O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


 2 Nomerlash metodikasi bo’yicha o’qituvchi va o’quvchilar bilim



Yüklə 390,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/20
tarix23.06.2022
ölçüsü390,19 Kb.
#62147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

1. 2 Nomerlash metodikasi bo’yicha o’qituvchi va o’quvchilar bilim, 
ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar 
I.Har bir o’qituvchi: 
1.Konsentrlar bo’yicha "nomerlash" mavzusini mazmuni va vazifalarini bilishi; 
2.O’quvchilarni o’zlashtirishni takomillashtiradigan mashqlar tizimini ishlash jarayoni: 
a) fanlar aro aloqadorlik va sonlarni xonalar bo’yicha o’zaro uzviyligiga bog’liq 
metodlar: 
b) natural sonlar qatorining hosil qilish prinsiplari: 
v) Sonning o’nli tarkibi to’g’risida: 
g) konsetrlar bo’yicha sonlarning o’qilishi va joylashuvi: 
d) yangi sanoq birligining hosil qilinishi: 
e) konsentrlar bo’yicha sonlarning joylashuv tarkibi: 
j) xona birliklari bo’yicha munosabat: 
z) sonlar tarkibining o’qilishi va yozilishini bilishi kerak. 


12 
Mavzuni o’rganish jarayonida ko’rgazmalilikdan foydalanish. 
II. Bilish kerak: 

mavzu bo’yicha dastur talablari asosida sonlarni xona qushiluvchilari yig’indisi 
shaklida tasvirlash

darslik bo’yicha ko’rgazmalar asoisda suhbatlar olib borish: 

o’quv materialini o’zlashtirishini mustahkamlashga va kuchaytirishga oid didaktik 
o’yinlar tanlash: 

bilim, malaka va ko’nikmalarni hosil bo’lishi bo’yicha turli metodlar va mashqlar
mustaqil ishlar tuza olish: 
Turli xil ko’rinishdagi ko’rgazmali vositalar asosida yangi materialni va o’tilgan 
materiallarni mustahkamlash va bayon qila olish. Nomerlash metodikasi bosqichda 
o’qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10, 100 ichida, 
1000 ichida va ko’p xonali sonlarni sanay olishini, o`qishi, yozishi, taqqoslash usullarini 
bilbishi, sinflarga ajrata olishi, didaktik prinsiplar asosida natural qatorning tuzilishini 
ochib berish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan 
iborat. 
Buning uchun o’quvchilarning quyidagilarga erishishlarini ta’minlash zarur: 
1) o’quvchilarning miqdor va raqamlar tartibi haqidagi tushunchalari aniqlashadi: 
2) Predmetlarni sanashni shakllantirish: 
3) 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o’zlashtirib olishlari kerak; 
4) Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko’rsatilganda har bir narsaning berilgan 
guruhdagi tartib nomerini aytib bera olishlari kerak
5) Sonlarning 1 dan 1000 000 gacha qatoridagi har bir son qanday hosil bo’lishini 
ongli o’zlashtirishlari kerak; 
6) Raqamlarni o’qiy olishlari va har bir raqamni narsalarning mos soni bilan mos 
qo’ya olishlari kerak; 
7) Sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak; 
8) 2,3,4,5,6,7,8,9,10 sonlarning ikkita qo’shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini 
barcha hollarini mustahkamlab, o’zlashtirib olishlari kerak; 
9) 2+1, 4-1, 1+3, va hokazo ko’rinishdagi matematik yozuvlarni o’qiy olishlari va 
bunday yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo’yishlarini bilishlari kerak. 


13 
10) miqdorlar yordamida predmetlarni o’zaro taqqoslash, "Ko’p", "Kam", "Ortiq", 
"Baland", "Past" kabi tushunchalarni taqqoslay olishi: 
11) Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta 
olishlari kerak. 

Yüklə 390,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin