O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Iv modul. “ijobiy psixologiya va jamoada ishlash”



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə90/94
tarix25.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56330
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
O‘qituvchilarda kasbiy stress

Iv modul. “ijobiy psixologiya va jamoada ishlash”

4-mavzu. “mening ichki tabibim” trening dasturi.
Maqsad: trening ishtirokchilarining ichki energiyasini oshirishga yordam berish.

Vazifalar:

  • Trening ishtirokchilarida yaxshi va yomon fikrlar oqibatlarida haqida ma’lumot berish.

  • Fikrlar va ularning oqibatlarining tanaga ta’siri haqida ma’lumot berish.


Davomiyligi: 1 soat 20 daqiqa

Reja:




Trening mazmuni

Davomiyligi

O‘quv vositalari

Mashq maqsadi

1-sessiya. Kirish qismi



Videorolik

15 daq.

Kompyuter, videoproektor, kalonka

Yaxshi va yomon fikrlar oqibatlari haqida tushunchalar hosil qilish



“mazunga” mashqi

10 daq.




Ishtirokchilarning diqqatini jamlash, pozitiv kayfiyatni hosil qilish



“ijobiy va salbiy fikrlar”

10 daq.

A4 qog’ozlar

Fikrlarimizni ijobiy va salbiylariga ajratishga yordam berish

2-sessiya. Asosiy qism



“psixosomatika” mini ma’ruza

20 daq.

Talab etilmaydi

Ishtirokchilarda fikrlar va ularning tanaga ta’siri haqida ko’nikma hosil qilish



“jekobson pozasi” mashqi

15 daq.

Talab etilmaydi

Ishtirokchilarni psixologik stress yoki zo‘riqishdan halos qilish, ruhiy engillikni vujudga keltirish.



“kelajak fikrlar va ularning oqibatlari” mashqi


10 daq.

Talab etilmaydi

Fikrlar va ularning oqibatlari haqida tushuncha hosil qilish

3-sessiya. Xulosa qismi



Qayta aloqa

10 daq.

Barcha ishtirokchilarga qog‘oz-ruchka, flipp-chart.

Kunning sarhisobini qilish

Jami: 1 soat 20 daq.

1-sessiya. Kirish qismi

  1. Videorolik.

Yomon xayollardan qutulish ancha qiyin bo‘ladi. Bu diqqatni bir joyga to‘plash va mashqlar bajarishni talab qiladi. Lekin ijobiy fikrlashga yo‘naltirishga yordam beruvchi bir necha usullar bor.

Miya bizga yomon xotiralarni va og‘ir tajribani unutishga yo‘l qo‘ymaydi. Bu bilan u bizni o‘tmishdagi xatolarni takrorlashdan himoya qilmoqchi bo‘ladi. Lekin salbiy fikrlar yaxshi narsalarni ko‘rishga, har bir kun uchun quvonishga va baxtli yashashga imkon bermaydi. Ijobiy fikrlashga o‘rganish uchun quyidagi usullarni sinab ko‘ring.

O‘zingizni salbiy fikrlar boshqarishiga yo‘l qo‘ymang o‘z salbiy hissiyotlaringizni ozod qiling. Unga kuch-qudratingizni to‘xtatib turishiga va sizni pastga tortishiga yo‘l bermang. O‘z aqlingizni nazorat qiling. O‘zingizning qayg‘uli holatingizni va salbiy fikrlayotganingizni sezsangiz, diqqatingizni boshqa yaxshiroq narsalarga yo‘naltiring. Sizga quvonch bag‘ishlaydigan narsalarni eslang.

Evaziga ko‘proq olish uchun ko‘proq fido qiling

Biz boshqalarga qanchalik marhamatli bo‘lsak, o‘zimiz shunchalik baxtliroq bo‘lamiz. Kimgadir unchalik katta bo‘lmagan sovg‘a bering yoki uni maqtang, begona kishiga bir piyola choy sotib oling yoki yordam bering. Odamlar sizdan minnatdor bo‘lishadi va bu sizga quvvat bag‘ishlaydi.

Ayni lahzalardan zavqlaning

Fikrlarni butunlay qayta dasturlash uchun har bir kuningizni ijobiy hissiyotlarga to‘ldirish kerak. Shu yerda va bugungi kun bilan yashang. O‘tmish bilan emas. Ertangi kun bilan emas. Va hatto oldinda turgan ta’til bilan ham emas.

Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling:

Hozirning o‘zida nimadan minnatdorman?

Hozirning o‘zida quvonchliroq va quvnoqroq bo‘lish uchun men nima qila olaman?

Hozirning o‘zida o‘z sevgim va minnatdorchiligimni qanday namoyish qila olaman?

Hozirning o‘zida boshqa odamni qanday baxtli qila olaman?

Siz o‘z fikrlaringizni nazorat qilishni o‘rganishingiz bilan miya bunga ko‘nikadi, shunda ijobiy fikrlash siz uchun tabiiy holatga aylanadi.


  1. mazunga” mashqi

Maqsad: diqqatni jamlash, pozitiv kayfiyatni hosil qilish.

Jarayon: ishtirokchilardan aylana shaklida turib olishlari so‘raladi. Trener ishtirokchilardan ixtiyoriy birini tanlaydi va shartni tushuntiradi. Tanlangan ishtirokchi “ma” so‘zini tovushni uzmay maaaa tarzida aytib turib qo‘lini oldinda uzatishi kerak, bundan so‘ng o‘ng tarafdagi keyingi ishtirokchilar ham ketma ket shu holatga kirib ya’ni qo‘lini oldinga uzatib maaaa deb tovushni uzmay (bir nafasda) takrorlab turadilar. Bunda ushbu harakat aylana bo‘ylab o‘ng tomonga qarab birdaniga emas, ishtirokchilar orqali aylana bo‘ylab navbatma-navbat tarqalishi lozim. Navbat yana aylana bo‘ylab harakatni birinchi boshlagan ishtirokchiga qaytib etib kelinganda hamma qo‘llarini tezlik bilan ortga tortib olib bir vaqtning o‘zida balanda ovozda “zunga” so‘zini aytishlari lozim. O‘yin qoida bo‘yicha bajarilganda sinxron tarzda “maaaaaazunga” degan jarangli so‘z hosil bo‘ladi. Birinchi urinishda ishtirokchilar o‘yinni to‘liq tushunib olishadi. Ikkinchi urinish uchun boshqa bir ixtiyoriy ishtirokchi tanlanib, yana yuqoridagiday harakat takrorlanadi, faqat endi harakat chap tomonga qarab yo‘naladi.


  1. ijobiy va salbiy fikrlar” mashqi

Maqsad: ishtirokchilarning ijobiy va salbiy fikrlarini ajratishga yordam berish.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin