17
Sonlarning o‘nlik yozuvi prinsipini egallash.
Rimcha raqamlash va undan foydalanish haqida tasavvurga ega bo‘lish.
1000 ichida sonlarni qo‘shish va ayirishning (yozma va og‘zaki) barcha hollari bilan
bog‘liq usullarni egallash.
1000 ichida sonlarni jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish usullarini egallash.
Nollar bilan tugaydigan
sonlarni bir xonali sonlarga, yaxlit o‘nliklarga
va yaxlit
yuzliklarga ko‘paytirish va bo‘lish usullarini egallash.
Sonning qoldiqli bo‘lishni bajarishni o‘rganish.
Uch xonali sonni bir xonali songa ko‘paytirish va bo‘lishning yozma usullarini
egallash.
2–3 amalni o‘z ichiga olgan (qavsli va qavssiz) ifodalarda
amallarning bajarilish
tartibi haqida tasavvurlarga ega bo‘lish.
x + 123 = 140,
x – 436 = 152,
x · 4 = 140, 810 –
x = 135 ko‘rinishdagi tenglamalarni
(tanlash usuli va berilgan hamda izlanayotgan son orasidagi o‘zaro bog‘lanish asosida)
to‘g‘ri va tez yechishga o‘rganish.
1–2 amalli matnli masalalarni yechish bilan bog‘liq tajribalar orttirish.
Massa, o‘lchov birliklari: tonna, sentnyer, kilogramm, gramm haqida, ular orasidagi
moslik haqida tasavvurga ega bo‘lish.
Vaqt o‘lchovi birliklari: soat, minut, sutka, yil, oy, hafta, sekund, asr haqida va ular
orasidagi moslik haqida tasavvurlarga ega bo‘lish.
Tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar
Son va hisoblashlar
Matematikani o‘rganish natijasida o‘quvchi quyidagilarni:
Bilishi kerak:
– 0dan 1000gacha bo‘lgan sonlar ketma-ketligini, bu sonlar qatorining tuzilishidagi
o‘ziga xos xususiyatlarni tushunishni;
– kattalik (uzunlik, massa, vaqt) o‘lchovi birliklari jadvalini bilish va bu bilimlarni
amalda va masalalar yechishda qo‘llashni;
18
– narxi, miqdori, qiymati, me’yori, umumiy massasi kabi miqdorlar orasidagi o‘zaro
munosabatni bilish va bu bilimlarni matnli masalalarni yechishda qo‘llashni.
Dostları ilə paylaş: