O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Fizika fanini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish



Yüklə 310,5 Kb.
səhifə16/18
tarix26.04.2023
ölçüsü310,5 Kb.
#102878
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
BMI-1

2.3. Fizika fanini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish
Keyingi yillarda kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog’liq holda dars mashg’ulotlarni tashkil etishning yangi shakllari shakllanmoqda. Ulardan, keng foydalanayotgan amaliy ishlardan biri kompyuterda maxsus dasturlar yordamida ko’zatilishi qiyin bo’lgan fizik jarayonlarni elektron darsliklar, animasiyalar, virtual tajribalar va taqdimotlar vositasida ko’rgazmali tushuntirishdir. Bunday ko’rinishdagi ishlangan fizika kursiga tegishli elektron vositalar ko’plab mavjud bo’lib, ular asosan maktab, akademik lisey va kollejlar uchun qo’llanilishi ko’rsatilgan. Chunki, ushbu elektron vositalarni malaka oshirish institutlarida umumiy o’rta maktabda fizika fanini o’qitishda fizikaviy jarayonlarni, elektron darsliklar, animasiyalar, virtual laboratoriya va tajribalarni kurs tinglovchilariga dars davomida ko’rsatib bormoqda. Ushbu virtual laboratoriya ishlari odatdagi laboratoriya ishlari kabi ishning maqsadi, kerakli asbob va qurilmalar, ishni bajarish tartibi, nazorat savollariga ega. Fizika kursini o’qitish jarayoniga kompyuter texnologiyalarini qo’llash va ular asosidagi multimediya vositalardan foydalanish pedagogik va psixologik nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega bo’lib, quyidagi muhim natijalarga olib kelishi ma’lum:

  • O’quv-tarbiya jarayoni faollashadi, dars samaradorligi oshadi;

  • O’quv materiallarining turli shaklda (ovoz, matn, video, grafika, animasiya yordamida) o’zatilishi o’quvchilarning diqqatini o’ziga tortadi;

  • Yuqori darajadagi ko’rgazmalilik o’quvchida, tinglovchida o’rganilayotgan fanga nisbatan katta qiziqish uyg’otadi;

  • O’rganilgan o’quv materialining uzoq muddatga xotirada saqlanishini ta’minlaydi;

  • Tinglovchilarning, o’quvchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari ko’payadi va vaqt tanqisligi muammosi kamayadi;

“Jamiyatni axborotlashtirish va axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish” haqidagi hukumatimiz tomonidan qabul qilingan 2002-yil 6-iyundagi №200, 2004-yil 29-oktyabrdagi №493 bir qator qarorlar “Ta’lim to’g’risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning so’ngi bosqichini amalga oshirishda bajarishi lozim bo’lgan ishlarning dolzarbligidan dalolat beradi.
Bundan 3500 yil oldin Konfusiy “eshitganimni yodimdan chiqaraman, ko’rganimni eslab qolaman, mustaqil bajarsam tushunib olaman” degan ekan. Chunki, ta’limda informasion hamda pedagogik texnologiyalarni qo’llaganda tinglovchi, o’quvchi eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar va texnik vositalar mavjud bo’lish kerak.

Yüklə 310,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin