Oʻzbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi toshkent viloyati zangiota tumani xtb tasarrufidagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə9/13
tarix15.01.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#51306
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Ichki sekretsiya bezlari

IV BOB. ASOSIY QISM

4.1. Sekretsiya bezlari to‘g‘risida tushuncha

Tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra sek­retsiya bezlari tashqi, ichki va aralash bezlarga ajratiladi. (1-rasm).

Tashqi sekretsiya bezlariga so‘lak, ichak devori, oshqozon devori, sut, yogʻ, ko‘z yoshi bezlari kiradi. Ularning sekreti maxsus yo‘l orqali ichki organlar bo‘shlig‘i yoki tashqi muhit (teri sirti)ga chiqadi. Soʻlak, oshqozon va ichak shilliq qavatidagi bezlardan ishlab chiqaradigan fermentlar ta’sirida oziq moddalar hazm bo‘ladi.


1-rasm. Ichki va aralash sekretsiya bezlari: 1gipofiz, 2 -epifiz, 3 –qalqonsimon bez, 4 -qalqonoldibezi, 5 - buyrakustibezi, 6 –oshqozonosti bezi, 7-jinsiy bezlar.

Ichki sekretsiya bezlarining sekret chiqarish yo‘li bo‘lmaydi. Ular ajratgan gormonlar qonga chiqariladi. Qalqonsimon bez, qalqonoldi bezlari, gipofiz, epifiz, buyrakusti, ayrisimon bezlar ichki sekretsiya bezlari hisoblanadi.

Organizmdagi ayrim bezlar bir vaqtning o‘zida ichki va tashqi sekretorlik funksiyasini bajaradi. Oshqozonosti bezi, jinsiy bezlar va jigar xuddi shunday ish- laydi. Ular aralash sekretsiya bezlari deyiladi. Oshqozonosti bezi ichki sekretsiya bezi sifatida qonga gormonlar (masalan, insulin), tashqi sekretsiya bezi sifatida ichak bo‘shlig‘iga fermentlar ishlab chiqaradi. Jinsiy bezlar esa qonga jinsiy gor­monlar, jinsiy yo‘llarga tuxum va urug‘ hujayralari ishlab chiqaradi. Jigar ichak bo‘shlig‘iga o‘t suyuqligi, qonga qon tarkibiga kiradigan gem va boshqa oqsillar ishlab chiqaradi.

4.2. Gormonlar

Ichki va aralash sekretsiya bezlarining qonga ishlab chiqaradigan biologik faol moddalari gormonlar (yunoncha hormao - qo‘zg‘ataman, harakatga keltiraman) deyiladi. Gormonlar qon orqali organizmga tarqalib, organlar va organizmda kechayotgan jarayonlarni boshqarib turadi. Ba’zi gormonlar faqat ayrim organlarga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, jinsiy gormonlar faqat jinsiy organlar­ning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Boshqa gormonlar, masalan, qalqonsimon bez gormoni tiroksin, buyrakusti bezi gormoni adrenalin koʻpchilik organlar funksiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin