O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


“Barkamol avlod yili” davlat dasturi to’g’risidagi Qarorida “o’qitishning



Yüklə 390,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/20
tarix23.06.2022
ölçüsü390,19 Kb.
#62147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

“Barkamol avlod yili” davlat dasturi to’g’risidagi Qarorida “o’qitishning 
sifatini oshirish, DTS, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy adabiyotlarni 
takomillashtrish bilan birga, ta’lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va 
pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy 
etish orqali mamlakatimiz maktablarida zamonaviy turdagi o’quv va laboratoriya 
uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash ... samarali tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish” muhim vazifalarimizdan ekanligi 
alohida ta’kidlangan. 
Darhaqiqat, o’zbek xalqining buyuk mutafakkirlari ham uzoq o’tmishdayoq olib 
borgan tadqiqotlari va amalga oshirgan kashfiyotlarida insonlarni odobli, mehnatsevar, 



vatanparvar qilib tarbiyalash yo’l - yo’riqlarini ko’rsatib o’tganlar. Bunga Muso al-
Xorazmiy (783-850), Ahmad al-Farg’oniy (797-865), Javhariy, Mirzo Ulug’bek (2394-
1449), faylasuf va huquqshunoslar Abu Nasr Forobiy (873-950), Imom al-Buxoriy (810-
870), Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824 - 892) , Burhoniddin al-Marg’inoniy(1123 - 
1197), Nasafiy; qomusiy olimlar Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Ibn Sino(980 - 1037); 
tilshunos, tarixchi va shoirlar Mahmud Qoshg’ariy (XI asr), Yusuf Xos Xojib (XI asr),
Mahmud az-Zamaxshariy (1075-1144), Alisher Navoiy (1441 - 1501); Zaxiriddin 
Muhammad Bobur (1483-1530) va boshqalarning bizga qoldirgan boy meroslari 
fikrimizga asos bo’ldi. Bu allomalarimizning asarlarida bolalarning o’qishi, mehnati, 
odobi va bu ishda muallimlarning vazifalariga katta o’rin berilgan. Jumladan, Nasriddin 
Tusiy (1201 - 1274) fikri bo’yicha o’qituvchi o’quvchilarni aql-zakovatiga ta’sir qilishi 
uchun, o’quvchilarni ishonchini qozonish va qalbidan joy olish mas’uliyatini his qilishi 
lozim. Forobiy o’qituvchi faoliyatida yoshlarning axloqiy normalari va amaliy ko’nikma 
va malakalarini o’zlashtirishga yo’naltirilganligi asosiy vazifalardan biri ekanligini 
ifodalaydi. Ibn Sino fikricha, o’qituvchilik olijanob va foydali faoliyatdir. U ilm - 
narsalarning inson aqli yordami bilan o’rganilishi o’qituvchi faoliyatida muhim 
hisoblanishini ta’kidlab o’tadi. Beruniy pedagogik ijodida tarbiyaning maqsadi, vazifalari 
va o’rni, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik 
va insonshunoslik asosida qurilgan. Beruniyning pedagogik g’oyalaridan eng muhimi 
bilimni puxta va mustahkam egallash zarurligidir .
O’zidan oldin o’tgan buyuk allomalar, xususan, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniyning 
ilmiy an’analarini davom ettirgan va ularni XII-XIII asrlarda rivojlantirgan olimlardan 
biri Mahmud Ibn Muhammad ibn Umar al-Chag’miniydir. Albatta, boshqa mutafakkirlar 
qatori al- Chag’miniy ham dunyoning xudo tomonidan yaratilganini e’tirof etadi, lekin 
shu bilan birga u “Mulahhas fi hayat al-basita”) “Sodda shaklli narsalarning qisqacha 
bayoni” asarida tabiat o’zining maxsus qonunlariga ega bo’lib, ma’lum faollik ko’rsatishi 
mumkin deb yozadi: “Olam, Yer, suv, havo, o’t (olov)” va osmon jismlarining 
yig’indisidan iborat. Ularning hammasi harakatda. Yana xudodan boshqa hamma 
borliqqa olam deb aytamiz.
Tabiat kuchlari jism mavjudligining asosidir. U (tabiat) barcha harakat va 
sokinlikning manbasidir. Demak, al-Chag’miniyning fikricha, tabiat “tabiiy kuchga” 
egadirki, ushbu kuch uning ichki faolligini zaruriy shartga aylantiradi. 



Olimlarimizning ilmiy merosini chuqur o’rganib, uni ta’lim va tarbiya jarayoniga 
tatbiq etish har bir ma’naviyatli va ijodkor mutaxassisning muqaddas burchidir. 
Shu paytgacha psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang’ich ta’lim sifati va
samaradorligini oshirishning ilmiy tahlili birinchidan, axborotlarni boyitib borish orqali 
ta’lim mazmunini o’zgartirish, didaktik elementlarni kattalashtirib o’zlashtirish, 
(B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev), har bir fanning asosiy g’oyasini ajratish (I.D.Zverev, 
V.N.Maksimova, R.A. Mavlonova, A.Abduqodirov, A.M.Markushevich) nazariy 
bilimlarning rolini oshirish (V.V. Davidov, A.K. Markova, J. Ikromov, A.M. Pishkalo, 
T. To’laganov, D.B.Elkonin) yo’nalishlarida amalga oshirilgan.
Ikkinchidan, sonlarni o`rganish bo`yicha o’quvchilar egallashi kerak bo’lgan
aqliy hatti-harakatlar tizimini aniqlashga qaratilgan. Bunda o’qitish va o’qish
faoliyatlari chegaralanadi; o’quvchilarda aqliy faoliyat tizimini maqsadga muvofiq
shakllantirish mexanizmini ishlab chiqish (N. Azizxodjayeva, Yu.K.Babanskiy, 
O.Rozikov, N.F.Talizina, T.I.Shamova, D. Shodiyev, G.I.Shukina va boshqalar) 
masalalari ustida tadqiqotlar amalga oshirildi. 
Uchinchidan, ayrim tadqiqotchilar o’quvchilarning funksiyalarini to’la aniqlash, 
ta’lim mazmunining tuzilishi va komponentlarini aniqlash bilan bog’laydilar. (V.P. 
Bespalko, D.D. Zuyev, B. Qodirov, E. G’oziyev, G’.B. Shoumarov va boshqalar); 
To’rtinchidan, o’qitishning tashkiliy shakllariga bog’liq ekanligi qayd qilinadi. 
Bunday yondoshish boshlang’ich ta’lim o’quvchilari uchun maqsadga erishish yo’llari, 
usullarini muhokama qilish uchun qulay sharoit yaratishi, o’zaro ishonch muhitini
yaratishiga urg’u beriladi (Sh.A. Amonashvili, M.V. Matyuxina, R.A. Mavlonova va 
boshqalar); 
Beshinchidan, psixologik-pedagogik tadqiqotlarda 
boshlang’ich ta’lim 
samaradorligini o’quvchilarning motivlariga bog’liq ekanligi qayd etilmoqdakim, bunda 
ham bilish faoliyatining turli motivlarini shakllantirish masalalari ochib beriladi. (A.K. 
Markova, M.V. Matyuxina, M.X. To’xtaxodjayeva, S. Annamurodova, G.I. Shukina, 
B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev va boshqalar). 
Mavjud tadqiqotlar ushbu muammoning yo’nalishlarini ma’lum darajada aks 
ettirsa-da, bu nomerlashni o`rganish tizimining didaktik asoslarini ta’minlay olmaydi. Bu 
esa bizning malakaviy bitiruv ishimizning dolzarbligini ko’rsatadi. 




Yüklə 390,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin