227
Ijtimoiy pedagogning oiladagi faoliyati uch asosiy ijtimoiy pedagogik yordam-
ta’lim, psixologik, vositachilik yordamlaridan iborat.
Pedagogik yordam o’z ichiga ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ikki yo’nalishini
oladi: ta’lim olishda va tarbiya olishda yordam.
Ta’lim olishda yordam oilada vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va
ota-onalarning pedagogik-madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.
Ijtimoiy pedagog faoliyati quyidagi masalalar bo’yicha ota-onalarning keng
yoritishni ko’zda tutadi:
-ota-onalarning bo’lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik va ijtimoiy-
biologik tayyorgarligi;
-bolalarda tengdoshlariga nisbatan adekvant munosabatni shakllantirishda
ota-onaning
o’rni;
-bola tarbiyasida shaxsiy namuna va ota-ona obro’ e’tiborining ahamiyati,
-oilada turli avlodlarning o’zaro munosabati, bolalarga pedagogik ta’sir usullari, bolalar
va kattalar orasida ijobiy munosabat shakllantirish.
Tarbiyada yordamlashish ijtimoiy pedagog tomonidan avvalo,
ota-onalar bilan
ularga maslahat berish orqali, shuningdek esa bola bilan maxsus tarbiyaviy holatlar
yaratish orqali o’tkaziladi.
Ijtimoiy pedagogik yordamning psixologik yo’nalishi 2 komponentdan iborat:
ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash va korreksiya (to’g’rilash).
Qo’llab-quvvatlash qisqa muddatli inqiroz davrida oilada yaxshi muhitni yaratishga
qaratilgan turli shakldagi stress holatlarini boshdan kechirayotgan oilalarni psixologik
qo’llab-quvvatlashni ijtimoiy pedagogning qo’shimcha psixologik ma’lumot bo’lganda
amalga oshiriladi. Bundan tashqari bu ishni psixolog va psixoterapevtlar ham bajarishlari
mumkin. Agar qo’llab-quvvatlash kompleks tarzida amalga oshirilsa nihoyatda foydali
bo’ladi. Ijtimoiy pedagog oiladagi
shaxslararo munosabatlarni, oilada bolaning tutgan
o’rnini, oilaning jamiyat bilan aloqasini tahlil qilib muammoni o’rganadi, psixolog esa
psixologik testlar va boshqa metodlar vositasida oila a’zolarining nizoga olib keluvchi
ruhiy holatlarini aniqlaydi, psixiatr esa davolash bilan band bo’ladi.
Социал педагогик ёрдам
Ta'lim
Psixologik
Vositachilik
O`qitish
Tarbiya
Qo`llab-
quvvatlash
Korrеksiya
Tashkil qilish
Tartibga
solish
Axborot bеrish
228
SHaxslararo munosabatlarning korreksiyasi asosan oilada bolaga nisbatan ruhiy
zo’rlik bo’lganda qo’llanadi. Ruhiy zo’rlik bola asab-ruhiy
va jismoniy holatining
buzilishiga olib keladi. YAqin-yaqingacha bu hodisaga yetarli e’tibor berilmagan.
Bunaqa zo’rlikka bolani qo’rqitish, uni haqorat qilish, g’ururini poymol qilish, ishonchini
oqlamaslik kiradi.
Ijtimoiy pedagog oiladagi munosabatlarni shunday korreksiyalashi lozimki, oilada
tartib va intizomni ta’minlashga qaratilgan barcha choralar bola huquqlari to’g’risidagi
Konvensiya talablariga asoslanishi lozim.
Psixoterapiyadan farqli o’laroq korreksiya
oila ichidagi nizolarni ochib ko’rsatadi. Uning maqsadi oila a’zolariga ular o’rtasidagi
munosabatlarni bilishga ko’maklashishdir.
Ijtimoiy pedagogik yordamning vositachilik yo’nalishi uch komponentdan iborat:
tashkil qilishga yordam, tartibga solishga yordam va axborot berishga yordam.
Tashkil qilishga yordam
oilaviy dam olishni tashkil qilishga qaratilgan. Oilaviy dam
olish o’z ichiga xayriya auksionlari o’tkazish, oilaviy bayramlar, tanlovlar, uy xo’jaligini
yuritish bo’yicha kurslar tashkil qilishdan iborat.
Tartibga solishga yordam berish
muayyan oilaning muammosini hal qilish
bo’yicha turli muassasa va xizmatlarni faollashtirishdir. Bunday muammolarga:
1.
Bolani tarbiyalash uchun boshqa oilaga topshirish,
2.
Bolalikka olish,
3.
Bolalarni bolalar uylariga joylashtirish kiradi.
Axborot berishga yordam
oilani ijtimoiy himoya masalalari bo’yicha axborot
bilan ta’minlashga qaratilgan va konsultatitsiya shaklida o’tkaziladi. Masalalar maishiy,
oilaviy, mehnat,
fuqorolik, nafaqa qonunchiligi, bolalar, ayollar, nogironlar huquqlari,
shuningdek oilaviy nizolarga tegishli bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: