229
shartnoma tuzilishidir. SHartnoma tuzilayotganda oilaning vazifasi oldinda turgan
faoliyatning maqsad va vazifalarini aniqlashdir. Ijtimoiy pedagogning vazifasi esa bu
maqsad va vazifalarning amalga oshishi uchun yetarli bo’lgan muddatni belgilash.
SHuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy pedagog va oila o’rtasidagi shartnoma biznes yoki
nikoh shartnomasiga o’xshamaydi. Bu holatda tomonlar moddiy emas,
balki axloqiy
majburiyatlarga ega bo’lishadi va bu rasmiy hujjat bilan tasdiqlanadi. SHartnoma
bo’yicha hamkorlik oilani shartnoma shartlarini ishlab chiqishda, qarorlar qabul qilishda
faol ishtirok etishini ta’minlaydi. O’smirlar va o’spirinlar bilan ishlashda shartnomaning
tuzilishi ularning mutaxassis bilan munosabatlariga jiddiy xarakter berishi bilan ijobiy
jihatlarga ega.
Asosan xorij amaliyotida qo’llaniladigan uzoq muddatli ish shakllari
psixoijtimoiy
yondoshuvga
asoslanishadi va to’rtoydan ortiq vaqtni talab qiladi.
Psixoijtimoiy yondashuvning asosiy vazifalari biror bir vazifani bajarishga
odatlantirish qilish orqali oilaviy tizimni o’zgartirish, oilaga ta’sir
qiluvchi boshqa
ijtimoiy tizimlardagi holatlarni o’zgartirishdan iborat. Aynan ijtimoiy pedagogik yordam
sharoitida patronajning qo’llanilishi maqsadga muvofiq. Patronaj- ijtimoiy pedagogik ish
shakllaridan bo’lib, unda ijtimoiy pedagog tashhiz, nazorat va reabilitatsiya
maqsadlarida oilaga tashrif buyuradi. Bu esa oila bilan uzoq muddatli aloqalarni ushlab
qolishga zamin yaratadi. Patronaj oilani uning tabiiy sharoitlarida
kuzatishga imkon
beradi. Patronajning o’tkazilishi bir qancha tamoyillarga amal qilishni talab qiladi. Bular:
yordamni ixtiyoriy qabul qilish, konfidensiallik va boshqalar. SHuning uchun oilani
avvaldan tashrif to’g’risida xabardor qilish lozim.
Patronajlar tanlangan ish strategiyasiga qarab doimiy va bir martalik bo’ladi.
Doimiy patronajlar avvalambor g’ayri ijtimoiy oilalarga nisbatan qo’llanilishi lozim.
CHunki ularni doimiy nazorat qilish intizomga chaqiradi. SHu bilan birga vujudga
kelayotgan inqirozli holatlarni aniqlash imkonini beradi.
Patronaj bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogik faoliyatda oila bilan ish olib
borishning muhim shakllaridan biri–bu konsultativ suhbat o’tkazishdir.
Konsultatsiya
asosan hayotiy masalalarni hal qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan sog’ odamlarga
mo’ljallangan. YAkka tarzdagi konsultatsion suhbatlar bilan bir qatorda oila bilan
ishlashning jamoaviy shakllari-treninglar ham o’tkazilishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogik trening amaliy psixologiyaning jamoaviy psixologik ish olib
borishni faol metodlaridan foydalanishga asoslangan sohasi sifatida ta’riflanadi.
SHuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda o’tkazilayotgan trening dasturlarining
maqsadlari kengaydi va trening faqatgina amaliy psixologiya sohasi bo’libgina qolmay,
ijtimoiy pedagogika, ta’lim tizimida ham o’z o’rniga ega bo’ldi.
Trening bir qancha
indevidual va jamoaviy ish olib borish usullarining uyg’unlashuvi bo’lib, ota-onalarning
psixologik, pedagogik savodxonligini oshirish muammosini xal qilishning eng istiqbolli
usullaridan biriga aylandi. Bu muammo so’ngi o’n yilliklar davomida o’z global
ahamiyatini yo’qotmayapti. Ayniqsa ruhiy va jismoniy nuqsonli farzandli oilalarda bu
muammo nihoyatda keskindir.
Jamoaviy usullar ota-onalarga bir-birlari bilan tajriba almashishi, savollar berishi va
guruhda qo’llab-quvvatlanish imkonini beradi. Bundan tashqari axborot almashinuvida
yetakchilik rolini bajarish faollikni oshiradi. YUqoridagi
ususllar-konsultativ suhbat,
trening ommabop hisoblanib ham qisqa muddatli ham uzoq muddatli shakllarda
qo’llaniladi.
Oiladagi ijtimoiy pedagogik faoliyat tizimli yondashuvga asoslangan taqdirdagina
samarali bo’lishi mumkin. U demografiya, ijtimoiyogiya,
ijtimoiy psixologiya,
230
pedagogika (oilaning tarbiya funksiyasi), huquq, iqtisod (oila byudjeti), etnografiya, tarix
va falsafa ma’lumotlarini o’rganishni va ulardan foydalanishni ko’zda tutadi.
SHunday qilib, zamonaviy sharoitlarda oila turli bilim sohalari: ijtimoiy
pedagogika, ijtimoiy ish, sog’liqni saqlash va boshqalarning markaziy ob’ektlaridan
biriga aylanmoqda. CHunki har bir jamiyatning kelajagi o’sha jamiyatdagi oilalardagi
muammolarni xal qilishga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: