchaligini (
P
m
MN
yuzaga teng
ortiqchalikni) va
ME
oraliqdagi iste’molchilar ortiqchaligini (
DME
yuzaga teng
ortiqchalikni) qo‘lga kiritish uchun har xil guruhdagi iste’molchilarning talab
chizig‘ida joylashuviga qarab har xil narx belgilashi mumkin. Yuqorida ko‘rdikki, bu
ortiqchaliklarni bir xil narx belgilash orqali egallash mumkin emas.
Masalan, firma
NM
oraliqdagi iste’molchilar uchun
P P
P
m
1
1
narx,
ME
oraliqdagilar uchun
P P
P
m
2
2
va ikkala guruh orasidagilar uchun
P
m
narxni
belgilashi mumkin. Narxlarni bunday qo‘yilishiga, ya`ni har xil guruhdagi
iste’molchilar
uchun
har
xil
darajadagi
narxlarning
qo‘yilishiga
narx
diversifikatsiyasi (differentsiatsiyasi yoki diskriminatsiyasi) deyiladi. Masalaning
muhim tomoni shundaki, xaridorlarni topib, ularni har xil narxlarda xaridorlar
guruhiga bo‘lib chiqish, ya`ni bozorni segmentlashtirish kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: